Hajmiy nisbatlar qonuni .Fransuz olimi Gey-Lyussak gaz moddalarning ta’sirlashuvini tekshirib, o’zining hajmiy nisbatlar qonunini kashf etdi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi:
" O’zgarmas haroratda va bosimda reaksiyaga kirishgan gazlar hajmlarining o’zaro nisbati hamda reaksiya natijasida hosil bo’lgan gazlar hajmlariga nisbati butun kichik sonlar kabi bo’ladi".
Masalan:
H2O + Cl2 = 2HCl
1v 1v 2v 1:1:2
N2 + 3H2 = 2NH3
1v 3v 2v 1:3:2
Avogadro qonuni
Harorat OoS, bosim 101,325 kPa(760 mm simob ustuni, yoki 1 atmosfera) bo’lgan sharoit normal sharoit (n.sh.) deyiladi.
Hajmiy nisbatlar qonunini tushuntirish uchun italiya olimi Avogadro 1811 yilda quyidagi gipotezani oldinga surdi:
"Bir xil sharoitda (bir xil harorat va bir xil bosimda) va teng hajmda olingan gazlarning molekulalari soni o’zaro teng bo’ladi”
Bundan uchta xulosa kelib chiqadi:
1) normal sharoitda 1 mol har qanday gazning hajmi 22,4 l ga teng;
2) normal sharitda 1 mol modda tarkibida 6,O2*10 23 ta molekula mavjud bo’ladi.
3) bir xil sharoitda teng hajmli gazlar massalarining nisbati ular molekulyar massalarining nisbatiga teng bo’lib, bu nisbat birinchi gazning ikkinchi gazga nisbatan zichligi deyiladi.
m1 / m2 = M1 / M2; m1/m2=D ; D = M1 / M2 .
Boyl-Mariot qonuni.
Doimiy haroratda ma’lum miqdor gazning bosimi uning hajmiga teskari proporsional.
T = const P1*V1 = P2*V2 P1/P2 = V2/V1
Gey-Lyussak qonuni. O’zgarmas bosimda gazning hajmi uning mutloq haroratiga to’g’ri proporsional.
P = const ; V1/T1=V2/T2 yoki V/T = const.
Sharl qonuni.
O’zgarmas hajmda gazning bosimi uning mutloq haroratiga to’g’ri proportsional.
V = const ; P1/T1=P2/T2; P/T = const.
Bu uchchala qonunni birlashtirilsa, gazlarning holat tenglamasi kelib chiqadi:
P1*V1/T1= P2*V2/T2
P 1 , V 1 , T1 - ma’lum miqdor gazning bosimi, hajmi, harorati
P 2, V2, T2 – shu gazning boshqa sharoitdagi bosimi,hajmi va harorati.
Agar shu gazning normal sharoitdagi bosimi, hajmi, harorati hisobga olinsa
Po*Vo/To=R
R- nisbat ma’lum miqdor gaz uchun o’zgarmas qiymatdir.
Agar bu nisbat 1 mol modda uchun olinsa, uni gaz doimiysi deyiladi.