Grippni davolash



Yüklə 481,5 Kb.
səhifə1/4
tarix21.04.2022
ölçüsü481,5 Kb.
#55973
  1   2   3   4
gripp
JIGSAW, Ta`limning mazmuni Reja

Gripp (frans.grippe), inflyuensa — keng tarqalgan o`tkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qo`zg`atadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini o`zgartirib turadi. Jumladan, A turining o`zida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. O`zbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan so`ng yuqish ehtimoli yo`qoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud bo`ladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past bo`lganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq mavsumda ko`proq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud bo`ladi. Isiriq tutuni ham G. viruslarini o`ldiradi.

G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 y.da G. epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yo`talganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va so`lak tomchilari bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan ko`plab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yo`llari orqali tushadi.

Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga G. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi.

Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha. Kasallik to`satdan boshlanadi. Sog`lom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas bo`ladi, harorati ko`tarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat o`tgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon bo`ladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha ko`tariladi, bemor junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat ko`tarilib bo`lgach, bemorning badani qiziydi, betoqat bo`ladi. Aʼzoi badani, boshi, qo`l-oyoq muskullari zirqirab og`riydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida og`riq kuchli bo`ladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, ko`zi tinadi. Ko`z yoshlanadi, qizarib ketadi, ko`z soqqasida og`riq bo`ladi. Burun "bitib" qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomog`i og`riydi, og`zi qaqraydi, quruq yo`tal paydo bo`ladi. G. yengil, o`rtacha va juda og`ir o`tadi. Kasallik og`irroq kechganda ko`ngil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin.

G. keksalar va bolalarda ancha og`ir kechadi, organizmda ilgaridan mavjud bo`lgan surunkali kasalliklar, odatda, zo`rayadi, baʼzan boshqa kasalliklar — zotiljam qo`shiladi. G.dan keyin o`pka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yallig`lanishi kabi asoratlar kuzatiladi.

D avolash. G. bilan og`rigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani maʼqul. Faqat kasallik og`ir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallikning og`ir-yengil o`tishidan qatʼi nazar, bemor yotishi lozim. Viruslarga taʼsir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qo`llanilsa yaxshi naf beradi. Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib terlash bemor ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi bilan og`riq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya etiladi;Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli bo`lgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida G. vaksinasi bilan emlash o`tkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaksina burunga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobulin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish maqsadga muvofiq.

Hayvonlarda G.ni Orthmyxo-duridae oilasiga mansub viruslar qo`zg`atadi. Cho`chqalar, otlar, qoramol va parrandalar kasallanadi. Otlarda G. qisqa muddatli isitma, qaltirash, ko`zdan yosh oqishi, yuqori nafas yo`llari katari bilan boshlanadi, quruq yo`tal tutadi. Kasallikda laringotraxeit, bronxit, og`ir hollarda pnevmoniya kuzatiladi. Qoramollarda kasallik o`tkir kechadi, tana harorati ko`tariladi, konʼyunktivit, rinit yuz beradi, ishtaha yo`qolishi mumkin. Parrandalarda G. (parrandalar o`lati) epizootiya ko`rinishida kechadi, nafas va hazm aʼzolari shikastlanadi. G. uy parrandalarining hamma turida uchraydi.

Oldini olish: parranda, otlar maxsus vaksinalar bilan emlanadi, veterinariya-sanitariya tadbirlari ko`riladi.

L.Shovahobov Sh. Sh., Yuqumli kasalliklar va epidemiologiya asoslari, T., 1997.


Yüklə 481,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə