2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI
I.Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizastiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish:
davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni
hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish;
qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
va sud-huquq isloxotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirish;
siyosiy tizimni rivojlantirish, davlat va jamiyat hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish, ular o’rtasida sog`lom raqobat muhitini shakllantirish.
1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish:
davlat boshqaruvi va davlat xizmati tizimini davlat boshqaruvining markazlashtirishdan chiqarish, davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta’minoti darajasini oshirish, hamda iqtisodiyotni boshqarishda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich qisqartirish orqali isloh qilish;
mamlakatni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha vazifalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikning samarasini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklikning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, jismoniy va yuridik shahslaring huquq, erkinlik va qonuniy manfaatlariga oid axborotni taqdim qilishning zamonaviy shakllarini joriy etish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari ko’rsatishning samarasi, sifati va aholi hamda tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan foydalanish imkoniyatini oshirish.
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish:
xalk bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish;
jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o’rni va faoliyatining samaradorligini oshirish;
ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, jurnalistlarning professional faoliyatini himoya qilish.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlari
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash,
sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish
va takomillashtirish:
sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag`batlantirish va ijtimoiy ta’minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
sudyalarga g`ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish;
sudning mustaqilligi va beg`arazligi, sud prostessi tomonlarining tortishuvi va teng huquqligi tamoyillarini xar tomonlama tatbiq etish;
«Xabeas korpus» institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish;
sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash;
sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy qilish.
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash:
fuqarolarning murojaatlarini o’z vaqtida hal etish, murojaatlarni ko’rib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va befarq munosabatda bo’lish holatlariga yo’l qo’yganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini ko’rish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
fuqarolarining hususiy mulkka bo’lgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash;
fuqarolarning odil sudlovga to’sqinliksiz erishishini ta’minlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish.
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish:
jinoyat va jinoyat-prostessual qonunchiligini takomillashtirish
va liberallashtirish, alohida jinoyi qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonpapvaplashtirish;
odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik sud ish yurituvining prostessual asoslarini takomillashtirish;
jinoyat, fuqarolik va xo’jalik ishlarini ko’rib chiqish tartibini takomillashtirish, bir birini takrorlovchi vakolat va instanstiyalarni qisqartirish;
elektron sud ish yurituvi va ijro ishi yurituvining zamonaviy shakl
va usullarini joriy etish.
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish:
jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish;
diniy ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo’yicha tashkiliy-amaliy choralarni yanada kuchaytirish;
korrupstiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupstiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish;
aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, bu boradagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro samarali hamkorligini tashkil etish.
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash:
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish;
sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlarini o’qitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotastiya qilish tizimini takomillashtirish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf etish bo’yicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish;
huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlash.
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish:
davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish;
advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va ho’jalik ishlarini ko’rib chiqishda advokat o’rnini oshirish;
notariat va FHDYo organlari tizimini isloh qilish.
III. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishari
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash
va iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish:
qabul qilingan o’rta muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va institustional o’zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash;
harajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganligini saqlangan holda Davlat byudjetining barcha miqyoslarida muvozanatni saqlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga yo’naltirilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
ilg`or xalqaro tajribaga muvofiq instrumentlardan foydalanish hisobiga pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, milliy valyutaning va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta’minlash;
erkin konvertastiyani ta’minlovchi valyutaga oid munosabatlarni tarktibga solish, milliy valyuta kursini shakllantirishda zamonaviy bozor mexanizmlarni joriy etish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish yo’lini davom etish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag`batlantirishning tegishli choralarini kengaytirish;
bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizastiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchligini mustahkamlash, istiqbolli investistion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish;
yangi turlardagi sug`urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hisobiga ularning xajmini kengaytirish va sifatini oshirish, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va axolining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish yo’li bilan, puxta o’ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishini davom etish, jalb qilingan xorijiy investistiyalar va kreditlardan samarali foydalanish;
3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizastiya va difersifikastiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish;
ishlab chiqarishni modernizastiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmadagi loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan aktiv investistiya siyosatini olib borish;
sanoatni yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom-ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo’shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali yanada modernizastiya va diversifikastiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulotlar va xizmatlar ko’rsatish bozorlarida monopoliyani bosqichma bosqich kamaytirish;
prinstipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiyalar turlarini chiqarishni o’zlashtirish, bunga asosan ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash;
ishlab chiqarish mahalliylashtirishni rag`batlantirish siyosatini davom etish hamda eng avvalo iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperastiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotning energiya va resurs sarfini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalarni tashkil etish, amaldagi zonalarning samaradorligini oshirish;
xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksportning tuzilmasi va geografiyasini diversifikastiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy sohaga, boshqarish tizimiga informastion-kommunikastion texnologiyalarni joriy etish;
3.3. Qishloq xo’jaligini modernizastiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo’shab qolgan erlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bog` va uzumzorlarni joylashtirish;
qishloq xo’jalik ekinlarining yangi selekstiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
fermer xo’jaliklar, enga avvalo qishloq xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko’rsatish bilan shug`ullanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rag`batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xo’jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya va modernizastiya qilish yuzasidan investistiya loyihalarini amalga oshirish;
qishloq xo’jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko’rsatish infratuzilmasini yanada keygatirish;
sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorativ va irrigastiya ob’ektlarning tarmog`ini rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonoviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo’jaligi texnikasidan foydalanish;
global iqlim o’zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xo’jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni ko’rish;
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning huquqlarini himoya qilish va uning istiqbolli rolini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xusuiy tadbirkorlik rivojlanishini rag`batlantirishga qaratilgan institustional va tarkibiy islohotlarni davom etish:
xususiy mulkning huquq va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlash, barcha turdagi to’sqinliklar va cheklanishlarni bartaraf etish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish yo’lida to’liq erkinlik berish, amaliyotda “Agar xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va kuchli bo’ladi” degan prinstipni amalgi oshirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, nazorat va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning noqonuniy aralashuvini qat’iy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarni yanada kengaytirish va soddalashtirish, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav jamg`armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulkining xususiylashtirilgan ob’ektlarning bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;
korporativ boshqaruvining zamonaviy standartlar va usullarni joriy etish, korxonlarni strategik boshqarishda akstiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik sub’ektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanish tartib-taomillar mexanizmalarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini destentralizastiya qilish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlar va o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish;
3.5. Viloyatlar, tumanlar va shaharlarning kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
sostial-iqtisodiy jadal rivojlanishi, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral va xom ashyo, sanoat, qishloq xo’jaligi, turizm va mehnat salohiyatidan kompleks
va samarali foydalanishni ta’minlash;
hududlar iqtisodiyotini modernizastiya va diversifikastiya qilish masshtablarni kengaytirish hisobiga hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasidagi farqini kamaytirish, eng avvalo sanoat va eksport salohiyatini o’stirish yo’li bilan qiyoslangan tuman va shaharlarni jadal rivojlantirish;
yangi sanoat ishlab chiqarish va servis markazlarini tashkil etish hisobiga shahar tipidagi kichik shaharlar va shaharchalarni aktiv rivojlantirish, yirik xo’jalik birlashmalarning mablag`larini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investistiyalarni jalb qilish;
subvenstion tuman va shaharlarni kamaytirish, sanoat va xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat va boshqa ishlab chiqarish ob’ektlarni joylashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda axolining turmush darajasini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish va modernizastiya qilish;
3.6. Turizm sohasini rivojlantirish:
turizm tarmog`ini jadal rivojlantirish, turizm sohasini boshqarish tizimini takomillashtirish;
turizm sohasida viza, listenziya berish va ruxsat olish tartib-taomillarini soddalashtirish;
xorijiy investistiyalar, jahon brendlarini faol jalb qilish, turizm sohasida biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
yangi turizm yo’nalishlarini yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini oshirish.
Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari
4.1. Aholining bandligi va real daromadlarini bosqichma-bosqich oshirish:
aholining real pul daromadlarini va xarid qobiliyatini oshirish,
kam ta’minlangan oilalarni va aholining daromadlari bo’yicha farqlanishi darajasini yanada qisqartirish;
byudjet muassasalari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarning hajmini inflyastiya sur’atlariga nisbatan jadal miqdorda bosqichma-bosqich oshirish;
yangi ish o’rinlari yaratish hamda aholining, eng avvalo, o’rta maxsus
va oliy o’quv yurtlari bitiruvchilarining oqilona bandligini ta’minlash, mehnat bozori infrastrukturasining mutanosibligi va rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini qisqartirish;
mehnatga qobiliyatli aholining mehnat va tadbirkorlik faolligini to’liq amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ishchi kuchi sifatini oshirish, ishga joylashtirishga muhtoj shaxslarni kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini kengaytirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish:
aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish;
sog`liqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo’g`ini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sog`lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish;
pensionerlar, nogironlar, yolg`iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga
tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish;
farmastevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
aholi kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini ta’minlash.
4.3. Arzon uy-joylar qurish bo’yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi
yo’l-transport, muhandislik-kommunikastiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizastiya qilish:
aholining, eng avvalo, yosh oilalar, eskirgan uylarda yashovchilar
va fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boshqa toifalarining yashash shart-sharoitlarini imtiyozli shartlarda ipoteka kreditlari ajratish hamda shaharlar va qishloq joylarida arzon uylarni qurish orqali yanada yaxshilash;
kommunal-maishiy xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish, eng avvalo, yangi suv o’tkazish tarmoqlarini qurish, zamonaviy tejamkor va samarali texnologiyalarni bosqichma-bosqich joriy etish orqali qishloq joylarida aholining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishini tubdan yaxshilash;
odamlar yashashining ekologik xavfsizligini ta’minlash, maishiy chiqindilarni qayta ishlash komplekslarini qurish va modernizastiya qilish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, aholini chiqindi
yo’q qilishning zamonaviy ob’ektlari bilan ta’minlash;
aholiga transport xizmati ko’rsatishni tubdan yaxshilash, yo’lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atmosferaga zararli ifloslantiruvchi moddalarni qisqartirish, yangi har tomonlama qulay avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostanstiyalarni qurish hamda rekonstrukstiya qilish;
yo’l infrastrukturasi qurilishi va rekonstrukstiya qilinishini jadal davom ettirish, eng avvalo, mintaqaviy avtomobil yo’llarini rivojlantirish, xo’jaliklararo qishloq avtomobil yo’llarini, aholi punkti ko’chalarini kapital va joriy ta’mirlash;
yangi elektr ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va mavjudlarini modernizastiya qilish asosida aholini elektr energiyasi bilan ta’minlashni yaxshilash, past kuchlanishli elektr tarmoqlari va transformator punktlarini yangilash, shuningdek, aholini boshqa yoqilg`i-energiya resurslari bilan ta’minlashni yaxshilash va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
teatr-tamosha, madaniy-ma’rifiy tashkilotlar va muzeylar faoliyatini rivojlantirish hamda takomillashtirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish:
uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish yo’lini davom ettirish, sifatli ta’lim xizmatlariga imkoniyatlarni oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
ta’lim muassasalarini qurish, rekonstrukstiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o’quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi
va o’quv-metodik qo’llanmalar bilan jihozlash bo’yicha ishlarni amalga oshirish orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni ko’rish;
bolalar maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog`ini kengaytirish, bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun maktabgacha ta’lim muassasalaridagi shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va uning qulayligini ta’minlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish;
umumiy o’rta ta’lim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika, matematika, fizika, ximiya, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori bo’lgan predmetlarni chuqurlashtirilgan tarzda o’rganish;
bolalarni sport bilan ommaviy tarzda shug`ullanishga jalb qilish, ularni musiqa va san’at olami bilan bog`lash maqsadida yangi bolalar sporti ob’ektlarini, bolalar musiqa va san’at maktablarini qurish, mavjudlarini rekonstrukstiya qilish;
kasb-hunar kollejlari o’quvchilarini bozor iqtisodiyoti va ish beruvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan mutaxassisliklar bo’yicha tayyorlash hamda ishga joylashtirish borasidagi ishlarni takomillashtirish;
ta’lim va o’qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko’paytirish;
ilmiy-tadqiqot va innovastiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy va innovastiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish.
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish:
jismonan sog`lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy nuqtai-nazariga ega, Vatanga sodiq yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish;
yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash hamda amalga oshirish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish;
yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, yosh oilalar uchun munosib uy-joy
va ijtimoiy-maishiy shart-sharoitlar yaratish;
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ta’lim muassasalari, yoshlar va boshqa tashkilotlarning samarali faoliyatini tashkil etish.
Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar
5.1. Xavfsizlik, diniy bag`rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
O’zbekiston Respublikasining konstitustiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish;
axborot xavfsizligini ta’minlash va axborotni himoya qilish tizimini takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o’z vaqtida
va mutanosib ravishda qarshi harakatlarni tashkil etish;
fuqarolik, millatlar va konfessiyalararo tinchlik va totuvlikni mustahkamlash;
davlatning mudofaa salohiyatini mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va qobiliyatini oshirish;
atrof-tabiiy muhit, aholi sog`lig`i va genofondiga putur etkazuvchi ekologik muammolarning oldini olish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va bartaraf etish tizimini takomillashtirish.
5.2. Chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar:
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustaxkamlash, mamlakatning halqaro munosabatlar to’la huquqli sub’ekti sifatida o’rni va rolini kuchaytirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekiston tevaragida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo’shnichilik mintaqasini
vujudga keltirish;
O’zbekiston Respublikasining halqaro nufuzini mustahkamlash, jaxon hamjamiyatiga mamlakatda olib borilayotgan islohotlar haqida xolis axborotni etkazish;
O’zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatini normativ-huquqiy bazasini hamda halqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat chegarasining demilitastiya va demarkastiya masalalarini
hal etish.