Guliston davlat universiteti



Yüklə 2,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix06.06.2020
ölçüsü2,83 Mb.
#31713
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
favqulotda vaziyatlar va fuqarolar muxofazasi


 O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
N.Sadiev ,O.Oqyigitov
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi fanidan
o’quv-uslubiy
 M A J M U A
GULISTON- 2015

2
O.Oqyigitov, N.Sadiev «Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi»
fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tayyorlangan o’quv-
uslubiy majmua. Guliston, 2015 yil, 130 bet.
Ushbu o’quv-uslubiy majmua tayyorlashda Guliston davlat universiteti
Pedagogika fakulteti “Jismoniy tarbiya va sport” kafedrasi o’qituvchilari O.
Oqyigitov, N.Sadiev tomonida 2015 yilda tayyorlangan  «Favqulodda vaziyat va
fuqarolar muhofazasi» fanidan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
tayyorlangan o’quv-uslubiy majmuama materiallaridan foydalanilgan.
O’quv-uslubiy majmua kunduzgi ta’lim yo’nalishining 3-kurs talabalari
uchun tayyorlangan bo’lib, unda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
tuzilgan ma’ruza matnlari, amaliy mashg’ulotlarni bajarish tartibi, mustaqil ish
topshiriqlari, nazorat topshiriqlari berilgan.
O’quv-uslubiy majmua Guliston davlat universiteti o’quv-uslubiy
kengashi tomonidan (2013 yil 30 avgustdagi 01- sonli majlis bayonnomasi)
nashrga tavsiya qilindi.
Mas’ul muharrir:
o’qituvchi: N.Sadiev
Taqrizchi:
dots.    J. Komilov.
Annotatsiya
Nastoyahiy uchebno-metodicheskiy  kompleks predstavlyaet soboy
sovremenno’y informatsionno’y istochnik polucheniya nauchno-metodicheskix
znaniy. Prakticheskie i teoreticheskie osnovo’ jizni studenta. On pomojet bakalavram
uspeshnee osvoit osnovo’ v jizni i professionalnoy deyatelnosti.
Annatation
This educational methodic aid presents modern sources of information
obtaining practical scientific –methodic knowledge about theory of basis of the life of
students and their professional activity.

3
MUNDARIJA
So’z boshi . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .  4
Kirish     . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . .  …5
«Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi» fanidan ishchi dastur . . . .  ……... ..8
Fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezoni . . . . . . . . . . . .  . . . . . . .. . . …...12
Kontseptual asos ............................................................................................................12
Ma’ruzalar kursi . . ..  . . . . . . ..  . . . . . . . . . .. .  . . . . . . .. . . . . .  ..  . . . . . . .. . . …….14
1-Mavzu: O’zbekiston Respublikasida fuqarolar muhofazasini tashkil
                etilishi                          . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..  ..  .. .  . .. . . . . ... . . ….14
2-Mavzu: Zamonaviy qirg’in qurollari - yadroviy, kimyoviy va bakteriologik
                   qurollar  . . .  . . . . . . ..  . .. .  . .. . .  . . ..  . .. . .  .. .  . . . .. .  .. .  .. . . . . . …. 21
3-Mavzu: O’zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar.. .  . . .  . . .  ..  .. . . . . . .  ………25
4-Mavzu: Ishlab chiqarish avariyalari. . . . . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . ….30
5-Mavzu: Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni aniqlash va baholash.  . . . . . .  …….. 34
6-Mavzu: Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tadbirlarini
                 rejalashtirish        . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …….. 44
7-Mavzu: Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va xususiyatlari  . . . . .. …………48
8- Mavzu: Favqulodda holatlarda iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini qutqarish  . .
………….60
9-Mavzu: Aholini, FMDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatga tayyorlash
                va o’qitish                      . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . 65
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi bo’yicha asosiy qonunlar, qarorlar. Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 23 dekabrdagi 558-son qarori  . . . . . . . . . ……………… 70
O’zbekiston Respublikasining “FM to’g’risida”gi qonuni . . . . . . . . . . . . . . . . …… 72
O’zbekiston Respublikasining “Radiatsiyaviy xavfsizlik to’g’risida”gi qonuni…….. 79
Rasmlar, plakatlar . . . . . . . . . .. . . . . . . . . . . . . .. . . . . . . . .. . . .. . . . . . . . . .. . . . . ….87
Amaliy mashg’ulotlar. . .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …96
1-amaliy mashg’ulot: Zamonaviy qirg’in qurollar va ulardan aholini
himoya qilish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ..96
3-amaliy mashg’ulot: O’zbekistonda kuzatiladigan tabiiy ofatlar . . . . . . . . . . ……..97
4-amaliy mashg’ulot: Ishlab chiqarish avariyalari . . . . . . . . . . . .  . . . . . . . . . . . . ….97
5-amaliy mashg’ulot: Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni baholash  . . . . . . . . . ….98
6-amaliy mashg’ulot: Fuqaro muhofazasini tashkil etish asoslari . . . . . . . . .  ……..99
7-amaliy mashg’ulot: Favqulodda holatlarda iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini qutqarish
. . . . . . . . . .. . . . . . . . . . 100
8-amaliy mashg’ulot: Tabiiy ofatlar va fojiyalardan talofat ko’rgan aholiga yordam
ko’rsatish                                                                               . . . . . . . . . . . . . ………101
9-amaliy mashg’ulot: Terrorizm va fuqaro muhofazasi . . . . ..  ..  . . . . . . . . . . . …102
10-amaliy mashg’ulot: Aholini, FVDT kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarga
tayyorlash va o’qitish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . …………..103
Glosari.............. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 104
Nazorat topshiriqlari. . . . . . . . . . . . . . .  . . . . . .  . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ….105
Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi fanidan test savollari.  .. . . . . ……….107
O’tilgan mavzular bo’yicha yakuniy xulosalar . . . . . . . . . . . . . . .  ..  . . . . . .  . . .  . 129
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. . . . . . . . . . . . . . . . . . .  . . . . .  . . . .  . . . . .  ….. 130

4
SO’ZBOShI
Ushbu o’quv-uslubiy majmua oliy va o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida
«Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» nomi bilan o’qitilayotgan fan dasturi
asosida yaratilgan bo’lib, unda zamonaviy qirg’in qurollari, ularning zararli
oqibatlari, fuqarolarni himoyalash vositalari haqidaagi ma’lumotlardan tashqari,
favqulodda vaziyatlarda fuqarolarni, xalq xo’jalik tarmoqlarini, moddiy resurslarni,
atrof-muhitni zararlanishdan saqlash, shikastlangan hududlarda qutqarish va tiklash
ishlarini amalga oshirish masalalari mujassamlangan.
O’quv uslubiy majmua oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari
uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etilgan. Qo’llanma ayni vaqtda keng
jamoatchilik uchun ham foydadan xoli bo’lmay, aholi va hududlarni turli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilishdek xayrli ishda ularning huquqiy, siyosiy, ekologik
xavfsizlik madaniyati yuksak bo’lishiga xizmat qilishi, shubhasiz.
Qo’llanmada har bir bobning mazmunini to’liq yoritishda ham nazariy, ham
amaliy ma’lumotlar, mavzularni mustahkamlash uchun tayanch tushuncha va iboralar
hamda savollar keltirilgan.  Oliy o’quv yurtlarida talabalarni fuqarolar muhofazasiga
o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda fuqaro
muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalda qo’llashga hamda
harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish tutishga o’rgatishdan iborat.

5
Kirish
Insoniyat XXI asrga qadam qo’yar ekan, o’tgan davr mobaynidagi sovuq
urushlar, tinchlik davrlarida qo’llanilgan zamonaviy qurollar, turli ko’rinishdagi
falokatlar va boshqa muammolarni taxlil qiladi va yangi asr bo’sag’asida
bajariladigan tadbirlarni har tomonlama asoslagan holda belgilab oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XX asr poyonida xavfsiz hayotni ta’minlash
masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi, chunki ishlab chiqarish
jarayonining misli ko’rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan
ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi
aholi salomatligi, atrof-muhit tozaligi va iqgisodning barqaror rivojlanishiga taxdid
solib turibdi. Shu sababdan ham O’zbekistonda o’z mustaqilligiga erishgan dastlabki
yillardanoq eng muhim vazifalar qatoridan mamlakat aholisi va hududini turli xil
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash
masalalari o’rin oldi. Respublikamiz Prezidenti Islom Karimov «O’zbekiston XXI asr
bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari»
kitobida ta’kidlaganidek: «Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachon-lar milliy va
mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan».
Vatanimizning yaxlitligi, aholi xavfsizligi tahdidi to’g’risida Prezidentimiz
«O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ham batafsil to’xtab o’tganlar.
Avvalgi ikki qarama-qarshi siyosiy qarashlarning bir-biriga faol qarshiligi
vaqglarida butun aholi qatlami faqat zamonaviy qirg’in qurollari va hujumkor
vositalardan himoyalanish ruhida tarbiyalangan bo’lsa, hozirgi davrdagi fuqarolar
muhofazasi — yangi ijtimoiy, iqgisodiy zarurat asosida tashkil topgan. Ya’ni
mustaqil O’zbekistonni va fuqarolarini turli ko’rinishdagi falokatlardan va
halokatlardan saklash ruxida tarbiyalashga yo’naltirilgan.
Shu nuqtai nazardan xalqimizni dushman tomonidan bo’ladigan ham ichki, ham
tashqi ta’sirlardan saqlash, hozirgi kunning eng dolzarb vaziflaridan biri hisoblansa,
ikkinchi tomondan bizning o’lkamiz tabiiy ofatlar (er silkinishi, er surilishi, sel, suv
toshqini, kuchli shamol va boshqalar), bo’lishiga moyil o’lka bo’lganligidan hamda
texnogen avariyalar, katastrofalar va ekologik muvozanatning buzilishi natijasida

6
uning oqibatlaridan fuqarolarni, iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarini, moddiy
resurslarni, texnikalarni va tabiatni asrash, zarar ko’rgan hududlarda qutqarish va
kechiktirib bo’lmaydigan tiklash ishlarini olib borish ham juda muhim masalalardan
hisoblanadi.
Amaliy mashg’ulotlar
Mashg’ulot va inshoot joylarini rejalashtirish elementlari. Tasnifi va
terminologiyasi. Mashg’ulot va inshoot joylarini tashkil etgan tekislikdagi va
hajmdagi rejalashtirish elementlari.
Asbob-uskunalar bilan jihozlash. Hisobot-chizma ishlari.
Kimyoviy ob’ektlar, kimyoviy zavodlar hamda radiyaatsiyaviy o’choqlar va
ularda olib borilgan chora-tadbirlar.
Tog’li  va cho’l zonalarida olib borilgan yoki olib boriladigan ishlarni
rejalashtirishlardan iborat.
                               Darsliklar va o’quv qo’llanmalar ro’yxati.
                                                      Asosiy
1. Nigmatov I., Tojiev M.  “Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi”, o’quv-
qo’llanma, Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2011 yil.
2. Tojiev M, Ne’matov I, Ilhomov.  “Favqulodda vaziyat va fuqaro muhofazasi”,
o’quv-qo’llanma, Toshkent, «Iqtisod-moliya», 2002 yil.
3. Xaydarov R. “Grajdanskaya zahita i cherezvo’chayno’e situatsii v Respublika
Uzbekistan”, uchebnoe posobie, Tashkent, 2003 god.
4. Polyakova V. “Pervaya pomoh pri povrejdeniya i neschastno’x sulchayax”,
Tashkent, 1990 god.
5. G’.Yormatov, O.Yuldashev, A.Hamraeva “Hayot faoliyati xavfsizligi”, o’quv
qo’llanma, Toshkent, 2009 yil.

7
                                                      Qo’shimcha
1. I.Karimov “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida xavfsizlikka tahdid barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari”, Toshkent, O’zbekiston, 1997 yil.
2. E.P.Shubina “Grajdanskaya oborona”, Tashkent, “Prosvehenie”, 1991 g.
 3. Akimov N.I. “Иқтисодиёт  иншоатлари ishlab chiqarish ob’ektlarida fuqarolar
muhofazasi”, Toshkent, Mehnat, 1983 yil.
 4.  Yo’ldoshov O’. Usmonov U. Mirabzal M. “Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar
muhofazasi” Toshkent, 2002 yil.
5. Sh.Ubaydullaev, A.Norboev, M.Ziyoeva, M.Ortiqov, U.Yo’ldoshev, O.Ortiqov
“Chaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik”, o’quv qo’llanma, Toshkent, 2007 yil.

8
II. «FAVQULODDA VAZIYATLAR VA FUQARO MUHOFAZASI»
FANIDAN ISHCHI DASTUR
2.1. KURSNING MAQSADI :
Talabalarga Fuqarolar muhofazasini o’qitishdan asosiy maqsad bo’lajak
mutaxassislarni favqulodda vaziyatlar, fuqaro muhofazasi chora-tadbirlarini ishlab
chiqish va amalda qo’llashni hamda harbiylashmagan tizim boshliqlari lavozimida ish
tutishga o’rgatishdan iborat.
Kursning vazifalari :
Talabalarga aholi va hududlarni turli favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilishdek xayrli ishda  keng jamoatchilikni ham “huquqiy, siyosiy, ekologik,
xavfsizlik madaniyati” yuksak bo’lishiga xizmat qiladi.
2.2. Fanning mazmuni:
Fandan o’tiladigan mavzular va ular bo’yicha mashg’ulot turlariga ajratilgan
soatlarning taqsimoti (fan bo’yicha jami 60 soat ajratilgan, undan 20 soati
ma’ruzalar, 20 soati seminar darslari va 20 soati mustaqil ta’lim uchun
ajratilgan):
TG
’r
Fanning bo’limi va mavzusi, ma’ruza mazmuni
Soatlar
Jami
Ma’ru
za
Semi
nar
mashg’
ulo
t
Mus
taqi
l
ish
1
O’zbekiston Respublikasida fuqarolar muhofazasini
tashkil etish.
4 2 -
2
2
Zamonaviy qirg’in qurollari
6 2 2
2
3
O’zbekistonda kuzatiladigan tabbiy ofatlar
8 4 2
2
4
Ishlab chiqarish avariyalari
6 2 2
2
5  Radiatsiyaviy va kimiyoviy holatlar
5 2 2
1
I-ON
6
Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tadbirlarini
rejalashtirish.
4 2 -
2
7
Fuqarolar muxofazasini tashkil etish asoslari va
xususiyatlari.
6 2 2
2
8
Favqulodda holatlarda iqtisodiyot inshoatlari
tarmoqlarini qutqarish.
6 2 2
2
9
Tabbiy ofatlar va fojiyalardan talofat ko’rgan aholiga
yordam ko’rsatish
4
 -
 2
2

9
10
Terrorizm va aholini muhofazasi.
3
 -
 2
1
11
Turli xarakterdagi favqulodda vaziyatlarda birlamchi
tibbiy yordam ko’rsatish.
3
 -
 2
1
12
Aholini, FMDT kuch va vositalarini FV ga tayyorlash
va o’qitish
5 2 2
1
                                         II-ON
YaN
Jami
60 20
20 20
2.2.2. Ma’ruza mashg’ulotlari:
№ 
M A V Z U L A R
KO’RILADIGAN   SAVOLLAR
Vaqt
1
O’zbekiston Respubli-
kasida
fuqarolar
muhofazasini
tashkil
etish.
1.
Fuqarolar muhofazasi haqida tushuncha
.
2.
Faqvqulodda vaziyatlarning tasnifi
.
3.
Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalari
.
4.
Fuqaro muhofazasining kuch va vositalari
.
2
2
Zamonaviy
qirg’in
qurollari-yadroviy,
kimyoviy va bakteri-
ologik  (biologik)
qurollar. Ulardan aholini
himoya qilish.
1. Qirg’in qurollari haqida tushuncha.
2. Yadroviy qurollar va ularning xususiyatlari.
3. Kimyoviy qurollarning turlari va xususiyatlari.
4. Bakteriologik qurollarning turlari va xususiyatlari.
5. Oddiy hujum vositalari.
2
3
O’zbekistonda kuzati-
ladigan tabbiy ofatlar.
1. Tabiiy ofatlar haqida ma’lumot.
2. Er qimirlashi (zilzila).
3. Er surilishi, o’pirilishi (ko’chki).
4. Suv toshqinlari, sel kelishi, kuchli shamol
(to’fonlar), bo’ronlar, quyunlar (smerch).
4
4
Ishlab
chiqarish
avariyalari,
fojiali
hodisalar (katastrofa-
lar).
1. Avariyalarni keltirib chiqaradigan sabablar.
2. Transportdagi avariyalar.
3. Yong’in chiqishi va portlash xavfi bo’lgan
ob’ektlardagi falokatlar.
4. Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar bilan bog’liq
falokatlar.
2
5
Radiatsiyaviy
va
kimyoviy holatlar.
1. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlar haqida tushuncha.
2. Radiatsiyaviy va kimyoviy holatlarni aniqalash hamda
baholash.
3. Radiatsiyaviy va kimyoviy razvedka asboblari.
Aholini radiatsiyadan himoya qilish. Radiatsiyadan
zararlanishda tibbiy profilaktika va birinchi tibbiy
yordam.
2
6
Favqulodda
vaziyat-
larda fuqaro muhofa-zasi
tadbirlarini rejalashtirish.
1. Fuqaro muhofazasi rejasi haqida tushuncha.
2. Fuqaro muhofazasi rejasiga qo’yiladigan talablar.
3. Fuqaro muhofazasi rejasini ishlab chiqish uchun
kerakli ma’lumotlar.
4. Tinchlik davridagi favqulodda vaziyatlarda fuqaro
muhofazasi rejasini tuzish.
2
7
Fuqarolar muxofaza-sini
tashkil etish asoslari va
1. Fuqarolar muhofazasini tashkil etish asoslari va
usullari.
2

10
xususiyat-lari.
2. Fuqarolarni FV haqida ogohlantirish.
3. Radiatsiya va kimyoviy shikastlangan joylarda
fuqarolarni saqlash.
4. Evakuatsiya tadbirlari.
5. Himoya inshootlari.
6. Shaxsiy himoya vositalari.
7. Oziq-ovqat, suv, don va uy hayvonlarini
zararlanishdan saqlash.
8
Favqulodda holat-larda
iqtisodiyot
inshoatlaritarmoqlarini
qutqarish.
1.
Qutqaruv va birlamchi tiklov ishlarining
tashkiliy asoslari
2. QBTI ishlarini shikaslangan joylarda olib borish
usullari
2
9
Aholini, FMDT kuch va
vositalarini FV ga
tayyorlash va o’qitish.
1.
Aholini FMDTdagi kuchlarni ishchi
xizmatchilarni FM bo’yicha o’qitish.
2. Fuqarolar muhofazasining amaliy mashg’ulotlarini
tayyorlash va o’tkazish.
2
2.2.2. Seminar mashg’ulotlari

M A V Z U L A R
KO’RILADIGAN   SAVOLLAR
Vaqt
1
Zamonaviy qirg’in qurollari  Yaroviy, kimyoviy va bakteriologik  (biologik) qurollar.
Ulardan aholini himoya qilish.
2
2
O’zbekistonda
kuzati-
ladigan tabbiy ofatlar.
Tabbiy ofatlar davrida qanday xarakat qilish
ko’nikmalarini hosil qilish.
2
3
Ishlab chiqarish avariya-ri,
fojiali
hodisalar
(katastrofalar) va ularning
oqibatlaridan
qutilish
choralari
Ishlab chiqarish jarayonlaridagi avariyalar, katastrofalar,
KTEZM qo’llanilganda aholining xatti-harakatlari.
2
4
Radiatsiyaviy va kimyoviy
holatlarni aniqlash va
baholash
1.Dozimetr va kimyoviy razvedka asboblari bilan
ishlash.
2. Meditsina-veterenariya xizmatlari.
2
5
Fuqaro muhofazasi asoslari  Evakuatsiya tadbirlari. Oziq-ovqat, suv, don va uy
hayvonlarini zararlanishdan saqlash.
2
6
Favqulodda
holatlarda
iqtisodiyot
inshoatlaritarmoqlarini
qutqarish.
1. Iqtisodiyot inshoatlaritarmoqlarining barqaror
ishlashini amalga oshirish omillari.
2.
Favqulodda
vaziyatlarda
iqtisodiyot
inshoatlaritarmoqlarining barqarorligini ta’minlash.
2
7
Terrorizm va aholini
muhofazasi.
Terrorizm xavfi, undan aholini himoya qilish.
2
8
Turli
xarakterdagi
favqulodda
vaziyatlarda
birlamchi tibbiy yordam
ko’rsatish.
Birinchi yordam ko’rsatish.
2
9
Tabiiy ofatlar, avariya-lar va
fojialardan talofot ko’rgan
aholiga yordam ko’rsatish.
Tabiiy ofatlar, avariyalar va fojialardan talofot ko’rgan
aholiga yordam ko’rsatish.
2
10
Aholini,  FMDT  kuch  va
vositalarini
FV
ga
tayyorlash va o’qitish.
Aholini, FMDT kuch va vositalarini FV ga tayyorlash
va o’qitish usullari va shakllari.
2

11
2.2.3. Mustaqil ish topshiriqlari mavzulari
1.  Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi.
4
2.  Zamonaviy qirg’in qurollari va ularning talofotlari
4
3.  Tabiiy ofatlar, ulardan fuqarolarni himoya qilish usullari.
4
4.  Er silkinishlari, zilzilalardan aholini himoya qilish va birlamchi qutqarish
ishlari.
4
5.  Favqulodda vaziyatlarda omon qolishga psixologik-axloqiy jihatdan
tayyorlash.
III. Fan bo’yicha reyting ishlanmasi va baholash mezoni:
3.1. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi” kursidan
3-bosqich talabalari uchun  reyting nazoratlari ishlanmasi
5-6-semestr
T-r
Nazorat turlari
Soni
Ball  Jami 
ball
I J.B.
1.1. Savol-javob (o’tilgan har bir mavzu
bo’yicha)
1.2.  TMI
6
5
5
4
40
20
II O.B.
2.1. Yozma ish TOPShIRIQLARI
3
10
30
III Ya.B.
3.1. Yakuniy yozma ish
3
10
30
3.2. «Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi» kursidan
 baholash mezoni
3.2.1. J.B. bo’yicha seminar mashg’ulotlarining har birida faol qatnashib, berilgan
savollarga to’liq javob bergan talabaga 5 ball, to’la bo’lmasa, 2-3 ball beriladi.
3.2.2. Talaba mustaqil ishlari bajarilishi har bir mavzu bo’yicha faol bo’lsa, 4 ball,
to’la bo’lmasa, 2-3 ball beriladi.
3.2.3. Oraliq baholash yozma ish (yoki test) shaklida o’tkazilib, talaba o’ziga
berilgan variant topshiriqlarga javob beradi. Har bir variantda 3 tadan savol
bo’lib,  har bir to’g’ri javobga 5 balldan beriladi.
3.2.4. Yakuniy baholash yozma ish (yoki test) shaklida o’tkaziladi.  Talaba 3 ta
savoldan iborat yoki 30 ta savoldan iborat test variantlariga javob beradi. Har
bir to’g’ri javob 10  balldan, testda 1 balldan        baholanadi.

12
Favqulodda vaziyatlar va fuqarolar muhofazasi fani bo’yicha ta’lim
texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari
Bilim olish jarayoni bilan bog’liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar: darsni
yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazish,
darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik
texnologiyalardan va multimedia qo’llamalardan foydalanish, tinglovchilarni
mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo’yish,
talabchanlik, tinglovchilar bilan indivudial ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin
muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilishva boshqa tadbirlar ta’lim
ustuvorligini ta’minlaydi. Ta’lim samaradorligini ishlab chiqishning kontseptsiyasi
aniq belgilanish va unga amal qilishi ijobiy natija beradi. Fanni o’qitishning asosiy
kontseptual yondoshuvlar quyidagilardan iborat.

Yüklə 2,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin