Hujjatlar bilan ishlash (Работа с документами) Hujjatlar bilan bajariladigan asosiy operatsiyalar: Ctrl+N – Yangi hujjat yaratish yoki dasturning yangi oynasini ochish (New Document);
Ctrl+O (Ctrl+F12) – Hujjatni ochish (Open Document);
Ctrl+S (Shift+F12) – Hujjatni saqlash (Save Document);
F12 – Hujjatni Сохранитькак (Save as)funksiyasi yordamida saqlash;
Ctrl+P – Hujjatni chop etish (Print Document);
Ctrl+F4 (Ctrl+W) – Ko‘p hujjatli dasturlarda (Office va boshq.) hujjatni yopish (dasturning o‘zini emas, balki aynan joriy hujjatni yopish).
Hujjatlar va panellar o‘rtasida o‘tish (Переключение между документами и панелями): Ctrl+F6, Ctrl+Shift+F6, Alt+F6, Alt+Shift+F6 – Bir dastur doirasida hujjatlar o‘rtasida o‘tish;
F6 – Office panellari o‘rtasida o‘tish (hujjat sxemasi, vazifalar tasmasi (лента задач) va h.k.z.);
Ctrl+F1 - Office vazifalar tasmasi (лента задач)ni paydo qilish/berkitish.
Hujjatlarning ko‘rinish rejimlari (Режимы отображения документов): Ctrl+Alt+P – Разметка страницы rejimiga o‘tish (Print Layout);
Ctrl+Alt+N – Черновик(Обычный) rejimiga o‘tish (Normal Layout);
Ctrl+Alt+O – Структура rejimiga o‘tish;
Ctrl+F2 – Word hujjatini chop etishdan oldin dastlabki ko‘rib chiqish (Word 2003, 2007 dasturlarida ishlatiladi, 2010, 2013, 2016versiyalarida Ctrl+P bilan bir xil funksiyani bajaradi, chunki bu versiyalardan boshlab Dastlabki ko‘rib chiqish va Chop etish sozlamalari oynalari birlashtirilgan).
Navigatsiya (Навигация) Belgilash va ko‘chish (siljish) (Выделение и перемещение): ← → – Chapga/O‘ngga qarab alohida simvollar, obyektlar va h.k.z.larga o‘tish;