Giroskop
Giroskop (giro... va ...skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez
aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun G.ni kardanli osmaga
mahkamlab qoʻyish kerak (qarang
Kardanli mexanizm
). Osma markaziga nisbatan G. istalgan
yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (qarang
Presessiya
) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, girovertikal va
b.ga asbob qilib olingan. G.ning har qanday holda ham fazoda oʻz oʻqi yoʻnalishini oʻzgarishsiz
saqlay olishi xossasidan samolyot, raketa, dengiz kemalari, torpedolar va b. harakatini
avtomatik tarzda saqlash uchun foydalaniladi (mas, avtopilot). Kemalarda matroslarning osma
toʻrkrovatlari G. xossasiga asoslangan (kema qanchalik chayqalmasin matroslar bemalol uxlab
ketishaveradi). Samolyotning kursdan ogʻganligini aniqlaydigan asbob yoʻnalish G.i, yaʼni
giropolukompas deb ataladi. U avtopilotlarda qoʻllaniladi.
[1]
Giroskop.
Giroskop (
qadimgi yunoncha
: γῦρος — „xalqa“,
qadimgi yunoncha
: σκοπός — „kuzataman“), deb
impuls momenti
prinsiplariga asosan moʻljal olish uchun xizmat qiluvchi qurilmaga aytiladi.
[2]
Mexanik jihatdan, giroskop oʻqi erkin harakatlanuvchi aylanuvchi gʻildirak yoki diskdan iborat.
Ushbu moʻljal oʻzgarmas boʻlmasa-da, u katta aylanish tezligi va
inersiya momenti
tufayli
tashqi
kuch momenti
taʼsiridan deyarli oʻzgarmaydi. Tashqi kuch momentini yanada kamaytirish
uchun giroskop
muvozanat xalqasiga
oʻrnatiladi, natijada unga oʻzi joylashgan platforma
harakati taʼsir qilmaydi.
Boshqacha prinsiplarga asoslangan giroskoplar ham mavjud, masalan, elektron giroskop,
lazerli
giroskop
,
optik tolali giroskop
, va oʻta sezgir
kvant giroskopi
.
Giroskoplar
inersiyali navigatsiyada
, ayniqsa
kompas
ishlamaydigan sohalarda qoʻllaniladi.
Bularga
qitʼalararo ballistik raketalar
,
fazoviy kemalar
parvozlari, yerosti tunnel kavlash va
boshqalar kiradi.
[3]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. "
Gyroscope (http://demonstrations.wolfram.com/Gyroscope/)
" by Sándor Kabai,
Wolfram
Demonstrations Project
.
3.
Discover magazine (http://discovermagazine.com/2009/may/20-things-you-didnt-know-about-t
unnels)
20 things you didn't know about tunnels (Number 8).
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Giros
kop&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar
Soʻnggi tahrir 2 oy avval MalikxanBot
tomonidan amalga oshirildi
title=Giroskop&oldid=2913297
" dan
olindi
Dostları ilə paylaş: |