Inson — bu dunyoning azizu mukarram xil-qati, mavjudotlar ichida sarvaridir



Yüklə 18,79 Kb.
tarix12.06.2022
ölçüsü18,79 Kb.
#61282
Inson haqida

Inson haqida


Odam,inson haqida fikrlar kitoblarda turlicha shaklda berilgan:
Inson — bu dunyoning azizu mukarram xil-qati, mavjudotlar ichida sarvaridir.”(Gazetadan.
Basharti Musulmonqul chin inson boʻlsa, insondan vahshiy tugʻilganini hech kim eshitgan chiqmas.” (A. Qodiriy, «Oʻtgan kunlar» .)
“ Uring, Oʻrmonjon aka! Soʻying!.. Voy, desam, inson emasman! “ (A.Qahhor, «Qoʻshchinor chiroqlari» .)
Shuningdek, inson - o'zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish ,sharoitga moslashish kabilar xos.
Ulug‘ manbalarda qayd etiladiki, Olloh Taolo tomonidan eng avval yaratilgani inson hazrati Odam Ato edi. So‘ngra uning jufti Momo Havvo onamiz yaratildi. Bu muborak juftlikdan esa bani bashar tarqaldi. Albatta, bu haqda ko‘p aytilgan.Yaratgan zot insonni bunyod etgan ekan, uni nima uchun yaratganini ham Kalomi sharifida aytadi. Ya’ni, inson o‘zi yaratgan zotni tanishi va Unga ibodat va itoat qilishi uchun yaratildi.
Insonning kimligi va nima uchun yaratilgani xususidagi savollarga bundan-da to‘g‘riroq va mukammalroq javob yo‘q. Eramizdan avval yashab o‘tgan qadimgi yunon faylasuflaridan biri Ezop asarlaridan birida insonga qarata xitob qiladi: “Men seni anglolmadim, kimsan, ayt! Javobingni kimdan olayin?” Ingliz adabiyotining buyuk dramaturgi Vilyam Shekspir yozadi: “Hayot – sahna. Barchamiz mana shu sahnada o‘z rolimizni o‘ynayotgan aktyorlarmiz”.Demak, azaldan Inson muammosi eng buyuk asarlarning mavzusi bo‘lib keldi. Inson o‘z-o‘zini axtarishi natijasida minglab kashfiyotlarga erishdi. O‘zini axtarishi natijasida O‘zlikni, ya’ni o‘zini yaratgan Zotni topdi. Zero, insonni boshqa yaralmishlardan ajratib turadigan xususiyatlarning eng asosiysi ham uning ongi va tafakkuridir.
Insonning o‘z Yaratguvchisi qudratini anglay bilishi ham tasavvur tufayli sodir bo‘lgan. Zotan, yaralmishlar ichida eng mukammali bo‘lgan inson o‘z ijodkorining qudratini tasavvur qilib ko‘rmog‘i lozim edi. Chunki Yaratguvchi qudratining bepoyonligi oldida inson tasavvurining kengligi dengizdan bir tomchi edi, xolos.Mana shu izlanishlar ma’lum ma’noda insonning o‘ziga o‘zini tanitdi.
Chindan ham inson o‘zini, o‘zligini, tiriklik atalmish ne’mat unga nima sababdan tuhfa etilganiyu, uni qanday sarflash kerakligini anglamas, idrok etmas ekan, uning yashashidan ma’no yo‘q.
Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, u bugungi kungacha ne-ne zamonlar va to‘fonlarni boshidan kechirmadi deysiz. Biroq tan olish kerakki, insoniyat bugungi kungacha juda ko‘p narsalarga erishdi. Ayniqsa, ilm-fan bobida ulkan yutuqlar qo‘lga kiritildi. O‘zga sayyorlar, yer osti va yer usti boyliklari tadqiq etildi. Garchi afsusli bo‘lsa-da aytish mumkinki, bir soniyada minglab chaqirim uzoqliklardagi jonzotlarni yo‘q qilib yuborishga qodir qurollar kashf etildi. Bularning bari qaysidir ma’noda insonning o‘zini topish borasidagi izlanishlari edi. , bu izlanishlar hamon davom etmoqda.
Xullas, inson o‘zining kimligini topishi asnosida baxtga erishadi. Muvaffaqiyatlarga sohib bo‘ladi. Yangi-yangi kashfiyotlarga erishadi. Zero, inson Yaratganning tilsimidir. Bu tilsim atrofidagi izlanishlar esa, to hayot bor ekan, davom etaveradi.
Yüklə 18,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin