Ichki muxitlarning asosiy fizik-ximik xossalari



Yüklə 69,57 Kb.
səhifə1/3
tarix16.11.2022
ölçüsü69,57 Kb.
#69500
  1   2   3
ICHKI MUXITLARNING ASOSIY FIZIK-XIMIK XOSSALARI


ICHKI MUXITLARNING ASOSIY FIZIK-XIMIK XOSSALARI
Ichki ishqalanish — qovushoqlik oquvchan jismlar(suyuqlik va gazlar)ning asosiy xususiyatlaridan biri boʻlib, moddani tashkil etgan bir guruh zarralarning boshqalariga nisbatan koʻchishiga qarshilik koʻrsatishidir. Natijada, bu koʻchishga sarflangan makroskopik ish, issqlik koʻrinishida sarflanadi. Qattiq jismlar (shisha, metallar, yarimo'tkazgichlar, dielektriklar, ferromagnetiklar) ham ichki ishqalanish xossasiga ega bo'lishi mumkin. Lekin qattiq jismlardagi ichki ishqalanish hodisasini elastiklik nazariyasi boʻlimida alohida koʻrib chiqiladi.
Juda kichik miqdordagi kuchlar taʼsirida oʻz shaklini oʻzgartiruvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan oʻz zarrachalarining juda harakatchanligi bilan ajralib turadi va oquvchanlik xususiyatiga ega boʻladi. Shuning uchun ular qaysi idishga quyilsa, oʻshaning shaklini oladi.
Gidravlikada suyuqliklar ikki guruhga: tomchilanuvchi suyuqliklarga va gazsimon suyuqliklarga ajraladi. Suyuqlik deganda tomchilanuvchi suyuqlikni tushunishga odatlanilgan boʻlib, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda hamda texnikada ushrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir.
Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega:
hajmi bosim taʼsirida juda kam oʻzgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta;
harorat oʻzgarishi bilan hajmi oz miqdorda oʻzgaradi;
choʻzuvchi kuchlarga deyarli qarshilik koʻrsatmaydi;
sirtida molekulalararo oʻzaro qovushoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi.
Suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar qoʻyilish usuliga qarab ichki va tashqi kuchlarga ajraladi:
ichki kuchlar — suyuqlik zarrachalarining oʻzaro taʼsiri natijasida vujudga keladi;
tashqi kuchlar — suyuqlikka boshqa jismlarning taʼsirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining taʼsiri, ochiq yuzaga taʼsir qilayotgan havo bosimi va h.k.).
Ishki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon boʻladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi. Tashqi kuchlarni yuza boʻyicha va hajm boʻyicha taʼsir qiluvchi kuchlar sifatida koʻrish mumkin. Shuning ushun suyuqliklarga taʼsir qiluvshi kuchlar yuza boʻyicha yoki hajm boʻyicha taʼsir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlarga boʻlinadi.
Ichki ishqalanish hodisasining roʻy berish mexanizmi quyidagicha: xaotik harakatlanayotgan suyuqlik molekulalari bir qatlamdan boshqasiga impulslarni oʻtkazadi, bu esa tezliklarning tenglashishiga olib keladi.
Sistemadan tashqari birligi — Engler burchagi) qovushoqlik turlari farqlanadi. Kinematik qovushoqlikni dinamik qovushoqlikning modda zichligiga nisbati sifatida qarash mumkin. Kinematik qovushoqlikni aniqlash uchun biron aniq yuzali tirqishdan ogʻirlik kuchi taʼsirida oqib oʻtish vaqtini oʻlchash usuli qoʻllaniladi. Qovushoqlikni olchash uchun moʻljallangan qurilmaga viskozimetr deyiladi.
Suyuqlik yoki gazning tabiatiga bogʻliq boʻlgan proporsionallik koeffitsiyentini dinamik qovushoqlik koeffitsiyenti deb ataladi. Bu qonuniyat 1687-yilda Isaak Nyuton tomonidan taklif etilgan va shuning uchun Nyutonning qovushoqlik qonuni deb ataladi. Ushbu qonun XIX asrda Kulonning burilma tarozida oʻtkazgan tajribalarida hamda Xagen va Puazeylning kapillyarlardagi suyuqlik harakatiga doir tajribalarida oʻzining eksperimetal isbotini topdi.
Suyuqliklardagi ichki ishqalanishning quruq ishqalanishdan asosiy farqi shundaki, juda kichik miqdordagi tashqi kuch hamda ichki ishqalanish hisobiga jismlar oson harakatga keladi. Boshqacha aytganda ichki ishqalanish uchun tinchlikdagi ishqalanish tushunchasi mavjud emas. Shuningdek, faqatgina ichki ishqalanish hisobiga yuzaga kelgan harakat hech qachon toʻxtamaydi. Yaʼni ushbu harakat cheksiz sekinlashishi mumkin, lekin toʻxtamaydi.
Qattiq jismlardagi deformatsiyadan farqli ravishda, suyuqliklar deformatsiyasi uchun qovushoqlik kuchlanishi tushunchasi kiritiladi. Bunda suyuqlik qatlamlari siljishi natijasida hosil boʻlgan kuchlanish, u qancha masofaga siljiganiga bogʻliq emas. U faqatgina siljish qanchalik tez roʻy berishiga bogʻliq.
Ichki ishqalanish koeffitsiyenti — suyuqlikning ana shu xossasini xarakterlaydi. Uni koʻz oldimizga keltirish uchun Kuettning yassi oqimidan foydalanamiz (1-rasm).

1-rasm.
Kuett oqimida suyuqlik ikkita cheksiz yassi plastinkalar orasida harakatlanadi. Bu plastinkalardan biri harakatsiz, ikkinchisi esa doimiy {\displaystyle u} tezlik bilan harakatlanadi. Agar ushbu plastinkaning tezligi yetarlicha kichik boʻlsa(turbulentlik hosil boʻlishining oldini olish uchun), suyuqlikning statsionar holatdagi zarralari unga parallel yoʻnalishda harakatlanadi. Ularning tezligi esa 0 dan {\displaystyle u} gacha oʻzgaradi. Har bir suyuqlik qatlami oʻzidan pastroqda turgan qatlamdan tezroq harakatlanadi va ular orasidagi ishqalanish, ularning nisbiy harakatiga qarshi yoʻnalgan kuchni hosil qiladi. Xususan, suyuqlik yuqordagi plastinkaga, uning harakat yoʻnalishiga qarama-qarshi yoʻnalgan, pastki plastinkaga esa xuddi shunday qiymatdagi kuch bilan taʼsir qiladi. Shu sababli yuqori plastinka doimiy tezlikda harakatlanishi uchun qoʻshimcha tashqi kuch talab etiladi.
Hajmiy qovushoqlik[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hajmiy qovushoqlik yoki ikkilamchi qovushoqlik harakat yoʻnalishida impulsning uzatilishi natijasida yuzaga keladi. Suyuqlikning siqiluvchanligini va(yoki) qovushoqlik koeffitsiyentining bir jinsli emasligini hisobga olgandagina yuzaga keladi.
Agar dinamik (va kinematik) qovushoqlik sof siljish deformatsiyasini xarakaterlasa, ikkilamchi qovushoqlik hajmiy siqilish deformatsiyasini xarakterlaydi.
Hajmiy qovushoqlik tovush va zarb toʻlqinining soʻnishida muhim rol oʻynaydi va tajribalarda, asosan, toʻlqinlarning soʻnishini oʻlchash orqali aniqlanadi.
Masalan, zarb toʻlqinlarining tarqalishida yuzaga kelgan hajmiy qovushoqlikni quyidagi formuladan aniqlash mumkin:
Suyuqlik juda tez siqilganda yoki kengayganda, u termodinamik muvozanat holatidan chiqib ketadi. Natijada uni muvozanat holatiga qaytaruvchi ichki kuchlar paydo boʻladi. Bu kuchlar, odatda, muvozanatni buzgan taʼsir kabi tez boʻladi. Shu sababli hajmiy oʻzgarishga nisbatan muvozanatning tiklanishi deyarli bir zumda roʻy beradi. Faqatgina, agar hajmiy oʻzgarish tezligi juda katta boʻlmasa.
Agar ushbu kuchlarning relaksatsiya vaqti katta boʻlsa, suyuqlikning siqilishi yoki kengayishida energiyaning sezilarli miqdorda dissipatsiyasi(issiqlik energiyasiga aylanishi) kuzatiladi. Bu dissipatsiyani ikkilamchi qovushoqlik {\displaystyle \zeta } ning qiymati katta ekanligi bilan tushuntirishimiz mumkin.
Tabiatda va kundalik turmushda ishlatiladigan deyarli hamma suyuqliklar Nyuton qonuniga boʻysunadi. Boshqacha aytganda, atrofimizdagi deyarli barcha suyuqliklar Nyuton suyuqliklaridir.

2-rasm.
Nyuton suyuqliklari boʻlmagan suyuqliklar, asosan, sanoat ishlab chiqarishida yoki texnikada ishlatiladi. Ularni qovushoqlik koeffitsiyentining deformatsiya tezligiga bogʻliqligiga qarab psevdoplastiklar va dilatant suyuqliklar turlariga ajratiladi. Agar qovushoqlik koeffitsiyenti vaqt oʻtishi bilan oʻzgarsa, bunday suyuqlik tiksotrop suyuqlik deb ataladi.
Temperatura ortganda koʻp suyuqliklarda qovushoqlik kamayadi. Bu har bir molekulaning kinetik energiyasi, molekulalar orasidagi oʻzaro taʼsir potensial energiyasidan tezroq ortishi bilan tushuntiriladi. Shuning uchun ham barcha moylarni sovitishga harakat qilinadi. Aks holda ular juda oquvchan boʻlib qolishi va turli xavflarni yuzaga keltirishi mumkin.


Yüklə 69,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin