Har bir oila tadbirkor tamoyili



Yüklə 24 Kb.
səhifə1/2
tarix17.10.2023
ölçüsü24 Kb.
#156399
  1   2
HAR BIR OILA TADBIRKOR TAMOYILI


HAR BIR OILA TADBIRKOR TAMOYILI
Reja:

  1. Qaror va ijro: “Har bir oila - tadbirkor”

  2. Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi

  3. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 avgustdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar ajratish mexanizmini soddalashtirish, aholining bandligini oshirish, daromad manbaini kengaytirish va mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida:


1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari (keyingi o‘rinlarda – dasturlar) doirasida:
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda – jamg‘armalar) resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlariga – 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun – 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun – 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun – 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi;
v) kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o‘rinlarda – hokim yordamchisi) o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi;
g) chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi;
d) “yetakchi” tadbirkorlik sub’ektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
2. “Agrobank” ATB, AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATB (keyingi o‘rinlarda – vakolatli tijorat banklari) 2022 yil 1 martdan dasturlar bo‘yicha kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi (keyingi o‘rinlarda – Yagona elektron platforma) orqali ajratilishini ta’minlasin. Bunda:
kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi;
Yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan “marketpleys” tizimi yordamida amalga oshiriladi;
o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda – ta’minotchilar) tomonidan “marketpleys” tizimida erkin joylashtiriladi;
ta’minotchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi;
ta’minotchilarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra, ta’minotchilarning “marketpleys” tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi;
kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelishilgan narxda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng hamda hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga o‘tkazib beriladi;
hokim yordamchilari o‘ziga biriktirilgan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishini va ularning samaradorligini monitoring qilib boradi hamda kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishi bo‘yicha sektor rahbarlari va tijorat banklari bilan birgalikda tegishli choralarni ko‘radi.
3. Markaziy bank Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Yagona elektron platformadan foydalanish, shu jumladan, kreditlarni ajratish, rasmiylashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlarning o‘zaro elektron hamkorligini tartibga solishni nazarda tutuvchi tegishli nizom loyihasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2022 yil 1 fevralga qadar Yagona elektron platforma Ichki ishlar vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, tijorat banklari va boshqa tegishli tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
4. Qishloq xo‘jaligi vazirligiga Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “Hunarmand”, “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zcharmsanoat”, “O‘zbekbaliqsanoat”, “Parrandasanoat”, “O‘zbekiston asalarichilari”, “Limon yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar” uyushmalari va boshqa uyushmalar, tegishli idoralar bilan birgalikda “marketpleys” tizimida ta’minotchi korxonalar o‘rtasida raqobat muhitini shakllantirish hamda taklif etilayotgan tovar va xizmatlarning muqobil narxda va sifatli yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida mazkur tizimga takliflarning ishonchli (namunali) ta’minotchi korxonalar tomonidan kiritib borilishini, asbob-uskunalar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi va quvvatlari yetarlicha bo‘lishini ta’minlash tavsiya etilsin.
5. Belgilansinki:
dasturlar doirasida kreditlar ustuvor ravishda “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga o‘zini o‘zi daromadli mehnat bilan band qilish yoki ularning doimiy mehnat bilan bandligini ta’minlashga (ish o‘rinlari yaratishga) qaratilgan loyihalarga ajratiladi;
“Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga kredit ajratilishi ularni ushbu ro‘yxatdan chiqarish uchun asos hisoblanmaydi va fuqarolar mazkur daftarlardan hokim yordamchisi, tuman davlat soliq inspeksiyasi va tegishli sektor rahbarlari tomonidan fuqaroning unga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini o‘rganish orqali beriladigan tavsiya asosida chiqariladi;
dasturlar doirasida ilgari ajratilgan kredit mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorligi to‘liq so‘ndirilmagan, shuningdek, avval ajratilgan kreditlardan maqsadsiz foydalangan qarz oluvchilarga ushbu dasturlar orqali yangi kredit ajratilishiga ruxsat etilmaydi.
6. Savdo-sanoat palatasiga tijorat banklari bilan birgalikda tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan loyihalar biznes-rejalarini Yagona elektron platformaga joylashtirib borish tavsiya etilsin.
7. Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hokim yordamchilari bilan birgalikda dasturlar doirasida ishsiz fuqaroning o‘ziga ajratilgan kredit hisobiga amalga oshirgan faoliyatidan doimiy va barqaror daromad manbaini shakllantirganini o‘rganish orqali qonunchilikda belgilangan tartibda ushbu fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlasin.
8. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun:
a) ikki oy muddatda “Agrobank” ATBga ajratilgan 2,9 trillion so‘m va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan 1,3 trillion so‘m miqdoridagi resurslarni mazkur banklarning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirsin. Bunda:
“Agrobank” ATB va “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobidan chiqarilgan aksiyalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Moliya vazirligi nomiga rasmiylashtiriladi;
Moliya vazirligining mazkur band doirasida tijorat banklarining 50 foiz va undan ortiq aksiyalariga egalik qilishga kirishishi yangidan xarid qilingan aksiyalarga ega bo‘lish deb hisoblanmaydi;
b) vakolatli banklarga dastur koordinatorlarining taqsimotiga muvofiq 3,65 trillion so‘m miqdordagi kredit resurslari 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratilishini ta’minlasin.
9. O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va tijorat banklarining dasturlari doirasida Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tijorat banklariga bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun ajratilgan resurslarni mazkur Jamg‘armaga qaytarish grafiklarini ushbu yo‘nalishlarga ajratilgan kreditlar muddatiga mos ravishda uzaytirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. 2022 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishning manbalar va hududlar kesimidagi maqsadli parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilarga:
iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari S.M.Xolxo‘jayev, Markaziy bank raisining o‘rinbosari A.A.Kamalov, moliya vazirining o‘rinbosari D.Sh.Sultanovga (keyingi o‘rinlarda – Dastur koordinatorlari) – haqiqiy ehtiyojdan hamda moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqqan holda, ajratilayotgan mablag‘larni vakolatli tijorat banklari va viloyatlar kesimida tezkor qayta taqsimlash;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlariga – dasturlar doirasida hududga ajratilgan mablag‘larni har bir mahallada amalga oshirilayotgan loyihalarning istiqboli va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga yo‘naltirilganligidan kelib chiqib, tuman (shahar) va mahalla (ovul) kesimida taqsimlash vakolati berilsin.
11. Belgilansinki:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimlari hamda sektor rahbarlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar bo‘yicha ajratilgan kreditlarning ularni so‘ndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga mas’ul hisoblanadi;
hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni so‘ndirish grafigi ijrosining bajarilmagan miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
mazkur qarorga asosan har bir hududda chorvachilik uchun ajratiladigan kreditlarga mutanosib ravishda chorva mollari uchun ozuqabop ekinlar ekishga mo‘ljallangan yer maydonlarining, shuningdek, ularni o‘tlatishga mo‘ljallangan yaylovlarning muntazam ravishda ochiq elektron tanlovga chiqarib borilishini ta’minlasin;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda kelgusi ikki yilda “Andijon tajribasi” asosida barcha mahallalarda tadbirkorlik sub’ektlari va xonadonlar o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiyani kengaytirish orqali aholining bandligini ta’minlash va daromad manbaini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Bunda, fuqarolar bilan kooperatsiya asosida faoliyatini tashkil etadigan “yetakchi” tadbirkorlik sub’ektlariga dasturlar doirasida kreditlar ajratiladi, ushbu tadbirkorlik sub’ektlari bilan kooperatsiya asosida ishlayotgan fuqarolarga dasturlar doirasida kredit ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki 25 yillik tajribasidan unumli foydalanib, joylarda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va mijozlarga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatish borasida o‘zigagina xos bo‘lgan ish uslubini muvaffaqiyatli amalga oshirishga erishdi. Jamoaning aniq strategik reja asosida faoliyat yuritayotgani, ish ko‘lami va sifatining ortgani bugungi kunda aholiga ham manzur bo‘lmoqda.Natijada,bank o‘zining faoliyat ko‘lamini tobora kengaytirishga erishmoqda. Bugungi kunda bank o‘zining 11 ta filiali va 70 ta minibanki orqaliaholi va tadbirkorlik sub’ektlariga sifatli bank xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.
Mamlakatimiz Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi va 2019 yil 7 martdagi “Hududlarda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq, bugungi kunda “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan oilaviy biznesni rivojlantirish va tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 2019 yilning 1 iyul holatiga jami 68 mlrd. 630 mln.so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi.
Jumladan, 2019 yilning 1 iyul holatiga 68 mlrd. 630mln.so‘m ajratilgan kreditlarning 9 mlrd. 960 mln. so‘m naslli qoramolchilikka, 3 mlrd. 951 mln.so‘mi parrandachilikni rivojlantirishga, 5 mlrd. 228 mln. so‘mi qo‘ychilikka, 157 mln. so‘mi echkichilikka, 1 mlrd. 800 mln. so‘mi asalarichilikka, 375 mln. so‘mi baliqchilikka, 870 mln. so‘mi quyonchilikka, 12 mlrd. 820 mln. so‘mi tikuvchilikka, 1 mlrd. 120 mln. so‘mi hunarmandchilik sohasiga, 200 mln. so‘m bog‘dorchilikka, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasiga 25 mlrd. 980 mln. so‘m, shuningdek issiqxona qurilishi uchun 6 mlrd. 183mln. so‘mlik mablag‘lar aholini tadbirkorlikka jalb etish maqsadlariga yo‘naltirildi. Pirovardida respublikamiz hududlarida oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchi yangi korxonalar tashkil etilib, aholining bandlik darajasi oshirildi.
Xususan, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki joylarda aholini tadbirkorlikka jalb qilish, bu orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish, bandlikni ta’minlash, o‘z mehnati bilan daromad topish istagida bo‘lgan har bir tuman va shahar, jumladan, olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‘ir hududlarda fuqarolarning tadbirkorlik qobiliyatlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning istiqbolli loyihalarini o‘z vaqtida moliyalashtirishga katta e’tibor qaratmoqda.
Bunda bank tomonidan mehnatkash xalqimizning qadimiy kasb-hunar an’analari, ishbilarmonlik salohiyati, oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik, kasanachilik va boshqa tadbirkorlik faoliyati turlarini ommalashtirish borasida aholini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes rejalarini ro‘yobga chiqarish, aholi xonadonlaridagi ekin maydonlaridan unumli foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish orqali har bir oila a’zolarini ish bilan ta’minlashga qaratilgan loyihalarni rag‘batlantirish hamda tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish borasida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturi ijobiy samara bermoqda.
Ta’kidlash joizki, “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturi ijrosini ta’minlash bank jamoasining diqqat markazida bo‘ldi. Unda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, joriy yilning mart-iyul oylarida Andijon, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan, Samarqand, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida istiqomat qiluvchiaholini boqimandalik kayfiyatidan chiqarish,o‘z biznesini boshlash istagida bo‘lgan kam ta’minlangan 2170 ta jismoniy shaxslarga jami 5 mlrd. so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.
“Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan filiali tomonidan ham mazkur qarorlar ijrosini ta’minlash borasida samarali ishlar olib borilmoqda. Viloyatda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish maqsadida,Namangan shahrining 10 ta mahallalaridan jami 9394 ta xonadon bo‘lib, “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan kam ta’minlangan oilalar bank kreditlari hisobidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
– Qaror ijrosini ta’minlashhamda Namangan viloyati aholisini tadbirkor qilish maqsadida filialimiz tomonidan imtiyozli kredit mablag‘larini ajratish rejalashtirilgan, - deydi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik bankining Namangan filiali boshqaruvchisi Sherzod Mirzaaxmedov. – Qolaversa, mutaxassislarimiz uyma-uy har bir xonadonga tashrif buyurib, aholining tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun yaratilgan imkoniyat va sharoitlar bo‘yicha atroflicha tushuntirish ishlarini amalga oshirishmoqda.
Shu asnoda maxsus so‘rovlar ham o‘tkazilib, aholining tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida biznes reja va ta’minot hujjatlarini tayyorlash borasida batafsil ma’lumotlar berilib, kredit ajratish jarayoni bo‘yicha kunlik monitoring qilib borilmoqda. Xususan, filialimiz tomonidan Namangan shahridagi 9394 ta xonadon o‘rganilib, 2019 yilning 1 iyul holatiga naslli qoramolchilikka 935 mln. so‘m, quyonchilikka 97 mln. so‘m, asalarichilikka 28 mln. so‘m, ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tikuvchilikka 4 mlrd. 209 mln. so‘m, hunarmandchilikka 195 mln. so‘m, parrandachilikka 65 mln. so‘m, baliqchilikka 20 mln. so‘m, quyonchilikni rivojlantirish uchun 100 mln. so‘m, issiqxona qurilishi uchun 575 mln. so‘m, ishlab chiqarish sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 mlrd. 728 mln. so‘m, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun 328 mln. so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi. Buning natijasidaesaviloyatda 545 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishildi.
Shuningdek, viloyat markazida jismoniy shaxslarga xizmat sifatini yanada yaxshilash maqsadida “Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi” tashkil etildi. Ushbu markaz asosan kam ta’minlangan oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish va konsalting xizmatlarini amalga oshirish ishlari bilan bevosita shug‘ullanadi. Markazimizga fuqaro asosan shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan tashrif buyuradi va barcha kredit shartlari bilan tanishtiriladi. Asosan, mazkur markazimizga tikuvchilikni yo‘lga qo‘yish istagidagi ayollar tashrif buyurmoqda, - deya so‘zini yakunladi Sherzod Mirzaaxmedov.
“Toshbuloq chorvador sahovati” xususiy korxonasi xodimi Abror Turdiyev:
- Faoliyatimizni bu yil boshlaganmiz, “Trastbank”ning Namangan filialidan180 mln. so‘m miqdorida kredit olib, 18 ta nasldor qoramollarni xarid qildik. Bugungi kunda jonivorlardan 80-90 litrgacha sut olinmoqda. Mahalliy yem-xashaklar bilan qoramollarni boqib ko‘paytirib, bozorlarimizga arzon go‘sht mahsulotlari yetkazib berishni o‘z oldimizga maqsad qilganmiz. Qoramolchilikni yo‘lga qo‘yish orqali 1 kunda 15-20 litr sut olish mumkin, albatta men aholiga tadbirkorlikning ushbu faoliyatini yo‘lga qo‘yishlarini maslahat beraman. Korxonamiz bankning Namangan filiali bilan hamkorlikni davom ettirib, qoramollarsonini yanada oshirishni niyat qilganmiz.
Avazxon Samadov – oilaviy tadbirkor:
- Oilaviy biznesimizni boshlashimizda “Trastbank”ning Namangan filialidan olgan 14 mln. 700 ming so‘m kredit mablag‘i ko‘mak bo‘ldi. Ushbu mablag‘ evaziga bedana, ularga qafas va ozuqa sotib oldim. Tadbirkorlikni boshlashimda olgan 80 dona bedana, bugungi kunga kelib 3800 taga yetdi. Ularning 85 foizidan kunlik tuxum olish imkoniyati bor. Mingta bedanadan 800-850 ta tuxum olish mumkin. Bedanalarni parvarishlashda asosan ularga tinchlik yaratib, suviga va yemishiga zarur dorivorlarni qo‘shib vaqtida e’tibor qaratilsa, bedanalar yaxshi rivojlanib, o‘zidan ko‘payaveradi. Albatta fursatdan foydalanib, meni oilaviy tadbirkor bo‘lishimda ko‘makchi bo‘lgan “Trastbank”ning Namangan filialiga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.


Hujjatga muvofiq, 2022 yil davomida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida:
a) loyihalarni moliyalashtirish uchun maqsadli jamg‘armalar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining resurslari tijorat banklariga yillik 10 foiz stavkada joylashtiriladi;
b) imtiyozli kreditlar yillik 14 foiz stavkada:
oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik subyektlariga — 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik (tuxum yo‘nalishi) uchun — 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga;
bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish, issiqxona, qishloq xo‘jaligi texnikasi va asbob-uskunalarni xarid qilish uchun — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga;
«Hunarmand» uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, «usta-shogird» maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino va inshootlar sotib olish uchun — 3 yilgacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun 18 oygacha muddatga ajratiladi.
Kreditlar mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga beradigan tavsiyasi asosida ajratiladi.

Chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar ustuvor ravishda kamida 10 dan 50 boshgacha chetdan keltirilgan naslli chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) boqish uchun kichik fermalarni tashkil etishga beriladi.


«Yetakchi» tadbirkorlik subyektlariga dehqon xo‘jaliklari yer maydonlari va aholi tomorqalarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar ajratiladi.
Qarorda «Agrobank» ATB, AT «Xalq banki» va «Mikrokreditbank» ATBga 2022 yil 1 martdan dasturlar bo‘yicha kreditlarning to‘liq raqamlashgan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratilishini ta’minlash topshirildi
Xulosa qilib aytganda, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki tomonidan mijozlar bilan ishlash siyosatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgani hamda iqtisodiyotimizning istiqbolli tarmog‘i bo‘lgan xususiy tadbirkorlik sohasi faol moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi bankning asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlari hajmining muttasil oshishiga xizmat qilmoqda. Bu esa iqtisodiyotimizning barqaror rivojida va xalqimiz turmush darajasining yanada yuksalishida muhim ahamiyat kasb etayotgani ham e’tiborga molik.
Bunda:
kredit olish uchun arizalar barcha bosqichlarda onlayn tarzda ko‘rib chiqiladi va har bir bosqichda qabul qilingan qaror to‘g‘risida Yagona elektron platforma (SMS-xabarnoma, elektron pochta yoki shaxsiy kabinet) orqali ma’lumot berib boriladi;
kredit mablag‘larini ajratish bo‘yicha hujjatlar elektron ko‘rinishda shakllantiriladi va masofadan imzolanadi;
kredit olish uchun arizalar masofadan qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan taqdim etiladi;
Yagona elektron platforma orqali aholiga o‘zini o‘zi band qilish uchun kreditlar belgilangan mezonlar asosida skoring baholash natijalariga ko‘ra, avtomatlashtirilgan holda ajratiladi;
ajratilgan kreditlar hisobiga tovar va xizmatlarni bozor tamoyillari asosida erkin sotib olish yoki sotish Yagona elektron platformada yaratilgan «marketpleys» tizimi yordamida amalga oshiriladi.
Shu bilan birga, o‘z mahsulot va xizmatlarini sotish bo‘yicha takliflar asbob-uskunalar va mahsulotlar yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilotlar tomonidan «marketpleys» tizimida erkin joylashtiriladi.
Ta’minotchilar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar foydalanuvchilar tomonidan baholanadi va ularning reytingi avtomatik ravishda shakllantiriladi. Ta’minotchilarning o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi yuzasidan monitoring tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Monitoring natijalariga ko‘ra, ta’minotchilarning «marketpleys» tizimidagi o‘z xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda o‘rganib chiqiladi.
Kreditlar qarz oluvchiga u tomonidan mustaqil tanlangan ta’minotchi bilan tuzilgan shartnoma asosida kelishilgan narxda mahsulot yetkazib berilganidan (ish bajarilganidan) va qarz oluvchi tomonidan qabul qilib olingandan so‘ng hamda hokim yordamchisi tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, qarz oluvchini identifikatsiyalash orqali ta’minotchiga o‘tkazib beriladi.


Yüklə 24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin