Glossariy maktabgacha pedagogikada o’yin nazariyasi



Yüklə 41 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü41 Kb.
#154322
Maktabgacha tarbiya bolalarda syujetli-rolli o\'yinlar


Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun syujetli-rolli oʻyinlarni loyihalashtirish
GLOSSARIY
1. Maktabgacha pedagogikada o’yin nazariyasi - ijtimoiy faoliyat hisoblanib, mehnatning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo’ladi. O’yin doimo hayotni aks ettiradi. SHuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi.
2. O’yin – maqsadga qaratilgan o’ylangan jarayondir. O’yin jarayoni asosida o’quv faoliyati rivojlanadi. Bola yoshligida qancha ko’p o’ynasa, maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
3. A.V.Yarmolenko - yarim yoshlik go‘daklarda jozibali narsalarning o‘zaro qiyosiy tasnifini tadqiq qilgan. Muallif olgan ma’lumotlarga qaraganda go‘dak behisob jismlar orasida insonni (katta yoshli odamlarni) tobora aniqroq, ravshanroq ajrata boshlagan tadqiqotchi.
4. M.YU.Kistayakovskaya – go’dakning 5-6 oylikda u muomala qilayotgan notanish shaxsga bir oz tikilishini, keyin yo qo’limsirashi yoki undan yuzini o‘girishi, hatto, qo‘rqib yig’lab yuborishini, bolada o‘zini parvarish qilayotgan yaqin kishilariga bog’lanib qolishi sodir bo‘lishini aniqlagan olim.
5. Syujet - deganda, o’yin faoliyatida bolalar aks ettiradigan voqelikning doirasi tushuniladi. O’yin syujeti turli davrga, sinfiy xususiyatga, oilaviy turmush tarziga, geografik va ishlab chiqarish sharoitlariga bog’liq holda yaratiladi. Bola munosabatga kirishadigan voqelik doirasi qanchalik tor, cheklangan bo’lsa, o’yinnnig syujeti shunchalik xira va bir xil ekanligini aks ettiradi.
6. Ye.A.Arkin syujetli-rolli o’yinlarning 1. ishlab chiqarishga (texnikaga); sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish, kasb- hunarga oid o’yinlar; 2. maishiy va ijtimoiy siyosatga ro’zg’or: maktabgacha ta’lim muassasasiga, maktabga, kundalik turmushga oid o’yinlar; 3. harbiy: urush-urush o’yinlari; 4. drammalashtirilgan: kino, spektakl va boshqalarga oid o’yinlar kabi turlarga ajratgan psixolog.
Yüklə 41 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin