Ijtimoiy-psixologik moslashkanlik tushinchasi



Yüklə 21,32 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü21,32 Kb.
#174211
  1   2
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHKANLIK TUSHINCHASI.


IJTIMOIY-PSIXOLOGIK MOSLASHKANLIK TUSHINCHASI.
Reja:
1.Ijtimoiylashish jarayonini tadqiq etishda sotsial psixologiya va genetik psixologiyaning o‘zaro ta’siri.
2.Ijtimoiylashishning ijtimoiy-psixologik va sotsiologik aspektlari.
3.Jamiyat va shaxs o‘zaro munosabati, shaxs aktivligi.
4.Individ ijtimoiylashishining asosiy bosqichlari.
5.Ijtimoiylashish mexanizmlari va institutlari.
Ijtimoiylashuv yoki sotsializatsiya tushunchasi sof ijtimoiy-psixologik va sotsiologik kategoriya bo‘lib, bu shaxsning uni o‘rab turgan tashqi ijtimoiy muhit ta’sirlariga berilishi, uning norma va qoidalarini o‘zlashtirishga moyilligi, o‘zlashtirganlik darajasini ifodalovchi jarayondir. Bu tushunchaning umumiy ma’nosida insonning tug‘ilib, o‘zini bevosita o‘rab turgan tashqi muhit ta’sirida ulg‘ayishi, shu jamiyat, shu atrof-muhit qurshovida tarbiyalanishi yotadi. Oila muhiti har bir shaxs uchun ana shunday birlamchi, dastlabki ijtimoiylashuv o‘chog‘i, maskani hisoblanadi. Ijtimoiylashuvning ikkilamchi maskanlari ham mavjudki, unga barcha bosqichdagi ta’lim muassasalari, Mehribonlik uylari, maxsus internatlar hamda harbiy bilim yurtlari kiradi. Chunki u yerda nisbatan uzoq vaqt mobaynida bola tarbiyalandi, o‘sha yerning normalari, qadriyatlari va talablari ta’sirida dunyoqarashi shakllanadi, shaxs bo‘lib yetiladi. Agar dastlabki yoki ikkilamchi sotsializatsiyadan chekinish, undan mahrum bo‘lish yoki xulqning tashqi salbiy ta’sirotlar natijasida deviant shaklga kelishi qayd etilsa, unda ilmiy tilda aytganda, resotsializatsiya deb nomlangan jarayon nazarda tutiladi.
Shunday qilib, tor ma’noda ijtimoiylashuv shaxsning ijtimoiy muhitga kirib borishi, unda singib ketishi, tashqi ijtimoiy muhit normalarini qabul qilib ularga rioya qilishi yoki qilmasligini tushuntiruvchi jarayondir. “Ijtimoiylashuv” tushunchasi ma’no jihatdan yaqin bo‘lgan ikki xil tushuncha bilan bog‘liq: “tarbiya” va “moslashuv”. Ijtimoiylashuv tarbiya jarayonidan ancha kengroqdir, chunki uning ma’no-mazmunida har doim ham qolipga solib bo‘lmaydigan, har doim ham shaxs tomonidan anglanmaydigan holatlar ham mavjud bo‘ladi. Moslashuv esa ijtimoiylashuvning bir tarkibiy qismi, uning mexanizmi sifatida qaralishi mumkin. Ijtimoiy-psixologik moslashuv, ya’ni, shaxsning ijtimoiy munosabatlarga ko‘nikishi va moslashishi orqali orttirgan tajribasi umumiy ijtimoiylashuvning bir ko‘rinishidir.
Ijtimoiylashuv jarayonida inson jamiyatdagi ijtimoiy normalarni o‘zlashtiradi, turli rollarni bajarishga o‘rganadi, jamoatchilik sharoitida o‘zini tutish ko‘nikmalarini hosil qiladi. Shaxsning ijtimoiylashuvi shu ma’noda uning ijtimoiy borliqni bilishiga, anglashiga asoslanadi.
Ijtimoiylashuv manbalariga quyidagilar kiradi:
bolalik davrida orttirilgan tajriba – bu jarayon psixik funksiyalarning shakllanishi va dastlabki ijtimoiy xulq normalarining namoyon bo‘lishi bilan parallel ravishda kechadi;
ijtimoiy institutlar – ta’lim va tarbiya tizimi; oiladan boshlab, to oliy o‘quv yurtlari va undan yuqori pog‘onalardagi ta’lim olishga imkon beruvchi maskanlar, mehnat jamoalari shular jumlasidandir;
muloqot va hamkorlikdagi faoliyat jarayonidagi odamlarning ta’siri. Bu o‘rinda ham rasmiy, ham norasmiy sharoitlarda odamlarning bir-birlari bilan muloqoti, muomala maromlari nazarda tutiladi.
Inson hayoti mobaynida bajaridigan har bir rolida uni o‘rab trugan ijtimoiy borliqning normalari, qoidalari, xulq-atvor mezonlari o‘z aksini topgan bo‘ladi. Har bir odam hayoti mobaynida xaddan ziyod ko‘p turli rollarni bajaradiki, ularning barchasi uning ijtimoiylashuv tajribasida munosib iz qoldiradi. Shuning uchun ushbu jarayonda har bir odam o‘zining jamiyatda o‘rnini topishga intiladi va samarasiga ko‘ra u yoki bu mavqega erishadi. Aslini olganda ijtimoiylashuvning har bir bosqichida shaxs o‘zining “Men”ini tobora anglab, unga kerakli tuzatishlar kiritib boradi. Agar shaxsiy tajriba ijobiy bo‘lib, odam ko‘rgan-kechirganlaridan yaxshi va to‘g‘ri xulosalar chiqarib, to‘g‘ri turmush tarzini shakllantira olsa, uning odamlar orasida obro‘si yuqori, aks holda shaxs degradatsiyasi, xulqdagi deprivatsiyalar haqida xulosa chiqariladi.
Demokratik jamiyatda ijtimoiylashuvning ma’nosi odamning o‘z “Men”ini to‘la ifoda eta olishi, o‘z iqtidori, salohiyati va imkoniyatlarini o‘z kamoli va odamlar manfaatiga bo‘ysundira olishi bilan ifodalanadi. Totalitar tuzum esa aksincha, odamlarda mazoxizm (tobelikka ko‘nikish, ahloqan past ketishliklar), sadizm (o‘zgalar ustidan cheksiz hukmron bo‘lishga intilish, odamlarni qo‘rqitish, ular ustidan zo‘ravonlikni namoyon etish), destruksiya (o‘z nochorligidan qutulish uchun butun dunyoga zarar keladigan harakatlarlardan jirkanmaslik), konformizm (o‘z “Men”idan voz kechib bo‘lsa ham o‘zgalar hukmiga itoat etishga o‘rganib qolish) kabi holatlarni keltirib chiqaradi.
Demokratik o‘zgarishlar, inson manfaatlarining hurmat qilinishi qanday ijobiy holatlarga olib kelishini biz mustaqil O‘zbekistonning demokratik islohotlari va ularning yurtimizda yashayotgan, tug‘ilib kamol topayotgan insonlar taqdirida ham ko‘rib turibmiz. Mustaqillik yillarida bizning yurtdoshlarimizning nafaqat dunyoqarashi, fikrlash tarzi va mental qobiliyatlari, balki o‘zlariga, o‘zgalarga, O‘zbekistoonni o‘zining yagona Vatani deb tan olgan minglab qardosh millat vakillariga ham munosabatlari yaxshi tomonga o‘zgardi, barcha bunyodkorlik, Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida bir tan, bir jon bo‘lib, harakat qilishga o‘rgandi. Shuning uchun ham o‘sib kelayotgan yosh avlod katta avloddan ko‘ra aqlli, dono, ilmga chanqoq, demokratik o‘zgarishlarga ko‘nikkanroq bo‘lib voyaga yetmoqda. Chunki ularning ijtimoiylashuvi uchun yurtimizda barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa, Prezidentimiz tashabbuslari bilan hukumatimiz tomonidan yaratilgan sharoitlar bois amalga oshirilayotgan “Sog‘lom ona – sog‘lom bola” harakati, Kadrlar tayyorlash milliy dasturining keng ko‘lamda barcha ta’lim bosqichlarida muvaffaqityali joriy etilganligi o‘zining juda katta ijtimoiy samarasini bermoqda.
Oilaviy ijtimoiylashuvning qadri va ahamiyati shundaki, uning ta’sirida birinchidan, shaxs katta, mustaqil hayotga, jumladan, oilaviy hayotga tayyorlanadi, o‘ziga yarasha sifat va fazilatlarni shakllantirib boradi, ikkinchidan, har tomonlama yetuk, barkamol, aqlli, sog‘ va salomat shaxs bo‘lib yetishish imkoniyatiga ega bo‘ladi. YA’ni, oila va uning sog‘lom ma’naviy muhiti bolani jamiyatda yashashga, o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan murosa qilish, hamkorlikda faoliyat yuritish, kasb-hunarli bo‘lish, muomalada ahloq-odob normalariga bo‘ysunishga o‘rgatadi, psixologik jihatdan tayyorlaydi.
Rus sotsiolog olimi A.Antonovning ta’kidlashicha, oila ijtimoiy-psixologik yaxlitlik sifatida shaxsga shunday normativ va axborot ta’sirlarini ko‘rsatadiki, oqibatda bola eng avvalo, jamiyatdagi qonuniy normalar, xulq andozalarini egallaydi. Oila qanchalik inoq, uyushgan va mustahkam bo‘lsa, uning normativ ta’siri ham shunchalik ijobiy samarali bo‘ladi. Bunday oilada o‘zining qadriyatlaridan tashqari, jamiyatning qadriyatlari, qonun-qoidalar va normalar hurmat qilinadi, bola boshidan jamiyatda yashashga o‘rgatilgan bo‘ladi. Uning ahamiyati shundaki, farzand maktabgacha tarbiya muassasasida ham, keyinchalik maktab, kollej yoki litseyda o‘qiganda ham tartibli, intizomli, aytilgan vazifa, berilgan topshiriqlarni mas’uliyat bilan vijdonan bajaradigan bo‘lib, bolalar jamiyatida hamisha o‘zining o‘rniga ega bo‘la oladi. Bunday farzandga turli bid’atlar, bemaza chaqiriqlar, da’vatlar ta’sir etmaydi, mustqil fikrli, pok vijdonli inson bo‘lib yetishadi. Chunki, oila bu kichik jamiyat, jamiyatning kichiklashgan andozasi, oila mustahkam bo‘lsa, jamiyat ham mustahkam bo‘lishini o‘zbek xalqi juda yaxshi biladi, shuning uchun ham ayniqsa, mustaqillik yillarida oila bizning Vatanimizda qadrlanadi, nikoh muqaddas rishta sifatida e’zozlanadi. Prezidenimiz Islom Karimovning 2007 yilda imzo chekkan “Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni aynan yurtimizda oila institutini mustaqhkamlash, uning yosh avlodni ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashga qaratilgan tarixiy hujjatdir. Unda ko‘zda tutilgan vazifalarning muvaffaqitli ado etilishi oilaviy ijtimoiylashuvning samarador-ligini ta’minlaydi.
Shunday qilib, bolaning ijtimoiylashuv jarayoniga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi qator ijtimoiy omillar mavjud. Masalan, jamiyat miqyosida amalga oshirilayotgan islohotlar, davlatning yoshlar siyosati, ta’lim muassasalari va u yerlardagi ta’lim va tarbiya standartlari, diniy muassasalar (machitlar), bozor munosabatlari kabi qator jarayonlar ushbu masalaning mazmun va mohiyatini belgilaydi. Yuqorida aytilgan resotsializatsiya jarayonidan tashqari, oila muhitining o‘zi ham ayrim holatlarda salbiy ma’nodagi ijtimoiylashuvga aloqador bo‘lib qolishi mumkin. Olimlar o‘tkazilgan qator tadqiqotlar asosida ana shunday omillarning to‘rt guruhini ajratganlar:
1.Ota-onalar o‘rtasida murosaning yo‘qligi, oilaviy o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash borasida aniq belgilangan ahloqiy tamoyillarning mavjud emasligi;
2. Ota-onalarning ruhiy nosog‘lomligi va qonunbuzarligi;
3.Yashash sharoitlarining yaxshi emasligi, bolaning to‘laqonli o‘sishi, dars tayyorlashi, jismonan chiniqishi uchun sharoitlarning yetarli emasligi;
4.Maktab sharoitining talab darajasida emasligi;
5. Mahalla hududida oila obro‘sining yaxshi emasligi, notinch, noqobil oila maqomiga egalik;
6.Global axboratlashuv sharoitida turli axborot manbalari, jumladan, Internet tarmog‘i orqali bola ongiga yetib kelayotgan turli ma’lumot, ig‘vo, uydirma, mish-mish, oila qadriyatlariga zid axloq namunalari va boshqalar oxirgi yillarda bola ijtimoiylashuviga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy omillar jumlasidandir.
Yuqoridagi holatlar ayniqsa, globallashuv davrida oila institutining bola sotsializatsiyasi va ijtimoiy tarbiyasidagi o‘rni nechog‘li sezilarli ekanligini yana bir marotaba isbotlamoqda.
Demokrit (mil. avv. 460-370 y) oʻz ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan.
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning oʻzaro munosabati gʻoyasini ilgari surgan. Uningcha, tarbiya ishi davlatning eng muhim vazifasi hisoblangan.
Arastu (mil.avv. 384-322 y) antik dunyoda tarbiyaning eng toʻliq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli oʻlaroq u inson tarbiyasida asosiy urgʻuni davlatga toʻliq boʻysundirishga emas, balki insonning oʻzini manfaatlariga qaratadi. Bundan tashqari, u shaxsning jamoat bilan uygʻun rivojlanishi toʻgʻrisidagi gʻoyani ham birinchilardan boʻlib oʻrtaga tashlagan.
Feodalizm davri tarbiyasining oʻziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari qoidalariga qattiq amal qilish boʻlgan. Oʻsha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik gʻoyasini yaratuvchilari oʻsib kelayotgan avlodga singdirmoqchi boʻlgan axloqiy qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga yordam kabilar ham oʻz ifodasini topgan.
XV-XVI asrda avval Italiyada, soʻngra Yevropaning boshqa davlatlarida ijtimoiy fikrlar rivojlana boshlagan. Bular orasida shaxs, jamiyatni insoniylashtirish, individuallashtirish alohida oʻrinni egallaydi.Shunday qilib, ijtimoiy pedagogik gʻoya boʻlgan gumanizm (insonparvarlik) tushunchasi maydonga kelgan.
Uygʻonish davrida ijtimoiy gumanizm gʻoyalarini amalga oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan bogʻliq.
Bu oʻrinda shuni ham ta’kidlab oʻtish joizki, antik davrdan e’tiboran Yevropada yetim bolalarni parvarish qilish, ularni tarbiyalash masalasi boshqa qit’alarga qaraganda ijobiy tus olgan. Manbalarga koʻra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda Kesariya (Kichik Osiyo) shaharida Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo boʻlgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham tashkil etilgan. Oʻz-oʻzidan ayonki bunday muassasalar ruxoniylar tomonidan boshqarilgan. Bundan koʻrinadiki, Yevropada cherkov «etim va nogiron bolalarning” raxnamosi boʻlgan. XIV asrga kelganda Yevropada bunday tarbiya uylarining soni 30 dan ortiq boʻlgan. Muhimi shundaki, bu muassasalarda faqatgina tarbiya ishi nazariy jihatdangina emas, balki amaliy jarayonda ham amalga oshirilgan (bolalarga amaliy topshiriqlar berilgan).
Parijda 1640 yilda ruxoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos solingan tarbiya uyi juda mashxur boʻlgan. Bu muassasa Qirol Lyudovik XIV tomonidan xomiylikka olingan.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri -XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-pedagogika eng ilgʻor gʻoyalar va ilmiy konsepsiyalar bilan boyitilgan davr boʻlgan deb aytish mumkin. Zotan XVIII-XIX asrlar davlat va jamoat institutlari bilan biga ijtimoiy-pedagogik muammolarni hal qilish gʻoyalarining paydo boʻlishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bogʻlana boshlangan. Aynan shu davrda ijtimoiy-pedagogikaning asosiy yoʻnalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi yuz beradi.
Ijtimoiy pedagogik gʻoyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi, ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qoʻshgan. U tibbiiy huquq, din va tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya gʻoyalarini ilgari suradi. Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) oʻz “reglamentlari”da tarbiyaning halqparvar gʻoyalarini, insonga faol shaxsga boʻlganidek yondashuvni, bolani axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.
Yangi ijtimoiy pedagogik gʻoyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod Adriana Gelvetsiy (1715-1771 y) ishlarida ham tilga olingan. Ular tarbiya omillari- muhit va pedagogik ta’sir, shaxsiy va jamiyat manfaatlarining birligi masalalaridir.
Shvetsariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalotssi (1746-1827 y) oʻz faoliyatida ijtimoiy pedagogik nazariyani va amaliyotni birlashtirgan va oʻz mablagʻlari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan.
XIX asr shunisi bilan harakterliki, bu davr mobaynida ijtimoiy pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir boʻlgan boʻlsa; ikkinchidan psixologiya, isotsiologiya, tibbiyot, falsafa kabi fanlarning yaqinlashuvi roʻy bergan.
XIX asr ijtimoiy pedagogikaning asosiy yoʻnalishlari esa quyidagilardan iborat boʻlgan:

ijtimoiy pedagogikaning nazariy asoslarini ishlab chiqish;


ta’lim sohasidagi ijtimoiy pedagogik faoliyat;


xayriya va oʻquv-tarbiya muassasalarining tuzilishi boʻyicha ijtimoiy pedagogik faoliyat;


ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi;


Ijtimoiy pedagogika rivojlanishining barcha yoʻnalishlarini asosiy vazifa boʻlgan bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Aniqrogʻi, ijtimoiy pedagogika gʻoyasi, nazariyasi va amaliyotida birinchi oʻringa umuminsoniy qadriyatlar chiqadi. Ijtimoiy pedagogikani rivojlantirishning bu boqichida tarbiya va ta’limning uzviy bogʻliqligi masalasi ilgari surilgan.


Bu borada ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati bir qancha qiziqarli va sermaxsul tajribalardan iborat. Uning tashabbusi bilan Nyu-Lenarkda tashkil etilgan “Inson harakterini tuzishni yangi instituti” ishchilarning turmush darajasini yaxshilash maqsadida ta’limni amaliyot, ishlab chiqarish bilan bogʻlab olib borishni amalga oshirdi. Bundan tashqari jahonda ilk marta didaktik oʻyinlar oʻtkaziladigan, bolalarning jismoniy rivojlantirishga qaratilgan ta’lim tarbiya muassasalari u tomonidan yaratilgan.

asrning50-yillariga kelib ijtimoiy pedagogika muammolarining global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda “Bola huquqlari deklaratsiyasi”ning qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, koʻp bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam koʻrsatishga qaratilgan.


Bizning respublikamizda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklash va uni rivojlantirish masalasiga alohida ahamiyat berilmoqda. Buni ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha ijtimoiy markazlarning tashkil etilganligidan ham yaqqol koʻrishimiz mumkin.





Yüklə 21,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin