Hikoya-bolalar xotirasidan chiqmaydigan, juda ham foydali bo'lgan vosita. Bolalar uchun buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodini tanishtirishning yaxshigina usullaridan biri



Yüklə 15 Kb.
tarix29.04.2022
ölçüsü15 Kb.
#56643
Hikoya-bolalar


Hikoya-bolalar xotirasidan chiqmaydigan, juda ham foydali bo'lgan vosita. Bolalar uchun buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodini tanishtirishning yaxshigina usullaridan biri. Bolalarga buyuk mutafakkirlar, davlat arboblari va xalq qahramonlarining hayotini hikoya va ertak tarzida tanishtirish orqali ularda yaxshi xotira qoldirish mumkin.

Multfilm-Bolalarning yoshligidan multfilmlarni sevib tomosha qilishlari hammaga birdek ma'lum. Multfilmlar bolalar hayoti va xotirasidan umuman chiqmaydi. Hozirga davr yoshlari televideniya orqali asosan xorij multfilmlarini ko'rishadi, ularga taqlid ham qilishadi. Tariximizda o'zlarining o'chmas izlarini qoldirgan buyuk bobokalonlarimizni bolalarga yaxshilab tanishtitish uchun ularni hayotini qiziqarli qilib multfilmlarda ko'rsatishsa, bolalar ularni o'z hayotlari davomida esdsn chiqarmay, yaxshi xotiralarga ega bo'lishadi.



Buyuk ajdodlarimiz fanlarda-Bizning yurtimizdan juda ham ko'plab, olim va mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ular o'zlarining aql-zakovati bilan har bir soha va fanda o'zlarining o'chmas izlarini qoldirishgan.Maktab o'quvchilariga ularni yana ham yaxshiroq tanishlari, ularning hayotlaridan o'zlariga kerakli hulosalarni chiqarishlari uchun maktab darsligidagi har bir fan bilan bir allomani nomini bog'lash kerak. Masalan: Alisher Navoiy-adabiyotda, Al Xorazmiy-matematikada, Mirzo Ulug'bek-astronomiyada, Abu Ali ibn Sino-tibbiyotda, Abu Rayhon Beruniy esa geografiya fanlarida tengsiz olimlar hisoblanishadi. Bundan tashqari yana ko'plab misollarni keltirish mumkin.

Hulosa qilib aytganda, yoshlarga buyuk mutafakkirlar hayotini tanishtirish uchun ularni hayotini yoshlar hayot tarziga aylantirish kerak. Har bir mamlakat hayoti, yoshlar kelajagi albatta u mamlakatning tarixi bilan bevosita bog'liqdir.
Yüklə 15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin