Gaz razryadi Gazlardagi elektr zaryadsizlanishi



Yüklə 122,91 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix28.11.2023
ölçüsü122,91 Kb.
#167421
Gaz razryadi - Vikipediya



Gaz razryadi
Gazlardagi elektr zaryadsizlanishi
gazning 
ionlanishi
 tufayli 
gaz
muhitidan
elektr toki
 o'tganda sodir bo'ladi. Bir
necha omillarga qarab, tok ko'zga
ko'rinadigan yorug'likni chiqarishi
mumkin. Gazlardagi elektr razryadlarining
xossalari yorug'lik manbalarini loyihalash
va yuqori kuchlanishli elektr jihozlarini
loyihalash bilan bog'liq holda o'rganiladi.
Gazlarda elektr toki Barcha gazlar normal
sharoitda yaxshi izolyator bo‘ladi. Buning


sababi ularda erkin harakatlanuvchi elektr
zaryadlarining yo‘qligidir. Biroq biror
sababga ko‘ra, gazda erkin zaryadlar
paydo bo‘lsa, u o‘tkazgich bo‘lib qoladi.
Gaz orqali elektr toki o‘tish hodisasi gaz
razryadi deb ataladi. Odatdagi
sharoitlarda gazlar neytral atom va
molekulalardan iborat bo‘ladi. Isitish yoki
nurlanish ta’siri natijasida bir qism
atomlar ionlashadi — neytral atomlar
musbat ion va elektronga ajraladi. Bu
jarayon ionlashish deb, ionlashishni
yuzaga keltiruvchi tashqi ta’sir esa
ionlagich deb ataladi.
Gazlarda razryat hodisalarni kuzatish
uchun quyidagi tajribalarni o”tkazamiz ( 1


rasm ).Musbat va manfiy zaryadlangan A
va K plastinkalar orasidagi gaz I ionlagich
ta’sirida bo‘lsin. Bu ikki plastinka
orasidagi kuchlanish P potensiometr
yordamida boshqarilib, ular orasida
kuchli maydon hosil qilinadi. Gazlarning
ionlanishida hosil bo‘luvchi tok juda kichik
bo‘lganligidan, zanjirga sezgir G
galvanometr ulangan. Kuchlanish juda
kichik bo‘lganda galvanometr deyarli
ko‘rsatmaydi. Demak, tok kuchi nolga
teng. Kuchlanish ortishi bilan tok ma’lum
qiymatgacha chiziqli bog‘lanishda ortib
boradi.
Ionlagichlar ta’sirida gazlar oson
ionlashadi. Bunda ba’zi molekulalar


shunchalik tez harakatlanadiki, hatto ular
boshqa molekulalar bilan to‘qnashish
natijasida ionlarga ajraladi. Òemperatura
qanchalik yuqori bo‘lsa, ionlar shuncha
ko‘p hosil bo‘ladi. Ionlashish natijasida
atomdan ajralib chiqqan elektron biror
muddat erkin qoladi yoki darhol gazning
neytral molekulalaridan biri bilan
birlashib, bu molekulani manfiy ionga
aylantiradi. Binobarin, ionlashgan gazda
musbat va manfiy ionlar hamda
elektronlar bo‘ladi
Shunday qilib, gazlarda metallarda
bo‘ladigan elektron o‘tkazuvchanlik bilan
elektrolitlarda bo‘ladigan ionli
o‘tkazuvchanlik birga qo‘shiladi


Demak, gazlar elektron-ionli
o‘tkazuvchanlikka ega. Molekula yoki
atomdan bitta elektronni ajratib chiqarish
uchun ionlagich ma’lum ish bajarishi
kerak, bu ish ionlashish ishi deb ataladi.
Ko‘pchilik gazlar uchun uning qiymati 5
dan 25 eV gacha yetadi.
Gazda ionlashish bilan birga ionlarning
rekombinasiya jarayoni ham boradi.
Natijada ionlarning ma’lum
konsentrasiyasi bilan xarakterlanuvchi
muvozanat holat qaror topadi, ionlarning
bunday konsentrasiyasi ionlagichning
quvvatiga bog‘liq bo‘ladi. (Ionlagichning
quvvati shu ionlagichning gazning birlik


hajmida vaqt birligi davomida hosil qilgan
ionlar jufti bilan xarakterlanadi.)
Ikki elektrod orasidagi ko'chki effekti. Dastlabki
ionlanish hodisasi bitta elektronni chiqaradi va har
bir keyingi to'qnashuv yana bir elektronni chiqaradi,
shuning uchun har bir to'qnashuvdan ikkita elektron
paydo bo'ladi: ionlashtiruvchi elektron va ozod
qilingan elektron.
Gaz bosimini oshirish orqali argonda porlashdan
yoy oqimiga o'tish.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 13-Avgust 2023, 07:01 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Gaz_razryadi&oldid=3825072

dan olindi

Yüklə 122,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin