ILK BOLALIK DAVRIDA O’Z –
O’ZINI ANGLASH.
https://doi.org/10.5281/zenodo.6602373
Baxtiyorova Munira Mansur qizi
Nukus davlat pedagogika instituti Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi
2
–
kurs talabasi.
Annatatsiya
:
Ushbu maqolada ilk bolalik davrining
psixologik xususiyatlari, o’z –
o’zini anglash va ilk bolalik davridagi inqiroz haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar
:
ilk bolalik, o’z –
o’zini anglash, inqiroz, predmentli faolyat.
Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning yangi
bosqichi -
ilk bolalik (1-3 yosh) davri boshlanadi. Ilk bolalik davri bola hayotidagi eng
ahamiyatga molik, uning kelajakdagi psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi
muhim davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning to‘g‘ri
yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni egallash xususiyatlari tashkil
etadi. Bu yoshdagi bolalar uchun idrok qilinayotgan predmet obrazlarining bir-
biriga o'xshashib ketishi xarakterlidir. Masalan, ular olmani biladilar, olma bolaga
bir butunligicha tanish, lekin bola olmaning rangini ham, shaklini ham alohida
holda ajrata olmaydi. Predmetni har tomonlama ko‘ra bilish, ya’ni uni qismlarga
ajratish, belgi va turlariga qarab farqlash uni analiz qilish demakdir. Bu esa bolaga
butunlikni tushunish imkonini beradi. Shu sababli, bolalarni yangi predmetlar
bilan tanishtirganda, ularni bir-biridan ajratib turadigan shakli, rangi va
qismlariga e’tibor berish lozim. Mana shunday tarbiyaviy ta’sir natijasida
bolalarning predmetlar haqidagi tasavvurlari o‘sadi. B
ola bir yarim yoshga
borganda, o‘zlari tez
-tez uchratib turgan pred- metlarni, ularning rangi, hajmi,
shaklining o‘zgarishidan qat’i nazar, xatosiz tanib oladilar. Bola ikki yoshga to‘lay
deganda, tanish kuy va tovushlarni bilib oladi. Borliqni bilish jara
yonida bola o‘z
hayotida va tevarak-atrofidagi kishilar turmushi-
da o‘rnatilgan tartibni tushuna
boshlaydi. O’z –
o’zini anglash bolaning ilk davridan boshlanadi. O’z –
o’zini
anglash degani
–
yaxlit holda o’z ustida ishlash mazmunini, o’z –
o’zini
tarbiy
alash dasturini belgilaydi. Bola o‘z yaqinlaridan maqtov olishga harakat
qiladi. Ota-onalar tomonidan bolaning xatti-harakatlari va shaxsiy xususiyatlariga
beradigan ijobiy emotsional baholari ularda o‘zlarining layoqat va
imkoniyatlariga nisbatan ishonchi
ni shakllantiradi. U o‘z ota
-onasiga nihoyatda
qattiq bog‘langan bo‘lib, intizomli va itoatkor bo‘ladi. Ana shu bog‘liqlik sababli
bolaning asosiy ehtiyojlari qondiriladi, xavotirligi kamayadi. Onasi yonida
bo‘lgan bolalar ko‘proq harakat qiladilar va atro
f-
muhitni o‘rganishga intiladilar.
Bu davrda bola o‘z ismini juda yaxshi o‘zlashtiradi. Bola doimo o‘z ismini himoya
qiladi, uni boshqa ism bilan chaqirishlariga norozilik bildiradi. Kattalarning bola
bilan qiladigan muomala-
munosabati uning o‘zini alohida
shaxs sifatida
anglashini boshlanishiga imkoniyat beradi. Bu jarayon asta-sekinlik bilan amalga
oshadi. Kattalarning bola bilan qanday muomala qilishlariga qarab uning o‘z
«Men»ini anglay boshlashi birmuncha avvalroq yoki kechroq yuzaga kelishi
mumkin. 3
yoshli bola o‘zini, o‘z xohish va ehtiyojlarini qondirishi mumkin
bo’lgan manba deb biladi va bu uning «Menga bering», «Ko‘taring», «Men ham
boraman» kabi talablarida ko‘rinadi. Uch yoshli bolalar o‘zlarini o‘zgalar bilan
taqqoslay boshlaydilar, bu- ning n
atijasida bolalarda o‘z
-
o‘zini baholash vujudga
keladi. Shu davrdan boshlab bolalarda mustaqil bo‘lish ehtiyoji yuzaga keladi va
bu ularning «o‘zim qilaman» qabilidagi so‘zlarida namoyon bo‘ladi.
3 yoshdagi inqiroz: 3 yoshga kelib bola o‘zini kattalar b
ilan taqqoslay
boshlaydi va kattalar qilishi mumkin bo‘lgan (huquqi bo‘lgan), ular bajara
oladigan harakatlarni bajarishga intiladi. «Men katta bo‘lsam mashina
haydayman», «Men sizga katta to’rt olib kelaman», «Mening yuzta qo‘g‘irchog‘im
bo‘ladi» kabi xohishlarini o‘z tili bilan ifodalaydi va u kelasi zamonda gapirsa ham
o‘zining barcha xohishlarini shu bugun amalga oshirishga harakat qiladi.Xulosa
qilib aytadigan bo’lsak ilk bolalik davrida bolaning “Meni” shakillana
boshlaydi.O’zini boshqalarga taqqoslay boshlaydi va o’zini baholaydi.Ilk bolalik
davridagi bolaning yetakchi faolyat
–
predmentlarni o’rganish, predmentlar bilan
manipulyativ harakat hisoblanadi.Bu yosh davrida bolaga o’zini anglashida
yordam berish kerak ayniqsa u bilan ko’proq muloqatda bo’lish kerak. O’zi
aytishadiku ilk bolalik davrida olingan tarbiya natijalari qolgan barcha davirlarda
seziladi deb. Shuning uchun farzandlarimiz hayotiga befarq bo’lmaylik.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR:
1.
Sh.A.Do’stmuhammedova,G.Baykunusva,G.Ziyaviddinova
”Umumi
y
psixologiya “(Yosh davirlar va pedagogik psixologiya) 2020
-yil
2.
Z.T.Nishanova,N.G’.Kamilova,D.U.Abdullayeva,M.X.Xolnazarova.”Rivojlani
sh
3.
psixologiyasi pedagogik psixologiya”Toshkent
- 2019-yil.
4.
N. Ismoilova, D.Abdullayeva “Ijtimoiy psixologiya” Tosh
kent-2013.
Dostları ilə paylaş: |