Ilash uskunalarini tarkibi va asosiy vazifalari burg‘ilash minorasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini tushirish va ko‘tarish asbob-uskunalari



Yüklə 39,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.11.2022
ölçüsü39,11 Kb.
#70382
  1   2   3
Ma\'ruza 2 (1)



MA’RUZA №2 
NEFT VA GAZ QUDUQLARINI BURGILASH USKUNALARINI 
TARKIBI VA ASOSIY VAZIFALARI 
Burg‘ilash minorasi va burg‘ilash quvurlar birikmasini tushirish va ko‘tarish 
asbob-uskunalari 
Burg‘ilash quduqlarini kovlash jarayoni burg‘ilash quvurlar birikmasini, 
mustahkamlovchi quvurlarni va asbob-uskunalarni quduqga tushirish va ko‘tarish 
hamda ularni og‘irligi bo‘yicha tutib turish kabi ishlar bilan kuzatiladi. 
Foydalaniladigan asbob-uskunalarning og‘irligi bir necha o‘n tonnalarni 
tashkil qiladi. Burg‘ilash arqonlarga tushadigan yukni kamaytirish va dvigatel 
quvvatini pasaytirish uchun ko‘tarish (minora, chig‘ir, tal sistemasi qo‘zg‘almas va 
qo‘zg‘aluvchan kronblok, osma arqoni, ilgak va shtrap) qurilmalaridan 
foydalaniladi.
Burg‘ilash minoralari 
Burg‘ilash minoralari mustahkam metall quvurlardan va profillik prokat 
metallardan yasaladi. Hozir ularning ikki turi ishlatilmoqda: 1) to‘rt oyoqli kesik 
piramida shakllik (bashenlik); 2) A-shakllik. 
Burg‘ilash minoralarining asosiy vazifalari:
1) quduqga burg‘ilash quvurlarini, quduq tubi dvigatel, burg‘i va boshqa 
asbob-uskunalarni tushirish va ko‘tarish, ularni ko‘tarib, bir holatda ushlab turish;
2) burg‘ilash quvurlarini o‘z ichida saqlab, suyab turish; 
3) mustahkamlovchi quvurlarni quduqga tushirish; 
4) burg‘ilash jarayonida zarur bo‘lgan buyum va jihozlarni joylashtirish
ko‘tarib tushirish. 
Burg‘ilash minoralarining turlari va konstruktsiyasi minora ko‘taradigan 
yukning og‘irligiga qarab har xil bo‘ladi. Burg‘ilash aslahalari yig‘indisi tarkibiga 
kirgan minoralar A-shakllik bo‘ladi. 
Agar zavoddan komplektlangan burg‘ilash aslaha yig‘indisi olinmasdan, 
ularning qismlari olinadigan bo‘lsa, unda to‘rt oyoqli minoralar ishlatiladi.
Burg‘ilash minorsi konstruktsiyasi quyidagi asosiy talablarga javob berishi 
lozim: 
1. Minoralarining texnik xavfsizlik qoidalariga to‘liq javob beradigan 
konstruktsiyasi va o‘lchamlarga ega bo‘lishi; 
2. Minoralarning quduq chuqurligiga mos keladigan balandliklariga ega 
bo‘lishi; 
3. Burg‘ilash va mahsus ishlarni (quvurlarni mustahkamlash, quvurlarni 
ko‘tarish, xalokat ishlari) bajarishda hamma yuklarni ko‘tara olish qobiliyatiga ega 
bo‘lishi; 


4. Burg‘ilash mexanizmlarini to‘g‘ri joylashtirish uchun kerakli 
o‘lchamlarga malik bo‘lishi; 
5. Ishchi xodimlarni va mexanizmlarni obi-havo xodisalaridan saqlash; 
6. Minoralarni yig‘ish, qismlarga ajratish, bir joydan ikkinchi joyga 
ko‘chirish uchun qulay bo‘lgan konstruktsiyalarga ega bo‘lishi. 
VM-41 rusumidagi to‘rt oyoqli burg‘ilash minorasining sxemasi 3.11-
rasmda, A-shakldagi ikki oyoqli burg‘ilash minorasi sxemasi esa 3.12-rasmda 
tasvirlangan. 
 
3.11-rasm. Balandligi 41 m bo‘lgan VM-41 rusumidagi to‘rt oyoqli burg‘ilash 
minorasi:
1 - oyoqlari; 2 - chig‘ir; 3 - balkon (ayvon); 4 - kronblok osti maydonchasi; 5 – 
yig‘ish chorpoyasi; 6 – ko‘ndalang belbog‘; 7 - tortuvchi belbog‘; 8 – zinalar. 
 


3.12-rasm. A-shakldagi ikki oyoqli burg‘ilash minorasi: 
1 – ko‘tarma ustun; 2,3,4,6 – machtalar seksiyasi; 5 – o‘t o‘chirishga xizmat 
qiladigan zina;
7 – kronblokni ta’mirlash uchun yig‘ish chorpoyasi; 8 - kronblok osti ramasi; 
9,10,14 – tortib turuvchi;
11 - tortib turuvchi arqon; 12 – tonnel zinasi; 13 – balkon (ayvon); 15 – himoya 
kamari; 16 – zinalar;
17 – sharnir. 
 
3.4 jadvalda to‘rt oyoqli kesik piramida shakllik minoralarning va 3.5 jadvalda 
A-shakllik minoralarning asosiy ko‘rsatkichlari berilgan. 
3.4- jadval 
To‘rt oyoqli kesik piramida shaklidagi burg‘ilash minoralari 
Parametrlari 
VM-
41M 
VBO-42-
200 
4VB-53-
320 
VB-53-
320 
VBA-53-
320 
VBA-
58-300 
Yuk ko‘tarish 
qobiliyati, t 
200 
200 
300 
320 
320 
400 
Balandligi, m 
41 
42,5 
53 
53 
53 
64 
Oyoqlar orasining o‘lchovi: 


Yuqori tomonida, 

2x2 
2,2x2,2 
2x2 
2x2 
6,2x3 
5x5 
Ostki tomonida, m 
8x8 
8x6,5 
10x10 
10x10 
10x10 
16,5x16 
Balkonning 
balandligi, m 
22 
22,5 
35 
35 
34 
39 
Seksiyalar soni 
10 

12 

10 
11 
Og‘irligi, t 
31,4 
29,0 
50,5 
40 
52 
107 
3.5 jadval 
A-shakldagi burg‘ilash minoralari 
Parametrlari 
VM40-
185Br 
VM45-
185Br 
VA-41-
170 
VA-45-
200 
VA-45-
250 
VA-45-
320 
Yuk ko‘tarish 
qobiliyati, t 
185 
185 
170 
200 
250 
320 
Foydali balandligi, 

40,5 
42,7 
41 
45 
45 
45 
Balkonning 
balandligi, m
22,5 
23,0 
20,7 
24,1 
24,1 
20,4 
Yerdan polgacha 
bo‘lgan masofa,m 

5,5 
4,5 
6,2 
6,2 
7,0 
Oyoqlar orasining 
o‘lchovi 
7,2 
9,0 
9,2 
10,3 
10,3 
10,3 
Og‘irligi, t 
18,6 
33,7 
25,7 
27,1 
30,7 
44,1 

Yüklə 39,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə