Geografiya 7-sinf. 1-8 mavzular
1. O’rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olingunga qadar uning tabiatini quyidagi olimlardan qay biri o’rganmagan?
A) F. Yefremov B) Benevini
C) B. Pazuxin D) A. Obruchev
2. O’rta Osiyo o’lkasi qaysi tabiat zonalarida joylashganligidan aholi azaldan vodiylarda, suv manbalari-daryolar bo’ylarida, vohalarda bir-biriga moslashib, yelkadosh bo’lib yashashga o’rgangan?
A) dasht B) adir
C) chalacho’l D) to’qay
3. Qanday andazalarda tuzilgan xaritalardagi burchaklar globusdagi, ya’ni joydagi burchaklarga teng bo‘ladi?
A) Teng burchakli andazalar
B) Teng maydonli andazalar
C) Teng hajmli andazalar
D) Ixtiyoriy andazalar
4. Turli xil shakllar, chizmalar, harfli belgilar, aholi yashaydigan joylar qanday shartli belgi yordamida tasvirlanadi?
A) masshtabli B) masshtabsiz
C) chiziqli D) azimutli
5. Tushuntirish belgilari bilan nimalar tasvirlanadi ?
A) chegaralar
B) GES lar
C) o’rmondagi daraxtlarning turlari
D) yo’llar
6. Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarga qaysi xaritalar kiradi ?
A) madaniy-siyosiy
B) tabiatni qo’riqlash
C) foydali qazilmalar konlari
D) okean tagi relyefi
7. Birinchi xaritalar to‘plami kim tomonidan tuzilgan?
A) Merkator B) Eratosfen
C) Aristotel D) Ptolomey
8. Qanday xaritalar uchun o’lchami kichikroq bo’lgan trapetsiyalardan foydalaniladi?
A) yirik masshtabli B) o’rta masshtabli
C) mayda masshtabli D) kichik masshtabli
9. Masshtabi 1:25 000 bo’lgan xarita trapetsiyasining o’lchami uzunlik bo’yicha va kenglik bo’yicha nechchiga teng?
A) uzunlik bo’yicha 30’ va kenglik bo’yicha 20’
B) uzunlik bo’yicha 7’30” va kenglik bo’yicha 5’
C) uzunlik bo’yicha 7’30” va kenglik bo’yicha 7’
D) uzunlik bo’yicha 25’ va kenglik bo’yicha 20’
10. Qanday xaritaning hamma varag’i trapetsiyaga o’xshash kataklardan iborat bo’ladi?
A) tabiiy B) ijtimoiy-iqtisodiy
C) topografik D) mavzuli
11. Agar xarita masshtabi 1:25 000 bo’lsa katak tomonlari necha sm ga teng bo’ladi?
A) 4 sm B) 2 sm
C) 5sm D) 10 sm
12. Quyidagilarda qaysi biri xarita yordamida o‘lchanmaydi?
A) masofa B) maydon
C) burchaklar D) balandlik
13. Qanday xaritalarda joy geografik sharoitining asosiy tarkibiy qismlari bir xil aniqlikda tasvirlanadi?
A) umumiy geografik xaritalarda
B) mavzuli xaritalarda
C) tabiiy xaritalarda
D) ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarda
14. Xaritalar qanday xususiyatlariga ko’ra turlarga bo’linadi?
1) masshtabiga; 2) tasvirlangan hududning katta-kichikligiga 3) maydoni; 4) mazmuni;
5) ko’zda tutilgan hajmi; 6) vazifasi va tuzilishiga ko‘ra
A)2,4,6 B)1,4,6
C)3,5,6 D)1,2,6
15. Kosmik suratlardan qaysi sohalarda keng qo’llaniladi?
A) xalq xo’jaligining turli sohalarida
B) sanoat tarmoqlarining ayrim tarmoqlarida
C) qishloq xo’jaligida
D) joy planlarini tasvirlashda
16. O‘rta Osiyoni tabiatini o’rganishning qaysi bosqichida o’lkaning geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, o‘simliklari, hayvonot dunyosi haqida muhim ilmiy ma’lumotlar olingan?
A) birinchi B) ikkinchi
C) to’rtichi D) beshinchi
17. O’rta Osiyo Rossiyaning mustamlakasiga aylantirilgandan keyin nima sababli uning tabiati o’rganish ishlari yana ham kengaydi?
A) ilmiy kashfiyotlarni jadallik bilan rivojlatirish maqsadida
B) o’lka tarixini mukammal o’rganish maqsadida
C) tabiiy boyliklaridan to‘liqroq foydalanish maqsadida
D) foydali qazilma konlarini xaritaga tushirish maqsadida
18. «Mamlakatlaming alifbo tartibida ro‘yxati» nomli asarni muallifini aniqlang?
A) Yoqut ibn Abdulla B) Abul Hasan Ali Ma’sudiy
C) Yoqut Hamaviy D) Abdurazzoq Samarqandiy
19. O’rta Osiyoni alohida tabiiy geografik okrug sifatida ajratishga asos bo’ladigan 6-xususiyatini belgilang?
A) ekinzorlar va bog’lardan iborat keng vohalar ham mavjud
B) shimoldan sovuq , quruq shamollar kirib kela oladi
C) yozda janubda + 50°C li jazirama issiq kuzatiladi
D) Suvlari tashqariga chiqib ketmaydigan gidrografik jihatdan yaxlit berk o’lka
20. O’rta Osiyoning qaysi qismida chegara tog‘laming suvayirg‘ichidan o‘tkaziladi?
A) shimol va sharq B) janub va g’arb
C) g’arb va sharq D) janub va sharq
21. O‘rta Osiyo o’lkasining geografik kengligi qaysi tog’ning geografik kengligiga to‘g‘ri keladi?
A) Kap B) Elbrus
C) Atlas D) Efopiya
22. Quyidagi qaysi shaharda havo harorati yoz oylarida +50°C ga ko’tarilgan?
A) Qarshi B) Termiz
C) Dushanbe D) Ashxobod
23. O’rta Osiyo o’lkasining qaysi qismida cho‘l, chalacho‘1 va dashtlardan iborat qir va tekisliklar mavjud?
A) shimoliy B) g’arbiy
C) sharqiy D) janubiy
24. O’rta Osiyo o’lkasining eng sharqiy nuqtasi qaysi tog’ etagida joylashgan?
A) Xuroson B) Savir
C) Tyanshan D) Irin Xabir
25. O’rta Osiyoga eng yaqin okean qaysi qatorda berilgan?
A) Tinch B) Shimoliy Muz
C) Hind D) Atlantika
26. O’rta Osiyo o’lkasida ekologik jihatdan noqulay vaziyat tarkib topishiga sabab bo’lgan omil qaysi qatorda berilgan?
A) shimol tomoni ochiq bo’lganligi
B) g’arb tomondan iliq oqimlar kirib kelishi
C) janub tomonda sanoat korxonalari mavjudligi
D) janub tomonlardan baland tog’lar bilan o’ralganligi
27. Joyning yirik masshtabda (1:5000 va undan yirikroq) tuzilgan chizmasi?
A) xarita B) joy plani
C) kosmosurat D) topografik xarita
28. O’ rta Osiyo o‘lkasining g‘arb tomonidan chegarasi qaysi tabiiy geografik ob’yekt orqali o‘tadi?
A) Qorabovur qirlari
B) Qora Irtish daryosi vodiysi
C) Emba daryosining quyilish joyi
D) Kaspiy dengizining qirg‘oqlari
29. Topografik xaritada ushbu shartli belgi bilan nima tasvirlanadi?
A) Mashhur yodgorliklar
B) Minora tipidagi inshootlar
C) Yoqilg‘i omborlari
D) Yaxshilangan tuproq yo‘llar
30. O’rta Osiyo o’lkasining eng past nuqtasi necha metrga yetadi?
A) 132 m B) 134 m
C) 168 m D) 112 m