Geologiya va geomorfologiyaning rivojlanish tarix



Yüklə 25,33 Kb.
tarix21.12.2023
ölçüsü25,33 Kb.
#188496
Geologiya va geomorfologiyaning rivojlanish tarixi


Geologiya va geomorfologiyaning rivojlanish tarixi
Qadimgi Yunon va Rim faylasuflari Yer yuzasining relyef shakllari va ularning xususiyatlaridan hayratga tushib, ularning qanday qilib shakllanganligi haqida bosh qotirishgan. Aristotel, Gerodot, Seneka, Strabon, Ksenofon va boshqa ko‘pgina olimlar daryo deltalari va vodiylarining kelib chiqishi hamda togiardan dengiz chig‘anoqlarining topilishi mavzularida bahslashganlar. Ksenofan Kolofon (taxminan mil. av. 570- ' 475-y) dengiz chig‘anoqlarining tog' tepalaridan topilishini shunday tushuntiradi: Yer yuzasidagi tog'lar bir turib, bir qulab (yotib) turadi. GerodotI )ning (taxminan. mil. av. 484-420-y) ta’kidlashicha,.“Misming quyi qismi ilgari dengiz qo’ltigi” bo’lgan. Umuman aytganda, “Misr - Nilning tuhfasi”. Aristotel (taxm. mil. av. 384-322-y)ning fikricha, relyef doimo rivojlanishda boMadi. U Aristotel dengiz tubida yashaydigan hayvonlarning toshqotgan turlari (chig‘anoqlar, baliqlar)ni o‘rganib, shunday degan edi: “Biz hozir yashayotgan quruqlik qachonlardir dengiz tubida bo’lgan. Hozirgi dengiz osti esa qachonlardir quruqlik bo’lgan. Quruqlik bilan dengiz doimo bir-birining o‘rniini almashtirib turadi. Shunday jarayonlar bundan keyin ham takrorlanadi”. SH. Strabon (taxm. mil. av. 64-63y ) Eramizning 23-24-y) esa o‘z asarlarida Yer bir koMarilib, bir pasayib turadi degan g'oyani qayd etadi. Lutsiy Anney Seneka (mil. avv. 4- eramizning 65-y) “Daryolar vodiylami yemiruvchi kuch” degan g'oyani ilgari suradi. 0 ‘rta Osiyo geografivasining asoschisi deb tan olingan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (780-847) o‘zining “Yer tasviri” (“Geografiya”) nomli asarida shahar, qishloq, yo‘llar bilan birga, tog‘lar, tekisliklar, daryolar to‘g‘risida ham ko'pgina ma’lumotlar bergan. Abu Rayhon Beruniy (973-1048)ni geomorfologiya fani asoschisi desak xato boimaydi. Uning minerallar haqidagi asarlari, ayniqsa, katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. U “Mineralogiya”, “Qimmatbaho toshlarni o‘rganish uchun ma’lumotlar to'plami” nomli asarlarida oltin, kumush, mis, temir, qalay, margimush va ayrim mis qotishmalari kabi 50 dan ortiq mineral va ma’danlar, MovarounAbu Rayhon Beruniy nahrda qanday konlar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Beruniy Qoraqum va Qizilqum cho‘llarining paydo bo‘lishi, daryolarning geologik ishi, relyefning rivojlanishini ilmiy asosda isbotlagan buyuk siymodir. Daryo suv oqimi olib kelayotgan yotg‘izig‘ining massasi suv oqimining tezligiga va massasiga to‘g‘ri proporsional ekanligini isbotlab bergan. Hozirgi fanda bunday holat Beruniy qonuni deb yuritiladi. Minerallar va ularning tasnifi Abu Ali ibn Sinoning (980-1037) asarlarida ham keltirilgan. Uning “Shifo kitobi” asarida toshlar, avvalo, mayda gil cho‘kindilarining bir-biriga yopishuvi, so'ngra qotishi tufayli paydo bo‘lganligi ta’kidlanadi. U osmondan tushgan tosh (meteorit)lar haqida ham o‘z fikrini aytgan. Ibn Sino tog‘ hosil bo‘lishi va zilzilalar sababini tushuntirib, quruqliklar bir nechta bor dengiz bilan almashinib turganligini ta’kidlaydi. Xitoylik olim va davlat arbobi Shen Kuo (1031-1095) asarlarida ham bir qancha geomorfologik-geologik g‘oya va qarashlar olg‘a surilgan. Shen Kuo o‘z g‘oyalarini Tinch okeanidan minglab kilometr uzoqlikdagi tog‘- laming geologik qatlamlarida uchragan dengiz chig‘anoqlarini kuzatishi orqali yaratgan. Tog‘ yonbag‘irlari qatlamlarida mollyuska chig‘anoqlarining yaqqol aks etishiga qarab, u bu yonbag‘irlar ilgari dengiz qirg‘og‘i bo‘lgan, degan fikmi aytgan. Shuningdek, u Venchjou tog‘i dagi eroziya jarayonini kuzatar ekan Yerning shakli va rivojlanishi tuproq eroziyasi va akkumulyativ jinslar hisobiga bo‘ladi, deb xulosa qiladi.

1.4 Geomorfologiya fani haqida umumiy tushunchalar


Geomorfologiya umumiy tabiiy geografiyaning o‘zviy qismi bo‘lib, geografik muhitning bir bo‘lagi hisoblangan yer yuzasi va Dunyo okeanining rel‘efi, uning taraqqiyoti va kelib chiqishini o‘rganuvchi fandir. Rel‘ef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘likdir Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar (8848) va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday rel‘ef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir. Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir. Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga rel‘ef xillari (tiplari) deyiladi. Rel‘ef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ rel‘ef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarel‘ef, mezorel‘ef va mikrorel‘ef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat rel‘ef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni o‘rganish, rel‘ef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Gemorfologiya boshqa fanlar: biologiya, giotektonika, gidrologiya, gidrogeologiya, iqlimshunoslik, kimyo, fizika va boshqa bir qator fanlar bilan bog‘liqdir, chunki juda ko‘p geomorfologik voqea va hodisalarni tushunish uchun boshqa fan bilimlaridan foydalanish zarur. Geomorfologiyaning o‘zini ham mustaqil tekshirish usullariga ega bo‘lgan bo‘laklarga: umumiy, regional, planetalar, struktura, dinamik, iqlim, paleo va amaliy geomorfologiyaga bo‘linadi. Tabiatni o‘rganuvchi fanlar qatoriga morfologik, morfometrik, morfofattsial, morfogeologiya, morfoneotektonik, morfodinamik, morfogeografik, paleogeo-morfologik, dala ekspiditsiyasi, stattsionar, labaratoriya va tajriba o‘tkazish usullari kiradi. Geomorfologiya fani yer yuzasidagi notekisliklarni o‘rganishni yerning planeta sifatidagi shaklidan boshlaydi. Yerning shakli geoid deb qabul qilingan, chunki u vertikal va gorizontal murakkab bo‘laklangan. Yer yuzasining maydoni 510,1 mln. km. kv. bo‘lib, shundan Dunyo okeani 361,16 mln. km. kv, yoki 70,8 foizni quruliklar esa 148,94 mln. km. kv, yoki 29,2 foizni tashkil qiladi. Qurukliklar ko‘proq shimolda, suv yuzasi janubda joylashgan. Bu holat yer yuzasini 2 bo‘lakka: materiklar va okeanlar yarim shariga bo‘lishga imkoniyat beradi. Lekin materiklar yarim sharida ham suv yuzasining maydoni qurukliklardan kattadir. Quruqliklar o‘z navbatida materik yoki qit‘alarga bo‘linadi. Evrosiyo- maydoni 50686 ming km. kv. Afrika -maydoni 29287 ming km. kv. Shimoliy Amerikamaydoni 20238 ming.km.kv. Janubiy Amerika-maydoni 17506 ming. km. kv. Materiklardan orollar ajralib turadi va ular materik, okean, marjon, vulqon orollari bo‘lishi mumkin. Eng katta orollar: Grenlandiya oroli- 2175000 km. kv.Yangi Gvineya oroli- 786000 km. kv. Borneo oroli- 785000 km. kv. maydonga ega. Materiklardan ajralmasdan dengizlar ichiga uzoq masofaga kirib borgan quruqlik qismlari yarim orol, juda qisqa masofaga bo‘rtib chiqqan qismlar burunlar deb ataladi. Dunyo okeani katta suv xavzalariga Tinch, Atlantika, Xind va Shimoliy muz okeanlariga bo‘linadi. O‘zining geografik o‘rni va xususiyatlariga qarab okeanlarda ichki, chekka va orollararo dengizlar uchraydi. Dengizlar o‘z navbatida ko‘rfaz va bo‘g‘ozlarga bo‘linadi. Yer yuzasida vertikal harakat qilganda ham, unda murakkab bo‘laklanish borligi aniqlanadi. O‘zbyokiston nazariy asosi, tekshirish ob‘ekti va uslublariga ega bo‘lgan fan sohasi sifatida Geomorfologiya nisbatan ancha yoshdir. Uning yoshi yuz yildan oshmaydi. Lekin yerning shakli, uning ustki tuzilishi haqidagi ilmiy fikrlar bizning eradan oldingi 3-2 asrlarda Dikearx, Eratosfen singari faylasuflar tomonidan yoritilgan edi. Geomorfologiya faniga katta xissa qo‘shgan olimlar qatoriga Abu Rayxon Beruniy ham kiradi. U o‘zining «Geodeziya», «Hindiston» (1025-1040) asarlarida materiklarning gorizontal harakati, Yevrosiyo tog‘li «Umurtqa pog‘onasi» yer yuzasini ekzogen kuchlar ta‘sirida o‘zgarishi haqida bergan ajoyib fikrlarini Yevropa olimlari faqat 19- asrning ikkinchi yarmida tasdiqladilar. Yerning kelib chiqishi va taraqqiyoti juda susaytirilgan edi. Yerning kelib chiqishi va taraqqiyoti haqida dinga qarshi birinchilar qatorida fikr yuritgan olimlardan Italiyalik rassom Leonardo da Vinchini ko‘rsatish mumkin. Qazilayotgan kanallarda dengiz chig‘anoqlarini uchratgan Vinchi, bu yerlar bir vaqtlar dengiz suvlari bilan qoplangan, keyin quruqlikka aylangan, degan xulosaga keladi. 18- asrning birinchi yarmida frantsuz tadqiqodchisi Boffon yerning quyoshdan ajralganligi va yer qatlamlarini dengiz oqimlari hosil qilganligi haqidagi nazariyani yaratdi. Ilmiy geomorfologiyaning asoschisi buyuk rus olimi M. V. Lomonosovdir. Uo‘zining 1763 yilda yozgan «Yer qatlamlari haqida» kitobidi rel‘efning kelib chiqishi va taraqqiyoti sabablarini dialektik nuqtai nazardan tushuntiradi. XVII-XVIII asrlarda kartografiya va geodeziya yutuqlari, triangulyatsiya usulining va barometrning kashf etilishi rel‘efni kartalashga katta imkoniyat tug‘dirdi. XVIII-asrning ikkinchi yarmida geologiyaning nazariy asoslari yaratila boshlaydi. Shu vaqtda A. G. Verner o‘zining neptunizm, J. Gyotton «Erning nazariyasi» asarida plutonizm nazariyalarini yaratib, yer yuzasidagi hamma o‘zgarishlarni biri suv, ikkinchisi esa olov faoliyati bilan bog‘laydi. Rel‘ef tabiatni boshqa tarkibiy bo‘laklariga qilgan ta‘siriga qarab, ular orasida eng ahamiyatlisi hisoblanadi. Rel‘ef tuproq va o‘simliklarg‘a, makro va mikroiklimiy xususiyatlariga ta‘sir qiladi. Rel‘ef turli bo‘lganlig‘idan ayrim yerlarda ko‘llar, tuz to‘plamlari, da vertikal poyaslar paydo bo‘ladi. Rel‘ef xususiyatlarini yaxshi bilmasdan ulardan foydalanish odatda yomon oqibatlarga olib keladi. Bunga yer yuzasida keng tarqalgan jarlar misol bo‘la oladi. Geomorfologiya hayotda keng qo‘llaniladi. Masalan, topografik s‘yomka vaqtida xo‘jalikka katta ta‘sir ko‘rsatadigan, lekin odatda kartaga tushirilmaydigan balandliklar, farqi kichik bo‘lgan rel‘ef shakllari borki, geodezistlar ularga diqqat qilmaydilar. Tuproq va geobotanik kartalanish jarayonida geomorfologik rel‘efga qarab tuproqni o‘rganishga mo‘njallangan chuqurni qaerga qazishni maslahat berishi kerak. Rel‘ef shakllari tashqi ko‘rinishidan bir xil ko‘rinib, kelib chiqishi turli bo‘lishi mumkin, yoki aksincha bir xil genezisli rel‘ef turli shakllarda uchraydi. Geomorfolog o‘z konsul‘tatsiyasi bilan ishni osonlashtiradi va tasodifiy xatolardan ozod qiladi. Geologik s‘yomka va qazilma boyliklarni qidirish hozirgi vaqtda geomorfologik s‘yomka bilan olib boriladi. Rel‘ef geologik tuzilish va strukturani yaqqol aks ettirib turadi. SHunday rel‘ef shakllari borki, uning ustida to‘g‘ridan to‘g‘ri boyliklarning qidirishni iloji bo‘lmaydi. Rel‘ef va geologiyaning o‘zaro aloqasini bilan geomorfolog taqqoslash usuli bilan qazilma boyliklar uchrash mumkinligini aytish imkoniyatiga ega. Gidrologik, Gidrogeologik tadqiqotlar va Gidrotexnik qurilishlar vatanimizning katta va kichik daryolarining energiyasidan va saxrolardagi yer osti suvlaridan foydalanishga qaratilgan. Daryolarda to‘g‘onlar, suv omborlari qurishdan oldin, oqibatda vodiy dinamikasi qanday davom etganligi, qancha maydon suv ostida qolishini, hosil bo‘lgan suv omborlarining yotqiziklar bilan to‘lishi harakterini bilish shart. Gidrogeologik tekshirishlar vaqtida surilmalar, suffizion cho‘xishlar, karst hodisalari, jarlanish shakllarini izchillik bilan ko‘zdan kechirib, oqibatini oldindan aytish zarur. Tadqiqot usullari bir qancha bosichlarda amalga oshiriladi: -tadqiqot muammosini shakllantirish bosqichi; -ilmiy farazni shakllantirish, ya’ni tadqiqotni amalga oshirish uchun ma’lumotlar qanday usulda, qanday qilib to’planadi, shuni aniqlashitirib olish; -ma’lumotlar to’plash; -to’planngan ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash; -xulosa[3]. Port inshootlarni qurish va qirg‘oqlarni mustahkamlash, ya‘ni plyajlar, kurortlar, mayaklar, kemalar bekati barpo etishda qirg‘oq morfologiyasi geologik tuzilishiga bog‘liqligini, dinamikasini, kelajakda kelajakda qaysi yo‘nalishda o‘zgarishini, pasayishini yoki ko‘tarilishini, o‘sishi yoki chyokinishini belgilash ham geomorfologiyaning vazifasidir.
Geomorfologiya relyefni o’rganuvchi fan
Relyef tabiatni boshqa komponentlariga: geologik tuzilishi, iqlim, yer usti va yer osti suvlari, tuproq o‘simlik hayvonot dunyosi va kishilik jamiyatining xo‘jalik faoliyati bilan uzluksiz bog‘liqdir. Litosferaning ustki qismi notekisliklarga boy. Ayrim ko‘tarilishlar va cho‘kishlar (okean cho‘kmalari) orasidagi balandliklar farqi 20 km ga boradi. Materiklarda balandligiga qarab pasttekisliklar, tekislik baland ko‘tarilgan, lekin tekis bo‘lgan plato, kuchli bo‘laklangan tog‘li o‘lkalarni ko‘rish mumkin. O‘z navbatida okeanlarda ham shunday relyef shakllari uchraydi. Ularning kelib chiqishiga ichki endogen yoki neotektonik jarayonlar sababchidir. Yirik notekisliklar ustida kichik notekisliklar bor, ularning paydo bo‘lishiga tashqi ekzogen kuchlar, ya‘ni oqar suvlar, harakatchan muzlar, shamol, qirg‘oqlarga dengiz va ko‘l suvining urilib turishi, nurash va boshqa jarayonlar sababchidir. Kelib chiqish taraqqiyoti va tarqalish qonuniyatlari bir xil bo‘lgan shakllar yig‘indisiga relyef xillari (tiplari) deyiladi. Relyef xillari ishlab chiqarilgan, ya‘ni jinslarni ko‘chirilishidan hosil bo‘lgan, akkumulyativ (jinslarning to‘planishi) va birlamchi-tektonik holatda bo‘ladi. Bulardan uchinchisi yer yuzasida kamdan kam uchraydi, chunki ekzogen kuchlar ularni tezda o‘zgartirib yuboradi. Akkumulyativ relyef xillari orasida suv, muzlik, shamol, vulqonik shakllarni ajratish mumkin. Katta-kichikligiga qarab megarelyef, mezorelyef va mikrorelyef xillari ajratiladi. Geomorfologik tekshirishlar vaqtida faqat relyef masshtabi, uning shakli va geografik tarqalishigagina emas, balki kelib chiqishiga va hozirgi tabiiy sharoitiga moslashgan holdagi tarqqiyotiga ham diqqat qilish zarur. Bu nuqtai nazardan relikt (o‘tmishdan qolgan) shakllarni

o‘rganish, relyef ko‘tarilish yoki pasayish holatida ekanligin aniqlashda katta ahamiyatga egadir. Qattiq yer po‘stidagi past-balandliklar yig‘indisi relyef (frantsuzcha-do‘nglik, chuqur, joy) deb ataladi. Relyef tarkibiy qismlarning yoki shakllarning, ya‘ni turli yo‘l bilan paydo bo‘lgan va turli harakterdagi botiqlar hamda balandliklarning kataligiga qarab to‘rt sinfga bo‘linadi A) materiklarning katta-kichikligiga va okean chuqurliklarining o‘z ichiga oluvchi planetar relyef yoki megarelyef: B) quruqlikning yirik rel‘ef shakllari tog‘li o‘lkalar va katta-katta tekisliklardan iborat materik mikro relyef. V) O‘rtacha kattalikdagi shakllar: tekisliklar, tepalar, daryo vodiylardan da esa tog‘ vodiylari va tog‘ tizimlaridan iborat mikrorel‘ef joyda tarqalgan kichik past balandliklardan iborat mikrorel‘ef (kichik soylar, o‘yiqlar, do‘nglar va boshqalar).
Geologiya va geomorfologiyaning tarmoqlari
“Geomorfologiya” fani tarmoqlari Taniqli geomorfolog olim Richard Jon Xagget geomorfologiyani quyidagi tarmoqlarga ajratadi: Funksional geomorfologiya; Struktural geomorfologiya; Iqlimiy geomorfologiya; Amaliy geomorfologiya; Tarixiy geomorfologiya; Boshqa geomorfologiya (tektonik, suv osti, planetar va h.k.). Geomorfologiya ma’lumotlaridan foydali qazilma konlarini qidirish (qidirish geomorfologiyasi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va temir yo‘l, dengiz portlarini loyihalashda (muhandislik geomorfologiyasi), maydondan xo‘jalikda va qishloq xo‘jaligida foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda foydalaniladi. Geomorfologik tadqiqotlarning natijalari geologik, geografik tadqiqotlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Geomorfologiya tabiiy geografiyaning iqlimshunoslik, gidrologiya, tuproqshunoslik, geobotanika, zoogeografiya fanlari bilan, geografiyaning boshqa fanlari kartografiya va geodeziya, shuningdek, geologiya, fizika, kimyo kabi tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog‘liq.
Geomorfologik qidiruvning vazifasi va usullari
Oldingi mavzularda bayon qilinganidek, Yer relyefming murakkab sharoitda shakllanishi ham xilma-xil, o‘zaro ta’sir etuvchi jarayon va omillaming mahsulidir. Shuning uchun ham geomorfologik tadqiqot usullari ko‘p qirrali va har xildir. Geomorfologik tadqiqotlaming asosiy vazifasi Yerning ma’lum hududidagi yoki maydonidagi relyef tuzilishini, shakllarini va turlarini o‘rganib, uni xaritalarda to‘g‘ri ifodalashdir. Qurilish maydonlarining geomorfologik sharoiti quriladigan injenerlik inshootlarining turlariga va konstruktiv yechimlariga hamda shu inshootni qurish tannarxiga ta’sir qiladi. Shuning uchun geomorfologik tadqiqotlar davrida relyefni har tomonlama va umumiy majmuasini mukammal o‘rganish o ‘ta muhimdir. Relyefning rivojlanish va shakllanishini o‘rganishda quyidagi asosiy geomorfologik tadqiqot usullarini o‘zaro chambarchas bog‘lab olib borish katta ahamiyatga ega: morfografik usul; morfometrik usul; tarixiy geomorfologik usul; geologik usul; geografik usul; geofizik usul; topografik - geodezik usul va boshqalar; Yuqorida keltirilgan usullarning hech biri alohida relyefning tarixiy rivojlanishi, shakllanishi, tuzilishi va tarqalishi haqida to‘liq ma’lumot beraolmaydi. Faqat geomorfologik tadqiqotning umumiy usullar yig‘indisigina relyef haqida to‘liq ma’lumot beraoladi. Morfografik usul. Bu usul bilan relyefning tashqi shakli va elementlari kuzatilib, ulargagina xos boMgan belgilari aniqlanadi, shunga asosan morfografik tasniflar va tavsiflar qilinib, ulaming fazaviy bog‘liqligi aniqlanadi. Morfometrik usul - to‘plangan ma’lumotlarga asoslanib, relyefning shakli va genetik turlarini miqdoriy mezonlar asosida izohlashga qaratilgandir. Bunday usul relyef shakl va elementlarining nisbiy gipsometrik balandligini, qiyaligining o ‘zgarishini, gidrologik tarmoqlaming zichligini, relyef shaklining kengligi va uzunligini tahlil 156 qilishga asoslangan. Bunday tadqiqot usuli hozirgi davrdagi mavjud topografik xaritalar asosida olib boriladi. Geologik usul - tog‘ jinslarining geologik tuzilishini, ularni xilmaxil relyeflar bilan chambarchas bog‘liqligini hamda tektonik rivojlanish bosqichlarini o‘rganish usullariga asoslangan. Bu usul relyef shaklining paydo bo‘lishi - genezisini aniqlashdagi asosiy ma’lumotlami beradi. Bu tadqiqot usuli o‘z ichiga quyidagi usullami qamrab oladi: morfostrukturali; morfogenetik; yotqiziq tiplarining genezisi; tarixiygeologik; mineralogik, petrografik va strukturaviy - tektonik usullar
Geografik usul - relyef paydo bo‘lish sharoitining hozirgi va o ‘tgan davrlarini aniqlash uchun qo‘llaniladi. Xususan, ekzogen jarayonlaming rivojlanishida muhim o ‘ringa ega bo‘lgan iqlimiy sharoitlami o‘rganish zarurdir. Bularga geografik landshaftni, tuproqni, daryolar gidrologiyasini, kriogen hodisalami va boshqalarni o ‘rganish kiradi.
Tarixiy geomorfologik usul - morfologik-genetik asosda, relyefning tarixiy, bosqichli rivojlanish qonuniyatlarini o ‘rganadi. Geofizik usul - Yer shakli - geoid shaklini va paydo bo‘lishini seysmik, magnitometrik va gravimetrik usulda o‘rganishga asoslangan boMib, regional geomorfologik tadqiqotlarda qo‘llaniladi. Topografik va geodezik usul - ikkiga bo‘linadi: relyefning morfologiyasini va morfometriyasini o‘rganishda topografik xaritalardan foydalanish usuli va maxsus geodezik o‘lchashlar olib borish usullari.
Yüklə 25,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin