Hurmatli soliq to‘lovchi!



Yüklə 248,54 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix03.11.2022
ölçüsü248,54 Kb.
#67239
5965E39BC5464397BDA1E5C199AD5ED7



Hurmatli soliq to‘lovchi!
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 47-moddasiga asosan tovarlarni
(xizmatlarni) realizatsiya qilishda yuridik shaxslar ushbu tovarlarni (xizmatlarni)
sotib oluvchilarga hisobvaraq-fakturani taqdim etishi shartligi belgilangan. Bunda
hisobvaraq-faktura elektron hisobvaraq-fakturalarning axborot tizimida elektron
shaklda rasmiylashtiriladi. Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish chog‘ida, agar
sotuvchi xaridorga kassa cheki yoki belgilangan shakldagi boshqa hujjatni bersa
hisobvaraq-faktura rasmiylashtirilishi qoidasi qo‘llanilmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-avgustdagi 489-son qarorining 2-ilovasi
bilan tasdiqlangan “Hisobvaraq-fakturalarning shakllari hamda ularni to‘ldirish,
taqdim etish va qabul qilish tartibi to‘g‘risida” gi nizomiga asosan:
-tovarlar (xizmatlar) yuridik shaxslarning milliy valyutadagi korporativ bank
kartalari yoki yakka tartibdagi tadbirkorlarning milliy valyutadagi bank kartalari
orqali to‘lovni qabul qilgan holda realizatsiya qilinganda hisobvaraq-faktura sotib
oluvchining (xaridorning) talabiga ko‘ra tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan
kalendar oyning oxirgi sanasiga qadar tovarlar (xizmatlar) amalda realizatsiya
qilingan sana bilan rasmiylashtirilishi shart;
-elektr va (yoki) issiqlik energiyasi, suv, gaz, kommunal xizmatlar, aloqa
xizmatlari, temir yo‘lda tashish, transport-ekspeditorlik xizmati realizatsiya
qilinganda, quvurlar tizimi orqali yuklarni tashishga doir xizmatlar realizatsiya
qilinganda, shuningdek, tovarlar (xizmatlar) doimiy (uzluksiz) asosda realizatsiya
qilinadigan boshqa hollarda tovarlar yetkazib berilganda (xizmatlar ko‘rsatilganda)
hisobvaraq-faktura kalendar oyning so‘nggi kunida mazkur oy davomida jami
yetkazib berilgan tovarlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) hajmi bo‘yicha bir marta taqdim
etiladi. Bunda, hisobvaraq-faktura tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan oydan
keyingi oyning o‘ninchi kuniga qadar, tovarlar (xizmatlar) realizatsiya qilingan
oyning oxirgi kunidagi sana bilan taqdim etiladi;
-obyektlar qurilishida, shu jumladan, obyektlarni foydalanish uchun tayyor
holda qurishda, shuningdek, uzoq (bir soliq hisoboti davridan ortiq) texnologik
2022 yil “2” avgust
33/13-24227 - son


davriylikdagi uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha, agar tuzilgan uzoq muddatli
shartnomalar shartlarida xizmatlarni har oyda topshirish nazarda tutilmagan bo‘lsa,
hisobvaraq-faktura har bir kalendar oyning oxirgi kuni taqdim etiladi.
-yuqorida qayd etilgan holatlardan boshqa hollarda hisobvaraq-faktura tovarlar
jo‘natilgan (topshirilgan) yoki xizmatlar ko‘rsatilgan kalendar sanada
rasmiylashtirilib taqdim etilishi belgilangan.
Yuqorida keltirilgan talablarni buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda javob beradilar.
Sizdan hisobvaraq-fakturalarni o‘z vaqtida taqdim etishingizni so‘raymiz.
Davlat soliq xizmati – insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkori!
Boshliq 
vazifasini 
bajaruvchisi
F.Axmedov


Ijrochi: N.Maksumova
Tel.: 71 2022103(946)
ID: 30751581
Sana: 02.08.2022

Yüklə 248,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin