Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy 810 yil Buxoroda tavallud topgan.
O‘z irodasiga qarshi ravishda u Buxoro hukmdori Tohirid Xolid ibn Ahmad bilan nizolashib qoladi va Samarqand yoqasidagi Xartang qishlog‘iga ko‘chib o‘tishga majbur bo‘ladi, shu yerda u 870 yil vafot etgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim boʻyicha 1225-yilligini nishonlash toʻgʻrisida“gi qarori (1997-yil 29-aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini oʻrganish va targʻib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998-yil 23-oktabrda Samarqandda yubiley toʻy-tantanalari boʻlib oʻtdi.
AHMAD AL-FARG‘ONIY
Ahmad Farg'oniy 798 - yilda Farg'onada tug'ilib, 865-yilda Qohirada vafot etgan.
AHMAD AL-FARG‘ONIY TAVALLUDINING 1200 YILLIGINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA Aniq fanlar rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ vatandoshimiz, qomusiy alloma Ahmad al-Farg‘oniy ilmiy merosining xalqimiz ma’naviy-madaniy hayotidagi o‘rnini, alloma tavalludining 1200 yilligi YUNESKOning 1998-yildagi tadbirlari rejasiga kiritilganligini hisobga olib hamda uning merosini avaylab-asrash va avlodlarga to‘la yetkazishga keng yo‘l ochish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi, Madaniyat ishlari vazirligi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi va ilmiy-ijodiy ziyolilarning Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini 1998-yilda YUNESKO ishtirokida keng miqyosda nishonlash haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Burhoniddin Margʻinoniy
Burhoniddin Margʻinoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom.
BURHONIDDIN AL-MARG‘INONIY TAVALLUDINING HIJRIY SANA BO‘YICHA 910 YILLIGINI NISHONLASH TO‘G‘RISIDA Jahon xalqlarining ma’naviy-diniy taraqqiyotiga, huquqshunoslik ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, nodir iste’dod egasi Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludiga hijriy sana bo‘yicha 910 yil to‘lishi munosabati bilan uning xotirasini abadiylashtirish, xalqimizni ajdodlarimiz ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va jamoatchilikning 2000-yilda Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini respublikamizda keng nishonlash to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
Oʻzbekistonda Xorazmiy hayoti va faoliyati bilan birinchi boʻlib T.N. Niyoziy qiziqqan. 1960-yillardan S.H. Sirojiddinov va G.P. Matviyevskaya rahbarligida Yaqin va Oʻrta Sharq fani tarixi, jumladan, Xorazmiy merosini oʻrganish va dunyo miqyosida targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamda ilmiy tadqiqotlar boshlab yuborildi. 1983-yilda buyuk olim tavalludining 1200-yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan Xalqaro ilmiy anjuman (Moskva, Toshkent va Urganch shahrida) Xorazmiyning jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrnini belgilashda muhim tadbir boʻldi.