Ijtimoiy-hissiy rivojlanish



Yüklə 20,92 Kb.
səhifə1/4
tarix29.10.2022
ölçüsü20,92 Kb.
#66702
  1   2   3   4
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish


Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari. «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» va “Ijtimoiy-hissiy rivojlanish” sohasi kompetensiyalariga bering
1 Bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari.
Bolaning kompetensiyalari bola rivojining quyidagi sohalarida belgilanadi:
• jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi;
• ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
• nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari;
• bilish jarayonining rivojlanishi;
• ijodiy rivojlanish.
«Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so‘ng 6-7 yoshli bola: • o‘z imkoniyatlari va yoshi bilan bog‘liq jismoniy rivojlanish me'yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko‘rsatadi;
• turli harakatchanlik faolligini uyg‘un ravishda va maqsadli bajarishni biladi;
• turli hayotiy va o‘quv vaziyatlarida mayda motorika ko‘nikmalaridan foydalanadi;
• o‘z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi;
• shaxsiy gigiyena malakalarini qo‘llaydi;
• sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi;
• xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi.
2. «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasidagi o‘quv-tarbiyaviy faoliyat yakuniga yetganidan so‘ng 6-7 yoshli bola:
• o‘z «Men»i va boshqa insonlarning hayotiy faoliyat muhitidagi roli to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘ladi;
• o‘z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi;
• o‘zgalarning hissiyotlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi;
• kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi;
• murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo‘llarini topadi O‘quv-tarbiyaviy jarayon O‘quv-tarbiyaviy jarayon «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'lim muassasasi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni o‘quv yili bo‘yicha tashkil qiladi. 
Rivojlanish sohalari bo‘yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish Kolonnada bir, ikki, to‘rt kishi bo‘lib yurish ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish O‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganish nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari Bolaning og‘zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash bilish (anglash) orqali rivojlanish Vatan, mahalla to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash ijodiy rivojlanish Hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini, harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalash
Tarbiyachi ta'lim sohalarini o‘zlashtirish bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarga ham e'tibor qaratadi, bolaning qanday sifatlari qo‘llab-quvvatlashni talab etishini, har bir bola uchun qanday vazifalar dolzarbligini aniqlaydi. Keyin Bolaning ayni davrdagi yoshini hisobga olgan holda uning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari xaritasi to‘ldiriladi. Oraliq kuzatuv birinchi yarim yillik oxirida (dekabr, yanvar) o‘tkaziladi. Bu monitoringni o‘tkazishdan maqsad bolaga nisbatan tanlangan metodikaning to‘g‘riligini aniqlash, rivojlanish dinamikasini belgilashdan iborat. Mazkur kuzatuv natijalariga ko‘ra, tarbiyachi, boshqa mutaxassislar bilan hamkorlikda, zarurat tug‘ilgan holatlarda pedagogika jarayoniga tuzatishlar kiritishi mumkin. O‘quv yili oxirida (odatda may oyida) tarbiyachi yakuniy kuzatuv o‘tkazadi. Mazkur kuzatuv asosida yil boshida qo‘yilgan vazifalar qanday hal qilingani baholanadi, mazkur bola rivojida kutilayotgan yangi natijalarni hisobga olgan holda keyingi pedagogik jarayondan ko‘zda tutiladigan maqsadlar belgilanadi. Kuzatuv o‘tkazishda quyidagi tamoyillarga tayanish lozim:
• kuzatuv bola uchun odatiy sharoitda amalga oshiriladi va bolaga yordam berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi;
• bola rivoji borasida yanada xolis tasavvur hosil qilish uchun kuzatuv kamida ikki hafta (yoki oy) mobaynida olib boriladi;
• tarbiyachi bola to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ota-onalar yoki muassasaning boshqa xodimlari bilan suhbatlar jarayonida olishi mumkin;
• tarbiyachi bolaning moyilliklari, qiziqishlariga, uning muloqot qilish va bilim olish xususiyatlariga e'tibor qaratishi lozim. O‘quv yili oxirida tarbiyachi yakuniy pedagogika kengashiga bolalar tomonidan o‘quv dasturi o‘zlashtirilishining sifat darajasi to‘g‘risida hisobot yozadi va unda bolalar tomonidan tegishli natijalarga erishilmagan bandlar hamda ular nega bajarilmaganligi sabablariga to‘xtalib o‘tadi (ba'zi metodikalar o‘zlashtirilmagani, tarqatma materiallar, adabiyotlarning yetarli bo‘lmagani, guruh texnika vositalari bilan yetarli darajada ta'minlanmagani, bolaning betob bo‘lgani va darslarni o‘tkazib yuborgani, ota-onalarning faol bo‘magani va h.k.). Ushbu natijalar asosida sabablarni bartaraf etish borasidagi ishlar rejalashtiriladi va mazkur guruh uchun kelasi yilga mo‘ljallangan vazifalar belgilanadi.

Yüklə 20,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin