Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə1/38
tarix25.01.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#80664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish 2021-3-kurs (IO\'M) majmua-yangi



Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish


O’QUV-USLUBIY MAJMUA



DENOV - 2021

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
MOLIYA VA RAQAMLI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI KAFEDRASI

TASDIQLAYMAN”
Moliya varaqamli axborot texnologiyalari kafedra mudiri
_____________R.Yu.Mamajonov
“_____” _________ 2021 yil





5110700 – Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi
III- bosqich guruhlari uchun
« Informatika o’qitish texnologiyalari va loyihalashtirish » fanidan

O’QUV-USLUBIY MAJMUA


Bilim sohasi:

100 000

  • Gumanitar soha

Ta’lim sohasi:

110 000

  • Pedagogika

Ta’lim yo‘nalishi:

5110700



- Informatika o’qitish metodikasi

Denov - 2021
MUNDARIJA




Mavzular

bet

I

So’z boshi




II

Modulni o’qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari




III

MA’RUZA MATERIALLARI




1

ma’ruza №1

Informatika darslarida o'quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar




2

ma’ruza №2

Ta'lim jarayonini loyihalashtirish




3

ma’ruza №3

Innovasion pedagogik faoliyatni loyihalashtirishning ilmiy- metodik asoslari




4

ma’ruza №4

O'qitish texnologiyalariga kirish




5

ma’ruza №5

O'quv mashg'ulotlarida o'qitish texnologiyasini loyihalashtirish







IV. SEMINAR MASHG’ULOTI MATERIALLARI




1

Seminar mashg’uloti №1

Informatikani fanlarini o'qitishda hamkorlikda, jamoada o'qitish texnologiyalari




2

Seminar mashg’uloti №2

Loyihaviy o'qitish texnologiyasini rejalashtirish va anialga oshirish.




3

Seminar mashg’uloti №3

O'quv maqsadi va natijalarini loyihalashtirish







V. TAJRIBA MASHG’ULOTLARI




1

Tajriba mashg’uloti №1

Informatika darslariga o’quvchilar bilimini nazorat qiluvchi texnologiyalar.




2

Tajriba mashg’uloti №2

Informatika o’qituvchisining pedagogik faoliyatni loyihalashtirish.




3

Tajriba mashg’uloti №3

Informatika fanlariga oid interfaol metodlar, grafik organayzerlar va strategiyalar yaratish.




4

Tajriba mashg’uloti №4

Informatika fanlaridan o’quv mashg’ulotlariga mos o’qitish texnologiyasini o’qitishtexnologiyasini loyihalashtirish.




5

Tajriba mashg’uloti №5

Informatika fanlaridan loyihaviy o’qitish texnologiyasini loyihalashtirish.





MODULNI O’QITISHDA FOYDALANILADIGAN
INTERFAOL TA’LIM METODLARI.

Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo’li – bu mashg’ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.


Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida ifodalanib, lug’aviy nuqtai nazardan “inter” – o’zaro, “act” – harakat qilmoq kabi ma’nolarni anglatadi.
Interfaol ta’lim – talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lidagi o’zaro harakatini tashkil etishga asoslanuvchi ta’lim.
Interfaollik talabalarning bilim, ko’nikma, malaka va muayyan axloqiy sifatlarni o’zlashtirish yo’lida birgalikda, o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatni tashkil etish layoqatiga egaliklari. Mantiqiy nuqtai nazardan interfaollik, eng avvalo, ijtimoiy sub’ektlarning suhbat (dialog), o’zaro hamkorlikka asoslangan harakat, faoliyatni olib borishlarini ifodalaydi1.
O’qituvchi ta’lim jarayonida interfaol ta’lim texnologiyasi yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o’z-o’zini nazorat, o’z-o’zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijodiy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikr-mulohazalarini erkin bayon qilish, o’z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning yechimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo’ladi. Eng muhimi, interfaol ta’lim texnologiyasini qo’llash orqali o’qituvchi talabalarning aniq ta’limiy maqsadga erishish yo’lida o’zaro hamkorlikka asoslangan harakatlarini tashkil etish, yo’naltirish, boshqarish, nazorat va tahlil qilish orqali xolis baholash imkoniyatini qo’lga kiritadi.
Innovatsion pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va uning o’quv–tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek axborot texnologiyalarining tez almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir pedagog–o’qituvchi o’z kasbiy tayyorgarligini pedagogik mahoratini rivojlantirib borishini talab etadi. Uzluksiz ta’lim chuqur har taraflama asosli ta’lim tarbiya berish mutaxassis kadrlar tayyorlashning turli shakl, uslub, vosita, usul va sifatini turli komponentlar o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik muayyan usullar va uslublarni ta’lim jarayoniga oqilona tatbiq etilishini ta’minlaydi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab o’quvchinig dasturiy bilim tassavur ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish ilmiy fikrlashga, o’quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogik tajribasi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’quvchilarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Talabalarning ruhiyatlariga mos ravishda muloqotda bo’la olish zamonaviy pedagogik texnologiyalarni egallash va o’quv–tarbiya jarayonida qo’llay olishi kerak. Bugungi kunda ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilar:
Birinchidan, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish masalasiga alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, pedagogik texnologiyalardan foydalanish shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatini kengaytiradi.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv–tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta’lim–tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot texnologiyalarning usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli ularning qo’llanilishi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi2. O’quv–tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa, talabadan ko’proq mustaqil ishlash, ijod qilish va iroda kabi sifatlarni talab etadi.
Har qanday pedagogik texnologiyaning o’quv–tarbiya jarayonida qo’llanilishi shaxs tabiatidan kelib chiqqan holda o’quvchini kim o’qitayotganligi va o’qituvchi kimni o’qitayotganiga bog’liq. Pedagogik texnologiya asosida o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o’z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o’z nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o’qituvchi va o’quvchining belgilanganmaqsaddan kafolatlangan natijaga aniq ketma–ketlik asosida tizimli, hamkorlikda erishishlari tanlangan texnologiyalariga bog’liq.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin