Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari



Yüklə 40,34 Kb.
tarix13.06.2023
ölçüsü40,34 Kb.
#129418
Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari



Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari


Husayn Voiz Koshifiyning t a ’lim iy-axloqiy qarashlari
(1440— 1505)
XV 
asrda Movarounnahr. Eron va Xuroson kabi davlatlar 
hududida
ijtimoiy-falsafiy, ma’rifiy fikr taraqqiyotida
xos o‘rin tutgan 
olimlardan biri Husayn Voiz Koshifiydir. Uning ta’limiy-axloqiy qarashlari
Abdurahmon Jomiy hamda Alisher Navoiy ijtimoiy - m a'n a viy 
qarashlari
bilan ko'p jihatlardan uyg'un keladi. Alloma dunyoqarashining asosinJ 
insonda ma’naviy-axloqiy xislatlarni tarbiyalash g'oyalari tashkil etadi- 
Allom aning yoshlik yillari Sabzavor, Nishopur, va 
Mashhad
hirlarida
kechgan. Keyinchalik Jomiyning taklifiga binoan Hirot 
bahrida keladi va shu shaharda yashab, ijod qila boshlaydi. Hirotda u
Alisher 
Navoiy bilan tanishadi...
Husayn Voiz Koshifiy axloq, nujum, mantiq, adabiyotshunoslik,
roziyot, hisob, islom tarixi, musiqashunoslik, tasviriy san’at, tabobat 
Omida oid ikki yuzdan orliq asaryaratib, Sharq ma’naviy madaniyatining 
rivojiga munosib hissa qo'shgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma 
«Axloqi Muhsiniy». «Anvari Suhayliy», «Javohirnoma», «Risolai dar ilmi 
e’dod» («Sonlar haqida risola»)> «Ravzat ush shuhado»(«Shohidlik bog;i»), 
«Oynai l’skandariy» («Iskandar oynasi»), «Tafsiri Husayniy», «Risolati 
flotamiya», «Kitobi Hotamnoma» «Badoe al-aikor fi sanoe ai-aslvor» kabi
asarlar yaratgan.
Husayn Koshifiy Xurosonda Husavin Boyqaroning voizi, ta’birchi va 
maslahatchisi siiatida shuhrat qozonadi.
Koshifiyning «Axloqi Muhsiniy» asari ingliz, nemis. o‘zbek va turk 
tillariga tarjima qilingan. Mazkur asar Husayn Boyqaroning o‘g’li 
Abulmuhsin Mirzoga bag'ishlangan bo'lib, unda inson kamolotini 
taminlashda nihovaida muhim sanalgan xislatlar va ularning mohiyati 
yoritib beriladi.
Koshifiyning aqliy tarbiya haqidagi qarashlari diqqatga sazovordir. 
zero, uning qa r ashlar ida aqliy tarbiya va uni yolga qo'yish, aqliy bilish 
jarayoni. ma’rifatli bo’lish, bilimlarni egaliash masalalari muhim o‘rin 
egaUaydi. Mutafakkir aqi tabiatning bebaho in’omi va haqiqat mezoni 
ekanligiga, inson aqlining qudratiga ishonadi. U aqlni haqiqat sifatida 
ta’rifiab, inson o‘z faoliyatini aql yordamida amalga oshiradi, deydi. 
Fanlarni tasniflashda ham insonga muayyan kasb-hunar yoki bilimlar 
asosini o'rgatisliga xizmat qiluvchi fanlarmngahamiyatiga alohida e’tibor 
qaratadi.
Husayn Voiz Koshiliy ilm bovlik va dunyo orttirish uchun emas, balki 
hayotkechirish uchun zarurdir, deya ta’kidlaydi. Alloma puxta va chuqur 
ilm o'rganishning engmaqbul y oli organilgan bilimni amaliyot bilan 
bog lash ekanligini alohida takidlaydi.
Bunda u inson aqlini faolivatning asosi sifatida talqin etib, o ‘z 
navbatida, bu i'aoliyat yangi bilimlarning yaratilisliiga asos boladi degan 
nkrni ilgari surish bilan zamondoshlaridan ancha ilgaiilab ketadi. 
Xususan, «Axloqi Muhsiniy» asarida aql bilan faoliyat o:rtasidagi o'zaro 
aloqadorlik xususida to:xtalib o'tar ekan, barcha kishilar aqlga ehtiyoj 
sezadi, aql esa amaliy faoliyatning taslikil etilisliiga nisbatan ehtiyoj 
berishini ta’kidlaydi. Olim nazarida, harakat, faoliyat — aqlning
zgusidir.
Aql 
yordamida hayotiy tajriba ortadi, kishilar tomonidan 
to'plangan 
shaxsiy tajriba negizida bashariyatning umumiy tajribasi 
shakllanadi 
ma’naviy qadriyatlar majmui hosil boladi, shu tarzda ular kelgusj 
avlodlarga yetkaziladi.
I-Iusayn Voiz Koshifiy insonni unga bilim berish orqali tarbiyalash 
uning aqliy qobilivatini o'stirish mumkin, deya hisoblaydi va bilim insonni 
komillik darajasiga ko'taruvchi mezon ekanligiga ishonadi.
Husayn Voiz Koshifiy ijtimoiy, axloqiy talablar, ularning mohiyati 
ularga amal qilish shartlari xususi da ham so‘zyuritadi. Alloma tomonidan 
ko'rsatib o'tilgan ijtimoiy, axloqiy talablar jamiyat taraqqiyoti va kishilar 
o'rtasida o'zaro hamkorlik, do'stlik va ahillikni qaror toptirish yolida 
o'ta muhim ahamiyatga ega sanaladi. Koshifiy o‘ttizdan ortiq ijtimoiv- 
axloqiy talablarni bayon etadi. Bu talablar mazmunida jamiyat a:zolarida 
sabr-toqat, hayo, pokizalik, sobitqadamlik, kecliirimlilik, saxiylik, saxovat, 
tavoze’ (kamtarlik), rostgoVlik, shijoat, hushyorlik, farosat kabi insoniy 
fazilatlarning namoyon etilishi borasidagi ijtimoiy ehtiyoj o'z ifodasini 
topgan.
Husayn Voiz Kosiiifiy tomonidan yaratilgan asarlardan yana biri 
«Futuwatnomai Sultoniy voxud javonmardlik tariqati» nomli asar bo'lib, 
unda komil insonni shakllantirishning amaliy yo'llari va ularning 
mohiyati ochib beriladi.
Ma’lumki, Movarounnahr, Eron va Xuroson kabi mamlakatlarda
asrdan boshlab javonmardlik yoki futuwatchilik harakati keng yoyilgan. 
Javonm ardlik voki fu tu w a tch ilik harakatining m ohiyati yosh 
vigitlarning o‘z hayotlarini faqat ezgu ishlarni amalga oshirish hamda 
o'zlarida ezgu xislatlarni tarkib toptirishga baglshlab, zohiran va botinan 
pok bolish yolida jamoaga uyushishlaiidan iboratdir. Javonmardlik yoki 
fu tu w a tch ilik harakatiga qo\shilgan yoshlar javonm ardlar yoki 
futuw atlar deb nomlanganlar. Ular ma’naviy va jismoniy yetuklikka 
intilganlar, mardlik va oliyjanoblik namunalarini ko'rsatganlar. Ularnnig 
o‘zjamoasi. pm , ustozlari, shuningdek, maxsus yig'inlar o‘tkaziladigan 
manzillari bolgan. Sarbadorlar, Abu Muslim, Yaqub ibn Lays, Mahmud 
Torobiy kabi xalq qahramonlari ham javonmardlar jamoasining faol 
a’zolari bolganlar.
Putuvvat (javonmardlik)ilmi tasav uf, so'fiylik asoslariga muvofiq 
kelib, insonni axloqan poklash. kishilar o'rtasida o‘zaro mchr-shafqat, 
himmat va mardlik xislatlarini qaror toptirishni targlb etgan. Tasawuf 
nazariyasi futuvvatda yuksak g'oyalarning ijtimoiy-amaliy tadbiqini 
ko'rsa, futuwat nazariyasi tasawufda iymon-etiqodning 
n a z a r i y
jihatdan 
puxta asoslangan g’oyasi mavjud ekanligini e’tirof etadi. 
F u t u w a t
tlariga ega kishilar fatiy deb ham nomlanganlar. Fors tilidan taijima 
Lancia «fatiy» so'zining ma’nosi «yoshlik», demakdir. Kishida insoniy 
y-vtlarning mavjudligi nuqtai nazaridan mazkurtushuncha majoziy
’noda kamolot chegarasini zabt eta olgan odamlar — yoshlarga
nisbatan ao'llanilgan.
J a v o n m a r d l i k
fazilatining rukn(ustun)lari o‘n ikkita bo'lib, ularning 
ojtitasi 
z o h i r i y ,
oltitasi botiniy sifatlar sanaladi. Zohiriy tarzda namoyon 
boluvchi sifat (rukn)lar quyidagilardir:

G‘iybat, yolg‘on, bo'hton, behuda so'zdan tilni tiyish.
2. Nojo'ya, nomaqbul so'zlardan quloqni berkitish.
3 Ko'rish nojoiz narsalardan ko‘zni yumish.
4
. Harom narsalardan qo‘lni tortish.
5. Borish man qilingan joylardan oyoqni Ir tis h , gunohga sabab 
bo'ladigan g'ammozlik, gap tashish, ziyon-zahmat ishlarga qadam 
q o 'y m a s l i k .
6. Harom ovqatdan og'izni, zinodan a’zoni berkitish.
Botiniy tarzda namoyon bo'luvchi sifat(rukn)lar esa quyidagilardir:
1. Saxo vat.
2. Kamtarlik(tavoze).
3. Qanoat.
1. 4. Afv va marhamat.
5. Kibr va g'ururni lark etish.
6. G'ubr (ko‘ngilningdunyoviytash\Tshlaridantozalanib, do'st (xudo) 
muhabbatining makoni, ishq sultoni o’tiracligan taxtga aylanishi).
Asarda keltirilishicha, futuvvatning 71 sharti bo'lib, ushbu 
shartlarning 48tasi vujudiy, 23tasi esa azaliy sanaladi.
Maxsus qoida va nizomlarining shartlariga qat’iy amal qilish, xususan, 
bel bog'lash va shogird tushish shartlari bekamu ko'st bajarilgach, 
ularning qanday bajarilishi ustoz tomonidan nazorat qilingach, 
fu tu w a tch ilik h arakatiga qo'sh ilish is ta g in i b ild irg an kishi 
(yigit)futuwatchilarjamoasiga qabul etilgan.
Asarda bayon etilgan fikrlardan eng muhimi — tariqat alilining odobi 
borasidagi o‘rin hisoblanadi. Unda tariqat ahlining ko'nglini yomon o'y- 
niyatlardan asrashi, ko'z. quloq, til, og'iz, qo‘l va farj(tanosil a!zolari)ni 
yomon, harom sanalgan xatti-harakatlarni sodir etishdan saqlash odobi, 
tariqat. arbobi, tariqat toifalari a’zolarining odobi, taqvodorlar (xonaqo) 
odobi, o'tirish, bemorning holidan xabar olish, janoza, ta’ziyaga borish, 
kasb-kor, savdo-tijorat va maVakaga borish odoblari xususida so'z yuritilib, 
,nJl ^'Jjyiy-axloqiy xatti-harakatlarning har biruslubi va uning mohiyati
ocmb beriladi. Malumki. muayyan kasb yoki hunar bilan shug'ullanuvchi 
shilar ana shu kasb yoki hunarning ichki xususiyatlaridan kehb cliiqib,

muayyan odob-axloq qoidalariga amal qilishlari talab etilgan. Husayn 


Voiz Koshifiyning «Futuwatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati» 
asarida turli kasb-hunar egalarining odoblari yuzasidan ham fikr- 
mulohazalar bildirilgan. Ushbu jihatiariga ko‘ra, asar barkamol shaxs 
va malakali mutaxassisni tarbiyalash masalalariga jiddiy e’tibor 
qaratilayotgan hozirgi davrda beqiyos ahamiyatga egadir.
Ko'rinadiki. Husayn Voiz KoshiHyning nuqtai nazariga ko'ra, komil 
(har jihatdan yetuk) inson oV.ida eng oliy insoniy ma'naviy-axloqiy 
xislatlam i mujassam eta olgan, atrofidagilarga c/rnak ko'rsatish 
layoqatiga ega shaxs bolishi lozim. Komil insonlarning sa’yi-harakatlari 
asosida ijtimoiy taraqqiyot yuz beradi, jamiyatda tinchlik va farovonhk 
qaror topadi.
Koshifiy ijodini o‘z davrining yirik tarixchisi Xondamir "Xulosat ul-axbor" asarida: "Ul janob nujum ilmida ham zo‘r mahoratga ega edi, chunonchi uning ta’birlari Qazo o‘qi singari bexatar bo‘lardi. Uning balog‘atoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari ko‘p va behisob bo‘lib, ularning ko‘pi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi..." - deb ta’riflaydi. Alisher Navoiy "Majolis un-nafois" asarining to‘rtinchi majlisida: "Mavlono "Husayn Voiz - "Koshifiy" taxallus qilur, Savzavorlikdur. Yigirma yilga yaqin borkim, shahardadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe’ bulubtur. On fan bulg‘aykim, dahli bo‘lmagay. Xususan va’z, insho va nujumki, aning haqidadur va har qaysida muttayyin va mashhur ishlari bor..." - deb yuksak baholagan.
Husayn Voiz Koshifiy Xirot madrasalarida talabalarga ta’lim-tarbiya bergan, Xuroson shaharlarida axloq-odobdan va’z aytgan. Koshifiy o‘z asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, ma’naviyat masalalariga katta o‘rin ajratadi, siyosat, davlatni boshqarish, shoh bilan fuqarolar o‘rtasidagi munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning ijodida katta o‘rin egallaydi. Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori ma’naviyatga ega bo‘lish, madaniy yuksalish g‘oyalarini ilgari suradi. Uning "Axloqi Muhsiniy", "Risolai Hotamiya", "Anvori Sixayliy", "Axloqi Karim", "Javohirnoma", "Lubbo ul-ma’naviy fi-intixobi masna’viy", "Iskandar oynasi", "Tafsiri Husayniy", "Futuvvatnomai Sultoniy" kabi asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlardan Xuroson mamlakatida, Xirotda va boshqa shaharlardagi madrasalarda talabalar uchun darslik sifatida foydalanilgan. Mutafakkir bu asarlarida o‘zining hayotdan olgan soboqlari, tajribalari asosida xalqchillik, insonparvarlik, ijtimoiy hayot, adolat, xalollik, sofdillik, poklik, to‘g‘rilik, rostguylik haqidagi fikrlarini o‘qimishli, qiziqarli hikoyatlar, rivoyatlar yordamida bayon etadi. Bu asarlar Koshifiy tili bilan aytganda "Xikmati amaliy" asosida yozilganligidan bugungi kunda ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi.
Odam nomi yaxshilik bilan eslash tufayli boqiydir,
Xayotlik ayyomining hosili yaxshi nom orttirishdir.
- deydi.
Bu Voiz Koshifiy axloqiy ta’limotining yetakchi g‘oyasidir. U salbiy axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib kelishini kator hikoyat va rivoyatlar bilan ko‘rsatadi.
Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi - insonlarning xulq, fe’l-atvorlarini tartibga solib turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda bo‘lishi shart bo’lgan insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobiqqadamlik, saxiylik, sahovat, rostguylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir ta’riflab o‘tadi. Ko¬shifiy axloqli inson deganda, ilm-ma’rifatga intiluvchi, haqiqat va adolatni sevuvchi, adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, sahiy, ochiq qalb insonni tushungan.
Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning "Axloqi Muxsiniy" (Husayn Boyqaroning o‘g‘li - Abdulmuhsin Mirzoga bag’ishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. Koshifiy o‘z asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari bo‘yicha ham o‘z davri uchun muhim fikrlarni olg‘a suradi. U davlatni odilona boqarishda siyosatdan foydalanish kerakligini alohida ta’kidlaydi:
Jahonda pok suv ichmakka bo’lmas hech kim qodir. Agar shohlar siyosat tig’in eliga qilmasa zohir.
- deydi.
Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, u shaxsiy ish emas, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat adolatli bo‘lsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak:
Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom,
Gar siyosat bo‘lmasa yetgay xalal,
Topmagay olam ishi aslo tuzut.Besiyosat hech vaqtu hech mahal.
Yoki:
"... Adl (adolat - R. M.) siyosatsiz mavjud bo‘lmas. Siyosat yo‘q bo‘lsa, sardorlik zaif. Na uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur", - deb mamlakat taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga bog‘laydi.
Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, olimgina emas, balki dono siyosatchi ham bo‘lgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan xal etish zarurligi to‘g‘risidagi fikrlari hozir ham o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning ma’naviy davrasida bo’lgan XV asr Xuroson va Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan hamda o‘z asarlari bilan so‘nggi avlodlarga katta ta’sir ko‘rsatgan maщhur allomalardan bo‘lib tarixda qoldi. U qomusiy ijodi bilan o‘z davri ma’naviy yuksalishi yo‘lida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, balki bugun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.


Yüklə 40,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin