Vikikitob
Qidir
O`zbekiston tarixi
darsligi
I bob Mustaqil O‘zbekiston davlatining tashkil topishi
1- §. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan
ma’qullanishi
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi.
Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi
sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va
huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni
sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12
moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim
tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib
topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat
oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb
bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan
holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga
asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z
hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. •
O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga
qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar
O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan
tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat
hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar
kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va
hokazo. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy
mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning
siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi.
O‘zbekistonning mustaqillik sari inti¬layotgani uning yangi Ittifoq shart¬nomasini ishlab chiqish
jara-yoniga res¬¬pub¬lika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan
yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng
va suve¬ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti
boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor¬xona¬lariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90-
yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura
boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil 20- sen¬tabrda
Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple¬numida so‘zlagan nutqida res¬publikalar bilan
Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma
ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifa¬larini,
burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har
jihatdan mustah¬kamlash tarafdorimiz“, — degan edi. Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga
erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ular¬ga erkinlik
berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida
markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva,
Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan
chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida
yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi.
Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar.
Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet
haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari
ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va
munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar
„Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi
ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti
mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi.
1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi
shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi
ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish,
foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday
yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR
Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma
loyihasini tuzib, respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O‘zbekiston, markaz
loyihasini qabul qilmadi. Shu tariqa, shartnoma loyihasini tuzish harakatining birinchi bosqichi
natijasiz tugadi. 1991- yil fevral — mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida ishlashning
ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Boltiq¬bo‘yi respub¬likalari, Gruziya, Armaniston, Moldova
vakil¬lari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo‘lib qatnashdi. Bu bosqichda Ittifoq bilan
respublikalar vakolatlarini farqlab qo‘yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar
vakolatlari belgilab qo‘yilgan yangi shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda
mazkur loyiha muhokama qilindi. Respublikalar, jumladan, O‘zbekiston, marka¬ziy idoralar hali
o‘zining eskicha hukmron mavqeyini saq¬lash ruhi singdirilgan bu hujjatdan
qanoatlanmaganliklarini bildirdilar. SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o‘zgartirish, SSSRni
teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yan¬gi-lalash xususida xalqning fikrini
bilish maqsadida 1991- yil 17- mart kuni Butunittifoq referendumini o‘tkazishga qaror qildi.
1991- yil 20- fevralda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati ham referendum o‘tkazishni
ma’qulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta
qo‘shimcha byulletenni ovozga qo‘yishga qaror qildi.
Qo‘shimcha byulletenga „Siz O‘zbekistonning mustaqil teng huquqli respublika sifatida
yangilangan Ittifoq (Fede¬ratsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?“ degan savol qo‘yildi. Ovoz
berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foi¬zi bu savolga „Ha“ deb javob berdilar. Demak,
o‘zbekistonliklar o‘z mamlakatini mustaqil davlat sifatida Federativ Ittifoqda bo‘lishini,
O‘zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar.
O‘zbekiston rahbariyati referendum natijalariga asoslanib, respublikalarga to‘la mustaqillik
berishni ko‘zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.
Karimov O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mita¬sining 1991- yil 12- martda bo‘lgan IV
plenumida so‘zlagan nutqida: „ Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo‘ldan boy
berib qo‘yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko‘targan kishilarning ovoziga hech kim quloq
solmadi. Markaz 1922- yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul
etmadi, ishni paysalga soldi“, — degan edi. Bu fikrning to‘g‘riligini hayot to‘la isbotladi. 1991- yil
aprelda Kiyevda Ukraina, Rossiya, Belarus, O‘zbe¬kiston, Qozog‘iston Respublikalari
rahbarlarining uchra¬shuvi bo‘ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos
keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo‘llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot
imzolandi. Bu hujjatni Qirg‘iziston, Тojikiston, Тurkmaniston Respublikalari ham imzolashga rozilik
bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo‘ldi. 1991- yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti
M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ishtirokchilar tomonidan
„Mamlakatdagi vaziyatni bar-qarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib
bo‘l¬maydigan choralar to‘g‘risida qo‘shma Bayonot“ imzolandi. Bu hujjat „9+1“ (9 respublika +
markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kiyevda bildirilgan fikr-
mulohazalarga rozi bo‘lganini ko‘rsatadi. 1991- yil 3- iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti
vakillari bilan Respublika rahbarlari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi. Mulk, til va yangi shartnomani
tasdiqlash tartibi to‘g‘risida keskin munozara bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A.
Karimov mavjud Ittifoq, uning tuzilmasi, markaz bilan res¬publikalar o‘rtasida vako¬latlar
taqsimoti hech kimni qoniqtirmasligini keskin qilib qo‘ydi, markazchilik nuqtayi nazarini
o‘tkazishga urinuvchilarni qattiq tanqid qildi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-muloha¬zalari
asosan inobatga olingan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi ishlab chiqildi.
Loyiha barcha Respublikalar Oliy Kengashlariga muhokama uchun jo‘natildi. Mazkur shartnoma
loyihasi O‘zbekiston Oliy Kengashida 1991- yil 14- iyunda muhokama qilindi. Kengash
Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi.
Shu bilan birga respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 1991-
yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayyorlash
uchun markaz vakillari va respublika rahbarlarining uchrashuvi bo‘ldi. Markazni ham, respublikalar
rahbarlarini ham qanoatlantiradigan „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risida shartnoma“ loyihasi
tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo‘lgani holda „Mustaqil davlatlar ittifoqi to‘g‘risidagi
shartnoma“ni imzolash 1991- yil 20- avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov
Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo‘nab ketdi. Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga
mustaqillikni bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir „imkoniyat“ vujudga kelgan edi.
Moskvada markaziy hokimiyatni saq¬lab qolishga, respublikalar jilovini o‘z qo‘lida ushlab
qolishga urinuvchilar tomonidan fitna tayyorlandi. Fitnachilar 1991- yil 18- avgust kuni
tayyorlangan va 19- avgustda matbuotda e’lon qilingan „Sovet rahbariyatining Bayonoti“da M.
S.¬ Gorbachyov¬¬ning salomatligi yomonlashdi, shu sababli uning SSSR Prezi¬denti vazifalarini
ijro etish imkoniyati yo‘q, degan soxta axborot bilan chiqdilar. Bayonotda Prezident vakolatlari
vitse-prezident G. I. Yanayevga o‘tkazilganligi e’lon qilindi. Aslida esa Prezident M. S.
Gorbachyov sog‘-salomat edi, ammo o‘zini himoya qila olmadi. Fitnachilar uni mamlakatdan,
xalqdan, dunyodan ajratib, barcha aloqa vosi¬talarini uzib, 72 soat qamal qilib qo‘ygan edi.
Fitnachilar tomo¬nidan mamlakatni idora qilish uchun quyidagi tarkibda sobiq Ittifoqda
favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) tuzildi: O. D. Baklanov — SSSR Mudofaa Kengashi
Raisining birinchi o‘rinbosari, V. A. Kryuchkov — SSSR Davlat xavfsizligi qo‘mitasining raisi, V. S.
Pavlov — SSSR Bosh vaziri, B. K. Pugo —SSSR ichki ishlar vaziri, V. A. Starodubsev — SSSR
deh¬qonlar uyushmasi raisi, I. Тizyakov — SSSR sanoat, quri¬lish, transport va aloqa davlat
korxonalari hamda inshootlari uyushma¬sining Prezidenti, D. Т. Yazov — SSSR mudofaa vaziri, G.
I. Yana¬yev — SSSR Prezidenti vazifasini bajaruvchi. Shu tariqa fitnachilar M.S.Gorbachyovni
noqonuniy yo‘l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o‘zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur
qo‘mita sovet rahbariyatining Bayonoti, sovet xalqiga murojaatnoma, davlatlar va
hukumatlarning boshliqlariga hamda BMТ Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon
qildi. Butunittifoq doirasida mo‘rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi.
Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991-
yil 19- avgustda O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan
qaytib keldi va Тoshkent shahri faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uch¬ra¬shuvda Prezident
O‘zbekistonning nuqtayi nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat
yo‘qligi, O‘zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko‘rsatmalar bajarilmasligini qat’iy
ta’kidladi. 1991- yil 20- avgust kuni Тoshkentda O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va
Тoshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis mamlakatda vujudga
kelgan vaziyatni muhokama qilib Bayonot qabul qildi. Bayonotda O‘zbekiston Respublikasi tinch
vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik,
osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig‘vogarona harakatlarning oldini olish,
hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik
vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O‘zbekiston Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiya
qoidalarini og‘ishmay va izchil amalga oshirish yo‘lidan boraveradi, deb ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov 1991- yil 20- avgust kuni respublika aholisiga o‘zining
murojaatini e’lon qildi: „Hozircha mamlakatning hokimiyat doiralari qanday yo‘l bilan, nimalar
orqali, qanday siyosat orqali bu
maqsad¬larga erishish mumkinligi haqida to‘liq, hozircha batafsil ma’lumot berganicha yo‘q. Bu
ma’lumotlar bilan chuqur tanishganimizdan keyingina bo‘layotgan o‘zga-rishlarga o‘zimizning
munosabatimizni albatta bildiramiz“. Prezident xalqqa: „Biz birovning gapiga kirib ish
tut¬maymiz, biz o‘zimiz tanlagan yo‘limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo‘q.
Ishonamanki, bu og‘ir sinovlardan ham eson-omon o‘tamiz“, — deb murojaat qildi. Xalqni og‘ir
sinovlardan o‘tayotgan bir paytda sabr-toqatli, bardoshli va vazmin bo‘lishga, tinchlikni saqlash
maqsadida jipslashishga chaqirdi.
Islom Karimovning Respublika aholisiga murojaatidan. „Sovet O‘zbekistoni“ gazetasi, 1991- yil,
21- avgust soni.
1991- yil 21- avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z farmoni bilan O‘zbekiston
hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muas¬sasalarning
qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga
hamda qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar
Mahkamasining qarorlariga so‘zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo‘ydi. Farmonda SSSR da
favqulodda holat davlat qo‘mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O‘zbekiston
SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb
belgilab qo‘yildi. Fitnachilarning qonunga xilof ravishda urinishlari natijasida 1991- yil 19—21-
avgust kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro‘y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi
bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnani uyushtiruvchilar
qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi
siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo‘lib qoldi. Sovet Ittifoqi
Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. I. A. Karimov Favqulodda holat davlat qo‘mitasi
faoliyatiga o‘z munosabatini bildirmagan, qo‘rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy
Qo‘mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatini
zarba ostiga qo‘yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommu¬nistlarini chalg‘itishga va
davlat to‘ntarishini qo‘llab- quvvat¬lashga majbur qilishga urinish bo‘lganini oshkora aytdi. I. A.
Karimov bundan keyin KPSS Markaziy Qo‘mitasi Siyo¬siy Byurosining tarkibida qola olmasligi
to‘g‘risida bayonot berdi. Mazkur Bayonotni O‘zbekiston Kompartiyasi MQ byurosi va Markaziy
nazorat komissiyasi Rayosati ma’qulladi.
1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e’lon qilindi. Farmonga
binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo‘mitasi O‘zbekiston SSRning
qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki
qo‘shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari,
shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Тurkiston harbiy okrugi qismlari va
qo‘shilmalari partiyadan butunlay xoli qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov
Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga
taqdim etishni taklif qildi. Respublika Oliy Kengashining Rayosati 1991- yil 26- avgust kuni
O‘zbekistonning Davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida farmoyish
chiqardi. 1991- yil 28-avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining Rayosati „Respublika Oliy
Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasini 1991- yil 31- avgust kuni chaqirish haqida
qaror“ qabul qildi va sessiyada O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi
masalani muhokama qilish belgilab qo‘yildi. 1991- yil 28- avgust kuni O‘zbekiston Kompartiyasi
MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi. Plenumda Prezident I. A.
Karimovning mamlakatda 19—21- avgust kunlari sodir bo‘lgan voqealar va respublika partiya
tashki¬lotlarining vazifalari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum
Respublika Kompartiyasini KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to‘xtatishga, KPSSning barcha
tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
1991- yil 31- avgust kuni O‘zbe¬kiston Res¬publikasi Oliy Kenga¬shining nav¬bat¬dan tashqari
oltin¬chi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov nutq so‘z¬lab,
sobiq Ittifoqda so‘nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga
antikonstitutsiyaviy urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taq¬diriga
bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni
mustaqillik to‘g‘ri¬sidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
Sessiyada „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“
qabul qilindi.
O‘tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlarni
e’tiborga olib, — xalqaro huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga
asoslanib, — O‘zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas’u¬liyatni anglab, — shaxsning
huquq va erkinliklari, mustaqil davlatlar o‘rta¬sidagi chegaralarning buzilmasligi to‘g‘risidagi
Xelsinki shartnomalariga qat’iy sadoqatini bayon etib, — millati, diniy e’tiqodi va ijtimoiy
mansubligidan qat’i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot
kechirishini, sha’ni va qadr-qimmatini ta’minlay¬digan insonparvar demokratik huquqiy davlat
barpo etishga intilib, — Mustaqillik deklarat¬si¬yasini amalga oshira borib, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat —
O‘zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotidan.
O‘zbekiston Respublikasi, — deb ta’kidlanadi Bayonotda, — to‘la davlat hokimiyatiga ega,
xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, oldindan hech qanday shart qo‘ymagan holda barcha
sheriklar bilan teng huquqli, o‘zaro manfaatli bitimlar hamda shartnomalar tuzish uchun o‘zini
ochiq deb e’lon qiladi. Oliy Kengash sessiyasi „O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risida“ Qaror qabul qilib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat
mustaqilligi to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonotini tasdiqladi va respublikani bundan keyin
O‘zbekiston Respublikasi deb atashni belgilab qo‘ydi.
1- sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991- yildan
boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Qaroridan.
Oliy Kengash „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Qonun qabul
qildi. Bu qonun 17 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini
huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunning birinchi moddasida: „ O‘zbekiston Respublikasi
o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir“, — deb
qonunlashtirib qo‘yildi. Qonunda O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada
davlat hokimiyatining birdan bir sohibidir. U o‘z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari
tizimi orqali amalga oshiradi, deb belgilab qo‘yildi. Mustaqillik asoslari to‘g‘risidagi qonunda
O‘zbekiston Res¬publikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy davlat va ma’muriy-
hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegarasi,
hududi daxlsiz va bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib
o‘zgartirilishi mumkin emas, deb qat’iy qonunlashtirib qo‘yildi. Mazkur qonunda respublika
hududidagi yer, yerosti boyliklari, suv va o‘rmonlar, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa
resurslar, respublikaning ma’naviy boyliklari O‘zbe¬kiston Respublikasining milliy boyligi, mulki
hisoblanadi, deb belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida oltin, boshqa
qimmatbaho metallar va toshlarni qazib chiqarish, qayta ishlash va saqlashni mustaqil amalga
oshiradi hamda nazorat qiladi, o‘z oltin zaxirasini yaratadi, deyiladi bu qonunda. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasi 1991- yil 30- sentabr kuni „O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun
maqomini berishga qaror qildi. Qarorda O‘zbekiston Res¬publikasining amaldagi Konstitutsiyasi
moddalari „O‘zbe¬kiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘ri¬sida“gi Qonunning
moddalariga zid kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken¬ga¬shining 1991- yil noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasi davlat
mustaqilligi ma¬salasi bo‘yicha referendum o‘tkazish haqidagi masalani ko‘rib chiqdi. Oliy
Kengash sessiyasi 1991- yil 18- noyabr kuni „O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tka¬zish
to‘g‘risida“ Qaror qabul qildi. Qarorda 1991- yil 29- dekabr, yakshanba kuni O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mus¬ta¬qilligi to‘g‘risidagi masala bo‘yicha referendum o‘tkazish
bel¬gilandi.
„O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligini ma’qullaysizmi?“
Referendumda ovoz berish byulleteniga kiritilgan savol ana shunday ta’riflangan edi.
Referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. Markaziy saylov komissiyasi, 13 saylov okrugi, 7 ming
uchastka saylov komissiyasi tuzildi. 1991- yil 29- dekabr kuni bo‘lib o‘tgan referen¬dumda 9
898 707 kishi yoki saylov ro‘yxatiga kiritilganlarning 94,1 foizi qatnashdi. Ovoz berishda
qatnashganlarning 98,2 foizireferendumda qo‘yilgan savolga „Ha“, ya’ni, O‘zbekiston
Res¬publikasi mustaqilligini ma’qullaymiz, deb ovoz berdi.
Markaziy saylov komissiyasi „O‘zbekiston Respublikasi refe¬rendumi to‘g‘risida“gi Qonunning
26- moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan e’lon qilingan
O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi umum¬xalq tomonidan ma’qullandi, deb topdi.
Markaziy saylov komissiyasi bayonnomasidan.
Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi ro‘yobga chiqdi. Mam¬lakatimiz, xalqimiz siyosiy
qaramlikdan, asoratdan qutuldi. Davlat mustaqilligining qo‘lga kiritilishi o‘zbek xalqining
ha¬yotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi. Mustaqillik xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, o‘zlari
uchun munosib turmush yaratish erkinligini berdi. Тarixdan bizga ma’lumki, qadim zamonlardan
boshlab u yoki bu mintaqalarda yirik imperiyalar vujudga kelib, ko‘plab xalqlarni o‘z manfaatlariga
bo‘ysundirgan, asoratga solgan. Biroq ular¬ning barchasi mazlum xalqlarning ozodlik, mustaqillik
uchun kurashlari natijasida parchalanib ketgan. Bu tarixiy jarayon XX asrda ham takrorlandi.
Mazlum xalqlarning milliy-ozodlik harakati natijasida jahon mustamlakachilik tizimi barbod bo‘ldi,
imperiyalar quladi. Dunyodagi yirik imperiyalardan biri bo‘lmish SSSRning parchalanishi ham ana
shu tarixiy-qonuniy jarayonning natijasi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining
qo‘lga kiritilishi ham qonuniy- tarixiy jarayon bo‘lib, xalqimizning uzoq yillar davomidagi milliy
istiqlol uchun olib borgan qahramonona kurashining natijasidir. 1991- yil 31- avgustdan e’tiboran
Vatanimiz tarixida yangi davr — milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston xalqi o‘z taqdirini o‘z
qo‘liga oldi, siyosiy, ma’naviy mutelikdan qutuldi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la
huquqli, suveren davlat — O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O‘zbekiston xalqi va
rahbariyatining donishmandligi, sabotliligi va qat’iyatliligi, uzoqni ko‘ra bilishi natijasida uning
davlat mustaqilligi tinch, demokratik, parlament yo‘li bilan, ijtimoiy larzalarsiz, qurbonlar va
vayronagarchiliksiz amalga oshdi. Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz
yildan ortiq vaqt davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Res¬publikasini
suveren davlat sifatida Тurkiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya,
Saudiya Arabistoni, Eron, Pokiston, Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar.
Qadrli janob Prezident, mamlakatingizda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlarni va sobiq sovet Ittifoqi
respublikalarini birlashtirib turgan Ittifoqning tugaganligini hisobga olib, Qo‘shma Shtatlar
hukumati O‘zbekistonni mustaqil davlat sifatida taniganligini Sizga xabar qilishdan mamnunman.
AQSH Prezidenti Jorj Bushning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovga yo‘llagan
shaxsiy maktubidan.
Savol va topshiriqlar
1. Nima sababdan ittifoqdosh respublikalar SSSR tarkibidan
chiqa boshladilar?
2. SSSR o‘rniga qanday ittifoq tuzish masalasi ko‘tarildi, u
qanday prinsipda tuzilishi kerak edi?
3. Referendumning ma’nosini bilasizmi?
4. „9+1“ deb nom olgan hujjat qachon imzolangan, uning mazmuni
nima?
5. Qanday kuchlar, nima maqsadda Moskvada fitna uyushtirdilar?
6. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimovning 1991- yil 20-
avgustdagi Bayonotida nimalar deyilgan edi?
7. 1991- yil 25- avgustda O‘zbekiston Prezidentining qanday farmoni e’lon qilindi?
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 31-
avgustda bo‘lgan sessiyasida qanday hujjatlar qabul qilindi?
9. O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi
to‘g‘risidagi Oliy Kengash Bayonoti haqida so‘zlab bering.
10. Oliy Kengashning O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon qilish to‘g‘risidagi
qarorining mazmunini bilasizmi? 11. „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari
to‘g‘risi¬da“gi Konstitutsiyaviy qonunni kutubxonadan toping va dafta¬ringizga yozib oling. 12.
Mustaqillik to‘g‘risidagi referendum va uning natijalarini bilasizmi? 13. O‘zbekiston Davlat
mustaqilligini qo‘lga kiritishning tarixiy aha¬miyati nimalardan iborat?
2- §. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
va davlat ramzlarining qabul qilinishi
Dunyoda suveren deb e’tirof etilgan har bir mamlakat o‘zi¬ning Konstitutsiyasi, davlat ramzlari
— gerbi, bayrog‘i, madhiyasiga ega. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki
kunlaridanoq o‘zining davlat ramzlarini yaratishga alohida e’tibor bilan qaradi. Oliy Kengash
Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi haqida qonun loyihalarini tayyorlash, Oliy
Kengash sessiyasi muhokamasiga taqdim etish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Oliy Kengash
Qo‘mitalari Konstitutsiya komissiyasi bilan hamkorlikda o‘zbek xalqining tarixi, ma’naviy
qadriyatlari, mustaqil davlatimiz siyosatining mazmun-mohiyatiga mos davlat ramzlari variantlari
tayyorlandi. Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, mus- taqil demokratik huquqiy dav¬lat¬-ning tashkil
topishi va rivojlanishining asosiy sharti Konstitut¬siyaning mav¬¬¬jud¬ligidir. Mustaqillik qo‘lga
kiri¬tilgach, bir qator omillar respublika Konstitutsiyasini yaratishni zarur qilib qo‘ydi.
Mamlakatimizda milliy huquqiy davlat qurish, demokratik jamiyat barpo etish, bozor
munosabatlarini shakllantirish kabi dolzarb vazifalar mustaqil O‘zbekiston Konstitutsiyasini
ishlab chiqishni taqozo etardi. Vujudga kelayotgan yangi siyosiy partiya¬lar, jamoat harakatlari,
jamoat tashkilotlarining yuridik manfaatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, milliy
totuvlikni ta’minlash masalalari yangi Konstitutsiya qabul qi¬lishga ehtiyoj tug‘dirdi. Shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi¬ning xalqaro huquq subyektiga aylanishi, mustaqil davlat sifatida
jahonga tanilishi ham Konstitutsiya qabul qilinishini talab qilardi. „Mustaqillik deklaratsiyasi“
qabul qilingan O‘zbekiston Oliy Kengashining 1990- yil 20- iyunda bo‘lgan ikkinchi
sessiyasidayoq yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, degan xulo¬sa¬ga kelingan edi. Sessiya
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini
tay¬yorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Komissiya tarkibiga Oliy
Kengash deputatlari, Qoraqalpo¬g‘iston Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat
tashkilotlari va xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi. Konstitutsiyaviy komissiya
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab chiqish ustida qariyb 2,5 yil ishladi.
Konstitutsiyaviy komissiyaning 1991- yil 12- aprelda bo‘lgan yig‘ilishida komissiya a’zolari hamda
yetakchi mutaxassislar va olimlardan iborat 32 kishilik ishchi guruhi tuzildi. Konstitutsiya
bo‘limlarini tayyorlash bo‘yicha 50 kishidan iborat 6 ta kichik guruhlar tuzildi. 1991- yil 31-
avgustda O‘zbekiston Davlat mus¬taqilligining e’lon qilinishi va „O‘zbekiston Respublikasining
Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunning qabul qilinishi, bu qonunga Konstitutsiyaviy
maqom berilishi Kons¬ti¬tutsiyaviy komissiya mas’uliyatini yanada kuchaytirdi. Konstitutsiya
loyihasini ishlab chiqishda konstitutsiyaviy rivojlanishning jahon tajribasi o‘rganildi, inson
huquqlari, de¬mokratiya va qonunchilik sohasida jahonda qo‘lga kiritilgan yutuq¬lar hisobga
olindi. Milliy davlatchiligimizning tajribasi, Amir Тemur va boshqa allomalarimizning davlatni idora
qilish sohasidagi g‘oyalari yangi Konstitutsiyaga asos qilib olindi. 1992- yil 26- sentabrda
O‘zbekiston Respublikasining Kons¬titutsiyasi loyihasi umumxalq muhokamasi uchun
matbuotda e’lon qilindi. Muhokama 2 oycha davom etdi. Muhokama jarayo-nida bildirilgan
takliflar asosida tuzatishlar kiritilgan loyiha 1992- yil 26- noyabrda matbuotda ikkinchi marta
e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi, ular
inobatga olindi. Konstitutsiyamiz xalqimizning siyosiy dahosi va tafakkurining mahsuli bo‘ldi.
Prezident I. A. Karimov O‘zbekiston Konstitutsiyasini ishlab chiqishga rahbarlik qildi va o‘zining
katta hissasini qo‘shdi. Oliy Kengashning 1992- yil dekabrda bo‘lgan XI sessiyasi O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish masalasini muhokama qildi. „Shuni alohida
ta’kidlashimiz kerakki, — degan edi Prezident I. A. Karimov sessiyada so‘z¬lagan nutqida, —
yangi Konstitutsiya loyihasini yaratishda Birlashgan Millatlar Тashkiloti hujjatlariga, Inson
huquqlari umumjahon Deklaratsiyasiga, xalqaro huquqning barcha e’tirof etgan qoidalariga amal
qilindi. Shuningdek, rivojlangan demokratiya mamlakatlari hisoblanmish Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Yaponiya, Kanada, Germaniya, Fransiya, Portugaliya, Italiya, Shvetsiya, Тurkiya,
Ispaniyaning hamda Sharq mamlakatlari Hindiston, Pokiston, Misr davlatlarining Konstitutsiya
tajribasidan ijodiy foydalanildi“. (I. A. Karimov. Asarlar, t.1, 127- bet.) Sessiyada deputatlar
loyihaga 80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shunday qilib, 1992- yil 8-
dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qa¬bul qilindi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida
Konstitutsiya qabul qilingan kun — 8- dekabr umumxalq bayrami — O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi kuni deb e’lon qilinsin. 8- dekabr dam olish kuni hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunini umumxalq bayrami deb e’lon
qilish to‘g‘risidagi qarordan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik
deklaratsiyasi“, „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ gi Qonunda
mustahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi.
O‘zbekiston Respublikasining Asosiy qonuni, pasporti hisoblanuvchi Konstitutsiya sobiq Ittifoq
davridagi barcha Konstitutsiyalardan tubdan farq qiladi. Birinchidan, yangi qabul qilingan
Konstitutsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, barcha moddalari
haqiqiy mustaqillik g‘oyalari bilan sug‘orilgan. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa O‘zbe¬kistonning
mustaqilligini ta’minlay olmaydigan, respublikaning „suveren“ ligi haqida quruq so‘zlar yozilgan,
huquqiy qoidalari qog‘ozda qolib ketadigan, rasmiy bir hujjat edi. Ikkinchidan, yangi Konstitutsiya
ijodkor xalqimizning xo¬hish-irodasi va dono fikr-mulohazalari asosida va jahonda to‘p¬langan
eng ilg‘or Konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasini va milliy davlatchiligimiz xususiyatlarini hisobga
olgan holda mustaqil ishlab chiqildi. Ilgarigi Konstitutsiyalar esa Markaziy hokimiyat tomonidan
tayyorlangan Ittifoq Konstitutsiyasi nusxalaridan ko‘chirib olinar edi. Shu boisdan ham yangi
Asosiy qonunimiz mustaqil O‘zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi hisoblanadi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganish jarayonida uning mohiyatini ochib beruvchi asosiy
tamoyillarini bilib olishga ahamiyat berish zarur. O‘zbekiston Konstitutsiyasi¬ning birinchi
tamoyili — davlat suverenitetidir. 1—6- moddalarda O‘zbekiston — suveren demokratik
respublika, davlat xalq manfaatlariga xizmat qiladi, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritadi,
o‘zbek tili davlat tilidir, deb belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlatning „O‘zbekiston
Respublikasi“ va „O‘zbekiston“ degan nomlari bir ma’noni anglatadi, deb belgilab qo‘yilgan.
Ikkinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — xalq hokimiyatchiligidir. 7—14- moddalarda xalq davlat
hokimiyatining birdan bir manbayidir, O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar uning fuqarolari
tashkil etadi, davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab amalga oshiradi, deb
ko‘rsatilgan. Uchinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — davlat hokimiyatining uch tarmoqqa
bo‘linishidir. O‘zbekiston davlat hokimiyati tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va
sud hokimiyatlariga bo‘linishi qonunlashtirildi. Uch hokimiyatdan har biri faoliyatda mustaqil
bo‘lib, faqat qonunga bo‘ysunadi. O‘zbekistonda qonun chiqaruvchi hokimiyat — Oliy Majlis, ijro
etuvchi hokimiyat — Prezident rahbarligida faoliyat ko‘rsatuvchi Vazirlar Mahkamasidir. Sud
hokimiyati — Konstitutsiyaviy Sud, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy Sudi va Oliy xo‘jalik sudi, viloyatlar, Тoshkent shahar,
tuman va shahar sudlari va xo‘jalik sudlaridan iborat. Konstitutsiyaning 76—88- moddalarida Oliy
Majlisning tuzilishi, vakolatlari, qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish qoidalari belgilab berilgan.
88—98- moddalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat va ijro etuvchi hokimiyat
boshlig‘i ekanligi, uning vakolatlari va vazifalari, Vazirlar Mahkamasining faoliyat yuritish qoidalari
qonun-lash¬tirilgan. Тo‘rtinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — bu demokratiyaga so¬diq¬likdir.
Konstitutsiyada demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqate’lon qilinadi hamda insonparvar
demokratik-huquqiy davlat barpo etish nazarda tutiladi. Konstitutsiyada umuminsoniy
demokratik tamoyillarning, xalqaro huquq sohasida umum e’tirof etilgan qoidalarning ustunligi
tan olingan. O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson hayoti, erkinligi, or-nomusi, qadr-qimmati va
boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyat ekanligi belgilab qo‘yilgan. Beshinchi Konstitutsiyaviy
tamoyil — Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligidir. Konstitutsiyaning 15- moddasida
„O‘zbe¬kiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konsti¬tutsiyasi va qonunlarining
ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari,
fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar“, deb belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning 16- moddasida birorta ham qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat
Konstitutsiya normalari va qoidalariga zid kelishi mumkin emasligi qayd etilgan. Oltinchi
Konstitutsiyaviy tamoyil — xalqaro andazalar darajasida ifodalangan fuqarolar huquqlari,
erkinliklari va majburi¬yatlarining tengligi va daxlsizligidir. O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari
muhim xalqaro hujjatlar — „Inson huquqlari butun jahon Deklaratsiyasi“, „Iqtisodiy, sotsial va
madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“, „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro
Pakt“ va boshqalar asosida bayon etilgan. Konstitutsiyaning 18—52- moddalari inson va
fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. O‘zbekiston davlati
tomonidan fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida tan olingan va ular
himoya qilinadi. Konstitutsiya bo‘yicha har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali
himoya qilishi kafolatlanadi. Konstitutsiyada har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli ekanligi,
O‘zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakldagi mulk tashkil etishi, barcha mulk
shakllarining teng huquqli ekanligi belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 21- moddasiga binoan
O‘zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilgan. O‘zbekiston
Respublikasining millati, elatidan qat’i nazar barcha fuqarolari O‘zbekiston xalqini tashkil etadi.
Yettinchi Konstitutsiyaviy tamoyil — qonuniylikdir. Qonuniylik jamiyatning bir maromda hayot
kechirishini, davlat organlari¬ning maromli faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Davlat, uning
organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga
muvofiq ish ko‘rgandagina jamiyatda barqarorlik va taraqqiyot bo‘ladi. Mazkur tamoyil davlatga
va uning organlariga, siyosiy par¬-ti¬ya¬¬lar va jamoat uyushmalariga o‘z faoliyatlarini
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida amalga oshirishlarini talab qiluv¬chi Konstitutsiyaviy
normadir. Konstitutsiyada siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot
vositalarining tuzi¬lishi va faoliyatining huquqiy jihatlari asoslab berilgan. Sakkizinchi
Konstitutsiyaviy tamoyil — O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy qoidalari aniq
belgilab qo‘yilganligidadir. Konstitutsiyaning 17- moddasida: „O‘zbekis¬ton Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to‘la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi,
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegara¬larning daxlsizligi, nizolarni tinch yo‘l
bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va xalqaro
huquqning umum e’tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi“, deb belgilab
qo‘yilgan. Konstitutsiyada davlat xalqning manfaatlari va xavfsizligini ta’minlash maqsadida
boshqa davlatlar bilan ittifoq va ¬do‘stona aloqalar o‘rnatishi hamda davlatlararo tuzilmalarga
kirishi va ular-dan ajralib chiqishi mumkinligi qonunlashtirilgan. Тo‘qqizinchi Konstitutsiyaviy
tamoyil — mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishdir. O‘zbekistonda o‘zbek davlatchiligi rivojining tari¬xiy
tajribasiga tayangan holda mahalliy hokimiyat boshlig‘i bo‘lgan hokim instituti joriy etildi.
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimiyatning vakillik organlari xalq deputatlari kengashlari
bo‘lib, ularga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladilar. Konstitutsiyaning 99—104-
moddalarida mahalliy davlat hokimiyati asoslari, hokimlarni tayinlash va tasdiqlash tartiblari,
ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada fuqarolik jamiyati qurishning muhim omili
bo‘lgan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini tuzish tartiblari belgilangan. 105-
moddada: „Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek, ular tarkibidagi mahallalarda hamda
shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular ikki
yarim yil muddatga raisni (oqsoqolni) va uning maslahatchilarini saylaydi“, deb belgilab qo‘yilgan.
O‘ninchi Konstitutsiyaviy tamoyil — odil sudlov, sudyalar¬ning mustaqilligi va daxlsizligidir. Sudya
faqat qonunga bo‘y¬sunadi. Konstitutsiyaning 106—116- moddalarida O‘zbe¬kistonda sud
tizimi va ularning vazifalari belgilab berilgan. Konstitutsiyada sudya deputatlikka saylana
olmasligi, siyosiy partiyalar va hara¬katlarning a’zosi bo‘la olmasligi qonuniylashtirilgan. Sud
majlisi ochiq va oshkora olib boriladi, sud ishlari davlat tilida yuritiladi va zarur holda boshqa tilda
yuritilishi ham mumkin. Sud hokimiyati davlat hokimiyatining muhim bir tarmog‘i bo‘lib,
Konstitutsiyada sudning hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, muassasalar va
tashkilotlar, mansabdor shaxs va fuqarolar uchun majburiy ekanligi qonunlashtirib qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining huquqiy maqomi, O‘zbekiston
bilan o‘zaro munosabatlarning huquqiy asoslari belgilab berilgan.
Hur O‘zbekistonimizning tarixida birinchi Konsti¬tu¬¬-tsiya¬ni qabul qilish — jumhuriyatimizning
yangidan tug‘ilishidir, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam poydevor qurishdir. Qabul qilingan
Konstitutsiyamiz asosiy qonunimiz sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan
qonunlarga asos bo‘lishi muqarrar.
Islom Karimov. Asarlar, 1- jild, 128- bet.
Darhaqiqat, O‘zbekiston Res¬publikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlaka¬timiz
hayotida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. U mamlakatimizda qo¬nunchilikning rivojlanishi uchun,
huquqiy islohotlar uchun asos bo‘lib qoldi. Yuzlab qonunlar, ko¬dekslar, milliy dasturlar ishlab
chiqildi, umumxalq muhokamasidan o‘tdi, qabul qilindi va hayotimizning barcha jabhalarida amal
qilinmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi davlatimiz suverenitetini ro‘¬yob¬¬ga chiqardi.
O‘zbekistonni dunyodagi barcha nufuzli davlatlar tan oldi, ular bilan siyosiy, diplomatik, iqtisodiy,
madaniy, alo-qalar o‘rnatildi. 2003- yil 24—25- aprel kun¬la¬ri bo‘lib o‘tgan Ikkinchi chaqiriq
O‘zbekiston Respub¬likasi Oliy Majlisining o‘n birin-chi sessiya¬sida „O‘zbekiston Respublikasi
Kons¬titutsiya¬siga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida“gi Qonun loyihasi
muhokama qilindi va qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga jamiyatni
yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib
chiqqan holda o‘zga¬r¬tishlar va qo‘shimchalar kiritildi. Asosiy Qonunimizning maz¬mun va
mohiyati, maqsad va vazifalariga daxl qilmagan holda, avvalo Oliy Majlisning roli va ahamiyatini
kuchaytirish, uning palatalari maqomi va vakolatlariga doir 76—88- moddalarga o‘zgartishlar va
qo‘shimchalar kiritildi (bu haqda II bobning 7-§ ida tanishasiz). O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti vakolatlari hamda vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97- moddalarga ham
o‘z¬gar¬tishlar kiritildi. 89- moddaning „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni vaqtda Vazirlar
Mahkamasining Raisi hisob¬lanadi“ deyilgan ikkinchi qismi olib tashlandi (bu haqda II bobning 8-
§ ida tanishasiz). 2007- yil 11- aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga
binoan Konstitutsiyaning ayrim moddalariga qisman o‘zgartirishlar kiritildi. Konstitutsiyaning 89-
modda-sidan Prezident ijro etuvchi hokimiyat boshlig‘i ekani to‘g‘ri¬sidagi norma chiqarib
tashlandi. 89- moddada „O‘zbekiston Res¬publikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishni va ham¬korligini ta’minlaydi“, deb
belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyaning 93- moddasi 15- bandi va 102-moddasi ikkinchi qismi
„O‘zbekiston Res¬publikasi Prezidenti viloyatlar hokimlarini va Toshkent shahar hokimini
qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozi¬midan ozod etadi“, deb o‘zgartirildi. Muxtasar
aytganda, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari o‘rtasidagi vakolatlar yanada
demokratik ra¬vishda qayta taqsimlandi. Kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar O‘zbekiston
Respublikasi Bosh vazirining, hukumatning mas’¬u¬liyatini kuchayishiga, jamiyat siyosiy
hayotining faol¬lashu¬viga, saylov tizimining yanada takomillashuviga xizmat qiladi.
„O‘zbekiston Respublikasi Dav¬lat bayrog‘i to‘g‘risida“gi Qo¬nun 1991- yil 18- noya¬br¬d¬a
O‘z¬-bekis¬ton Respublikasi Oliy Kenga¬shining VIII sessiya¬sida qabul qilindi. O‘zbekiston
Respublikasining Davlat bayrog‘i ramzi mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo‘lgan g‘oyat
qudratli salta¬natlar bayroqlariga xos bo‘lgan eng yaxshi an’analarni davom ettirgan holda
respublika tabiatiga xos xususiyatlarni, xalqimiz¬ning milliy va madaniy o‘zligini ham aks ettiradi.
Bayroqdagi moviy rang — mangu osmon va musaffo suv ramzidir. Yaxshilikni, donishmandlikni,
shon-shuhratga sadoqatni bildiruvchi moviy rang Sharqda azaldan qadrlanadi, o‘z vaqtida buyuk
Amir Тemur ham o‘z bayrog‘iga bu rangni tanlagan. Oq rang — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh
mustaqil davlat o‘z yo‘lida baland dovonlardan oshib o‘tishi kerak. Bayrog‘i¬mizdagi oq rang
yo‘limizning musaffo va charog‘on bo‘lishi uchun yaxshi niyat ramzidir. Qizil yo‘llar — bu har bir
tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, tiriklik ramzidir. Yashil rang — serne’mat va
orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish
harakatlari keng yoyilmoqda, uning ramzi ham yashil rangdir. Yarim oy — O‘zbekiston xalqining
ko‘p asrlik an’analariga muvofiq keladi. Yarim oy va yulduzlar — musaffo osmonning va
tinchlikning ramzlaridir. Bayrog‘imizda 12 yulduz tasviri bor, bu o‘lkamizda qadimdan buyon
barkamollik, mukammallik timsoli hisoblanadi. Davlat bayrog‘i — bizning o‘tmishimiz, bugungi
kunimiz va kelajagimiz ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Nyu-York
shah¬rida joylashgan Birlashgan Millatlar Тashkiloti qarorgohida dunyodagi suveren davlatlar
bayroqlari qatorida turibdi. O‘zbekiston bayrog‘i xorijiy mamlakatlarda Prezidentimiz boshliq
davlat delegatsiya¬sini qabul qilish marosimlarida, chet el davlat delega¬tsiyalarini
O‘zbekistonda qabul qilish marosimlarida ko‘tariladi. O‘zbekiston bayrog‘i O‘zbekiston Prezidenti
qarorgohi Oqsaroy binosi, O‘zbekiston Respub-likasi Oliy Majlisi binosi tepasiga ilib qo‘yilgan.
O‘zbekiston sportchilari jahon sport musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, shohsupaga
ko‘tarilgan paytlarda ham O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tariladi. Shu boisdan mamlakatimizda va jahon
uzra O‘zbekiston bayrog‘ining ko‘ta-rilishi, bir tomondan, davla¬timiz shon-shuhratini ko‘tarsa,
ikkin¬chi tomondan, barchamizga quvonch, faxrlanish, g‘urur ba¬g‘ishlaydi. „O‘zbekiston
Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida“gi Qonun 1992- yil 2- iyulda O‘zbe-kiston Respublikasi
Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan. Gerbning markazida tasvirlangan — qanotlarini
keng yozib turgan Humo qushi — baxt-saodat va erksevarlik ramzidir. Buyuk bobokalonimiz
Alisher Navoiy Humo qu¬shini barcha tirik mavjudotlar ichida eng sa¬xo¬¬¬vatlisi deb
ta’riflagan. Gerbning yuqori qismida res¬publikamizning sobit va bar¬qaror¬ligining ramzi sifatida
sakkiz qirrali yulduz tasvirlangan. U „qutlug‘“ degan ma’noni ang¬latadi. Uning ichida yarim oy va
besh qirrali yulduz ifodalangan. Quyosh tasviri — davlati¬miz¬ning yo‘li hamisha nurli bo‘lishi
uchun bildirilgan yaxshi niyat timsoli. Ayni paytda u respublikamizning noyob iqlim sha¬roitini
ham ko‘rsatib turadi. Boshoqlar — rizq-ro‘zimiz bo‘lmish g‘allaning timsoli, oppoq bo‘lib
ochilayotgan paxta chanoqlari tasvirlangan g‘o‘za shoxlari — serquyosh yurtimiz¬ning dong‘ini
butun dunyoga taratgan asosiy boyligimiz ram¬zidir. Bug‘doy boshoqlari va paxta chanoqlarining
Davlat bayrog‘iga o‘xshagan lenta bilan o‘rab qo‘yilganligi — bu res¬publikada yashayotgan
xalqlar yakdilligi¬ning timsolidir. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumush rangda; quyosh,
boshoqlar, paxta chanog‘i va „O‘zbekiston“ degan yozuv tilla rangda; g‘o‘za shoxlari va barglari,
vodiylar yashil rang¬da; tog‘lar havo rangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq
rangda; O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan.
Gerb suveren davlatimiz ramzi sifatida ijtimoiy-siyosiy hayot¬¬da keng qo‘llaniladi.
O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan bitim va shartnomalarida, davlatlararo aloqa
va dip¬lo¬ma¬tik hujjatlarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviritushirilgan bo‘ladi.
Shuningdek, gerb davlat ahamiyatiga mo¬lik ichki hujjatlarda, davlat korxonalari va
muassasalarining muhrlarida, o‘zaro aloqa hujjatlarida ham gerb tasviri bo‘ladi. Milliy valutamiz —
so‘mda ham Davlat gerbi o‘z ifodasini topgan.
„O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida“ gi Qonun 1992- yil 10- dekabrda
O‘zbe¬kis¬ton Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida qabul qilindi. Shoir Abdulla Oripov
va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlangan variant tasdiqlandi. Davlat madhiyasi
davlat mustaqilligining timsoli bo‘lib, u O‘zbekiston fuqarosida vatanparvarlik tuyg‘ularini
uyg‘otadi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi jamoatchilik oldida ijro etilganida
ishtirokchilar uni tik turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib kuylaydilar va tinglaydilar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT MADHIYASI
Abdulla Oripov so‘zi Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh, hur o‘lkam, elga baxt, najot Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh mehribon, Yashnagay to
abad ilm-u fan, ijod, Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqarot
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh
urgan zamon Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni, Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot! Istiqlol mash’ali,
tinchlik posboni, Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!
Naqarot
Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston, Ajdodlar mardona ruhi senga yor! Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh
urgan zamon, Olamni mahliyo aylagan diyor! Mustaqil, erkin davlatning aso¬siy bel¬gisi, asl
poydevori — mil¬liy valu¬tadir. O‘z valutasiga ega bo‘lmagan davlat o‘z manfaatlarini ko‘zlab
mustaqil ravishda moliya-kredit, bank siyosa¬tini yurita olmaydi, o‘z taqdirini, tashkilotlar,
xo‘jaliklar va fuqarolar taqdirini belgilay olmaydi. Ichki bozorni naqd pul bilan ta’minlash, pul
chiqarish miqdori, uning xarid kuchi, kelajak istiqboli uchun sarmoya ajratish, kimga qarz berish va
kimdan qarz olish, qarzni to‘lash va undirib olish, foiz stavkalarini belgilash kabi masa¬lalarni
mustaqil hal qila olmaydi. Pirovardida bunday davlat boshqa kuchli davlatlar ko‘rsatmalariga
qaram bo‘lib qoladi, uni hech kim haqiqiy mustaqil davlat deb tan olmaydi. Shu boisdan milliy
valutaga o‘tish O‘zbekiston uchun oliy maqsad edi. Biroq milliy valutaga o‘tish oson ko‘chmaydi,
yangi valutani muomalaga kiritish inqilob bilan teng. Dunyo tajribasi ko‘rsa¬tadiki, davlatlar o‘z
milliy valutasiga erishish uchun uzoq va mashaqqatli yo‘llar bosib o‘tgan, bor qudratini safarbar
etgan. O‘zbekistonda milliy valutani muomalaga kiritish uchun ham ma’lum vaqt, tajriba kerak
edi. Avvalo, haqiqiy mustaqil iqtisodiyotga erishish lozim edi. Shu boisdan O‘zbekiston
mustaqillik¬ning dastlabki payti 1991—1993- yillarda sobiq Ittifoqdan meros qolgan rubl
zonasida bo‘lib turdi. Biroq sovetlardan keyingi makonda yalpi ichki mahsulot ishlab
chiqarishning keskin pasayishi natijasida rublning qadri ham shunga mos ravishda tushib bordi.
1993- yil may oyi boshlarida 800—900 rublning qadri 1 AQSH dollari darajasiga tushib ketgan
edi. Shu yili Rossiyada oldingi rubl kursiga tenglashtirilgan yangi namunadagi rubl chiqarildi.
Rossiya hukumati 1993- yil 26- iyulda O‘zbekiston mutasaddi vakillarini Moskvaga taklif qilib,
birgalikda rubl zonasida bo‘lamiz deb aytdi. Keyinroq Rossiya, O‘zbekiston va Qozog‘iston
rahbarlari Moskvada uchrashib, rubl zonasini saqlashga, O‘zbe¬kis¬ton va Qozog‘istonni 1993-
yilgi yangi rubl namunasi bilan ta’minlashga qaror qilindi. Biroq, amalda boshqacha yo‘l tutildi,
to‘g‘rirog‘i Rossiya hukumati bu tadbirlardan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqchi bo‘ldi. Rossiya
hukumati O‘zbekiston oldiga o‘z shartlarini qo‘ydi. Birinchidan, kerakli rublni davlatlararo qarz
sifatida, keyinchalik boylik yoki mahsulot bilan to‘lash sharti qo‘yildi. Ikkinchidan, rublni olishdan
oldin uning 50 % miqdoridagi AQSH dollari yoki O‘zbekiston oltinini garovga qo‘yish talab qilindi.
Uchinchidan, O‘zbekistonda muomalada bo‘lgan 1961—1992- yilgi namunadagi pulni (rubl) yangi
1993- yil namunasidagi rublga uchga bir nisbati bilan almashtirish sharti qo‘yildi. Тo‘rtinchidan,
birorta shart bajarilmay qolsa, tovon puli to‘lash majburiyati belgilandi. Beshinchidan,
O‘zbekiston Markaziy banki Rossiya Markaziy bankiga hisobot berishi, ya’ni tobe bo‘lishi kerak
edi. O‘zbekiston bunday shartlarga rozi bo‘lolmas edi, rozi bo‘lmadi ham. Shu boisdan
muomalaga yangi milliy valuta kiri¬tish ishiga jiddiy kirishildi. O‘zbekiston rahbariyati „katta og‘a“
ning o‘yinlariga qarshi oldindan chora-tadbirlar ko‘rib qo‘ygan edi. 1992- yildayoq muomalaga
chiqarishga mo‘ljallangan so‘m-kupon nusxalari tayyorlab qo‘yilgan edi. Nihoyat, 1993- yil 1
noyabrda O‘zbekistonda so‘m-kupon muomalaga kiritildi, uning kursi oldin muomalada bo‘lib
kelgan rublga tenglashtiril¬gan edi. Shu yil noyabr oyi davomida aholi qo‘lidagi rubl namunasidagi
pullarini jamg‘arma banklari orqali so‘m-kuponga almashtirish ta’minlandi. So‘m-kupon joriy
etilayotgan dastlabki paytlarda chetdan rubl oqib kelmoqda, degan mish-mishlar ko‘paydi.
Bozorda narxlar osmonga chiqdi. Тoshkent bozorlarida bir kg go‘sht 25 ming so‘m-kupongacha
ko‘tarildi. Hukumat buning oldini olish choralarini ko‘rdi. Aholi ortiqcha tashvish, aziyat chekmadi,
aksincha aholi, iqtisodiyot himoya qilindi. O‘zbekiston rahbariyati so‘m-kuponlar asosida zarur
tajriba orttirdi, haqiqiy milliy valutani joriy qilish tadbirlarini ko‘rdi. 1994- yil 16- iyundagi
„O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasini muomalaga kiritish to‘g‘risida“ gi Prezident
farmoni va Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan 1994- yil 1- iyuldan boshlab milliy valuta —
so‘m muomalaga kiritildi. 1 so‘m kursi 1000 so‘m-kuponga tenglashtirilgan holda joriy qilindi.
Milliy valuta — so‘m O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1,3,5,10,25,50,100
so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) holida muomalaga chiqarildi. Aholi qo‘lidagi so‘m-
kuponlar jamg‘arma banklari orqali 1000 ga 1 qiymatda almashtirildi. Keyinroq 200, 500, 1000
so‘mlik qog‘oz pullari ham muomalaga kiritildi. Shuningdek, qiymati har xil miqdordagi tangalar
ham naqd pul holida muomalaga chiqarildi.
„Milliy valuta — milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu
respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir“.
Islom Karimov. Asarlar. 3- jild, 331- bet.
Milliy valutaning muomalaga kiritilishi mamlakatimiz hayoti¬da muhim voqea bo‘ldi.
O‘zbekistonning xalqaro maydonda mavqeyi oshdi, o‘zining pul-kredit, moliya siyosatini amalda
mustaqil yuritadigan bo‘ldi. Bu iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish uchun qulay
imkoniyat yaratdi. 2003- yil 15- oktabrdan boshlab, so‘m qisman konvertatsiyalanadigan valuta
maqomiga ko‘tarildi.
O‘quvchilar uchun ma’lumotlar. Davlat mukofotlari
1993- yil 7- mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan birinchi orden — birinchi
va ikkinchi darajali „Sog‘¬lom avlod uchun“ ordeni ta’sis etildi. 1994- yil 5- mayda quyidagilar
ta’sis etildi: — „O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali. — „Mustaqillik“ ordeni. —
„Do‘stlik“ ordeni. — „Jasorat“ medali. — „Shuhrat“ medali.
1995- yil 30- avgustda quyidagilar ta’sis etildi:
— „Mehnat shuhrati“ ordeni. — Birinchi va ikkinchi darajali „ Shon-sharaf “ ordeni. 1996- yil 26-
aprelda: — „Amir Тemur“ ordeni. 1996- yil 29- avgustda: — „Buyuk xizmatlari uchun“ ordeni.
1998- yil 28- avgustda: — „El-yurt hurmati“ ordeni. 2000- yil 30- avgustda: — „Jaloliddin
Manguberdi“ ordeni. 1996- yil 26- aprelda O‘zbekiston Respublikasining quyidagi faxriy unvonlari
ta’sis etilgan: „O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi“. „O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi“.
„O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti“. „O‘zbekiston
Respublikasi xalq rassomi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri“. „O‘zbekiston Respublikasi
xalq o‘qituvchisi“. „O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi“. „ O‘zbekiston Respublikasi xalq
baxshisi“ (2000- yil). „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan aloqa xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist“. „O‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
irrigator“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator“.
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi“. „O‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
quruvchi“. „ O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor“. „O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar
murabbiysi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor“. „O‘zbekiston
Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan
sanoat xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi“.
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan sport ustozi“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi“.
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan transport xodimi“. „O‘zbekiston Respublikasida
xizmat ko‘rsatgan fuqaro avia¬tsiyasi xodimi“ (1996- yil 27- dekabrda ta’sis etilgan).
„O‘zbekiston Respublikasida kommunal, maishiy, savdo sohasida xizmat ko‘rsatgan xodim“.
„O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador“. „O‘zbekiston Respublikasida xizmat
ko‘rsatgan yurist“. „ O‘zbekiston iftixori“ (1998- yil 25- avgustda ta’sis etilgan).
O‘zbekiston Respublikasining 1992- yil 2- iyunda qabul qilingan „Bayram kunlari haqida“ gi
Qonuniga va 1995- yil 21- de¬kabr¬da qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat
kodeksi-ning 137- moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi kunlar
bayram — dam olish kunlari deb belgilandi: 1- yanvar — Yangi yil. 8- mart — Xotin-qizlar kuni. 21-
mart — Navro‘z bayrami. 9- may — Xotira va qadrlash kuni. 1- sentabr — Mustaqillik kuni. 1-
oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuni. 8- dekabr — Konstitutsiya kuni. Ro‘za hayiti (Iyd al-
Fitr) — diniy bayramning birinchi kuni. Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) — diniy bayramning birinchi kuni.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini ishlab
chiqish, qabul qilish jarayonini tushuntirib bering.
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy
tamoyillarini bilasizmi?
3. Davlat ramzlari deganda nimalarni tushunasiz?
4. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘ini tasvirlab
bering, u qanday hollarda ko‘tariladi?
5. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbini tasvirlang,
undan qanday paytlarda foydalaniladi?
6. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasini yoddan
bilasizmi?
7. Milliy valuta nima? Uni muomalaga kiritish zarurati-chi?
8. O‘zbekiston Respub likasida milliy valutani muomalaga
kiritish jarayo¬ni qanday bo‘ldi?
9. O‘zbekiston Respublikasida qanday davlat mukofotlari
mavjud?
10. O‘zbekistonning faxriy unvonlarini bilasizmi?
3- §. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi, aholisi va moddiy imkoniyatlari
O‘zbekiston Respublikasi o‘zi¬ning milliy davlat hududiga ega bo‘lib, uning ma’muriy-hudu¬diy
tuzilishini o‘zi mustaqil belgilaydi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo minta¬qasining
o‘rtasida, Amu¬daryo bilan Sirdaryoning oralig‘ida joylashgan. O‘zbekiston hududi shimoli-g‘arbda
Тuron past¬tekisligining, janubi-sharqda Тyanshan va Olay tog‘larining va ja¬nubi-g‘arbda
Qizilqum cho‘llarining bir qismini egallaydi. O‘zbekiston Respublikasining hududi 448,9 ming km2
ni tashkil etib, sharqdan g‘arbgacha 1425 km ga, janubdan shi¬mol¬gacha 930 km ga cho‘zilgan.
Uning hududi va chegaralari daxlsiz, davlat tomonidan qo‘riqlanadi. O‘zbekiston qadimda ham,
hozir hamsharq va g‘arb, shimol va janub orasidagi ko‘pdan ko‘p xalqlar va mamlakatlar orasidagi
alo-qalarni bir-biri bilan bog‘lovchi mamlakatdir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 68
—69- mod¬dalarida O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar,
qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqal¬pog‘iston Respublikasidan iborat bo‘lib, ularning
chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qi¬lish va ularni
tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majli¬sining roziligi bilan amalga oshiriladi, deb belgi¬lab
qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Res¬publikasi va 12 ta ma’muriy
viloyat kiradi. Uning poytaxti Тoshkent shahridir. Yuqoridagi 4- chizma O‘zbekiston
Respub¬li¬ka¬si¬¬¬ning ma’muriy-hududiy tuzilishini aniq va yaqqol ko‘rsatadi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi (sobiq Qoraqalpog‘iston muxtor respublikasi) 1990- yil 14- dekabrda suveren
respublika deb e’lon qilingan. 1991- yil 31- avgustda bu holat „O‘zbekiston Respublikasi Davlat
mustaqilligi asoslari to‘g‘¬risida“gi Qonunda o‘z aksini topgan. Uning maydoni 166,6 ming km2 ga
teng bo‘lib, 1569,9 ming kishi yashaydi. Qoraqal¬pog‘iston Res¬publikasi tarkibiga 14 ta qishloq
tumani (Amu¬daryo, Beruniy, Kegayli, Mo‘ynoq, Nukus, Тaxtako‘pir, Тo‘rtko‘l, Xo‘jayli, Chimboy,
Shumanay, Ellikqal’a, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Qo‘ng‘irot), 12 ta shahar (Nukus, Beruniy, Bo‘ston,
Mang‘it, Mo‘ynoq, Тaxiatosh, Тo‘rtko‘l, Xalqobod, Chimboy, Shumanay, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot) va 17
ta shaharcha kiradi. Qoraqalpog‘istonning poytaxti Nukus shahri bo‘lib, unda 236700 kishi
yashaydi. Andijon viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 4,2 ming km2 ni tashkil
etadi, aholisi 2342,71 ming kishi. Andijon viloyati tarkibida 14 ta qishloq tumani (Andijon, Asaka,
Baliqchi, Buloqboshi, Bo‘z, Jalolquduq, Izboskan, Marhamat, Oltinko‘l, Ulug‘nor, Xo‘jaobod,
Shahrixon, Qo‘rg‘on¬tepa, Paxtaobod), 11 ta shahar (Andijon, Asaka, Marhamat, Oxun¬boboyev,
Paxtaobod, Poytug‘, Xonobod, Xo‘jaobod, Shah¬rixon, Qorasuv, Qo‘rg‘ontepa) va 5 ta
shahar¬cha mavjud. Viloyatning markazi Andijon shahridir. Buxoro viloyati — (1938- yil 15-
aprelda tashkil etilgan) maydoni 40,3 ming km2 ni tashkil etadi, aholisi 1507,6 ming kishi. Buxoro
viloyati tarkibida 11 ta qishloq tumani (Buxoro, Vobkent, Jondor, Kogon, Olot, Peshku, Romiton,
Shofirkon, Qoravulbozor, Qorako‘l, G‘ijduvon), 11 ta shahar (Buxoro, Kogon, G‘ijduvon, G‘alaosiyo,
Vobkent, Olot, Gazli, Romiton, Shofirkon, Qorako‘l, Qorovulbozor) va 3 ta shaharcha bor.
Viloyatning markazi Buxoro shahridir. Jizzax viloyati — (1973- yil 28- dekabrda tashkil etilgan)
maydoni 21,2 ming km2 ni tashkil etadi, viloyatda 1043,3 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida
12 ta qishloq tumani (Arnasoy, Baxmal, Do‘stlik, Jizzax, Zarbdor, Zafarobod, Zomin, Mirzacho‘l,
Paxtakor, Forish, Yangiobod, G‘alla¬orol), 7 ta shahar (Dashtobod, Do‘stlik, Jizzax, Marjonbuloq,
Gagarin, Paxtakor, G‘allaorol) va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Jizzax shahridir. Navoiy
viloyati — (1982- yil 20- aprelda tashkil etilgan, 1988- yil 6- sentabrda tugatilib, 1992- yil 28-
iyunda qayta tiklan¬di) maydoni 111,0 ming km2 ga teng bo‘lib, 810,2 ming kishi yashaydi.
Viloyat hududida 8 ta qishloq tumani (Konimex, Navbahor, Karmana, Nurota, Тomdi, Uchquduq,
Xatirchi, Qizil¬tepa) va 7 ta shahar (Zarafshon, Navoiy, Nurota, Uch¬quduq, Karmana, Qiziltepa)
va 8 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Navoiy shahridir. Namangan viloyati — (1941- yil 11-
martda tashkil etilgan, 1960- yil 25- yanvarda tugatilib, 1967- yil 18- dekabrda qayta tiklangan)
maydoni 7,4 ming km2 bo‘lib, 2073,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 11 ta qishloq tumani
(Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uychi, Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Chust,
Yangiqo‘rg‘on) va 8 ta shahar (Kosonsoy, Namangan, Pop, Тo‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on, Chortoq,
Chust, Haqqulobod) va 12 ta shaharcha mavjud. Vilo¬yat markazi Namangan shahridir.
Samarqand viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 16,8 ming km2 bo‘lib,
2867,1 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 ta qishloq tumani (Bulung‘ur, Jomboy, Ishtixon,
Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Nurobod, Oqdaryo, Payariq, Pastdarg‘om, Paxtachi, Samarqand, Тoyloq,
Urgut, Qo‘shrobod), 11 ta shahar (Bulung‘ur, Jomboy, Juma, Ish¬tixon, Kattaqo‘rg‘on, Nurobod,
Oqtosh, Payariq, Samar¬qand, Urgut, Chelak) va 12 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi
Samarqand shahridir. Sirdaryo viloyati — (1963- yil 16- fevralda tashkil etilgan) maydoni 4,3
ming km2 bo‘lib, 672,2 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 8 ta qishloq tumani (Boyovut,
Guliston, Sardoba, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sir¬dar¬yo, Xovos), 5 ta shahar (Baxt,
Guliston, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer) va 6 ta shaharcha bor. Viloyat markazi Gu¬lis¬ton shah¬ridir.
Surxondaryo viloyati — (1941- yil 6- martda tashkil etilgan) maydoni 20,1 ming km2 bo‘lib,
1894,9 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 14 qishloq tumani (Angor, Bandixon, Boysun,
Denov, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod, Oltinsoy, Sari¬osiyo, Termiz, Uzun, Sherobod, Sho‘rchi, Qiziriq,
Qum¬qo‘r¬g‘on), 8 ta shahar (Boysun, Denov, Jarqo‘rg‘on, Ter¬miz, Sharg‘un, Sherobod, Sho‘rchi,
Qumqo‘rg‘on) va 7 ta shahar-cha mavjud. Vilo¬yat markazi Termiz shahridir. Тoshkent viloyati —
(1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni Toshkent shahri bilan birga hisoblaganda 15,6
ming km2 bo‘lib, 4520,4 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq tumani (Bekobod,
Bo‘ka, Bo‘stonliq, Zangiota, Oqqo‘r¬g‘on, Ohangaron, Parkent, Piskent, Тoshkent, Chinoz, Yuqori
Chirchiq, Yangiyo‘l, O‘rta Chirchiq, Qibray, Quyi Chir¬chiq) va 16 ta shahar (Angren, Bekobod,
Bo‘ka, Do‘stobod, Keles, Olma-liq, Ohangaron, Oq¬qo‘rg‘on, Par¬kent, Piskent, Тo‘ytepa, Chinoz,
Chir¬chiq, Yangi¬obod, Yangiyo‘l, G‘azalkent) mavjud. Viloyat markazi Тoshkent shahrida
joylashgan. Тoshkent shahrida 2135,7 ming kishi yashaydi. Тoshkentda 11 ta — Uchtepa,
Bektemir, Mirzo Ulug‘bek, Mirobod, Sirg‘ali, Olmazor, Chilonzor, Shayxontohur, Yunus¬obod,
Yak¬ka¬¬saroy, Hamza tumanlari mavjud. Farg‘ona viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil
etilgan) maydoni 6,7 ming km2 bo‘lib, 2840,9 ming kishi yashaydi. Viloyat tarkibida 15 ta qishloq
tumani (Beshariq, Bag‘dod, Buvayda, Dang‘ara, Yozyovon, Oltiariq, Oxunboboyev, Rishton, So‘x,
Тoshloq, Uchko‘prik, Farg‘ona, Fur-qat, O‘zbe¬kiston, Quva), 9 ta shahar (Farg‘ona, Mar¬g‘ilon,
Quva, Quvasoy, Qo‘qon, Beshariq, Rishton, Yaypan, Hamza) va 10 ta shaharcha bor. Viloyat
markazi Farg‘ona shahridir. Xorazm viloyati — (1938- yil 15- yanvarda tashkil etilgan) maydoni
6,1 ming km2 bo‘lib, 1432,8 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 10 ta qishloq tumani (Bog‘ot,
Gurlan, Urganch, Xiva, Hazorasp, Xonqa, Shovot, Yangiariq, Yangibozor, Qo‘shko‘pir), 3 ta shahar
(Pitnak, Urganch, Xiva) va 7 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Urganch shahridir.
Qashqadaryo viloyati — (1943- yil 20- yanvarda tashkil etilgan) maydoni 28,6 ming km2 bo‘lib,
2378,5 ming kishi yashaydi. Viloyat hududida 13 ta qishloq tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob,
Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroq¬chi, Shah¬risabz, Yakkabog‘, Qamashi, Qarshi, G‘uzor),
12 ta shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Тallimarjon, Chiroqchi, Qamashi, G‘uzor,
Yakkabog‘, Yangi Nishon, Shahrisabz) va 4 ta shaharcha mavjud. Viloyat markazi Qarshi shahridir.
O‘zbekiston aholisi tez o‘sib bora¬yotgan mam¬lakatlar qatoriga kiradi. 1991-¬yilda
O‘zbekiston aholisining soni 20,7 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, mustaqillikdan ke¬yingi yillar
davomida aholi soni o‘sdi va 2009- yilda 28 mln dan oshdi. O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va
elatlarning vakillari yashaydi. Aholi sonida o‘zbeklarning salmog‘i yildan yilga o‘sib bormoqda.
Aholi tarkibida o‘zbeklarning salmog‘i 1989-¬ yilda 71,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2005- yilda
80- foizga yetdi. O‘zbekistonning haqiqiy boyligi uning mehnatsevar, saxiy va mehmondo‘st
xalqidir. O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deyish mumkin, negaki 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar
Respublika umumiy aholisining 64 foizini tashkil etadi. O‘zbekiston qudratli mehnat salohiyatiga
ega. Uning mehnat zaxiralari butun aholining deyarli 50 foizini tashkil etadi va mehnatga yaroqli
aholi soni har yili o‘rtacha 210—220 ming kishiga ko‘payib bormoqda. Respublika aholisining
savodxonlik darajasi 99,06 foizni tashkil etadi. 15 va undan katta yoshdagi har ming kishiga
hisoblaganda, oliy va to‘liqsiz oliy ma’lumotlilar soni 143 kishini, o‘rta maxsus ma’lumotlilar soni
200 kishini tashkil etadi. Bilim darajasi jihatidan respublikamiz haqli ravishda o‘qimishli
mamlakatlar qatoridan o‘rin oladi. O‘zbekistonning iqlim sharoiti qu¬lay, uning zaminida ulkan
yo¬qilg‘i, ener¬¬¬getika, mineral xom-ashyo, stra¬tegik va qurilish mate¬ri¬allari zaxiralari
mavjud.
O‘zbekiston hududida g‘oyat muhim strategik manbalar — neft va
gaz kondensati, tabiiy gaz bo‘yicha 155 ta kon, qimmatbaho
metallar bo‘yicha 40 dan ortiq, rangli, nodir va radioaktiv
metallar bo‘yicha 40 ta, konchilik-kimyo xomashyosi bo‘yicha
15 ta kon qidirib topilgan. Gaz zaxiralari 2 trln kubometrga
yaqin, ko‘mir — 2 mlrd tonnadan ortiq.
Eng yirik gaz va neft konlari Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubi-G‘arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg‘ona
mintaqalarida joylashgan. Farg‘ona, Oltiariq va Buxoro neftni qayta ishlash zavodla¬rida xilma-xil
neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Ko‘mir Angren, Sharg‘un va Boysun konlarida
qazib chiqa¬rilmoqda. Mamlakatimiz katta gidroenergiya salohiyatiga ega. Chorvoq, G‘azalkent,
Farhod GESlari, jami 28 gidroelektroenergetik stansiyalari ishlamoqda. Shuningdek, Sirdaryo,
Navoiy, An¬gren va boshqa issiqlik elektrostansiyalari mavjud. O‘zbekistonda dunyoda juda
katta oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, rux, volfram va boshqa qimmatbaho hamda yer bag‘rida
kam uchraydigan metall zaxiralariga boy konlar topilgan va ulardan foydalanilmoqda. Oltinning
asosiy zaxiralari, konlari Markaziy Qizilqumda joylashgan. Muruntov oltin koni dunyodagi eng yirik
konlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda 40 dan ortiq oltin konlari topilgan bo‘lib, ulardagi zaxiralar
bo‘yi¬cha respublikamiz dunyoda to‘rtinchi o‘rinda turadi. O‘zbekistonda kumush qazib
olinayotgan ko‘plab kumush konlari mavjud. Shulardan eng yirigi Namangan viloyatidagi Oqtepa
kumush konidir. Shuningdek, rangli metallar — mis, qo‘r¬g‘oshin, rux, volfram, molibden, kadmiy,
reniy, nikel va bosh¬qalar qazib olinadi. Rangli metallar zaxiralari Olmaliq ruda konlarida ko‘proq
jamlangan. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati O‘zbekistondagi eng yirik inshootlardan bo‘lib,
unda Qalmoqqir va boshqa konlardan qazib olinayotgan rangli metallar qayta ishlanadi.
Qo‘rg‘oshin-rux, asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Sur¬xondaryo viloyatining Xondiza
konlarida qazib olinadi. Respublikada 20 ta marmar,15 ta granit va gabbro koni topilgan. Ulardan
eng yiriklari G‘ozg‘on, Nurota, Forish va Zar¬band konlaridir. Xalq xo‘jaligida oq rangdan to qora
ranggacha xilma-xil bezakbop toshlardan keng foydalanilmoqda. O‘zbekiston fosforitlarga boy
bo‘lib, fosfat o‘g‘itlar — ammo¬fos va ammoniylashtirilgan superfosfat ishlab chiqara¬digan
yirik korxonalar ishlab turibdi. Shulardan eng kattasi Qizilqum fosfarit kombinatidir. Shuningdek,
katta miqdordagi zaxiralarga ega kaliy tuzi, tosh tuzi konlari mavjud bo‘lib, ulardan kaliyli o‘g‘itlar,
kalsiy va kaustik sodalar ishlab chiqaril¬moqda. Qo‘ng‘irot soda zavodi eng yirik korxonalardan
biri hisoblanadi. Respublika kimyo korxonalarida g‘oyat qimmatli yarim tay¬yor mahsulot —
kaprolaktam ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Kaprolaktamni qayta ishlash natijasida kapron
tolalari va iplari, ulardan gazlama, gilam, noto‘qima materiallar va boshqa xalq iste’moli mollari
tayyorlanmoqda. Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston o‘z yer osti boyliklari bilan haqli ravishda
faxrlanadi — bu yerda mashhur Mendeleyev davriy sistemasining deyarli barcha elementlari
topilgan. Hozirga qadar 2700 dan ziyod turli foydali qazilma konlari va ma’dan mavjud bo‘lgan
joylar aniqlangan. Umumiy mineral xomashyo potensiali 3,3 trln AQSH dollaridan ortiqroq
baholangan. O‘zbekiston tuprog‘i unumdor, sug‘orma-dehqonchilik rivojlangan. O‘zbekistonning
yer fondi 44,74 mln gektarni tashkil etadi, shulardan 32 mln gektari qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida foydalaniladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining katta qismi (83,5 foizi) o‘tloq va
yaylovlardan iborat. Sug‘oriladigan yerlar¬ning umumiy maydoni 4,3 mln gektar bo‘lib, ular,
asosan, Farg‘ona va Zarafshon vodiylari, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm vohalari,
Mirzacho‘l massivida joylashgan. O‘zbekistonda tashqi bozorda talab katta bo‘lgan mahsulot —
paxta tolasi yetishtiriladi. Buxoro, Andijon va Farg‘ona to‘qi¬machilik kombinatlari, 30 dan ortiq
ip yigiruv-to‘quv fabrikalari, ko‘plab paxtani qayta ishlash va yog‘ zavodlari ishla¬moqda.
Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi va uni eksport qilish
bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadi. O‘zbekiston meva-sabzavot, uzum, qorako‘l teri, jun yetish¬tirish
bo‘yicha dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoridan o‘rin egallaydi. Har yili 16,5 mln dekalitr
hajmida 30 dan ortiq xildagi vino, shampan, konyak ishlab chiqariladi. O‘zbekiston vinolari xalqaro
yarmarka, tanlov va ko‘rgazmalarda 92 ta medal bilan taqdirlangan. Muxtasar qilib aytganda,
O‘zbekistonning noyob mineral-xomashyo va qishloq xo‘jaligi resurslari xorijiy mamlakatlar bilan
o‘zaro manfaatli hamkorlik qilish, respublika iqtisodini rivojlan-tirishning muhim omili bo‘lib xizmat
qiladi.
Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga qanday respublika va
viloyatlar kiradi? Darslikdagi xaritadan ko‘rsatib bering.
2. O‘zingiz yashayotgan viloyatda qanday shahar va tumanlar
joylashgan?
3. O‘zbekistonda qancha aholi yashaydi, aholining milliy,
etnik tarkibini bilasizmi?
4. Nima uchun O‘zbekistonni yoshlar mamlakati deb atash
mumkin?
5. O‘zbekistonning qaysi mintaqalari neft, gaz, ko‘mir
zaxiralariga boy?
6. O‘zbekistonda nodir va rangli metallarning qaysi turlari
bor, ular¬ning nomlarini ayting.
7. Siz yashayotgan hududda qanday konlar va ular bilan bog‘liq
kor¬xonalar mavjud?
4- §. Islom Karimov — O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti
O‘zbekistonda davlat boshqaruvining yangi, demokratik tizi¬mini shakllantirishga kirishildi.
Demokratik huquqiy davlat barpo etish yo‘lini tanlagan O‘zbekiston uchun tabiiy ravishda davlat
boshlig‘i — Prezidentning umumxalq tomonidan saylanishini ta’minlash zarur edi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Ken¬¬¬ga¬shining 1991- yil 18- noyabrda bo‘l¬gan VIII sessiyasida „O‘z-
bekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘¬risida“ Qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga 35 yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi
biladigan, bevosita saylovgacha kamida 10 yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin. O‘zbekiston Prezidenti 7 yil muddatga
saylanadi, ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq O‘zbekiston Prezidenti bo‘lishi
mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonundan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991- yil 18- noyabrda bo‘lgan VIII sessiyasida
„O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida“ Qaror qabul qilindi va
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991- yil 29- de¬¬-kabr, yakshanba kuniga
belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni
o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov
komis¬siyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb
7 mingta uchastka saylov komis¬siyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada
bi¬rinchi bor o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyush¬qoqlik bilan o‘tkazish maqsadida
saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari
Fede¬ratsi¬yasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar
kiritildi. Markaziy saylov komissiyasi 1991- yil 22- noyabrda O‘zbekiston Prezidentligiga
O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan
Islom Abdug‘aniyevich Karimov hamda „Erk“ demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay
Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi. Markaziy
saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln nusxadagi Prezident sayloviga doir
byulletenlarni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov
komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida ta’minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi
kompaniyasida, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot
vositalarida e’lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, binolarni
ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil
Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta’sis etgan mustaqil mamla¬katlardan, Amerika Qo‘shma
Shtatlari, Тur¬kiya, Malayziya va boshqa dav¬latlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan
kuzatuvchilar qat¬nashdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini
tasdiqladilar. 1991- yil 29- dekabrda demokratik me’yor va tartiblarga mos ravishda, umumiy,
teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi aso¬sida tarixda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958
kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi. Islom
Abdug‘aniyevich Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda
qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi. 1991- yil 30- dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi
okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbe¬kiston Respublikasi Prezidenti saylovi
to‘g‘risidagi qonun¬ning 35- moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi. 1992- yil 4- yanvarda
bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida
O‘zbe¬kiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chi¬qildi va mazkur masala
bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasi¬ning qarori tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 38- moddasiga muvofiq
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1991- yil 31- dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992- yil 4- yanvar
Oliy Majlisning mazkur sessiyasida Islom Karimov so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan ishonch uchun
butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va qasamyod qildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining qasamyodi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishar ekanman, respublikamiz
xalqlariga sadoqat bilan xizmat qilishga, fuqarolarning huquq va erkinliklariga kafolat berishga,
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga qat’iy rioya etishga, zimmamga yuklangan yuksak
vazifalarni vijdonan bajarishga qasamyod qilaman. 1992- yil 4- yanvar
Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Respublikasining umumxalq saylagan birinchi
Prezidenti bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimovning tarjimayi holi.
Islom Abdug‘aniyevich Karimov — 1938- yil 30- yanvarda Samarqand shahrida xizmatchi oilasida
tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Oliy ma’lumotli, O‘rta Osiyo politexnika va Тoshkent xalq xo‘jaligi
institutlarini tugatgan. Muhandis-mexa-nik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Mehnat
faoliyatini 1960- yilda Тoshkent qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961-
yildan 1966- yilgacha V.P. Chkalov nomidagi Тoshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida
muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi. 1966- yilda O‘zbekiston SSR davlat reja
komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan Respublika davlat reja komiteti raisining birinchi
o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983- yilda I. Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri,
1986-yilda O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti Raisining o‘rinbosari, Respublika davlat reja
komitetining raisi etib tayinlanadi. 1986—1989-yillar mobaynida Qashqadaryo viloyati partiya
komitetining birinchi kotibi, 1989- yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy
Komitetining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990- yil 24- mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy
Kengashining sessiyasida I. Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi. 1991- yil 31-
avgust kuni I. Karimov tarixiy voqea — O‘zbe-kiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon
qildi. 1991- yil 29- dekabridan muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I. Karimov
O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidenti etib saylandi. 1995- yil 26- martida bo‘lib o‘tgan
umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra I. Karimovning Prezidentlik vakolati 2000- yilga qadar
uzaytirildi. 2000- yil 9- yanvarda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga saylandi. 2002- yil 27- yanvarda bo‘lib o‘tgan referendumda uning
prezidentlik vakolati 5 yildan 7 yilga uzaytirildi. 2007- yil 23- dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda I.A.
Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. I.A. Karimov O‘zbekiston Fanlar
akademiyasining akademigi (1994- yil), o‘ndan ortiq xorijiy mamlakatlar universitet va
akademiya¬larining faxriy fan doktori, professor va akademikligiga say¬langan. I. Karimov
„O‘zbekiston Qahramoni“ unvoni va „Oltin Yulduz“ medali sohibi (1994), „ Mustaqillik“ (1996), „
Amir Тemur“ (1998) ordenlari bilan mukofotlangan. I. Karimov xalqaro hamkorlikni rivojlantirish,
tinchlikni mustahkamlash, ma’naviyatni tiklash, sportni rivojlantirish sohasidagi xizmatlari uchun
bir qator xalqaro tashkilotlar va nufuzli xorijiy davlatlarning orden va medallari bilan
mukofotlangan. U oilali, ikki nafar farzandi, uch nabirasi bor. Rafiqasi Т.A. Karimova — iqtisodchi
ilmiy xodim. O‘zbekiston Respublikasi Kons¬titutsiyasining 19- bobida O‘z¬be¬¬kiston
Prezidentining Konsti¬tut¬siya-viy maqomi aniq belgilab qo‘¬yilgan. Konstitutsiyaning 89-
moddasida O‘zbekiston Res-publikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat hokimiyati
organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta‘minlaydi, deb belgilab
qo‘yilgan. Pre¬zidentning shaxsi daxlsizdir va qonun bilan muhofaza etiladi. Konstitutsiyaning
93- moddasida O‘zbekiston Prezidentining vazifalari, uning vakolatiga kiradigan masalalar
doirasi belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti: • fuqarolarning huquqlari va
erkinliklariga, O‘zbekiston Res¬¬- publikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishi¬ning
kafilidir; • O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hu¬dudiy yaxlitligini
muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan
zarur chora-tadbirlar ko‘radi; • mamlakat ichkarisida va xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston
Respublikasi nomidan ish ko‘radi; • muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasining
shartnoma va bitimlarini imzolaydi, respublika tomonidan tuzilgan shartnomalarga, bitimlarga va
uning majburiyatlariga rioya etilishini ta’minlaydi; • o‘z huzurida akkreditatsiyadan o‘tgan
diplomatik hamda boshqa vakillarning ishonch va chaqiruv yorliqlarini qabul qiladi; • respublika
Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng
muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi; • viloyatlar hokimlarini va Тoshkent shahar
hokimini qonunga muvofiq tayinlaydi hamda lavozimidan ozod etadi; • O‘zbekiston
Respublikasining qonunlarini imzolaydi va e’lon qiladi, qonunga o‘z e’tirozlarini ilova etib, uni
takroran mu¬¬ho¬¬kama qi¬lish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majlisga qayta¬rishga haqli; •
Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni hisob¬lanadi, Qurolli Kuchlarning oliy
qo‘mondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy unvonlar beradi; • O‘zbekiston
Respublikasining ordenlari, medallari va yorlig‘i bilan mukofotlaydi, O‘zbekiston Respublikasining
malakaviy va faxriy unvonlarini beradi; • O‘zbekiston Prezidenti Konstitutsiya va qonunlarga
asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan respublikaning butun hududida majburiy kuchga ega
bo‘lgan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi. Vakolati tugashi munosabati bilan iste’foga
chiqqan Prezident umrbod Senat a’zosi lavozimini egallaydi. 1995- yil 26- martda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat
muddatini 1997- yildan 2000- yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi
bo‘lib o‘tdi. „O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997- yildan 2000-
yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?“ degan savolga 11 mln 199 ming 415 kishi, yoki ovoz
berishda qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum natijalari Markaziy saylov
komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining tegishli qarori bilan
mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999- yil 19—20- avgust kunlari
bo‘lib o‘tgan XV sessiyasi 2000- yil 9- yan-varda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini
o‘tkazishga qaror qildi. Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston „Fido¬korlar“ milliy demokratik
Dostları ilə paylaş: |