Inglizcha



Yüklə 24,08 Kb.
səhifə1/3
tarix07.04.2023
ölçüsü24,08 Kb.
#94434
  1   2   3
Bank


Marketing (inglizcha: market — „bozor“, „bozordagi harakat“, „faoliyat“) — korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishini tashkil etish hamda boshqarish shakli. „marketing“ atamasi isteʼmolga 19-asrning 60-yillarida Makkovern tomonidan kiritilgan. Marketing nazariy konsepsiya va tijorat faoliyatining oʻziga xos hodisasi tarzida 20-asr boshlarida AQShda ilk bor qoʻllanildi. Ishlab chiqarish va kapitalning yuksak darajada toʻplanishi, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyalar qukmronligining, xalqaro bozorda keskin raqobatning vujudga kelishi mahsulot sotish muammosini obyektiv tarzda birinchi oʻringa chiqardi. 1908-yilda AQShda marketing muammolarini oʻrganadigan birinchi ixtisoslashgan firma paydo boʻldi. 1911-yilda esa oʻsha davrdagi bir qator yirik kompaniyalar tijorat tadqiqotlari bilan shugʻullanadigan dastlabki boʻlimlarni ochdi. Kompaniyalar huzurida bozorni oʻrganish, reklama, haridorlarga xizmat koʻrsatish va boshqarishning boshqa vazifalari bilan shugʻullanadigan "marketing`` boʻlimlari taʼsis etila boshlandi. 1931-yilda Amerika marketing jamiyati, 1937-yilda esa Amerika marketing milliy uyushmasi tuzildi. 20-asrning 50—60-yillarida xalqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikri hamda marketing boʻyicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi xalqaro marketing tashkilotlari tuzildi.Marketing zamonaviy kasblardan biri deyiladi marketing
Bozorni bilish (isteʼmolchilarni har tomonlama oʻrganish, ularning did va istaklarini bilish), bozorga moslashish, bozorga taʼsir oʻtkazish marketingning asosiy tamoyillaridir. Shuningdek, marketingni qoʻllash bilan bogʻliq masalalarni kompleks ravishda oʻrganish; mahsulot assortimentini rejalashtirish; talabni va savdoga ragʻbat beradigan tadbirlarni shakllantirish; savdo va taqsimot; boshqarish va nazorat qilish marketing faoliyatining mazmunini belgilaydi. Mutaxassislar marketingning 9 ta asosiy vazifasini koʻrsatib oʻtadilar: rejalashtirish va mahsulotni yaratish; mahsulotning navi va standartlarini belgilash; mahsulot haridi va uni guruhlashtirish; sotish; omborga joylash; transport xizmati; marketing faoliyatini moliyalash; xatarlar va bozorga oid axborotlar toʻplash.
Oʻzbekistonda 1980-yillardan boshlab iqtisodiyot oʻquv yurtlarida marketing kurslari oʻqitila boshlandi. Shu yillari marketing masalalari bilan S.Salimov, S. Fylomov, A. Bekmurodov, J. Jalolov, marketing Qosimova, D. Muhitdinov, marketing Nasreddinova, X. Raimov kabi olimlar ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishgan. 1986-yilda „SovplastItal“ qoʻshma korxonasida birinchi boʻlib marketing boʻlimi tuzildi. Keyinchalik, „Toshkent toʻqimachilik mashinasozlik zavodi“ aksiyadorlik jamiyati, „V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi“ davlat-aksiyadorlik birlashmasi, „Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“ aksiyadorlik jamiyati kabi korxonalarda ham marketing boʻlimlari ochildi.

Birja soʻzi lotincha va olmoncha soʻzdan kelib chiqqan boʻlib „xamyon“ni bildiradi. Qadimda birja soʻzi quyidagi 3 xil voqelikni ifodalash uchun qoʻllanilar edi[1]:
'Birja(gollandcha beurs, nem. Burse — hamyon) — bozorni uyushtirishning tashkiliy shakli; tovarlar (tovar birjasi), qimmatbaho qogʻozlar (fond birjasi), valyuta (valyuta birjasi) ulgurji savdosi, tovar boʻlgan ish kuchi oldi-sotdisi (mehnat birjasi) bozori. Aksariyat hollarda yopiq yoki ochiq aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. B.ga birja qoʻmitasi rahbarlik qiladi. Uning huzurida kotirovka komissiyasi ish olib boradi. B.da brokerlar, dilerlar, trey^ derlar faoliyat koʻrsatadi. B. va uning shakllari bozor mexanizmining zaruriy infratuzilmasi hisoblanadi.
Tovar B.si ommaviy tovarlar (don, paxta, metall va boshqalar)ni standartlar yoki namunalar boʻyicha sotadi. Ayrim B.lar faqat bir guruh tovarlar savdosi boʻyicha ixtisoslashadi. Kelishuvlar maʼlum muddatlarga tuziladi (aksariyat 6 oy), natijada tomonlar narxlar farqlaridan koʻp narsa yutishi yoki yutkazishi mumkin. B. narxlari haqidagi maʼlumotlar kotirovka shaklida muntazam birja byulletenlarida eʼlon qilib boriladi.
Oʻzbekistonda 1994-yildan Respublika tovarxom ashyo B.si (ochiq aksiyadorlik jamiyati) va 1991-yil avgustdan "Oʻzbekistan" respublika universal agrosanoat B.si, shuningdek respublikada ishlab chiqarish vositalari, tovar resurslari oldisotdisi bilan shugʻullanadigan "Oʻzulgurjibirjasavdo" — Oʻzbekistonda ulgurji va birja savdosi boʻyicha Respublika davlataksiyadorlik uyushmasi (1994-yil mart) faoliyat koʻrsatadi. Shuningdek Respublika koʻchmas mulk B.sida (1994 i. mart) koʻchmas mulk (turar joy binolari, yer maydonlari, avtotransport vositalari, bankrot boʻlgan korxonalar va boshqa mulklar) kimoshdi va tanlov savdolari orqali sotiladi.
Fond B.si aksiyalar va obligatsiyalar bilan oldisotdi muomalasini olib boradi. Bundam B.larda mamlakatda chiqarilgan qimmatbaho qogʻozlar bilan birga chet el qimmatbaho qogozlari ham savdoda qatnashaveradi. Fond B.sidagi bitishuvlarda qimmatbaho qogozlar haqi savdolashuvning oʻzida yoki 2—3 kun keyin toʻlanadi (kassa bitishuvi) yoki hisobkitoblar bir oy muddatda oʻtkaziladi (muddatli bitishuv). B.da ish koʻrayotganlar qimmatbaho qogʻozlarni sotib olish vaqtidagi kurslar farqidan (muddatda sotish) katga fonda koʻradilar. Yirik fond B.lari NyuYork, Tokio, London, Parij, Bazel, Moskva va boshqa shaharlarda joylashgan. Oʻzbekistonda "Toshkent" respublika fond B. erkin sotuvga chiqarilgan aksiyalar, veksellar, obligatsiyalar, depozitli sertifikatlar savdosi bilan shugʻullanadi (1994-yil aprelda ta sh kil etilgan).

Yüklə 24,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin