Hozirga adabiy jarayon



Yüklə 161,5 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü161,5 Kb.
#40556
Hozirga adabiy jarayon


“Hozirga adabiy jarayon” fanining boshqa fanlar bilan munosabati. Reja. Tayanch so'zlar.

Reja:


1. “Hozirgi adabiy jarayon” – adabiyotshunoslikning o’ziga xos tarkibiy qismi.

2. “Hozirga adabiy jarayon” fanining boshqa fanlar bilan munosabati.

3. “Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsad va vazifalari.

Tayanch so'z va birikmalar: soʻz san’ati, ijod jarayoni, asarni baholash, adabiy tanqid, adabiyot nazariyas, milliy xususiyat.

“Hozirga adabiy jarayon” fanining boshqa fanlar bilan munosabati. Tahlil va talqinlar-badiiy asar bahosini belgilashdagi bosh mezon. Ayni vaqtda ular adabiy tanqidning muhim tarkibiy asoslari. Adabiy tanqid esa – adabiyotshunoslikni tutib turadigan mustahkam uch ustunning biri. U badiiy asar vositasida hayot, insonlar haqida mushohada yuritadi; badiiy asarning ijtimoiy-madaniy munosabatlar­dagi o’rni, vazifasi, milliy-mafkuraviy, umuminsoniy mohiyatini yoritadi; badiiy asarning falsafiy-estetik mohiyatini, tarixiy-madaniy qatlamdagi o’rnini belgilaydi; adabiy matn tahlili orqali badiiyatga doir kamchilik, yetishmovchi­liklarni ochadi yoxud tanqidning saralovchilik vazifasini amalda isbotlaydi; badiiy asarga singdirilgan, uning «joni»ga aylanib ketgan go’zalliklarni nozik kashf etadigan, ilmiy-mantiqiy xulosalarga asoslangan talqin vositasida ularni yuzaga chiqaradi; adabiy talqin­ning xulo­sa, natijalarini badiiy asar bahosini belgi­lashga yo'nalti­radi.

Adabiy tanqid, xususan, talqin haqidagi qarashlarning asosiy manbai o’zlashtirish nafosatshunosligi (retseptiv es­tetika)dir. Madaniyatli inson borki, qadriyatlarni e'zoz­lash, o’rganish, o’zlashtirish yo’lidan boradi. Bu – murak­kab jarayon, ruhiy-ma'naviy holat. Qadriyatlarni o’zlashtirish, anglab yetish retseptiv estetika predmetidir. O’zlashtirish nafosatshunosligi qadriyat, xususan, badiiy ijod namuna­larini qabul qilish, ruh-ongga singdirish jarayonini yoritsa, adabiy talqin o’zlashtirilgan qadriyat, go’zallik­ning hayotga qaytarilishi, boyitilgan qadriyat sifatida qayta tug‘ilishi holatidir.

Totalitar tuzum va uning mafkurasi milliy respublikalar xalqlarining tarixidan, madaniyati ildizlaridan mahrum etibgina qolmay, diniy an'analari va urf-odatlarini ham payhon qilib tashladi. Diniy madaniyat o’rniga bu xalqlarga berilgan sho’ro ta'limoti esa ular imkonini salomat olib qololmadi. So’nggi yillarda dinga erkinlik berilishi, islom ta'limotiga oid ilmiy ommabop asarlarning paydo bo’lishi va boshqa tadbirlar natijasida o’zbek she'riyatida islom asotirlari va g‘oyalari bilan sug‘orilgan she'rlar paydo bo’ldi.

Abdulla Oripov «Haj daftari» va «Hikmat sadolari» turkumi bilan XX asr o’zbek she'riyatiga diniy-ma'rifiy g‘oyalarni birinchi bo’lib olib kirdi. U Rabg‘uziyning «Qissai Rabguziy» asari va Ismoil Buxoriyning «Hadis»larini o’rganish, «Qur'oni Karim»ni o’qish asosida ularda bayon qilingan diniy-ma'rifiyg‘oyalar butungi yosh avlodni yuksak insoniy madaniyat, imon va e'tiqod ruhida tarbiyalash mumkinligini zukkolik bilan sezdi.

Bu borada Abduvali Qutbiddin ham samarali ijod qilayapti. U o'z g‘oyasini g‘ayritabiiy g‘aroyib manzaralar, tasvirlar zamiriga singdiradi. Sirtdan qaraganda uning tashbehlariga yuklangan fikr, tuyg‘ular ko'ngil ko'zida aks ettan mutlaqo noreal, tushdagi kabi tartibsizlikday ko'rinadi. Lekin chuqurroq mushohada qilinsa, uning mohiyati anglashiladi. Chunki diniy qarash falsafa ob'ekti real hayot emas, inson ruhiyati, ruhiy hayot, boqiy dunyodir. Zeroki shunday ekan, tasvirning g‘ayritabiiy bo’lishi hayron qolarli hol emas. Biroq gap tasvir va tashbehlarning realligida emas, uning zamirida yotgan fikr hamda uning mohiyati muhimdir.

“Hozirgi adabiy jarayon” – adabiyotshunoslikning o’ziga xos tarkibiy qismi.

1. “Hozirgi adabiy jarayon” – adabiyotshunoslikning o’ziga xos tarkibiy qismi. Istiqlol tufayli Respublikamizning barcha sohasida – ijtimoiy, iqtisodiy, shuningdek, siyosiy hayotida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Tarixiy va milliy qadriyatlarga munosabat tubdan yangilandi, madaniyat, ma'naviyat, mafkura yo’nalishida ham sezilarli o’zgarish ro’y berdi va berayapti. Bu hol Respublikamizning madaniy ma'naviy hayotida hamda taraqqiyotida katta omillik rolini ham o’tayapti.

Ma'lumki, hayotda, jamiyatda ro’y bergan o’zgarish albatta adabiyotda o’z aksini topadi. Hozirgi adabiy jarayon milliy va madaniy merosni ajralmas qismidir. Adabiy jarayon va adabiy tanqid, adabiy-nazariy qonuniyatlar va yo’nalishlar. Adabiy jarayon va tarjima adabiyoti, badiiy adabiyot va nazariy adabiyotning o’zaro aloqasi bir-birini boyitishdan iborat. Hozirgi adabiy jarayon fan sifatida badiiy adabiyot janrlarini hozirgi kun romanchiligi, qissachiligi, hikoyalari, she'riyati, adabiy tanqidchiligi kabi janrlarning o’ziga xos xususiyatlarini badiiylik va zamonaviylik prinsiplari asosida ko’rib chiqadi.

Istiqlol tufayli ma'naviy qadriyatlarga, madaniyatga, jumladan, so’z san'atiga nisbatan munosabat tubdan o’zgardi. Yangi davr nafaqat adabiyotimiz tarixiga, balki zamonaviy adabiy -badiiy jarayonga ham yangicha g‘oyaviy-estetik mezon bilan yondashishni taqozo qiladi.

XX asr o’zbek she'riyatining erk uchun olib borgan kurashi e'tiborga loyiqdir. U ikki bosqichga egadir: birinchisi, asrimizning ilk bosqichiga, ikkinchisi esa, oltmishinchi yillarga to’g‘ri keladi.

Hozirgi o’zbek she'riyatining ma'naviy miqyosi, badiiy, salohiyati kundan-kunga o’sib boryapti. Shu ma'noda hozirgi o’zbek adabiyotida lirika alohida o’ringa ega. Unda zamondoshimiz qalbida kechayotgan his-tuyg‘ularni aks ettirish barobarida, jamiyatimizning har bir a'zosida mustaqillikka shukronalik, porloya; kelajakka bo’lgan ishonchni mustahkamlashga xizmat etmoqda. Bu kun she'riyatining tabiati va uning zamiridagi falsafiy g‘oyani ochib berish, uning yetakchi g‘oyaviy - badiiy tamoyillarini aniqlash, o’zbek she'riyatining istiqboldagi taraqqiyotini ham oldindan belgilashga imkon beradi.

Ma'lumki, ijtimoiy hayotda kechayotgan evrilishlar lirikada aks-sado beradi. Birinchi navbatda, Oʻzbekistonning mustaqillik maqomiga ega bo’lishi bilan milliy uyg‘onish g‘oyalari balqib turgan she'rlarga alohida e'tibor berish lozim bo’ladi. Biz Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Oydin Hojieva, Halima Xudoyberdiyeva, Jamol Kamol, Muhammad Yusuf, Xurshid Davron, Azim Suyun, Iqbol Mirzo kabi shoirlarning she'rlarida kitobxonni yangi tarixiy voqelikni his qilishga, yangilanish va poklanishga chorlovchi g‘oyalarni ko'ramiz. Bu g‘oyalar avvalgidek hayqiriqlar tarzida baland pardalarda aytilgan, ammo yurakka yetib bormaydigan so’zlar bilan tarannum etilgan emas. Aksincha, yurak qa'ridan, yurak qonlariga qo’shilib chiqqan, shuning uchun ular boshqa yuraklarga ham yetib bordi va bormoqda. Shu tarzda xalqni – mustaqillik yo’liga chiqib olgan xalqni uyg‘otuvchi, unda milliy g‘urur va e'tiqod, istiqlol va istiqbolga ishonch tuyg‘ularini ardoqlovchi she'rlar bugungi adabiy jarayondagi birinchi va yetakchi tamoyil hisoblanadi,“Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsad va vazifalari.

“Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsad va vazifalari. “Hozirgi adabiy jarayon” fani bevosita adabiy jarayondagi yangilanishlardan talabalarni boxabar qilishi bilan birga ularni baholashga o‘rgatadi. Amaliy jihatdan esa talaba adabiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanadi. “Hozirgi adabiy jarayon” fani talabani nafaqat o‘zbek adabiyoti, balki jahon adabiyotida kechayotgan yangilanishlar bilan tanishtiradi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:

- eng muhim epik, lirik, dramatik asarlarni tahlil qilish, adabiy tanqidchilik bilan hozirgi adabiy jarayonni bog‘lab tushuntirish kategoriyalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;

- bugungi adabiyotda kechayotgan jarayonlarni tahlil qila olishi, o‘zbek adabiyotining bugungi holatini dunyo adabiyotida kechayotgan jarayonlarga qiyoslay bilishi va ulardan foydalana olishi;

- badiiy asarni tushunib, anglab, tahlil qilib o‘qiy olish, badiiy ijod falsafasini, psixologiyasini adabiy siymolarning ijod laborotoriyasi misolida tushuntirib bera olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak.

Bugungi o’zbek she'riyatida ko’zga tashlangan uchinchi tamoyil adabiyotning so’z san'atligi, uning o’ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq.

Oybek yosh kitobxonlarga murojat etib, ularga she'riyatni sevish, undan bahramand bo’lish lozimligini ta'kidlar ekan, bunday yozgan edi; «She'riyat dunyosi, muzikasining sehrli kuylari, bahor shabadasi kabi, sizning qalbingizga eng go’zal inson husnini beradi, nafis zavq bag‘ishlaydi. She'riy va muzika dunyosida xulqingiz nozik go’zallik, chuqur hissiyot kashf etadi. Taassuflar bo’lsinki, sovet davrida she'riyatning ana shu, bahor shabadasi kabi, inson qalbiga eng go’zal inson husnini vazifasini ado etishga yaramadi. U fuqarolik g‘oyalari deb atalgan zalvorli yukni ko’tarishdan nariga o’tmadi. She'riyat bunday og‘ir yuklardan bir qadar ozod bo’lgan hozirgi davrda endi o’zining birlamchi vazifasini bajarishi kishilar qalbiga nazokat va nafosat gullarini sochishi tuyg‘ularini tarbiyalashi, zavq-shavq bag‘ishlashi lozim. Bu borada M. Yusufning «Ishq kemasi», E. Shukurovning «Sochlari sumbula sumbul» H. Ahmedovning «Tungi marvarid gullar», H. Asqarning «Tongning bedor ko’zlari» to’plami va yoshlarning qator she'rlari misol bo’la oladi.

To’rtinchi tamoyil sof milliy xususiyatga, ya'ni millat ruhiyatining bor ko’rinishi, o’z ifodasini topgan she'riyatning yuzaga kelishi.

Milliy mustaqillikning ijtimoiy-siyosiy ko’rinishi bu milliy mafkura bilan xarakterlanadi. Milliy istiqlolning asosiy shartlaridan biri mafkuraviy mustaqillikdir. U o’zida millat taraqqiyotining g‘oyaviy yo’nalishini aks ettiradi. Mafkura o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra ham yangilayotgan jamiyatning yo’nalishini, uning qiyofasini belgilab beradi. Milliy mafkura taraqqiyotida milliy an'analarga, qadriyatlar, madaniy merosiing ahamiyati katta Chunki mafkuraning milliylik xususiyatlari xalqning an'analari va qadriyatlaridan kelib chiqadi. Mafkura konsepsiyasi esa xalqning tarixiy rivojlanishidagi tajribalarini asos sifatida qabul qiladi. Bu o’rinda esa milliy an'analar va qadriyatlar millat mafkurasiga ham mohiyat, yo’nalish, mazmun va shakl beradi. Shu boisdan ham milliy mafkura taraqqiyotini milliy an'analarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.

Mustahkamlash uchun savollar:

1. “Hozirgi adabiy jarayon” fanining maqsadi borasida fikr yuriting

2. “Hozirgi adabiy jarayon” fanining boshqa fanlar bilan aloqadorligi qanday?

3.Yangi badiiy asarlar dastlab qaysi jurnallarda e'lon qilinadi?

Adabiyotlar:

Asosiy adabiyotlar:

1. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz so’z, 2014.

2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti. – T., 2012.

3. Норматов У. Ижод сеҳри. – Т.: Шарк, 2007.

Qo'shimcha adabiyotlar:

1. Адабиётдаги йўл харитамиз // Жаҳон адабиёти, 2018, №1. – Б.5-32 (давра суҳбати).

2. “Муаллиф ўлими”га сиз ҳам овоз берасизми? // Шарқ юлдузи, 2014, №1-6.

3. Янги авлод овози // Шарқ юлдузи, 2013, №1-6.

4. Назарова Ш. Йўл қаердан ўтади // Жаҳон адабиёти 2017.11. – Б.197-201.

5. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарк, 2007.

6. Шарафиддинов О. Ижодни англаш бахти. - Т.: Шарк, 2004.

7. Эшонқул Н. Ижод фалафаси. – Т.: Академнашр, 2018

Reja:


1.Globallashuv davrida ma'naviyatga e'tiborning ortishi

2.Badiiy tafakkurdagi oʻzgarishlar

3. Ma’rifiy masalalarga yondashuvda yangilanish tamoyillari.

Tayanch soʻz va birikmalar: globallashuv, badiiy tafakkur, milliy xarakter, muallif o’limi.

Globallashuv davrida ma'naviyatga e'tiborning ortishi.

Hozirgi adabiy jarayon fan sifatida hikoyachilik, qissachilik, romanchilik, she'riyat kabilarning oʻziga xos xususiyatini badiiylik va zamonaviylik prinsipi asosida koʻrib chiqadi. U falsafa, tarix, estetika, mantiq kabi fanlarda oʻrganiladigan muammolarning umumiyligi bilan bog‘liq.

Badiiy, estetik tafakkur masalalarini go’zallik, ezgulik singari qadriyatlar, shakl va mazmun birligi, adabiy janrlar xilma-xilligi hamda uslubiy yo’nalish, badiiy til, ifoda vositalari nuqtai nazaridan o’zlashtirish, xulosalar chiqarish adabiy jarayonning tabiiy ehtiyojiga aylandi.

O’zbek fantastikasining tarixi xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi. O’tgan voqealar haqida hikoya qiluvchi og‘zaki hikoya voqealar qissalar hayoliy uydirmalar asosida vujudga keladi. Insoniyat uchar gilam, uchar ot, ochil dasturxon, Hizr suvi orzu qilish orqali o’z istaklarini bayon qilib, baxtli hayot haqida o’ylashgan fantastikaning turi ko’p. Masalan, ilmiy fantastika, sarguzasht fantastika, narigi dunyo xususidagi va boshqalar. Keyingi yillarda ilmiy fantastika kuchaydi. Bu hol ilmiy texnikaning rivoji bilan bog‘liqdir. Hozirgi zamon adabiyotida Tohir Malik, Xojiakbar Shayxov, Mahkam Mahmudov, Abror Qosimov, Baxtiyor Hoshimxo’jaev, Murod Xidir kabi fantast yozuvchilar samarali ijod etmoqdalar.

Ma'lumki, hozirgi ilmiy fantastika asosan to’rt yo’nalishda taraqqiy etmoqda. Birinchisida ijtimoiy dunyoqarash bilan bog‘liq bo’lgan genetik shakl yetakchilik qilsa, ikkinchisida yosh avlod tasavvuriga ta'sir o’tkazish ko’zda tutiladi. Uchinchi yo’nalish uchun sirli va qiziqarli syujet muhimroq bo’lsa, to’rtinchi tur asarlar negizida salmoqli fantastik fikr yotadi.

Hozirgi o’zbek fantastlarining qiziqarli, g‘ayrioddiy syujet va fantastik obraz yaratish sohasidagi tajribalari ma'lum samaralar berayotir. Tohir Malik va B.Hoshimxo’jaevning «Zaharli g‘ubor» qissasi shu jihatdan diqqatni jalb etadi.

Qissa qahramoni – Charlz Long favqulodda iste'dodli bo’lib, o’n yoshida kollejni bitirgan. London va Garvard universitetlarida tahsil olib, turli fanlar bo’yicha olimlik darajasiga yetgan. Yigirma yoshida Galveston universitetida nazariy fizikadan dars bergan. Biroq tez orada universitetni tashlab, uyida, yer ostida qurgan laboratoriyasida ilmiy ish olib boradi. To’rt yil mobaynida ilm-fandagi «marra»larni bosib o’tadi. Uning uchun olisdagi kishining fikrini o’qish, o’zi yasagan temir panjalar mahkamasidagi hujjatlarni qo’lga tushirish, hatto Sahroi Kabirdagi qumbarxanlarini ko’chirish hech gap emas.

Long qudratli kuchga ega bo’lgan analizator yasab, uni o’z miyasiga ulaydi. Shuning uchun ham u miya faoliyatidan to’la-to’kis foydalanadigan yagona inson edi. Uning miyasiga kelgan har bir fikr maxsus uzatgich orqali analizatorga o’gar, analizator esa bu fikrlarni ajratar, saralar, ularning reallashiga yordam berar edi. Nodir ilmiy iste'dod va uning samaralari Longga tinchlik bermaydi. U o’zini buyuk qudrat sohibi deb e'lon qiladi va butun koinotga hukmronlik qilmoqchi bo’ladi. U o’z erkiga qarshi chiqqan kishilarni, xalqlarni, hatto butun yer yuzini yakson qilib tashlash niyatidan ham qaytmaydi. Xullas, fan yutuqlarining jinoiy ishlarda asqotish mumkinligi masalasi bu asarning g‘oyaviy mundarijasini belgilaydi.

Fantastlar oldida turgan muammolardan yana biri o’zga sayyoralardagi hayot tasviri va u yerda yashovchilarning obrazini yaratish bilan bog‘liq. Garchand olis sayyoralarda yashovchilar obrazini, qay yo’sinda yaratayotganlariga e'tibor bersak, ulardagi qandaydir g‘ayritabiiylikka bo’lgan maylni sezish qiyin emas. Chunonchi, «Olis sayyora» qissasidagi (Shayxov) o’zga sayyoraliklarning uchishga moslashgan qanotlari bo’lsa, «Kelgindilar» hikoyasidagi o’zga sayyoraliklar ko’zga ko’rinmaydilar. «Tasodifiy qo’niga» hikoyasidagi jonzodlar esa timsohga o’xshagan, allaqanday to’rt oyoqli bahaybat mahluqdir.

Oʻzga sayyoraliklar obrazini yaratishda har qanday uydirma ham yozuvchi uchun asqotavermaydi. Eng muhimi, ular portretining xususiyatlari shu sayyoraning tabiiy tuzilishi bilan uyg‘un bo’lishi kerak.

Oʻzga sayyoraliklar obrazini yaratishda ularning yerliklar bilan aloqa vositasi ham muhim o’rin tutadi. H.Shayxovning «Kelgindilar» hikoyasidagi notanish jonzodlar orasida til bo’yicha mutaxassis olim ham bor. U har qanday jonli mavjudot bilan gaplasha oladi, faqat buning uchun o’sha jonli mavjudotlarning miyasi tarqatayotgan biotoklar va elektromagnit to’lqinlari tarkibini maxsus asboblar yordamida sinchiklab o’rganish lozim,

«Olis sayyorada» qissasida esa gemmaliklar ayollar sochini jingalak qiluvchi mashinaga o’xshagan qalpoqni kiyib, yerliklar bilan gaplashadilar. yerliklar yasab bergan bu qalpoq ularga fikr uzatish vositasi va ayni paytda tarjima apparati sifatida xizmat qiladi. Odatda fantastlar kelajakka nazar tashlaydilar. Ularning diqqat-e'tiborida kelajak manzaralari turadi. Lekin shunday ilmiy-fantastik asarlar ham borki, fan yutuqlari ularda o’tmish hayot sirlarini ochishga qaratiladi. Shu jihatdan Tohir Malikning «Falak» ilmiy-fantastik qissasi ayniqsa diqqatga sazovordir. Adabiy faktlar shuni ko’rsatadiki, o’zbek yozuvchilari milliy voqelik bilan bog‘liq masalalarni ko’targanlarida va milliy kalorit bilan sug‘orilgan fantastik sharoitlarni yaratganlarida sezilarliroq ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritmoqdalar. Fantastika badiiy adabiyotning mahsuli bo’lgani uchun u siyosatdan holi bo’lolmaydi. Unda siyosat real muammolarning fantastik material bilan kesishgan nuqtasida yuzaga keladi. Ma'lum ma'noda fantastik adabiyotda siyosat masalasi real hayotdagi siyosiy muammolarning oynadagi aksi hamdir. Keyingi davrda fantastik adabiyotda madaniy, iqtisodiy masalalar bilan bir qatorda siyosatga doir masalalar ham o’rin olyapti. Harbiy texnika, yadro quroli o’ta taraqqiy eta borishi bilan bu masala ancha avj oldi. Bu borada H.Shayxovning "Mutamax" ilmiy-fantastik hikoyasini misol keltirish mumkin. Hikoya asosida fantastik shahar - Irot hukumati hududiga qarashli davlat chegarasini noma'lum kema buzib o’tgani va shuning oqibatida yuzaga kelgan vaziyat tafsiloti yotadi.

Hikoyada ko’tarilayotgan masala – fantastik shahar Irot ahlining qirilib ketish xavfi, ekologiya masalalari va yana bir qator yondosh masalalar - tinchlikni saqlash voqealar zamiriga singdirib yuborilgan. Hikoyadagi fantastik obraz - mutantda davlatlararo mavjud nizomlarga amal qilmaslik oqibatida fojeiy ahvol yuzaga kelishi mumkinligi o’z ifodasini topgan. Mutantga nisbatan chora ko’rilmasa, u butun shahar aholisini, daraxtu imoratlarni, umuman yer yuzidagi hayotni yo’q qilib yuborishi mumkin.

Badiiy tafakkurdagi o’zgarishlar.

Globallashuv davrida o’zlikni asrash, milliy an'analarni qadrlash muhim sanaladi. Axborot xurujiga barham berishda ,ommaviy madaniyat ta'siridan saqlanishda mustaqil fikr,pok ko’ngil darkor.Bu davrda badiiy adabiyotni beqadr etishga urinilmoqda. Ezgulikka intilish, mehru muruvvatni targ‘ib qilish an'anasi mumtoz asarlarimizda boshlanib, asrlar davomida davom etgan. Hayotbaxsh an'anaga to’siq bo’layotgan illatga qarshi kurashishda asl asarlar mag‘zini chaqish lozim.Realistik,modernistik kabi metodlarga mansub asarlarda insonparvarlik g‘oyasining tarannumi kitobxon ma'naviyatini yuksaltiradi.Yoshlar ongi va qalbini zararli ta'sirdan asrashda badiiy adabiyotning ahamiyati katta.

Badiiy asar mutolaasi asnosida madaniyat va ma'rifat,ta'lim va tarbiya, qadriyat va an'anani asrab-avaylashga qaratilgan g‘oyat muhim ish amalga oshadi. Realistik asarlarda davr, qahramon munosabatiga e'tibor beriladi. Modernistik adabiyot vakillari Nazar Eshonqul, Faxriyor kabilarning inson ruhiyatini tasvirlash mahorati,ong osti jarayonini nozik ifodalash usuli asar qimmatini oshiradi. Fantastik asarlarda qiziqarli, g‘ayrioddiy syujet, inson murakkab fitratini texnik vositalar orqali uqishga intilish kuzatiladi. Tohir Malik, Hojiakbar Shayxov ijodida ijtimoiy dunyoqarash bilan bog‘liq tasvir ,fan texnika taraqqiyoti masalasi yoritilishi aytiladi. Ijodkorlar so’zning ma'noviyligi, jarangdorligi, bo’yoqdorligiga qay tarzda e'tibor bergani tahlillar orqali aniqlanadi. Olam va odam sir sinoatini anglatuvchi belgi, ramz, ishoralar tizimi izlanishlar samarasi boʻlib, san’atkor boy tafakkuridan darak beradi. Muhimi yaratilgan asarlarda umuminsoniy qadriyatning namoyon bo’lishi. Ularda qalbni g‘ubordan poklaydigan quvvat mavjud boʻlib, kishilarni yovuzlik, jaholatdan asrashga xizmat qiladi.

Ma’rifiy masalalarga yondashuvda yangilanish tamoyillari.

Tamoyillarning yangilanishiga sabab boʻlayotgan omillar:

· tabiiy ofatlar;

· Iroq, Shom, Afrikadagi qirg‘inlar;

· qashshoqlik;

· ochlik;

· insonning shaxs sifatida qiyofasini yo‘qotishi va ommaga aylanishi;

· shafqatsizlik, antigumanizm, ishonchsizlik, umidsizlik

· ezgulik va yovuzlikning murakkab qiyofaga kirishi;

· katta tezlikda tinimsiz aql, axborot, huquq zamoniga o‘tib borish.

Bunday vaziyatda adabiyot qanday yo‘l tutadi:

· mavjud jarayonlarni ifodalashda yanada dinamik uslublar, yangicha poetik vositalarni yaratish;

· global olamdagi yagona mehvarni topish va unga hamdard bo‘lish;

· adabiyotlarni, yangi yo‘nalishlarni tezlikda saralay olish, ularni mustaqil va to‘g‘ri baholash.

Savol:

adabiyotda milliylik muammosi qanday hal qilinadi?



simvolizm yoki impressionizm ifoda shakllaridan foydalangan shoir milliy shoir hisoblanmaydimi?

Javob:


ijodkor milliylik asosida turib fikrlaydi, yangi oqimlar va yangi ifoda shakllari bo‘lsa original yondashuvga imkon beradi.

Adabiy jarayonda tanqidchining o‘rni qanday?

“Hozirgi davrga kelib tanqidning mohiyati o‘zgardi. Eski tanqid tugaydi. Yangisi boshlangani yo‘q. Adabiy tanqid – adabiy ijodning bir turi. Adabiyotga xizmat ko‘rsatuvchi soha emas, lekin uni “xizmat ko‘rsatish” sohasiga aylantirishga urinishlar bor. Hozir tanqidchi degan kasb-ixtisos yo‘q. Hech qaysi oliy o‘quv dargohi tanqidchi tayyorlamaydi... Tanqidchi mutaxassis bo‘lmagach, undan nimani talab qilish mumkin va bu qaysi mantiqqa sig‘adi?.. Yangi zamonda tanqid o‘rnini tadqiqotchi egallaydi” (Ibrohim G‘afurov).

Adabiyotlar:

Asosiy adabiyotlar:

1. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz soʻz, 2014.

2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti. – T., 2012.

3. Норматов У. Ижод сеҳри. – Т.: Шарк, 2007.

Qoʻshimcha adabiyotlar:

1. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. Т.: Янги аср авлоди, 2006.

2. Норматов У. Ижод сеҳри. Т.: Шарк, 2007.

3. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарк, 2007.

4. Эшонқул Н. Ижод фалафаси. – Т.: Академнашр, 2018.

5. Шарафиддинов О. Танланган асарлар. Т.: SHARQ NMAK, 2019.

6. Адабиётдаги йўл харитамиз // Жаҳон адабиёти, 2018, №1. – Б.5-32 (давра суҳбати).

7. “Муаллиф ўлими”га сиз ҳам овоз берасизми? // Шарқ юлдузи, 2014, №1-6.

8. Янги авлод овози // Шарқ юлдузи, 2013, №1-6.

9. www.kutubxona.uz

10. www.ziyonet.uz

11. https://t.me/yozuvchilar_uz

12. www.sharqyulduzi.uz

Reja:


1. Hozirgi she’riyatning asosiy xususiyatlari.

2. She’riyatdagi shakliy izlanishlar.

3. Lirik sub’yekt masalasi.

Tayanch soʻz va birikmalar: lirika, lirik janr, lirik sub’yekt, sonet, mansura, oq she'r, sarbast.

Hozirgi she’riyatning asosiy xususiyatlari

Poeziyada hayot, voqelik zarbi bilan tebrangan shoir qalbining ohangi ifodalanadi. Poeziyada sehrli so’z, kuy, ohang va yorqin manzaralilikning qo’shilmasi hosil bo’ladi. She'riyatdagi ranglar jilvasini, obrazlar boyligini vujudga keltiradigan kuch, avvalo, qalbidagi, ongidagi o’zgarishlardir. Bugungi poemachilikda izlanish,yangilanish jarayoni kechmoqda. Voqelik va inson tabiatining o’zgarib turishi,yangi g‘oyaning tug‘ilishi,makon va zamon xossalarini idrok etish – bularning bari hayot qatlamini tadqiq qilishni teranlashtirish bilan barobar yangi shaklni yuzaga chiqarib, voqea bo’lgan har bir asar janr qirralarini boyitmoqda. Hozirgi she'riyatdagi janrlar bilan tanishish kitobxon bilimini boyitib boradi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar shaxs maqomini o‘zgartirganini yana bir karra aytishga to‘g‘ri keladi. Buning adabiyotdagi in’ikosi ham shunga mos: badiiy ijodda individ roli kuchaydi, san’atkorning o‘ziga xos nigohi, ma’naviy olami, ruhiy imkonlarining ko‘lami, o‘ziga xos ifodasi – bir so‘z bilan aytganda, ijodiy individuallikning qimmati muttasil ortib, bu narsa ijodkorlarning o‘zlari tomonidan tobora teran anglanib bordi.

Mumtoz she’riyatimizga nisbatan lirik qahramon atamasini ishlatish ma’qulroq. Negaki, uning ma’naviy-ruhiy qiyofasida alohida shaxsning emas, ko‘proq she’riyatda an’ana bo‘lib kelgan shaxsning sifatlari aks etadi. YAngilanish qaldirg‘ochi bo‘lgan jadid she’riyatiga nisbatan ham lirik qahramon tushunchasini qo‘llash qulayroq keladi. Chunki bu she’riyatning lirik sub’ekti ham shaxsiylikdan ko‘ra umumiylikni ko‘proq namoyon etadi. Jadid shoirlari “men” yoki “biz” nomidan murojaat etganidan qat’i nazar, ma’rifatparvar ziyolilarga xos umumiy tushunchalarni ifoda etadilar. Bu umumiylik voqelikning qaysi jihatlari ko‘rilayotgani, milliy turmushning qaysi tomonlari tanqid ostiga olinayotganiyu qaysi tomonlariga rag‘bat bildirilayotgani kabilarda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu esa jadid shoirlari voqelikka shaxsiy nuqtai nazardan emas, balki mafkura orqali qaraganidan darak beradi va ular yaratgan she’rlarni mazmuni, ruhi, g‘oyaviy yo‘nalishi jihatidan mushtarak etadi. Jadid she’riyatining lirik qahramoni – dunyo ahvolidan xabardor, yuz berayotgan ijtimoiy hodisalar mohiyatini anglagan, o‘zgargan sharoitda yashash va ravnaq topish shartlarini biladigan, millatning holiga befarq qaramasdan, uning taraqqiysi uchun qayg‘uradigan inson. Jadid she’riyatining istalgan namunasini oling, shunday sifatlarga ega lirik qahramonni ko‘rasiz. Albatta, mazkur hol sababini jadidlar millat manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo‘yganlari bilan ham izohlasa bo‘ladiganday ko‘rinishi mumkin. Lekin bu to‘g‘ri emas. Negaki, jamiyatda shaxs maqomining o‘zgarishi, boshqacha aytsak, yangi insonning shakllanishi she’riyatdagi lirik sub’ektning ham shunga mos o‘zgarishini taqozo etadi. Biroq jadidlar adabiyotga vosita deb qaradilar, uni millat taraqqiysi maqsadiga safarbar etdilar. Va she’riyatda ham birinchi navbatda shu maqsadga mos o‘zgarishlar (xalq tiliga yaqinlashish, sodda ifoda, otashin nutq uslubi)ni amalga oshirdilar. Faqat jadid ijodkorlar faol ijtimoiy-siyosiy harakatdan chetlanib, voizlik she’riyatining vaqti o‘tgachgina lirik sub’ekt konkretlashdi, ya’ni she’rda aniq bir insonning ko‘ngli – o‘y-kechinmalari, dard-alamlari, orzu-armonlariyu Vatan va millat haqidagi iztirobli o‘ylovlari... his etila boshlandi.

Fitrat she’rga qo‘ygan talabning bajarilishi, ya’ni she’r “qonni qaynatib, sezgisini qo‘zg‘atishi” va so‘z ma’naviy kuchga ega bo‘lishining bosh sharti – ifodalanayotgan hislarning chinakamiga anglangan, fikrlarning his etilgan bo‘lishi. Jumladan, she’riyatga shu talabni qo‘ygan Fitratning o‘zida “lirik men” “YUrt qayg‘usi” (1917) turkumidayoq ko‘zga tashlanadi:

“Bag‘rim yoniq, yuzim qora, ko‘nglim siniq, bo‘ynim bukuk. Sening ziyoratingga keldim, sultonim!

Ezilgan boshim, qisilgan vijdonim, kuygan qonim, o‘rtangan jonim uchun bu sag‘anangdan davo izlab keldim, xoqonim!

Yuz yillardan beri jafo ko‘rub, g‘am chekib kelgan turkning qonli ko‘z yoshlarini etaklaringga to‘karga keldim”.[I,33]

Shunga qaramay, yangi she’riyatda “lirik men”ning muqim o‘rin topishida Cho‘lponning ayricha xizmatini ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi. Hech bir mubolag‘asiz aytish mumkinki, “O‘zbek yosh shoirlari” majmuasi, “Uyg‘onish”, “Buloqlar”, “Tong sirlari” to‘plamlariga kirgan she’rlarida shoir davrni, uning butun murakkabligiyu shiddatli evrilishlarini qalb prizmasidan o‘tkazib bera oldi. Shuning uchun ham Cho‘lponning shu to‘plamlarini o‘qiganda, atigi besh-olti yillar davomida kechgan ijtimoiy evrilishlar insonlar qalbida qoldirgan armonu umidlarni his qilasan, bilasan emas, aynan his etasan kishi. Shoirning ishqiy she’rlarini olasizmi va yo ijtimoiy poeziya namunalarini, an’anaviy yo‘lda yozilganlarimi yo yangicha izlanishlarini – barida “lirik men”ning qalbi suratlanib turadi. Masalan, xitoblardangina iboratdek tuyuluvchi mashhur “Buzilgan o‘lkaga” she’ridagi bitta-ikkita misrayoq o‘sha xitoblarning shoirning alam va umid to‘la dilidan sitilib chiqayotganiga ishontiradi: “Kel, ko‘zingning yoshlarini so‘rib olay, Kel, yarali tanlaringni ko‘rib olay, to‘yib olay...” Asli ham she’r shunday bo‘ladi va xuddi shu xususiyat “chin adabiyot”, haqiqiy lirikaning belgisidir.She’riyatdagi shakliy izlanishlar

Lirikada, asosan, birinchi shaxsning – lirik qahramonning ichki kechinmalari, muhabbat va nafrati, sog'inch va iztiroblari, orzu va armonlari, dard-u g'amlari, tuyg'ularga chulg'angan fikr o'ylari aks ettiriladi. Lirikada bu his-tuyg'ular boshqa adabiy turlarga nisbatta chuqurroq aks ettiriladi. Lirik turga mansub janrlarni shartli ravishda 3 guruhga bo'lish mumkin:

I. Qat'iy vaznda yoziladigan janrlar: tuyuq, ruboiy, mustazod, sayohatnoma.

II. O'zining qat'iy vazniga ega bo'lmagan janrlar: fard, qit'a, g'azal, masnaviy, murabba, muxammas, musaddas, musabba', musamman, muashshar, qasida, muammo, chiston, ta'rix, tarje'band, tarkiband, marsiya, soqiynoma.

III. Rus va jahon adabiyoti ta'sirida o'zbek adabiyotiga kirib kelgan zamonaviy she’riy janrlar: sonet, gimn, mansura (sochma), oq she'r.

Sonet (italyancha jaranglamoq) – jahon she’riyatida keng tarqalgan lirik janr. Sonet 14 misradan tashkil topadi, ko’pincha a-b-b-a,a-b-b-a, v-v-g-, d-g-d- shaklida qofiyalandi. U dastlab XII asrda italyan adabiyotida vujudga kelgan. O’zbek adabiyotiga 20-30 yillarda kirib kelgan. Sonetning go’zal namunasini 30-yillarda Usmon Nosir yaratdi.

Oq she’r – vazni va turog’i aniq, lekin qofiyasiz she’r.Vazni,misralardagi rang-barang ritmik qurilish oq she’rning ohangdorligini, musiqiyligini ta’minlaydi. Oʻrta srlarda o’zbek adabiyotida “harora” deb nom olgan qofiyasiz she’r navi bo’lgan. Oq she’r termini misralarning qofiyalanmay qolishidan,ya’ni oq qolishidan olingan. Oʻzbek adabiyotida Usmon Nosir, Hamid Olimjon, Maqsud Shayxzoda, R.Parfi kabi shoirlar ijodida oq she’rning ajoyib namunalari uchraydi.

Sochma (nasriy) she’r – lirik kechinmalar sochma nutq shaklida ifodalanib, jo’shqin ritmi bilan she’rga monand bo’lsa, sochma(nasriy) she’r bo’ladi.Nozim Hikmat ta’sirida Mirtemir o’zbek she’riyatiga schma shaklini olib kirgan.

Ibrohim G‘afurov mansuralarida shoirona qalb, donish nigoh yorqin aks etadi. Ularda ilgari surilgan g‘oya kitobxon ma'naviy salohiyatini yuksaltirib,qalb nidosini tinglashga chorlaydi. Asarlarda insonparvarlik,millatsevarlik ideallarini namoyon etgan qahramon tanlanib, betakror obraz yaratiladi. She'riyatda tuyg‘u, kechinma dramatizmi,go’zallik va xunuklik talqini turfa ohang bilan qorishiq holda ayon bo’lmoqda. Dunyoning azaliy hamda abadiy go’zalligini tuyish ,insonni qadrlash, ulug‘lash ijodkorni ilhomlantiradi. Lirik qahramon ko’z o’ngida suratlangan hayot go’zalligining betakror lahzasi,yuragiga ko’chib o’tgan totli nash'asi,tiriklik sururi ko’ngil mulkiga aylanmoqda.

Sarbast – bunday she’rning asosiy xususiyati shundaki, unda vazn,qofiya,band qurilishida ancha erkinlik, qadimiy qoidalardan chetga chiqish yuz beradi. Ayrim misralardagi bo’g’inlarni (ma’no va intonatsiyani kuchaytirish maqsadida) bir necha qatorga zinapoya tartibida joylashtiriladi.

Lirik sub’yekt masalasi

Lirikaning tasvir predmeti his-tuyg‘u, kechinma ekanligi, xuddi shu narsa uni tur sifatida o‘ziga xosligini belgilashi ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan haqiqat sanaladi. Tasvirlanayotgan kechinma egasi – lirik sub’ekt haqida gap ketganida esa birinchi galda shoirning o‘zi yodga keladi. Bu ijtimoiylashgan inson, shaxs-shoir uchun tabiiy ehtiyoj edi. Jadid ijodkorlarning yangi adabiyot haqidagi tasavvurlari asosini “ro‘monlar va tiyotru kitoblari” tashkil qilgani ham shundan. Chunki roman va drama voqelikni – ijtimoiy hayotdagi nosozliklarni anglash va anglatishga keng imkoniyatlar ochadi. SHu jihatdan asrlar davomida adabiyotimizda mutlaq etakchi bo‘lib kelgan she’riyat davr tug‘dirgan ehtiyojlarni qondirishga yaramay qoldi. Mazkur hol lirikadan ham o‘zgarishni talab etardiki, bu uning uchun yashab qolish va ravnaq topish sharti bo‘lib qoldi. She’riyatning ko‘ngildan voqelikka yuz burishi eng avval ayni shu ob’ektiv zarurat tufayli sodir bo‘lgandir. Zero, davr shart-sharoitlari yuzaga keltirgan talabni qondirish uchun she’riyatning “ro‘mon va tiyotru” kitoblari bilan (ya’ni lirikaning epos va drama bilan) raqobatga kirishishi, ularning imkoni doirasidagi vazifalarni qisman bo‘lsa ham zimmasiga olishi zarur edi. Buning uchun esa she’riyat chuqur ichki struktur o‘zgarishga uchrashi, eng avval, sub’ektiv tashkillanish nuqtai nazaridan isloh qilinishi lozim edi. Quyida yangi o‘zbek she’riyatida shu jihatdan sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni ko‘rib o‘tamiz.

Yangi o‘zbek she’riyatida rus adabiyotshunoslari “rolevaya lirika” deb ataydigan, bizda “ijroviy lirika”[1] deb atash urf bo‘lgan bunday she’rlar CHo‘lpondan keyin keng ommalashdi. Masalan, Oybek “Alla” she’rida bolasiga alla aytayotgan ona obrazi orqali katta umumlashmaga intiladi:

Otang edi bir bechora,

O‘ldi, qoldim ohu zor-la.

Tushmagandi ustimdagi

Otang uchun kiygan qora, –

Bir og‘angni yana oldi,

Qo‘sh yulduzim yakka qoldi.

O‘lim qursin yomon ekan,

Bu boshimga nalar soldi.

She’r 1926 yilda, yurtimizdagi jang-jadallar deyarli tinib, qirg‘inbarot urushlar va ochlik-qahatchilikdan sillasi qurigan xalq endi-endi o‘ziga kelayotgan bir vaqtda yozilgan. Ikkinchi tomoni, bu adabiy jabhada g‘oyaviy kurash boshlangan, “bu bizdan, bu bizdan emas” degan ayirmalar avj olib, yangi avlod shoirlar inqilob tufayli, sho‘ro tufayli xalq baxtiyor bo‘lgani haqida yozayotgan payt edi. SHuni hisobga olsak, ona allasida davrning fojealari konkret bir oila misolida o‘z aksini topgani ham, mazkur sharoitda ona tilidan so‘ylash (ya’ni lirik sub’ektning siljishi) Oybek uchun o‘ylaganlarini ifodalashning kamdan-kam imkonlaridan ekani ham ayon bo‘ladi. Ayni choqda, ijroviy lirika imkonlaridan sho‘roni madh etish uchun ham foydalanildi. Jumladan, G‘ayratiyning Cho‘lponga javob tarzida yozilgan “Men erk qizi” (O‘zbek qizi og‘zidan) she’rining qahramoni “Qullik, asorat zanjirin uzib Erkinlikka chiqqan men chin erk qizi” [27] deya faxrlanadi. SHoirning “Qo‘shchi qo‘shig‘i”, “Zarbdor qiz”, “Ishchi ashulasi” kabi qator she’rlarida ham kechinma egalari inqilob baxt bergan kishilardir.

Yangi o‘zbek she’riyatida tavsifiy lirika keng ommalashdi, uning imkoniyatlari kengaydi. Bu, avvalo, tavsif ob’ektining xilma-xillashuvida ko‘rinadi. Agar mumtoz she’riyatda tavsifiy lirikaning asosiy ob’ekti “yor” bo‘lgan esa, yangi she’riyatning tavsif ob’ekti kengaydi: tabiat, narsa-buyumlar, holat, hodisa. Xuddi ijroviy lirikadagi kabi, tavsifiy lirikada ham “lirik men” orqa planda qoladi, o‘y-hislar bevosita ifodalanmaydi. Ehtimol, ayni shu jihat tavsifiy lirikaning ommalashish omillaridan biridir. Chunki mustabid tuzum sharoitida shoir uchun o‘y-hislarni bevosita ifodalash imkoni yo‘q, bu sharoitda bavosita ifodalash imkonlari g‘oyat qadrli bo‘ladi. Xususan, Cho‘lpon ijodida ko‘plab yaratilgan peyzaj she’rlarni oling. Sirtdan qarasang, she’rda ob’ektiv bir manzara chizilgan, lekin shu manzara ostida shoirning o‘y-hislari suratlanadi. Asli, she’rni lirikaga doxil etadigan asos ham shu. Cho‘lponning “Yana qor” she’rida qish manzarasi chiziladi:

Yana qor! Oq kafan o‘raldi yana,

Yana ko‘k quydi erga pardalarini...

Lekin muddao qish manzarasini aks ettirishgina emas, manzara ostida shoirning ijtimoiy dardi yotadi. Shu bois ham shoirng “Qop-qora dev kabi bulut yig‘ini Qoplab oldi yana quyosh yuzini” deganida alam bor. Bu holdan qarg‘alar hursand, ular “qor ustida Qog‘lashib qish boboyni olqaylar”, aksincha, “zahar sovuq tunda Beva-bechoralar yomonlaylar”. She’rdagi manzara tabiatga aslo xilof emas – u hayotiy, real chizilgan, lekin shu manzarada shoirning shaxsiylangan ijtimoiy dardi suratlanadi. Ya’ni 1921 yilda yozilgan bu she’rda milliy ozodlik haqidagi orzulari armonga aylanayozgan, umidsizlikdan qiynalgan shoirning kayfiyati aks etgan. Cho‘lpon yaratgan peyzaj she’rlarning aksariyatida, jumladan, “Kuz”, “Xazon”, “Ko‘klam keladir”, “Yana ko‘klam” kabi qator she’rlarida manzara ijtimoiy kayfiyat izhoriga xizmat qiladi. Tabiiyki, Cho‘lponning barcha peyzaj she’rlaridan bunday ma’no izlash behuda, unda tabiat manzarasi bergan insoniy zavqni, ayni damdagi oniy kechinmalarni ifodalovchi she’rlar ham bor: “Bahorda”, “Ko‘klamdan xabar”, “Bahor keldi”. Ya’ni Cho‘lpon tavsif etgan ob’ekt – peyzaj har vaqt lirik kechinma ifodasiga xizmat qiluvchi vosita, faqat bu kechinmada gohida shaxsiylik, gohida esa ijtimoiylik ustun. Ijtimoiy kechinma ifodalangan she’rlarda tabiat tasviri ramziylik kasb etadi.

Cho‘lpon boshlagan ushbu an’ana XX asr she’riyatida izchil davom ettirildi. Jumladan, Oybekning “Birlik sezgisi”, “Yo‘lda”, “Bahorning kelishi”, “Oqshom sezgisi”, “Yana bahor keldi...” kabi o‘nlab she’rlarida lirik sub’ektning oniy his-kechinmalari, his etilgan o‘y-xulosalari tabiat manzarasida o‘z aksini topgan. Masalan, “Ufqlar quroq tutdi...” she’ri:

Ufqlar quroq tutdi

Rang-barang bulutlardan.

Yuksak og‘ochlar uchi

Quyosh sochlari bilan

Sekin o‘ynaydi...

Sof uzoqlik,

So‘ngsizlik

Ma’sum bola kabi tinch,

Abadiyat qo‘ynida

Yotib mudraydi...

Jimgina tolamen...

Shu damda

Ko‘ngil falsafasiga

Sajda qilamen,

Ko‘ksimga sig‘maydi –

Sevgi, sevinch...

Bu erda Oybekning peyzaj she’rlariga xos xususiyatni yaqqol kuzatish mumkin: shoir manzaraning asosiy chizgilarini bo‘rttirib tortadi-da, so‘ng lirik-falsafiy mushohadalari xulosasini ifodalaydi, tabiat manzarasi ham, ko‘ngil manzarasi ham shtrixlar bilan beriladi. Va lirik sub’ekt kechinmalari o‘quvchiga “yuqadi”, muhimi, hassos o‘quvchi ob’ektiv tasvir etilgan manzarani “ko‘radi” va shu orqali shoir qalbiga oshno bo‘ladi. Biz ilgari to‘xtalgan “Na’matak” she’rida esa tabiat tasviri ramziy mazmun kasb etadi, ramziy obraz vositasida Oybek mustabid tuzum sharoitidagi ijodkor qismatini tasvirlaydi, ezgulik va go‘zallik tantanasiga, ularning boqiyligiga ishonchni ifoda etadi. Peyzaj lirikasiga xuddi shu kabi badiiy-estetik maqsadlarda qo‘l urish keyincha A.Oripov, E.Vohidov, Sh.Rahmon, X.Davron, U.Azim kabi etakchi shoirlarimiz ijodida ham an’ana sifatida davom etdi.

Jumladan, Cho‘lpon mashhur “Go‘zal” she’rida an’anaviy mazmunga yangi bir shakl bergan bo‘lsa, Oybek, H.Olimjon, Mirtemir, A.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi, SH.Rahmon, U.Azim kabi etuk shoirlar uni sayqallab, jilo berishdi. XX asrda keng ommalashgan Vatan mavzusidagi she’rlarning ko‘pchiligini ham tavsifiy lirikaning shu ko‘rinishiga kiritish mumkin. Cho‘lponning “Bizning diyor”, “Diyorim”, Oybek, H.Olimjon, A.Oripovlarning “O‘zbekiston” nomli she’rlari, E.Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi shu mavzudagi tavsifiy lirikaning yaxshi namunalaridandir. Ularda ona yurtning o‘tmishi va buguni, tabiati, kishilari... tavsiflanadi va shu asosda Vatan obrazi yaratiladi, ta’rifu tavsiflar ostida esa lirik sub’ektning el-yurtiga farzandlik muhabbati, faxru iftixor hislari ifoda etiladi. E’tibor berilsa, bu she’rlarning mualliflari Vatanning to‘laqonli obrazini yaratish uchun betakror tashbehu metaforalar qo‘llashga intilganlari, ularning orasida o‘ziga xos ijodiy musobaqa kechganini sezish mumkin. Bu, barinchidan, she’rlarning o‘zaro dialogik aloqada ekanligi bilan bog‘liq. Ikinchidan esa, yaratilayotgan Vatan obrazining asosiy konturlari umumiy (o‘tmishi, hoziri, xalqi, tabiati) bo‘lgani uchun ham bu o‘rinda qanday tavsiflash (ya’ni rassom rang bergani kabi) muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham ularning hammasida she’rxonlar xotirasiga muhrlanib qoluvchi, masalan, quyidagi kabi quyma satrlar bor:

Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi,

Bir o‘lkaki, qishlarida shivirlar bahor,

Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa, quyosh sog‘inar... (Oybek)

CHiroylidir go‘yo yosh kelin,

Ikki daryo yuvar kokilin... (H.Olimjon)

XX asr o‘zbek she’riyatida sub’ektiv tashkillanishi jihatidan farqlanuvchi lirikaning yana bir ko‘rinishi – personajli lirika ham keng ommalashdi. “Adabiy turlar va janrlar. Lirika” nomli tadqiqotda buni rus adabiyoti ta’siri hamda mumtoz g‘azalchilikdagi raqib obrazini ijodiy rivojlantirish natijasi deb ko‘rsatiladi[2]. Menimcha, kitobda personajli lirika haqida bildirilgan fikrlar aniqlashtirishga muhtoj. Chunki bunda personajli lirika bilan tavsifiy lirika farqlanmagan. Uyg‘unning “Bobir” she’ri personajli lirikaning durust namunasi deb ko‘rsatilgani shunday deyishga asos beradi. Gap shundaki, bu she’rni personajli lirika emas, tavsifiy lirika namunasi (shunda ham biroz zo‘rakilik bilan) deyish to‘g‘riroq bo‘ladi. Mana o‘sha she’r:

Shoh Bobirning emas, shoir Bobirning

Yashagan joyini ko‘rgali keldim.

Shoir Bobir sevgan hamsoya xalqning

Holi avhvolini so‘rgali keldim.

Shoh Bobirning emas, shoir Bobirning

Vatandoshlaridan biriman, do‘stim.

Shoir Navoiyning, shoir Bobirning

She’ridan zavq olib ulg‘aydim, o‘sdim.

Janglar, ur-yiqitlar, qirg‘inlar emas

“Tojmahal”lar uni eslatur menga.

Toji taxti emas, san’ati, she’ri

Mangu qoldi, bu hol ayondir senga[3].

E.Vohidovning “Hozirgi yoshlar” she’rida lirik “men” bilan birga lirik personaj – oqsoqol ishtirok etadi:

Qari tolga suyab

Irg‘ay asoni,

Oqsoqol so‘riga asta yonboshlar.

Xayoldan o‘tkazar kori dunyoni:

“Eh, hozirgi yoshlar,

Hozirgi yoshlar!”

Shu tariqa hozirgi yoshlar haqida avvaliga oqsoqolning, so‘ng esa lirik “men”ning qarashlari ifoda etiladi va shu ikkisi asosida she’rning mazmun-mohiyati ochiladi. SHe’rning yana bir xususiyatiga alohida e’tibor qaratish lozim. Bu she’rda dramaga xos xususiyatlar borligidir. Ya’ni she’rda tasvirlangan holat o‘quvchi ko‘z oldida go‘yo sahnada kabi jonlanadi. Shu jihatdan qarasak, o‘zbek she’riyatida personajli lirikaning paydo bo‘lishini birgina tashqi ta’sir yoki mumtoz she’riyatdagi raqib obrazini ijodiy rivojlantirlishi bilan bog‘lab bo‘lmasligi ayon bo‘ladi. Bizningcha, bu eng avval yurtimizda teatr san’atining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog‘liq adabiy hodisadir. Ayni choqda, uning so‘z san’atidagi ildizlari ham ancha uzoqqa ketadi. Xususan, bunda xalq og‘zaki ijodidagi laparlar, mumtoz she’riyatimizdagi savolu javob san’ati asosida qurilgan g‘azallar asos bo‘lgani haqiqatga yaqinroqdir. Fikrimizni dalillovchi yana bir asos shuki, she’riyatimizda personajli lirikaning ilk namunalari jadid she’riyatida ko‘zga tashlanadi. Albatta, teatrga alohida ahamiyat berib qaragan, ko‘plari o‘zlarini dramaturgiya sohasida ham sinab ko‘rgan jadid shoirlari ijodida teatrga xos xususiyatlarning uchrashi ajablanarli emas. Jumladan, Hamzaning mashhur:

Bordim nigorim uyiga bir kechasi astog‘ina,

Yuz mo‘ralab, ming yo‘l cho‘chib, qoqdim eshik astog‘ina, -

matla’si bilan boshlanuvchi g‘azali o‘z vaqtida san’atkorlar (Tamaraxonim, M.Qoriyoqubov) tomonidan sahna asari kabi ijro etilgani ma’lum. G‘azalning asosiy qismi oshiq bilan ma’shuqa dialogi shaklida qurilgan, natijada u kichik sahna asaridek taassurot qoldiradi.

[1]Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшуносликка кириш. – Т., Akademnashr, 2010. – Б.109-110.

[2] Адабий турлар ва жанрлар. Лирика. – Т., Фан, 1992. – Б.21.

[3] Уйғун. Асарлар. 2-том. – Т.,1975. – Б.112.

Qoʻshimcha adabiyotlar:

1. Aдабий турлар ва жанрлар. Лирика. – Т., Фан, 1992. – Б.21.

2. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. Т.: Янги аср авлоди, 2006.

3. Ойбек. Мукаммал асарлар тўплами. 14-том. – Т., Фан, 1979. – Б.285.

4. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарк, 2007.

5. Уйғун. Асарлар. 2-том. – Т.,1975. – Б.112.

6. Қуронов Д. ва бошқ. Адабиётшуносликка кириш. – Т., Akademnashr, 2010. – Б.109-110.

Reja:


1. Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari.

2. Hikoya janri mohiyati. Undagi uslubiy izlanishlar.

3. Mavjud adabiy jarayon bo‘yicha adabiyotshunoslarning fikrlari.

4-mavzu. Zamonaviy nasr xususiyatlari

Tayanch soʻz va birikmalar: nasr, milliy xarakter, hikoya, uslub, uslub yaratish.

Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari

Hozirgi hikoyachilikdagi yangilanish tamoyillari. Biz o‘rganayotgan zamonaviy nasr vakillari 70-yillar avlodiga mansub bo‘lib, ular:

Xurshid Do‘stmuhammad

Murod Muhammad Do‘st

Tog‘ay Murod

Erkin A’zam

Xayriddin Sultonov

Qamchibek Kenja

Alisher Ibodinov...

Bu avlodda “bir-birini to‘ldiruvchanlik” xususiyati etakchilik qiladi va g‘oyada, ifodada, munosabatda birlik bor edi. Bu avlod ijodkorlar ortidan yangilar maydonga tusha boshladi:

Nazar Eshonqul

Isajon Sulton

Abduqayum Yo‘ldoshev

Ulug‘bek Hamdam

Yangi nosirlarda olam va odamni o‘ziga xos, ayricha qabul qilish etakchi. G‘oyaviy-badiiy xususiyatlari turlicha, uslubi o‘zgacha, eng muhimi, zamonaviy dunyo nasriga yaqinlashish istagi kuchli.

Yangi adabiyot va adabiyotshunoslik o‘rtaga tashlagan istilohlar:

1. Globallashuv.

2. Intellektuallik.

3. Majoziylik.

4. Rivoyat diskursi.

“Muallif o‘limi” – matnni birlamchi deb bilish, ijod namunasini tabiat va jamiyat ta’siridagina yuzaga kelgan, demak, bu o‘rinda muallif birlamchi emas, deya yondashuv.

Intertekstuallik – har qanday matnni avval mavjud bo‘lgan matnlarni transformatsiya qilgan holda o‘ziga singdirgan sitatalar majmuidir, deya tushunish.

Poststrukturalizm – adabiyot, madaniyat, jamiyat, tarix, inson – bularning barini matn deya qabul qilish, barini matn tarzida o‘qish va uqish. Asarni individual ijod namunasi emas, ongsiz, ommaviy jarayon mahsuli, deya tushunish.

Hikoya janri mohiyati. Undagi uslubiy izlanishlar

Hikoya – badiiy adabiyotda kichik epik janr, hayot hodisalari ixcham ifoda etiladigan nasriy asar. Jahon adabiyotida H. qadim anʼanalarga ega. Oʻtmishda H. folklor asarlari tarkibida bayon unsuri boʻlib ishtirok etgan. Mustaqil janr sifatida faqat yozma adabiyotda shakllangan. Yevropa adabiyotida H.chilikning rivojlanishiga italyan yozuvchisi Bokachcho "Dekameron" asari bilan katta hissa qoʻshgan. Asarda’ 7 qiz va 3 yigitning 10 kun davomida aytgan 100 ta hikoyasi berilgan. Gi de Mopassan (Fransuz), OTenri (Amerika), A.P.Chexov (rus), A.Qodiriy, Choʻlpon (oʻzbek) H. janrining asoschilari hisoblanadi. Yev-ropa adabiyotida H. novella deb ham ataladi.

Oʻzbek adabiyotida H. juda qadimdan boshlangan. Ilk yozma adabiy yodgorliklar — Kultegin va Toʻnyuquq bitiktoshlarida bayon qilingan voqealar ishtirok etuvchilar tomonidan hikoya qilingan. Nosiriddin Rabgʻu-zmyning "Qisasi Rabgʻuziy" asarida ham axloqiy xarakterdagi H.ning yaxshi namunalari bor. Alisher Navoiy "Hayrat ul-abror" dostonining 5-maqolotidagi "Hotami Toy hikoya-ti", 20-maqolatidagi "Ul qul hikoyati", "Sabʼai sayyor" dostonidagi yetti musofir H.lari ham bu janrning ilk namunalari hisoblanadi. 16-asrda yaratilgan Poshshoxojaning "Gulzor" va "Miftoh ul-adl" asarlari oʻzbek H. chiligining rivojlanishiga asos boʻlgan.

Oʻzbek adabiyotida realistik H. janri 20-asr boshlarida shakllandi (Choʻlpon, "Qurboni jaholat", "Doʻxtur Muhammadyor, 1914; A.Qodiriy, "Uloqda", 1915 va boshqalar). 20-yillarda Gʻ.Gʻulom, A.Qahhor, Oydin va boshqa bu janrda barakali ijod qildilar. 30-yillarda A.Qahhor H. ustasi sifatida tanildi. 50-60-yillarda S.Ahmad, 60-70-yillarda Oʻ.Hoshimov, Sh.Xolmirzayevlar bu janr taraqqiyo-tiga salmoqli hissa qoʻshdilar.

"H." atamasi kengroq maʼnoda biror voqeani gapirib berishni ham anglatadi. Soʻzlab berilgan bunday voqelik oʻz qamrovi, hajmi, rang-barangligi bilan qissa yoki romanga xos boʻlishi ham mumkin. Bunday hollarda bu atama janr maʼnosida tushunilmaydi. Mas, Oʻ.Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani 9 personajning 49 ta hikoyasidan tashkil topgan. Sh.Xolmirzayev "Olaboʻji" asarini "romandan katta hikoya" deb ataydi. Hozirgi oʻzbek H.chiligi O.Muxtor, N.Aminov, S.Siyoyev, F.Musajonov, X.Sultonov, E.Aʼzamov, N.Eshonqu-lov, Sh. Boʻtayev va boshqa yozuvchilar bilan boyidi.

H. inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda ifodalashga moʻljallangan. Unda shu voqeaga qadar per-sonaj hayotida nima boʻlgan, qanday roʻy bergan, kim bilan — bular toʻgʻrisida maʼlumot berish shart emas. Juda zarur boʻlsa, ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Mas, A.Qahhorning "Oʻgʻri" H.sida Qobil boboning kechagi kuni haqida lom-mim deyilmaydi. Egamberdi paxta-furushdan kichkina shart evaziga ikkita hoʻkiz olgan Qobil boboning ertasi toʻgʻrisida "Bu shart kuzda maʼlum boʻladi", deb xabar beradi, xolos. Gʻ.Gʻulom esa "Mening oʻgʻrigina bolam" H.sidagi oʻgʻrining kechagi kunini loʻnda detallar orqali toʻldi-radi. Uydan biron narsa olmay chiqib ketgan yigitning ertangi kuni haqida hech qanaqa maʼlumot bermaydi.

Ixchamlik H.ning muhim belgisi, lekin unda personaj hayotidan bir-gina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr yoʻli, bir emas, bir necha odamlar taqdiri, xarakterning shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning almashinib turishi, muhim fazilat boʻlib qolishi mumkin. Biroq har qanday koʻrinishda ham tasvir siqiq tarzda beriladi.

Hikoya mazmuniga koʻra lirik, psixologik, falsafiy, ilmiy-fantastik, satirik, yumoristik yoʻnalishlarda boʻlishi mumkin. Shuningdek, ocherkka yaqin voqeiy H.lar (N.Fozilovning "Ustozlar davrasida") ham boʻladi. Oʻzbek adabiyotida bir mavzu, bitta qahramon hayoti bilan bogʻliq bir necha yozuvchi tomonidan yozilgan "hashar H.lar" ham uchraydi.

Yangi nasrda kuzatilayotgan nuqsonlar:

1. Ko‘chirmakashlik: g‘oyani, shaklni, butun matnni ko‘chirish.

2. Taqlid.

3. Atayinlik (“Go‘ro‘g‘li” → “Jarayon”)

4. Analogiya.

5. Chalkashlik.

Xurshid Do‘stmuhammad “Qichqiriq”, “Katta ko‘cha”, “Jajman”, “Oromkursi”; “Donishmand Sizif”.

Nazar Eshonqul “Maymun etaklagan odam”, “Bahoviddinning iti”, “Muolaja”, “Bepoyon omon”; “Go‘ro‘g‘li”

Isajon Sulton “Qismat”, “Olisdagi urushning aks-sadosi”, “Tuman”, “Bibi Salima”, “Mega intellekt”; “Boqiy darbadar”, “Ozod”, “Genetik”

Ulug‘bek Hamdam “Bir piyola suv”; “Yolg‘izlik”; “Muvozanat”.

Hozirgi adabiy jarayonda yaratilayotgan har bir asar mohiyatini teran uqish, falsafiy estetik qatlamni kuzatish kitobxon tafakkurini boyitib boradi. Hikoyachilikdagi yangilanishlar ,uslubiy betakrorlik matn bilan ishlash jarayonida yaqqol ko’zga tashlanadi. Shu o’rinda janr takomili ham e'tibordan chetda qolmaydi. Qissachilikdagi o’zgarishlar ham bevosita tahlilu talqinlarda aniq namoyon bo’ladi. Ma'naviy uyg‘onish samarasi odamlarning o’zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o’tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o’z qo’lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma'naviy va intellektual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go’zallik emas, ma'naviyat va ezgulik asraydi. Hozirgi nasr xususiyatini o’rganish ta'lim tizimiga innovatsion pedagogik texnologiyalar keng joriy etilayotgan bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etadi.

Mavjud adabiy jarayon bo‘yicha adabiyotshunoslarning fikrlari

Mahkam Mahmudov: muallif o‘lmaydi.

Yo‘ldosh Solijonov: muallifni o‘limga mahkum etib bo‘lmaydi.

Zuhriddin Isomiddinov: har qanday asarning zaminida qaysidir asarni sezish mumkin, chunki adabiy ta’sirsir adabiyot taraqqiy etmaydi.

Ibrohim G‘afurov: poststrukturalizm – yagonalashgan dunyoni tasvirlashning bir usuli.

Umarali Normatov: bugungi adabiyotdagi taqlid, muayyan o‘xshashlik, o‘zaro ta’sir, sayyor syujet holatlari xavfli illat, fojia emas. Bularni bemalol fosh qilish mumkin.

Qaysiki asarda insoniy kechinmalar jarayoni iztiroblari, mehr-mohiyati, o’zining falsafiy talqinini topsa, voqealar tarixdan chekinilmaydi. Yoritilsa, o’sha asar har qanday jamiyat o’zgarishlarida ham umrini tugatmay yashab qoladi. Hayriddin Sultonovning «Saodat sohili» qissasi ana shunday fazilatga egaligi bilan kitobxon qalbini zabt etadi va ma'naviy olamini boyitish orqali o’z hayot yo’lini to’g‘ri belgilashga imkon tug‘diradi. Bu narsa esa o’z navbatida, jamiyatning insoniylashuviga, demokratiyaning yanada kuchayishiga ko’mak beradi va asos ham bo’ladi. Chunki xalqi komil bo’lgan jamiyatdagina adolat va inson manfaatlariga yo’naltirilgan qonun hukm suradi. Demak asar inson kelajagi uchun xizmat qiladi.

Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo’lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada H.Sulton, E.A'zamov, A.Ibodinov, Shoyim Bo’taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o’ynayapti.

Erkin A'zamovning asarlarida ham inson ma'naviyati masalasi hayot hodisalariga o’ziga xos yondashish orqali ochib berish tendensiyasi ko’zga tashlanadi. Unda hayotdan o’z o’rnini topish ve maqsadga erishish uchun kurashish va intilish kerak degan g‘oya ilgari suriladi. Yana shunga iqror bo’ldiki, hayotdan qo’rqib yashabdi. Avvaliga xotinini, topgan baxtini o’ylab qo’rqibdi, keyin bola-chaqasini o’ylab qo’rqibdi, kattaroq, bir ishga bel bog‘lagani jur'ati yetmabdi, ikkilanibdi, hadiksirabdi. Boriga shukur qilib, qanoat qilib yashayveribdi, intilmabdi».

Ijodkorlar o’zbek nasriga yangi uslub olib kirdilar, hayotni yangi nuktalardan turib tasvirlay boshladilar. Lekin ular avval yaratilgan ijodkorlar uslubiga zid bormadilar. Aksincha, yangi nasr an'anasini yangi asr bo’sag‘asida boyitdilar, unga ijodiy yondashdilar.

Ma'naviy uyg‘onish samarasi odamlarning o’zligini anglash, milliy g‘urur, oriyat, avlod-ajdodlarimiz o’tmishidan faxrlanish, kelajak har kimning o’z qo’lida, mehnatida va ongli faoliyatida ekanligini his qilishda namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunning vazifasi adabiyotni millatning ma'naviy va intellektual salohiyatini, odamlarning aqliy va ruhiy madaniyatlarini yuksaltirishga xizmat qildirishdir. Chunki olamni shu paytgacha aytib kelganimizdek, go’zallik emas, ma'naviyat va ezgulik asraydi. Uni komil inson yuzaga keltiradi. Komillikni yuzaga keltirishda badiiy adabiyot muhim omildir. Buni yaxshi anglagan yozuvchilar shu yo’lda samarali ijod qilmoqdalar. Bu borada H.Sulton, E.A'zamov, A.Ibodinov, Shoyim Bo’taev, Normurod Norqobilov va boshqalarning ijodi katta rol o’ynayapti.Adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar:

1. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz soʻz, 2014.

2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti. – T., 2012.

3. Норматов У. Ижод сеҳри. – Т.: Шарк, 2007.

Qoʻshimcha adabiyotlar:

1. Расулов А. Бадиийлик – безавол янгилик. – Т.: Шарк, 2007.

2. Эшонқул Н. Ижод фалафаси. – Т.: Академнашр, 2018.

3. Шарафиддинов О. Танланган асарлар. Т.: SHARQ NMAK, 2019.

4. Адабиётдаги йўл харитамиз // Жаҳон адабиёти, 2018, №1. – Б.5-32 (давра суҳбати).

5. “Муаллиф ўлими”га сиз ҳам овоз берасизми? // Шарқ юлдузи, 2014, №1-6 (давра суҳбати).

6. Янги авлод овози // Шарқ юлдузи, 2013, №1-6.

7. www.kutubxona.uz

8. www.ziyonet.uz

5-mavzu. Hozirgi oʻzbek dramaturgiyasining umumiy qiyofasi

Reja:

1.Dramaturgiyadagi yangilanish jarayoni.



2. Zamonaviy oʻzbek dramaturglari.

3. “Tanho qayiq” kinoqissasi tahlili.

Tayanch soʻz va birikmalar: dramaturgiya, repertuar, kinoqissa, talqin, baholash, tahlil.

Dramaturgiyadagi yangilanish jarayoni

Istiqlol yillarida san'at va madaniyat sohasiga jiddiy e'tibor berildi, bu –

• respublikadagi teatrlar faoliyati isloh qilish, zamonaviy talab asosida jihozlashda;

• repertuarlarni boyitishda;

• tomoshabin madaniy saviyasini oshirishga ahamiyat qaratishda;

• teatr festivallarini tashkil etish, oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, gastrollarni koʻpaytirishda;

• dramaturgiya nazariyotchilari bilan ijodkorlarning birgalikda ish olib borishida;

• jahonning nodir dramatik asarlari sahnalashtirilishida koʻrinadi.

Istiqlol yillarida san'at va madaniyat sohasiga jiddiy e'tibor berildi. Respublikadagi teatrlar faoliyati isloh qilinib,zamonaviy talab asosida jihozlash, repertuarlarni boyitish, tomoshabin madaniy saviyasini oshirishga ahamiyat qaratildi. Teatr festivallarini tashkil etish, o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish,gastrollarni ko’paytirish borasida ishlar amalga oshirildi. Dramaturgiya nazariyotchilari bilan ijodkorlarning birgalikda ish olib borishi yetuk asarlar yaralishiga sabab bo’ladi. Premera vaqtidagi odil hamda xolis baho, maslahat asarni mukammalligi, tomoshabinlar soni ko’payishiga asos bo’ladi. Jahonning nodir dramatik asarlari sahnalashtirilishi yoshlarni ham ulardan boxabar etishga turtki beradi. Bu jarayonni o’rganish dramaturgiya haqidagi tasavvurni boyitib,bilimni mustahkamlaydi.

Ma'naviy sog‘lom muhitni yaratishda dramaturgiyaning o’rni katta. Inson sahnada hayotini ko’zgu misolida ko’rib,xato ,kamchiligini tushunib boradi.Teatr sahnasida “Otello”, “Qirol Lir”, “Gamlet”, “Daraxtlar tik turib jon beradi” kabi jahonning sara asarlari namoyish etilishi kishini tafakkurga chorlab, mohiyatni to’liq anglashga sabab bo’ladi. O’zbek dramaturglaridan Sh.Boshbekov, A.Ibrohimov, U.Azim, E.Xushvaqtov, S.Imomov, Q.Norqobil kabilarning yaratgan asarlariga munosabat bildirilib, ma'naviy, axloqiy qarqshlar ifodasi,talqinga urg‘u beriladi. Tarixiy siymolar haqida dramalar yaratish ular siymosi,faoliyati borasida to’liq tasavvur tug‘ilishiga zamin yaratadi. A.Temur, A.Navoiy, Bobur kabi ajdodlar haqidagi asarlar tomoshabinni o’sha davr madaniy muhiti bilan atroflicha tanishtirib,buyuklar hayot maslagidan voqif etadi. Hozirgi maishiy turmushni yoritishga qaratilgan sahna asarlarda otaga, onaga hurmat,farzand tarbiyasi,hunar o’rganish masalasi ko’tarilib, yechimi beriladi. Ayrim hollarda bo’sh ssenariylar asosida sahnalashtirilgan dramalar qo’yilishi tomoshabin e'tiroziga sabab bo’ladi.Komediya yoki tragediya janriga mansub asarlarning ham me'yoriy talabga javob bermasligi ular saviyasini tushirib yuboradi. Asar premerasi vaqtida soha mutaxassislari taklif, maslahatiga rioya etish uning tomoshabin e'tirofiga noil bo’lishining garovidir.

Zamon bilan hamnafas bo’lishda, xalqimizning ma'naviy talablarini qondirishda dramaturgiya zimmasiga, uning so’z va sahna san'atlari bilan aloqador xosiyalariga muvofiq, alohida g‘oyaviy-estetik vazifalar yuklangan. Ma'lumki, adabiyot va san'atning gullab yashnashi jamiyatning ma'naviy barkamolligi, muhit soglomligiga bog‘liq, Ma'naviy sog‘lom muhitni yaratishda adabiyot va san'atning roli beqiyosdir. Ijodkor hayot haqiqatini qanchalik to’g‘ri anglay olsa, muammolar mohiyatini to’g‘ri ochib bersa, uning asarlari xalqqa shunchalik ma'naviy naf keltiradi. Bu borada dramaturgiya ham alohida rol o’ynaydi. O’zbek dramaturgiyasida O’.Umarbekov, Sh.Boshbekov, M.Boboev, A.Ibrohimovning asarlari alohida urin tutadi. Ularning dramalarida sobiq tuzumdagi o’zbek voqeligining muayyan tomonlari dramatik yo’sinda badiiy talqin qilingan.

Zamonaviy oʻzbek dramaturglari

Oʻ.Umarbekov, Sh.Boshbekov, M.Boboev, A.Ibrohimov, U.Azim, E.Xushvaqtov, S.Imomov, Q.Norqobil...

Oʻlmas Umarbekovning dramalarida kommunistik mafkura hukmron davrda ham istiqlol ma'naviyati, axloqqa xizmat etuvchi muhim va asosiy sifatlar o’z ifodasini topgan. Dramaturg an'anaviy otalar va bolalar munosabatlari, o’zaro axloqii qarashlari zaminida istiqlol davri uchun uta zarur ma'naviy-axloqiy sifatlarini saqlash, asrab-avaylash yo’lida qat'iy o’zita xos yo’l tutganligi ham kuzatiladi. Xususan «Sud», «Kuzning birinchi kuni» kabi dramalari xarakterlidir. «Kuzning birinchi kuni» nomli pesasi shu jihatdan alohida ajrab turadi. Asarda uch oila boshiga tushgan fojianing sabab va mohiyati uch xil anglash, uch xil bahrlash tarzida umumlashtiriladi. Masalan professor Tohir To’laganovning o’g‘li Ramz oilada erka o’sgan. Farhod esa otasiz, onasi qumri opa voyaga yetkazgan yolg‘iz farzand. Sobir bo’lsa uzoq yillar ichki ishlar sohasida samarali va halol mehnat qilgan va nafaqaga chiqqan Shokir Sultonovning kamtorona oilasi farzandi. Taqdir ularni institutda uchrashtirgan, Ular orasida Ramzning qo’li baland, qaerga cho’zsa yetadi. Sobir va Farhod ham uning ta'siriga tushib qolgan. Kunlardan birida fojia sodir bo’ladi. Ramz otgan miltiq o’qi ko’chadan ketaetgan odamning umriga zavol bo’ladk. Xuddi shu fojia uch oilaning bir - biridan ayrib turuvchi ma'naviy ahloqiy qarashlarini muhokama qilishga, dramatik talqinga va umumlashtirishga asos beradi.

«Qiyomat qarz» dramasining bosh qahramoni Sulaymon ota. Uning psixologik holati ishonarli tasvirlab berilgan. Chunki muallif psixologik holatga kirishi uchun zarur bo’lgan muhitni yarata olgan.

Sulaymon ota halol, mehnatsevar, birovning haqidan qo’rqadigan, to’gri so’z nuroniy chol. Yolg‘iz farzandidan ajrab qolgan ota, qishloqqa vrachlik qilish uchun kelgan No’monjon ismli yigitni o’z farzandi singari mehr qo’yib frontga jo’natadi, u ketayotib otaga ikkita qo’y olib beradi. Yillar o’tib qo’ylarning soni to’rt yuztaga yetadi. Urush tugasa ham asrandi o’g‘ildan darak bo’lmaydi. To’rt yuzta qo’yni «qiyomat qarz»ni o’z egasiga topshirish Sulaymon otaning tinchini, oromini oladi. Psixologik tasvirning birinchi bosqichi ruhiy vaziyat yaratildi. Shundan so’ng, bosh qahramon qator ruhiy kechinmalarni boshidan kechiradi. Qo’ylarning egasiga topshirish hissi, Zebining vasiyatini ado etish mas'uliyati dramada ruhiy tasvirni yuzaga kelishiga asos bo’ladi.

Davrimizning ijtimoiy-siyosiy voqealari bilan bog‘liq drammalar ham ko’pchilikka ma'qul bo’lmoqda. Hamid G‘ulomning «Bir million fojeasi», Odil Yoqubovning «Bir qasr fojeasi» drammalarida bugungi hayotimizning ayrim qirralari aks etdi. Umuman olganda adabiyotning dramaturgiya sohasida unchalik ko’p asarlar yaratilmagan bo’lsada yuqoridagi drammalarda davrimiz davr harakteri o’z ifodasini topolganiga maqtovga loyiqdir.

“Tanho qayiq” kinoqissasi tahlili

Bugungi kunning faol dramaturglaridan biri – Erkin A’zamdir. Maullifning qator qissalari spektakl, kino shaklida sahnalashtirilgan. Xalqaro kino festivallarida mukofotlangan.

Siz bilan 2013 yilda yozilgan “Tanho qayiq” kinoqissasini tahlil qilib ko’raylik. Kinoqissa kinorivoyat deb ham atalgan. Boshdan-oxir ramziylikka qurilgan. Ekspozitsiya – bir vaqtlar chayqalib turgan, ammo hozir qurib qolgan Orol bo’yidagi qayiqchi cholning kulbasi. Hamma bu yerlarni tashlab ketgan, ayrim oilalargina qolgan. Endi qayiq ham kerak emas, ammo chol shogirdlari bilan hanuz qayiq yasaydi. Uning ismi Orol bobo. Chol har tun narvondan kulba tomiga chiqib, u yerga o’rnatilgan qayiq ichida o’tirib baliq tutadi va shogirdlari bilan baham ko’radi. Mana shu tanho qayiq sahroga aylanayotgan dunyo o’rtasidagi yagona umid va e’tiqod qayig’i…

Har bir yaratilayotgan dramatik asar hayotni ko’zguda aks ettirganday bo’ladi. Hozirgi globallashuv jarayonini real tasvirlashda dramatik asarlarning o’rni beqiyos. Ijtimoiy siyosiy hayotdagi o’zgarishlar yangilanishlar mazkur sohada tezda ko’zga tashlanadi.

Аdabiyotlar

Asosiy:


1. Rasulova U. Hozirgi adabiy jarayon. – Т.: Mumtoz so’z, 2014.

2. Rahimjonov N. Mustaqillik davri oʻzbek adabiyoti. – T., 2012.

3. Норматов У. Ижод сеҳри. – Т.: Шарк, 2007.

Qoʻshimcha:

1. A’zam E. Tanho qayiq. – T., 2017.

2. Йўлдошев Қ. Ёниқ сўз. – Т.: Янги аср авлоди, 2006.

3. Товстоногов Г. Саҳна кўзгуси // Жаҳон адабиёти, 2017. №5.

4. Тўлахўжаева М. Шекспир ва саҳна тажрибалари // Жаҳон адабиёти, 2014. №5.

5. Тўлахўжаева М. Кулги ортидаги дард // Жаҳон адабиёти, 2017. №8.

6. Эшонқул Н. Мендан “мен”гача. – Т.: Академнашр, 2014.



7. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Т.: Аkademnashr, 2013.
Yüklə 161,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin