Idrok haqida tushuncha. Idrokning xossalari



Yüklə 62,14 Kb.
səhifə1/3
tarix17.09.2023
ölçüsü62,14 Kb.
#144859
  1   2   3
idrokni diagnostika qilish


Mavzu: Idrokni psixodiagnostika qilish
Reja:

  1. Idrok haqida tushuncha.

  2. Idrokning xossalari, idrokda ob’yekt va fon, appersepsiya, idrokning konstantligi

  3. Idrokni psixodiagnostika qilish


  1. Idrok haqida tushuncha.



Idrok-deb sezgi a‘zolariga bevosita ta‘sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarni kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.

Narsalar yoki hodisalarning sezgi a‘zolariga bevosita ta‘sir qilish jarayonida kishi ongida aks etishiga sezgilarning tartibga solishi hamda narsalar va voqea- hodisalarning yaxlit obrazlariga birlashuvi yuz beradi. Idrokning sеzgidan farqi, narsalarni umumlashgan holda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning prеdmеtliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. Idrok narsalarni umuman, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisidan iborat tarzda emas, balki hissiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlari bilan sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi. Idrokning ancha muhim xususiyatlari predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik va anglanilganlikdan iborat.

Idrokning predmetliligi ob‘yektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada, ya‘ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o‘sha dunyoga mansubligida ifoda etadi. Bu xildagi mansublik bo‘lmasa, idrok kishining amaliy faoliyatida o‘zining mo‘ljal oldirish va yo‘naltirishdan iborat vazifasini bajara olmaydi. Idrokning predmetliligi tug‘ma xislatga kirmaydi. Predmetlilik idrokning belgisi sifatida hatti-harakatni boshqarishda alohida rol o‘ynaydi.


Idrokning yana bir xususiyati uning yaxlitligidir. Sezgi a‘zolariga ta‘sir qiladigan narsaning ayrim xususiyatlarini aks ettiradigan sezgilardan farqli o‘laroq, idrok narsaning yaxlit obrazi hisoblnadi. O‘z-o‘zidan ravshanki, bu yaxlit obraz narsaning ayrim xususiyatlari va belgilari haqida turli xil sezgilar tarzida olinadigan bilimlarni umumlashtirish negizida tarkib topadi.
Idrokning yaxlitligi uning strukturaliligi bilan bog‘langandir. Idrok ma‘lum darajada bizning bir lahzalik sezgilarimizga javob bermaydi va ularning shunchaki oddiy yig‘indisi ham emas. Biz ana shu sezgilardan amalda mavhumlashgan va birmuncha vaqt davomida shakllanadigan umumlashgan strukturani idrok etamiz. Agar kishi birorta kuyni tinglayotgan bo‘lsa, oldinroq eshitgan ohangi yangisi eshittira boshlangandan keyin ham uning qulog‘iga chalinayotganday tuyulaveradi. Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob‘yektlarning o‘ziga xos xususiyatlarida va, ikkinchi tomondan, insonning aniq faoliyatida gavdalanadi. I.M.Sechenov ta‘kidlaganidek, idrokning
yaxlitligi va strukturaliligi analizatorlarning reflektor faoliyatining natijasidir.
Idrokning yaxlitligi va strukturaliligi manbalari, bir tomondan, aks ettiriladigan ob‘еktlarning o‘ziga xos xususiyatlaridir, va ikkinchi tomondan
insonning konkrеt faoliyatida gavdalanadi, ya‘ni analizatorlarning rеflеktor faoliyati natijasidir.




  1. Yüklə 62,14 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin