Harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar



Yüklə 32,19 Kb.
səhifə1/3
tarix02.10.2022
ölçüsü32,19 Kb.
#64431
  1   2   3
HARBIY JAMOALARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR


HARBIY JAMOALARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLAR

Harbiy psixologiyada jamoa deb, harbiy xizmatchilarnitsg shunday guruhiga aytiladiki, bu guruhdagi xizmat va ichki hayot harbiy nizomlar asosida tashkil etilib, ular o‘rtasidagi shaxsiy hamda xizmatga oid munosabatlar mustahkam bo‘ladi. Yoki boshqacha qilib aytganda bir faoliyat atrofida uyushgan kishilar guruhiga jamoa deyiladi. «Bo‘linma shaxsiy tarkibi» va «bo‘linma jamoasi» birikmalari bir narsani) anglatmaydi. O‘zaro ixtiloflar mavjud bo‘lib, harbiy intizom zaif bo‘lgan joyda harbiy jamoa bo‘lmaydi.


Harbiy jamoa o‘zgarib, rivojlanib turuvchi ijtimoiy-psixologik hodisa bo‘lib, o‘ziga xos rivojlanish bosqichlariga ega: Birinchi bosqichda komandir butun jamoa oldiga o‘z talablarini qo‘yadi; Komandir talablarining jamoa a’zolari tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi esa rivojlanishning ikkinchi bosqichini anglatadi; Bu talablar jamoaning umumiy fikriga aylanganda va jamoa o‘z a’zolarining har biridan ushbu talablarni bajarishni so‘raydigan paytda esa rivojlanishning uchinchi bosqichi boshlanadi; Navbatdagi bosqich jamoa talablari ta’sirida har bir harbiy xizmatchi o‘z-o‘zidan mana shu majburiyatlarni bajarishni talab qiladi. Ularda o‘z-o‘ziga nisbatan talabchanlik, tanqid qilish hissi paydo bulishi bilan harbiy jamoa rivojlanishining eng yuqori, oliy bosqichiga erishiladi.
Ammo, talab qo‘yish harbiy jamoa rivojining yagona mezoni emas. Jamoa fikri rivojlanishi bilan bu talablaga har bir harbiy xizmatchidagi boshqalar oldidagi javobgarlik hissiga aylanadi. Bu narsa harbiy intizomning mustahkamlanishini ta’minlaydi.
Harbiy jamoalar rivojlanishiga xos bulgan va biz yuqorida sanab o‘tgan bosqichlardan o‘zlarining individual-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har bir harbiy xizmatchi turli darajadagi qiyinchiliklar bilan o‘tadilar. Buni endigina harbiy xizmatga kelgan yosh askarlar misolida ko‘rib chiqamiz. Ulardagi ko‘nikish (adaptatsiya) davrini ruhiy va jismoniy jihatdan me’yorida o‘tkazish bo‘linmadagi harbiy intizomni mustahkamlashga yordam beradi. Moslashish shunday hodisaki, bunda atrof-muhitdagi va faoliyatdagi yangi omillar, sharoitlar ta’sirida shaxs ruhiyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Askarning harbiy xizmat sharoitlariga moslashishi jarayoniga harbiy xizmatning hamma tomonlari ta’sir etadi. Ular quyidagilar:
Askarlar ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirish;
Ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
Harbiy va texnik bilimlar, ko‘nikmalar va malakalarni egallashlariga yordam berish (harbiy-texnik ko‘nikish);
Ularda jang olib borish ko‘nikmalarini shakllantirish jangovar ko‘nikish;
Muayyan bir harbiy jamoaga qo‘shilish, komandirlar, boshliqlar va lavozimi tenglar bilan o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish (ijtimoiy ko‘nikish);
Ko‘nikishning turli shakllari o‘rtasida o‘zaro yaqin aloqalorlik mavjud. Masalan, yosh askarning jangovar mahoratni egallashi uning bo‘linmadagi ijtimoiy muhitga kirishiga yordam beradi. Bu narsa o‘z navbatida ushbu askarning bo‘linmadagi obro‘yiga hamda jamoaning unga nisbatan bo‘lgan munosabatiga ta’sir etadi. Va aksincha, askarning ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridagi faolligi uning harbiy texnikani qanchalik muvaffaqiyatli o‘rganishiga hamda unda ishlay olishiga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy muhit yaxshi bo‘lgan inoq jamoalarda harbiy mutaxassislikni egallash jarayonidagi qiyinchiliklar harbiy nizom qoidalari tez-tez buzilib turadigan bo‘linmalardagiga qaraganda 3-4 marta kam bo‘lar ekan. Yoki, yana bir misol: o‘quv bo‘linmalari bitiruvchilari o‘zlari harbiy xizmat amaliyotini o‘tagan qismlardan boshqa qismlarga xizmatga jo‘natilganda ularda ko‘nikish bilan bog‘liq qiyinchiliklar ancha ko‘p bo‘lgan.
Harbiy xizmat sharoitlariga ko‘nikish jarayoni yosh askar va uni o‘ragan ijtimoiy muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashuv ekanligini e’tiborga olsak, uni shaxsiy va tashqi omillarga ajratish mumkin. Shaxsiy omillarga ijtimoiy tajriba, harbiy xizmatga munosabat, umumiy ma’lumot darajasi, muayyan mutaxassislikni egallashga bo‘lgan qobiliyati, temperamenti va xarakter xislatlari kabilar kiradi. Jangovar navbatchilik, qorovullik xizmati, o‘quv-tarbiya jarayoni, ruhiy tayyorgarlik, kichik komandirlardagi rahbarlik usullari va jamoadagi o‘zaro munosabatlar esa tashqi omillar sirasiga kiradi. Harbiy xizmat sharoitlariga ko‘nikish ushbu faoliyatga moyilligi bo‘lgan va boshlang‘ich harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan yigitlarda nisbatan tez sodir bo‘ladi. Aksincha, xizmatgacha bo‘lgan davrda betartib hayot kechirgan yoshlarda bu bosqich qiyinchilik bilan kechadi.
Yosh askar inoq jamoaga tushsa-yu, harbiy xizmat uni qoniqtirsagina undagi umumiy ma’lumot va texnik qobiliyatlar mutaxassislikni tezroq egallashiga hamda ko‘nikish jarayonining oson kechishiga yordam beradi. Aksincha, mutaxassislik va xizmat vazifalari unga quvonch baxsh etmasa, ko‘nikish jarayoni uzoqqa cho‘zilishi mumkin. Ko‘pincha xizmat ko‘rsatish va qo‘riqlash bo‘linmalarida shunday hodisa kuzatiladi. Chunki, bunday bo‘linmalarda askarlar zerikarli, jangovar ishdan uzoq vazifalar bilan shugullanishadi. Bu erda komandirlar harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi vazifalarni shunday taqsimlashlari kerakki, toki askarlar o‘z mahoratlarining ijtimoiy nafini va harbiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiqligini anglashsin.
Kechagi o‘quvchi, talaba yoki ishchini fuqarolik hayotidan harbiy xizmat sharoitiga birdaniga o‘tkazish har xil kungilsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun bu bosqich komandirlar nazorati ostida amalga oshiriladi. Yosh askardagi xarakter, qobiliyat va ko‘nikmalar bu davrning qanday o‘tishini belgilab beradi. Masalan, biri dilkash, ikkinchisi esa xudbin bo‘lgan askarlarni olaylik. Dilkash askar xizmatga xos bo‘lgan harbiy nizom talablarini va axloq me’yolarini tezda o‘zlashtirib oladi. Bundaylar jamoa topshiriqlarini ham ishtiyoq bilan bajaradilar va boshqa; safdoshlariga bajonidil yordam beradilar. Odatda, ular mustahkam ahloqiy-irodaviy xususiyatga ega bo‘ladilar.
Xudbin askar esa unga komandirlarning nazariga tushishiga yordam beradigan va uni yuqori mavqega ko‘taradigan ishlar bilan shug‘ullanadi. U ko‘p ham ko‘zga tashlanavermaydigan, har vaqt komandirlar payqayvermaydigan «qora» ishlar bilan boshqalar qatori shug‘ullanishni yoqtirmaydi. Ko‘nikish jarayonida yosh askarlar dunyoqarashi, odatlari va umuman ruhiyatida qayta qurishlar yuz beradi.
Shu o‘rinda hozirgi yosh askarlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Ular o‘zlaridagi keng dunyoqarash va bilimdonliklari bilan ajralib turadilar. Ularda mehnatga munosabat ijobiy bo‘lib, Vatanga muhabbat hissi rivojlangan. Yoshlar har sohada mustaqillikka intiladilar, lekin, shuning bilan birgalikda ularga jamoa ta’siriga beriluvchanlik xos. Ulardagi fikr yuritish va faoliyat tarzi tengdoshlariga va atrofdagilarga bog‘liq bo‘lib, boshqalarga o‘zini ko‘rsatib qo‘yish istagi ularda tez-tez paydo bo‘lib turadi. Tajribasiz bo‘lganliklari uchun ham bu harakatlar qo‘pol, agressiv usullar bilan amalga oshiriladi. Bu yoshdagi kishilar atrofdagi voqea-hodisalarga baho berishda ko‘proq maksimalizm (bir yoqlamalik) ga berilishadi. Bunga sabab ulardagi sabr-toqatning yo‘qligi. Shuningdek, ularga yana tug‘ilib o‘sgan joylariga nisbatan ma’naviy-ruhiy jihatdan bog‘lanib qolish hodisasi ham xos bo‘lib, bu narsa xizmat davrida ma’lum qiyinchiliklarni tug‘diradi.
Yosh askarlarni safga quyishda harbiy qism va bo‘linmalardagi katta askarlar yordamidan foydalanish lozim. Katta askarlar bo‘linmada shakllangan an’analarning barqaror tashuvchilari hisoblanadilar. Ularning bilim va tajribalaridan ekipajlarni tuzishda hamda yosh askarlarga biriktirib qo‘yish orqali ham foydalanish mumkin.
Muayyan bir bo‘linma harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ushbu jamoa psixologiyasining muhim elementi hisoblanadi. Hamkorlikdagi hayot va faoliyat jarayonida jamoadagi kishilar o‘rtasida paydo bo‘ladigan har xil aloha va muloqot shakllariga o‘zaro munosabatlar deyiladi. Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari harbiy jamoalaridagi o‘zaro munosabatlar jangovar tayyorgarlik, o‘qish, mehnat hamda kundalik hayot jarayonida shakllanadi. Bunda O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy va davlat tuzimi, jamiyatimizda shakllanib kelayotgan milliy istiqlol mafkurasi harbiy xizmatchilar orasidagi o‘zaro munosabatlar uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.
Harbiy xizmatchilar har doim jamoa muhitida bo‘ladilar. Shuning uchun ham shaxslararo munosabatlar aniq bir tizimga solingan bo‘lib, ular harbiy nizomlar bilan tartibga solib turiladi. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi munosabatlar quyidagi shakllarda bo‘ladi: xizmatga oid, xizmatdan tashqari (maishiy) va shaxsiy munosabatlar.

Yüklə 32,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin