GLOSSARIY
1. Sevish qobiliyati. Sevish qobiliyatining darajasi boshqacha - o'zaro munosabatning o'zaro munosabatidan farq qiladi - bu o'zaro munosabatlar yo'qligi - bunday odam oilada ishonchli va ishonchli bo'lgan. Agar sezgir zavqlanish muqarrar ravishda to'yib qolsa, sevgi to'yingan emas: Yig'langan kishi zerikmaydi, u yanada chuqurroq va chuqurroq ochib beradi. Sevgi shakllari bitta organizm, ajralish o'limga o'xshaydi.
2.Ambivalent detotsentrik oiladagi bola ko`proq ota-onaning hissiy-emotsional g’amxo`rligi ta’sirida bo`ladi. Masalan, bu agar qiz bo`lsa, u faqat otasi yoki onasi, yoki ikkisining doimiy erkalashlari og’ushida katta bo`lib, oxir-oqibat shunday holatga ko`nikib ketadi. Oilaviy munosabat faqat shunday bo`lsa kerak, degan fikr ba’zan o`zi mustaqil oila qurganda, uning yangi xonadonga ko`nikishiga jiddiy xalaqit beradi.
3. Er-xotin oilasi XX asrning 60-chi yillarida paydo bo`lib, u ham ayollar, ham bolalar emansipatsiya jarayonlarining oqibati sifatida qaraladi. Bunday oiladagi o`zaro munosabatlar asosan erkak va xotin o`rtasidagi muomalaga, uning qanchalik samimiy, iliqligiga bog’liq bo`ladi. Ayolga o`z xohish-irodasini mumkin qadar namoyon etish, unga ma’lum ma’noda mustaqil erishish imkoniyati yaratiladi. U ko`p holatlarda turmush o`rtog’iga suyukli, erka va zarur yor rolini o`ynaydi. Golod er-xotinning bir-birlariga yaqin bo`lishlarining 4 xil jihatini farqlaydi: simpatiya (yoqtirish), samimiyat, minnatdorlik va erotik jihatdan bog’liqlik.
4. Monogam bo`lmagan oila toifasi chin ma’noda nikoh munosabatlariga tayanmaydi. Bundan oilaning uch xil ko`rinishi mavjud
5. Ajrimlar tufayli paydo bo`lgan noto`liq oila – XX asrning oxirlarida ko`payib ketgan noto`liq oila turi. Golodning ma’lumotlariga ko`ra, Rossiyadagi oilalar ajrimi shu qadar ko`paydiki, har 100 ta nikohga 51 ta oila ajrimi to`g’ri keldi. Bunga sabablardan biri ota-onalik rollarining bajarilmasligi, otaning bola tarbiyasidan sovuqqonlik bilan chetlashishidir, chunki ko`pgina otalar ajralishgandan so`ng ma’lum muddat o`tgach, farzandlari bilan umuman yuz ko`rmas bo`lib ketishadi. Afsuski, O`zbekistonda oila va nikoh nechog’li qadrlanmasin, oilaviy ajrimlar ham qayd etiladi. Statistik ma’lumotlarga ko`ra, oxirgi yillarda yiliga o`rtacha 14,5 mingdan 15 mingacha oila ajrimlari qayd etiladi, ajrimlarning sudlar orqali rasmiylashtiriladigan turlari FXDYo orqali rasmiylashtiriladiganidan ko`proqdir. Ajrim bo`lgan oialalrning 70 foizi yosh oilalar bo`lib, ularda o`rtacha 2,5 ta bola chala yetim bo`lib qoladi. Bu kabi noto`liq oilalarda o`ziga yarasha ijtimoiy-iqtisodiy muammolar paydo bo`ldaiki, shu bois ham davlatimizning oila siyosatining mazmuni noto`liq oilalar sonini kamaytirishga qaratilgandir. Bunda masalaning moddiy tomonidan ham uning ma’naviy-ahloqiy tomonlari bizni ko`proq tashvishga soladi.
6.Aralash oilalar yoki begona ota-onalar bilan yashaydiganlar oilasi. Bu – yetimlarni boqib olish hisobiga paydo bo`ladigan, otalikka olish, o`gay ota yoki ona bilan yashaydiganlar oilasidir. Ming afsuski, turli hayotiy vaziyatlar tufayli shunday oila ham bor, ular nisbatan ko`p bo`lmasa-da, O`zbekistonda ham mavjud.
7. Oila energetikasi tushunchasi o`z ichiga ko`plab jabhalarni xususan, oilaning tibbiy-biologik xususiyatlaridan tortib, uning psixologik mavjudligini belgilovchi omillar, ekologik shart-sharoitlardan boshlab, tiriklikning mezonlari bo`lmish ovqatlanish hamda har bir oila a’zosining xatti-harakatlarining namoyon bo`lishigacha qamrab oldi.
Dostları ilə paylaş: |