Himoyaga ruxsat etildi



Yüklə 55,47 Kb.
səhifə1/21
tarix08.04.2022
ölçüsü55,47 Kb.
#54951
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Himoyaga ruxsat etildi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • REJA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INISTITUTI

IQTISODIYOT KAFEDRASI

“HIMOYAGA RUXSAT ETILDI”

Kafedra mudiri_______________________

“______”_______________________2020 - yil

IQTISODIYOT NAZARIYASI FANIDAN

“Muomala uchun zarur bo’lhan pul miqdorini aniqlash”

mavzusida

KURS ISHI

Bajardi MM – 50 guruh talabasi Misirov Anvar

Ilmiy rahbar Nazarova G.X


TOSHKENT 2020 - YIL

REJA:


KIRISH 2

1. PULNING PAYDO BO‘LISHI, ZARURLIGI VA FUNKSIYALARI 3

2. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI 19

3. PUL MUOMALASINI TASHKIL QILISH VA PUL MASSASI 30

XULOSA 45



KIRISH


Yurtimizda bugungi kunda iqtisodiy va moliyaviy sohalarda olib borilayotgan sa’y harakatlardan ko’rishimiz mumkinki, bu masala yurtimizni yanada rivojlantirish yo’lidagi yana bir muhim ishlardan hisoblanadi. Bundan tashqari, yurtboshimiz ham chiqarayotgan aksariyat qonun va farmonlari davlat boyliklarini maqsadli sohalarga yo’naltirishga qaratiladi. Ya’ni qaysi sohaga ko’proq mablag’ zarur bo’lsa, shu sohaga yanada ko’proq imtiyozlar bilar kredit ajratish ko’zda tutiladi. Bundan tashqari, tadbirkorlarga ham davlatimiz tomonidan berilayotgan yengilliklarni shular sirasiga kiritish mumkin.

Buning uchun ,albatta, birinchi navbatda pulning paydo bo’lishi,uning zarurligi, funksiyalari, pul aylanmasi, pul muomalasini tashkil qilish, pul massasi hamda boshqa bir qator davlat g’aznasini to’g’ri va maqsadli yo’naltirishga asos bo’lib xizmat qiladigan asosiy omillarni bilib olishimiz zarur bo’ladi.

Shu maqsadda men quyidagi kurs ishimni shu mavzuga bag’ishladim. Bunda men bu mavzuni ko’pgina boshqa bir-biriga bog’liq bo’lgan sohalar bilan birga yoritishga harakat qildim. Pulning paydo bo’lishi, uning yuzaga kelishida muhim ahamiyatga ega omillar, evolyutsiyasi, banklarda pullarni maqsadli yo’naltirish, kredit berish va uning foiz stafkalari hamda unga ta’sir qiluvchi omillar, chet eldagi boshqa banklarning tajribalari, yurtimizdagi bu sohaga siyosiy yechimlar, pullarga bo’lgan talab va taklif, muomala uchun zarur bo’lgan pul massasini aniqlash uchun bir qator nazariyalar, formulalar va qonunlar hamda bir qator muhim sohalar bilan bog’lagan holda shakllantirdim.

Bugungi kunda butun dunyoda bo’lib o’tayotgan ham ijtimoiy, ham siyosiy vaziyatda pullarning yangi ko’rinishi, electron pullar juda muhim rol o’ynaydi. Chunki hozirda qog’oz pullar bilan harid qilish uchun ko’chaga chiqib do’konlardan va bozorlardan savdo qilishimiz sog’ligimizni xavf-hatarga qo’yadi va shu bilan birga transport bilan bog’liq muammolarga duch kelamiz. Mana shu yerda pulnign electron ko’rinishi juda muhim ahamiyatga ega. Hozirda onlayn do’konlar va ulardagi yetkazib berish xizmatlaridan foydalanish uchun ham pullarning yangi ko’rinishi muhim rol oynaydi. Shunday vaziyatda plastic kartochkalarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish uchun bir qator banklar plastik kartochkani onlayn olish va uyingizga yetkazib berishni taklif qiladi.

Umuman olganda, pul bilan bog’liq har bir jarayon hayotimizda muhim rol o’ynaydi va shu sabab kurs ishimni shu dolzarb sohaga bag’ishladim


Yüklə 55,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin