“Qisqa yozish ona tili kambag‘alligidan emas, boyligidan darak”
Tilab Mahmudov
#Yozuvchi_haqida
Tog‘ay Murod - o‘zbek adabiyotida o‘z o‘rni va so‘ziga ega bo‘lgan, adabiyotga zamonaviy, xalqchil uslubni kiritgan yozuvchidir. “Ot kishnagan oqshom”, Bu dunyoda o‘lib bo‘lmaydi”, “Oydinda yurgan odamlar” kabi asarlari bilan tanilgan To‘g‘ay Murod o‘zbek adabiyotiga milliylik ruhini qaytargan yozuvchilardan hisoblanadi. Aynan u o‘zbek Sovet adabiyoti qolipini parchalagan, adabiyot ruhini va matnni milliylikka qaytargan yozuvchi sifatida baholanadi.
#Fikr
“Adabiyotimizda shunday bir nochor ahvol borki, dunyoga chiqish uchun uchqunlanayotgan yozuvchilarni e‘tiborga olmaymiz. Talantli yozuvchilar hech kimni oldiga arz qilib bormaydi, hech narsa so‘ramaydi, o‘z istedodiga ishonib yozaveradi. Yozgan narsalari dunyo u yoqda tursin, xalqimizga ham durustroq yetib kelmaydi. Mana shu Tog‘ay Murodning asarlari. O‘zbek tilidagi go‘zal o‘xshatishlarni, milliylikni adabiyotga olib kirdi. Olib kirganda ham tumtoq shaklda emas, go‘zal bir bezaklar bilan olib kirdi. Afsus, biz shu narsaning qadriga yetolmadik”,- deydi yozuvchi Xolmuhammad Karim.
#Milliy_ruh
Tog‘ay Murodning har bir qissasida millatning yaqin yuz yillikdagi fojiasini fosh qilib beradi, uning asarlarida madaniyatlar to‘qnashadi, zulmning bor qiyofasi ochiladi, xo‘rlangan va xorlangan ruh, milliy madaniyat ohanglari tirilib millatga qaytariladi. Millatga har bir qaytarilgan ruh kitobxonga “yuqadi”. Shu jumaladan, “Ot kishnagan oqshom” asarida ham sevgi, yurt, millat tushunchalari qoliplangan so‘zlar shaklida emas, tabiiy, oddiy, kamtarona, ming yillar mobaynida shakllangan madaniyat qanday bo‘lsa , sof tuyg‘ular ham shunday “ tiriltiriladi” Yozganlari o‘quvchi qalbiga kiradi. Qishloqning oddiy, o‘qimagan, chapani insonining ham ko‘ksida urib turgan, ulkan yuragi “milliy ruhni” singdiradi.
#Voqealik.
Asarni o‘qiganimizda Surxon vodiysining oʻziga xos nafasini sezgandek bo‘lamiz, mehnatsevar, kamtar va tanti chorvadorlar, bogʻbonlarga nisbatan dilimizda samimiy mehr uyg‘onadi.Bu sodda , beg‘ubor insonlarning turmush tarzi qanchalik oddiy bo‘lmasin, kitkbxon e‘tiborini tortadi. Qissa “Alpomish” dostoni anʼanalarini eslatadigan xalqchil ruh bilan sugʻorilgan. Nafaqat bu doston ,qissada butun xalq og‘zaki ijodiga aloqador uslub aeziladi. Togʻay Murodning oʻzi ham Alpomish va Barchinlarni bergan goʻzal vodiylar, bepoyon yaylovlarda oʻsganligi uning soʻz boyliklaridan, yozuvchilik uslubi va oʻziga xos ovozidan sezilib turadi.
Qissaning bosh qahramoni Ziyodulla oddiy bir choʻpon. Uning oʻz oti Tarlonga boʻlgan mehri – insonning tabiatga qoʻygan mehriday sof. Tarlon tabiat timsoli boʻlgani uchun ham yozuvchi uni yorqin bir obraz darajasiga koʻtarib tasvirlaydi.
Birinchi qissaning qahramoni Ziyodulla oʻzi yashayotgan joydagi ikkiyuzlamachi va riyokor odamlarga qarshi dadil kurashadi. U hatto oʻzidagi jismoniy nuqsonga qarshi isyon koʻtaradi, “kal” degan malomatni maʼnaviy ustunlik – mohir chavandozlik shuhrati bilan yengib o‘tadi. Vaholanki, jamiyatdagi munofiqlikni yengishga bir kishining kuchi yetmasa-da ,kurash yo‘lini tanlaganlar kamdan kam topiladi.Ziyodulla chavandoz aynan shunday , qishloqning sodda ,chapani insoni!
#Togay_Murod_tili
Tog‘ay Murodning barcha asarlarida shevaga oid so‘zlar qo‘llansa-da, aynan dialektizm qahramon xarakterini ochib berishda, uning ruhiy pozitsiyasini belgilashda asksiy rolni o‘ynaydi. Aynan qissada Ziyodulla chavandozning chapani nutqi, Surxon vohasidan ko‘pkari-yu, dala -dashtning “hidi”ni olib keladi. Yozubchining yana bir uslubi ko‘zga tashlanadi: uslubda qisqalik! Takrorlar! Qisqalik va takror inson tuyg‘ularini to‘la darajada kitobxonga yetkazadi. Aynan Tog‘ay Murod asarlaridagina mana shu shakllar ko‘p uchraydi. Shevaga xos so‘zlar alohida ohang va musiqiylikni shakllantirib bir umumiy kuydek jaranglaydi.
#G‘oya
Qissada asl o'zbekning sodda va samimiyligini inson bo‘lishi eng go'zal ifodalar bilan ko‘rsatilgan.Hozirgi kunda ham (Tog'ay Murodni) zamonasida ham do'st do'stga emas, hatto, aka -ukaga, opa- singilga, farzand ota-onaga vafo qilmayapti. Lekin Ziyodulla kal Tarlonga shunchalik mehr berib, ardoqlagani va hayvon bo'la turib Tarlon ham unga o'zidan-da ortiq sadoqat ko'rsatolgani, eng og'ir damda- INSON INSONGA xiyonat qilganda ham o'sha sadoqatiga, do'stligiga sodiq qololgani ham xavasli ham alamli.
Biz hayotdan doim eng yaxshi, eng pokiza tuhfalarni kutamiz. Lekin doim unaqa bo'lmaydi va insonni baxtsizligiga, fojeasiga sabab inson bo'laveradi, bo'laveradi...
Tog'ay Murod ana shu fojeani eng mukammal bo'yoqlarda aks ettirolgan.
#Nima_uchun?
Nima uchun To‘g‘ay Murodning asarlari o‘qishli?!
Chunki yozuvchi "Otamdan qolgan dalalar"ni yozishdan avval yillab paxta ekkan, "Yulduzlar mangu yonadi"ni yozishdan oldin uzun kechalarni polvonlar orasida bedor o'tkazgan, "Ot kishnagan oqshom"ni yozishdan avval o'qigan, boqqan, mehr bergan...
Ana keyin asarlari kitobdan turib bizni ruhimizga ko'choladigan "tirik" asar bo'lgan. Bizni asarda, asar qahramonlariga aylantirib "yashatish" uchun Tog'ay Murod ham avval o'zi asarlariga aylanib yashab chiqqan.
#Asardan_parcha.
Birodarlar, biz hamisha adolat, adolat deymiz. Tildan qo'ymaymiz. Adolatsizlikni ko'rib, xunibiyron bo'lamiz. Hayotdan, taqdirdan noliymiz. Adolat yo'q, adolat osmonda, deymiz.
Yo'q, birodarlar, adolat erda! Oyoqlarimiz ostida! Adolat tuproqqa qorishib yotibdi! Adolatni kim bundayin xor qilayapti? Biz - o'zimiz!..
... Shu-da, adolat jafo chekayotganda qochamiz! Adolatdan yuz o'giramiz! Ko'rib-ko'rmaslikka olamiz!
Bir imonsiz adolatni bo'g'sa, yo'limizni chap solamiz. Yomondan qoch-da qutul, yo, ton-da qutul, deymiz...
...Obro'yimiz ketib qolishidan, yo, amalimizdan ayrilib qolishdan qo'rqamiz. Qo'y, qo'ya ber, to'g'ri gap tuqqaningga yoqmaydi, deya qo'l siltaymiz...
#Xulosa_o‘rnida
“Chinakam katta adib oʻz xalqiga katta bir qoʻshin keltirgandan ham ulkanroq zafar va shuhrat keltirishi mumkin. Faqat buning uchun adib oʻzidagi isteʼdodni xuddi qoʻshin bayrogʻini avaylab qoʻriqlaydigan yalovbardor kabi asrashi kerak, bu bayroqni oldirib qoʻymasligi, unga gʻubor yuqtirmasligi, dogʻ tushirmasligi kerak.”
Pirimqul QODIROV
#Eshitilimishdan
Bu qissalar ne bir kunlarni ko‘rmadi!
Zoti nomard bo‘ldi, ushbu qissalar yoqasidan oldi. Og‘zi buzuq bo‘ldi, ushbu qissalarga tupugini sochdi. Qo‘li nopok bo‘ldi, ushbu qissalardan butun-butun boblarni o‘chirib tashladi.
Oqibat, ushbu qissalar o‘z vaqtida pati yulinmish tovuq misol chop etildi.
Alqissa, dorilomon kunlar keldi. «Ot kishnagan oqshom»dagi Ziyodulla chavandozchasiga aytar bo‘lsak... uloq Tog‘ay Murodda ketdi!
☝️Asarni o‘qishni, albatta, tavsiya qilaman!