Induksiya (lot.inductio — toʻgʻrilash, tartibga keltirish) (mantiqda) — ayrim fikrlardan umumiy xulosalar chiqarishda va mantiqiy tadqiqotlarga qoʻllaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni oʻrganib, umumiylik bilib olinadi. Umumiylik predmet va hodisalar b-n uzviy aloqada boʻladi. Umumiylikning eng muhim tomonlaridan biri induktiv xulosa chi-karishdir. I. ni oʻrganish fanda kadimdan, hind, yunon mantiqshunosligida, Lao-szi maktabida boshlangan. I. masalalari Aristotel, Abu Ali ibn Sino asarlarida uchraydi. 17— 18-asr larda empirik tabiatshunoslik yuzaga kelgach, olimlar bu masalaga alohida eʼtibor berdilar. I. ni rivojlantirishga F. Bekon, G. Galiley, I. Nyuton, J. Mill kabi olimlar katta hissa qoʻshdilar. I. bilimlarning tashkil topishida, qonuniyatlarni ochishda, tushunchalarni maydonga chiqarish jarayonida, gipotezani olgʻa surishda fan uchun muhim aqamiyatga ega.
Deduksiya (lot. deductio — xulosa chiqarish) — mantsh qoidalariga koʻra xulosa chiqarish. Dastlab formal man-tikda umumiylikdan xususiylik, ayrimlik tomon muhokama yuritish D. deb atalgan. Mas, "Barcha metallar elektr utkazuvchandir (umumiy) va "Mis — metall" degan ikki hukm (asos)dan deduktiv yul b-n "Mis elektr utkazuvchandir" degan xususiy yangi hukm (xulosa) chiqariladi. Induksiyanmng karama-qarshisi. Mantiqqa oid adabiyotlarda "D." atamasini birinchi bor rimlik mantikshunos faylasuf Boetsiy (480— 524) ishlatganligini taʼkidlaydilar. Biroq, bu taʼlimot sillogizm shaklida birinchi bor Aristotelning "Birinchi analitika" asarida tahlil qilingan. Keyinchalik D. tushunchasini R. Dekart, G. Leybnits kabi faylasuflar rivojlantirdilar. Oʻrta asr arab falsafasida Kindiy, Roziy, Gʻazoliy, Ibn Rushd tomonidan D.ga alohida eʼtibor berilgan. Unga yangi bilim berish vositasi deb qaraganlar. Forobiy, Ibn Sino Aristotelning deduktiv mantigʻiga yangilik kiritib mantiqning sillogizm shaklinigina emas, balki shartli, ayiruvchi kabi shakllarini ishlab chikdilar. Xulosa chiqarishning yangi (yuqoridagi) usullarini yaratdilar.
Xolizm (yun. holos — yaxlit, butun) ("yaxlitlik falsafasi") — dunyoni ijodiy evolyutsiya natijasi deb karovchi taʼlimot; bunga koʻra, evolyutsiya nomoddiy "yaxlitlik omili" bilan yoʻlga solib turiladi. X. asoschisi — jan. afrikalik Ya. Smets (1870—1950).