Hayotning o’zi bir motivatsiya va hayotning o’zi tarbiyalaydi odamni



Yüklə 16,78 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü16,78 Kb.
#88341
Mening hikoyam


Matonat
Hayotning o’zi bir motivatsiya va hayotning o’zi tarbiyalaydi odamni. Har bir odam hayotida qiyin bir sinovlar keladi shunda insonlar o’zida kuch topa olish va bu sinovlarni sabr bilan yengishi, shu yo’lda yaxshilik tomon yurishi lozim. Hayotda har xil sinovlar bo’lishi mumkin va shu sinovlar insonlarni tarbiyalab boradi , shuningdek shunday paytlarda sizga yordam va dalda bera oladigan odamlar ham bo’ladi. Bu yordamlar sizning hayotingizda katta bir yordam hisoblanadi.
Shahardan qishlog’imga borish uchun avtobus bekati tomon piyoda borardim. Avtobus bekati sal uzoqroq edi, shuning uchun charchab boshqa bir bekatga dam oldim. U yerda qo’lida kitob ko’targan bir opa o’tirardi va ko’zini kitobdan uzmay kitob o’qirdi. Men bu opa bilan suhbatlashdim. Men gapni orasida u kishiga o’qishga uncha sharoit yo’q deganimda, u kishi menga qarab: sharoit doim topiladi va bu sharoitni izlab topish kerak, odamda xohish bo’lsa ko’p narsani uddalasa bo’ladi deb aytdi. Menga boshidan o’tgan bir voqeani aytib berdi.
“ Maktabda o’qib yurgan paytlarim juda quvnoq , sho’x va o’jar qiz edim. Lekin maktabda sinfda a’lochi o’quvchilardan biri va so’zga usta bo’laganman. Fanlarga tez kirishib ketardim va bir fan yoki sohaga qiziqdimmi uni o’rganishni xohlardim. 8-sinf edim, biologiya va kimyo fanlariga qiziqishim kuchaydi va bu fanlarni mustaqil o’zim o’rgana boshladim, chunki shifokor bo’lishga qiziqqanim sababli 9- sinfda Med kollejga topshirmoqchi edim, shuningdek bu fanlar qiziqrli va tabiiy fanlar bo’lganligi uchun bu fanlarga qiziqishim ortdi. Men oilada yaka farzand bo’lganligim sababli ota onam rayimga qarardilar, shuning uchun men erkaman va nima aytsam olib berishgan, lekin oilaviy ahvolimiz uncha yaxshi emas edi. Bir kuni biologiya darsi boshlanmasi oldin sinfxonaga kirsam partam ustida qog’ozga yozilgan bir xat turardi va uni qo’limga olib o’qiy boshladim. O’qib jahlim chiqib ketdi, chunki, varog’da sevgi isxoxlar yozilganmiyeee, she’rlar, yurakchalar va yana nimadir allanbalo allanbalo narsalarmiyeee. Lekin meni unday narsalardaga xushim yo’q edi, chunki meni oldimga qo’ygan maqsadim bor edi. Bu xat kimdan va kimga yozilganli varoqda yozilmagandi va men buni mega yozilgan deb o’yladim, chunki bir o’zim otirgan edim. Yonimda o’tiradigan dugonam ham kasal bo’lib qolganligi sababli darsga kelmagandi. Endi, kim yozdi bu xatni deb baqirmoqchi edim qo’ng’iroq chalindi va qo’lida qora so’mka ko’tarib olgan biologiya o’qituvchimiz kirib keldi. Dars boshlandi, ustoz davomat qilib bo’lgach, jurnal bo’yicha o’quvchilardan uyga berilgan mavzuni gapirishi uchun doskaga chiqara boshladi. Ozgina vaqt o’tib meni ham navbatim keldi va meni ham chiqardilar, lekin men darsga tayyor emasdim, chunki onamning ahvollari yaxshi emas edi. Onamga qaradim, uy yumushlari bilan dars qilolmay qolgandim. Ustoz menga 3 baho qo’ymoqchi bo’ldilar, men o’qituvchi bilan ancha tortishdim, ammo bar bir 3 baho qo’ydilar. Undan tashqari mendan jahllari chiqib ketdi va menga qarab o’tir Yagona, bahoying uch dedilar. O’quvchilarni baholab bo’lgach hammaga topshiriq berdilar, meni hayolim esa onamda edi, chunki men onamni juda-juda yaxshi ko’rardim va onamdan ayrilishdan qo’rqardim. Ancha vaqt o’tib men topshiriqni bajarmay o’tirardim qo’limda esa o’sha sevgi maktubini xayolan ushlab turardim. Shu payt o’qituvchimiz aylanib meni oldimga keldided va menga hali topshiriqni boshlaganing yo’qmi dedila . Qo’limdagi varoqni ko’rib , varoqni oldi va men hayiqib ketdim etim jimirlab. Ko’ylak kastyum kiygan o’qituvchimiz menga jahl bilan qarar edi, xuddi taqqan galstuki jahl bilan qarayotgan yuziga yarashgandek. Keyin meni koyib boshladi: hali topshiriqni bajarmasdan sevgi xati yozib o’tiribsanmi, ota-onang sendan qancha umid qilib o’tirishibdi uyda, yaxshi odam bo’lsin deb deya. Meni bu gaplardan alamim kelib, yig’lagim kelib ketdi yuzim qizarib va qo’llarim titrab. Nima deyishni bilmay bu xat meniki emas, meniki emas dedim xolos. Shunda shuncha o’quvchi oldida nohaq gap eshitganimga alamim kelib yig’lab yubordim o’rnimdan titrab turib, nega bilmasdan gapiraverasiz kimdir tanafuzda partamni ustiga qo’ygan ekan. Qarang yaxshilab qarang meni yozuvim unday emas. Keyin onamni toblari yo’q edi shuni o’ylab turgandim dedim. Ko’zlarim yosh va yuzlarim ko’z yoshlardan yuvilib ketgan edi. O’qituvchi ham meni tushindi va nima deyishni bilmay o’zi hijolat tortib , ajin bosgan yuzlari bilan bir jilmaydida uzr deb boshqa o’quvchilarni tekshira boshladilar. Darsdan chiqib to’ppa to’g’ri uyga bordim. Uyga borsam uyimiz eshiklari ochiq, uyda esa hech kim yo’q edi. Men oyijon, dadajon deb baqirib chaqirdim, lekin hech kim javob bermadi. Ko’chaga chiqsam derazasi tagida o’rnatilgan stolda qo’shnimiz o’tirgan ekan, borib qo’shnimizdan uydagilarimni so’radim. Qo’shnimiz menga ha ertalab ko’rgandim, tez yordam kelib onangni olib ketdi deganida qalbim yanada qayg’uga botdi. Shu payt uyimiz to’g’risiga qizil bir mashina to’xtadi va uning ichidan dadam tushdilar. Dadam esa yolg’iz edilar, yuzlarida esa sokin bir sukunat bor edi. Men dadamnining yoniga borib oyim qanilar, oyim qanilar dedim dadam esa menga mayin ovozda oying endi kelmaydi, oying uzoq uzoqlarga ketdi dedilar. Shunda yuragim shunday dukkilab ketdiki, oyoq qo’lim, bor vujudim bilan titroq bosar edi.
Onamni ham qabrga qo’ydik, meni esa o’qishdan ko’nglim qolgan edi. Chunki onamning o’rinlari juda bilinardi, otam ham o’shandan keyin ko’p ichadigan bo’lib qoldilar. Men otamga qarardim, uy ishlari va boshqa ishlarni qilardim. Meni esa ovutadigan va menga dalda bera oladigan odam yo’q edi. Men kechalari onamni sog’inib juda ko’p yig’lar edim. Maktabga ham bormay qo’ygandim. Biologiya va kimyo fanlaridan ham shug’ullanmay qo’ygandim. O’qishga bo’lgan xohishim shunchalik o’lgandiki, qo’limga kitobni olib varoqlamasdim ham. Bir kuni sinfrahbarim uyimizga keldi. U kishini Nodira mua’llim deb chaqirishardi. Nodira mua’llim o’quvchilarni tushinar va oqgo’ngil ayol edi, xuddi onamga o’xshardi. Menga o’z farzandlaridek mehr bilan qarab taskin berdilar. Nodira mua’llim boshqa sinflarga biologiya va kimyo fanidan dars berardi va tajribali ustoz edi. Shundan keyin menga shunday gaplarni aytdilarki yodimdan hech ham chiqmaydi. Nodira mua’llim qo’limni ushlab: “ Yagona qizim sen o’zingni tutib olishing kerak. Sen maktabga borib bilim olishing , o’z tengdoshlaringdan orta qolmasliging kerak, onang hayot bo’lganlarida ham shuni aytgan bo’lardi. Sen shifokor bo’lmoqchi eding, buning uchun sen tinmay o’qishing va kelajakda juda zo’r shifokor bo’lib, onangga o’xshagan kasallarni davolashing va xasta dillarga malham bo’lishing kerak. Buyuk faylasuf Suqrotning shunday gapi bor: men shuni bildimki bilmaganligimni bildim, bilgan sarim bilmaganlarim kelib chiqayveradi. Shuning uchun bilim olish, izlanish kerak va bir joyda qotib qolmaslik kerak. Men senga har kuni biologiya va kimyodan qo’shimcha dars o’tib beraman, lekin sen qunt bilan o’qishing kerak “ degan gaplari qalbimga bir yorug’lik sochgandek edi. Shu payt chidab turolmadim va ko’zim namlanib u kishini quchoqladim. Nodira mua’llim ham o’z bolasidek bag’riga bosdi. Men ertasi kunidan boshlab maktabga bora boshladim va ko’nglimda bilim olishga shunday shijoat paydo bo’ldiki, nimani bilmasam biladigan odamdan oqizmay, tomizmay bittalab so’rab o’rganib olardim. Bilim olishga bo’lgan xohishim ortgandi. Lekin o’sha paytlar juda qiynalardim, chunki ham darslarimni qilardim ham uy ishlarini va ham dadamga qaradim. Menga har kuni Nodira mua’llim biologiya va kimyo fanidan o’rgatardilar. Meni esa bilgan sarim bilmaganlaarim kelib chiqayverardi va bu fanlarga qiziqishim ortib borardi, shuningdek u kishi aytgan har bir gapni yodda saqlashga harakat qilardim. Har kuni kutubxonadan kitob olib uyga olib borib o’qirdim. Lekin barbir onamni juda sog’inardim, bir xil paytlar kechalari onamni sog’inib yig’laganman va kitobni qo’limga olib kitob o’qirdim. Hozirda universitetda 2- kurs talabasiman “ dedi. Shu payt avtobus keldi va menga xayr deb avtobusga chiqdi. Men esa piyoda qishlog’imiz bekati tomon ketdim.
Yüklə 16,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin