Innovatsion bozor infratuzilmasi va unung yangi texnologiyalar rivojiga ta’siri reja: Krish



Yüklə 115 Kb.
səhifə1/5
tarix23.05.2022
ölçüsü115 Kb.
#59079
  1   2   3   4   5
Innovatsion bozor infratuzilmasi va unung yangi texnologiyalar r (2)


INNOVATSION BOZOR INFRATUZILMASI VA UNUNG YANGI TEXNOLOGIYALAR RIVOJIGA TA’SIRI


Reja:


Krish

  1. Innovatsion marketingning mohiyati

  2. Innovatsion marketing turlari

  3. Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining shakllanishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekistonda sanoat salohiyatini oshirish vazifalarini samarali amalga oshirishda korxonalarda innovatsion marketing strategiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega. Ushbu masala O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» muhim vazifalardan biri sifatida belgilab berilgan. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishi O‘zbekistonda sanoati korxonalarida innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqish va takomillashtirishni taqozo etadi.
Yangi texnologiyalarning rivojlanishi va ularning asosida tamomila yangi tovar va xizmatlar turlarini sotish tezligi shunga olib kelmoqdaki, bozordagi vaziyat va iste’molchilarning ehtiyojlari tobora o‘zgarmoqda. Iste’molchi nimani, qaerdan, qanday ko‘rinishda va qanday narxda sotib olishni istashini aytmoqda. Marketing konsepsiyasini tushunishga yangicha yondashuv ya’ni maqsadli guruhlar – strategik bozor segmentidan potensial mijozlar bilan yaqinroq ishlashga asoslanmoqda. Bozor tadqiqotlari yordamida bir xil iste’molchilar guruhlarini ajratib, strategik segmentlarni aniqlagan holda, korxona sezilarli miqdorda mablag‘lar tejab qoladi hamda mavjud va potensial mijozlar bilan kelgusi aloqalarda ko‘proq unumdorlikka erishadi. Tanlab olingan bozor sektorlari bilan faol kommunikatsiyalar iste’molchilarning katta qismi e’tiborini jalb qilishga imkon beradi va ularning aksariyati kompaniya mijozlariga aylanadi. Mana shu sababdan XXI asrning boshlaridan boshlab turli tarmoqlarda bozor etakchilarining ko‘pchiligi reklama, PR, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvlar, ichki firma munosabatlari uchun javob beradigan bo‘limlarni birlashgan kommunikatsiya xizmatlariga birlashtirishi ro‘y berdi. Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalaridan foydalanuvchi kompaniyalar soni o‘smoqda.
Innovatsion faoliyat yo‘nalishlari eng avvalo, ishlab chiqarishni takomillashtirish vazifalari va imkoniyatlari bilan emas, balki iste’molchilarning yangi mahsulot tavsifnomalari borasida nimalarni afzal ko‘rishini o‘rganish natijalari bilan belgilanishi lozim. Yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirishda ushbu mahsulotni laboratoriyada sinab ko‘rishga emas, balki bozorda tekshirib ko‘rishga ko‘proq e’tibor qaratish kerak.



  1. Yüklə 115 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin