Inson, millat va jamiyat hayotida g‟oya va mafkuraga bo‟lgan talabehtiyojlar



Yüklə 19,55 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#161956
1-reja


Inson, millat va jamiyat hayotida g‟oya va mafkuraga bo‟lgan talabehtiyojlar
Ma‟lumki, inson hayotida ham, jamiyat taraqqiyotida ham g‟oya va mafkura
Muhim ahamiyatga egadir. Inson ong va tafakkurga ega bo‟lib, o‟z oldiga muayyan
Maqsadlarni qo‟yib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun harakat qiladi.
Insonning ma‟lum maqsadga qaratilib amalga oshiradigan hatti-harakati faoliyat
Deb nomlanib, moddiy va ma‟naviy faoliyatning asosini insonning mehnati tashkil
Etadi. Insonning jamiyat hayotidagi faoliyati ma‟lum bir g‟oya va mafkura asosida
Muayyan maqsadga yo‟naltiriladi. Dunyodagi hech bir jamiyat, xalq va millat
G‟oya va mafkurasiz yashay olmaydi. Dunyodagi har bir jamiyatning, har bir
Davlatning o‟ziga xos hamda mos milliy g‟oya va mafkurasi mavjud bo‟lib, bu
G‟oya va mafkura davlat va jamiyatning tub maqsadlari va manfaatlarini himoya
Qiladi. Odamlar jamiyat taraqqiyotining qaysi davri va bosqichida yashamasin, ular
Albatta nimagadir ishonishi, nimagadir e‟tiqod qilishi, qandaydir bir g‟oyaga,
Mafkuraga, ta‟limotga asoslanib ish ko‟rishi va faoliyat ko‟rsatishi zarurdir.
O‟zbekiston xalqini umumiy maqsad sari faol harakatga da‟vat etadigan milliy
G‟oya va mafkura bugungi kunda juda ham muhimdir. Milliy g‟oya va mafkura
O‟zbekiston fuqarolarini barkamol inson qilib tayyorlash, tarbiyalash,
Mustaqillikning ongli fidoyisiga aylantirishga xizmat qiladi. Insonning faoliyati va
Uning ijtimoiy faolligi jamiyat hayotiga maqsad va yo‟nalish berib turgan g‟oya va
Mafkuraga bevosita bog‟liqdir. Milliy g‟oya va mafkura odamlarda kelajakka
Ishonchni, umidvorlikni tarbiyalaydi, mehr-muhabbat, oqibat, insof, sabr-toqat,
Adolat, ma‟rifat tuyg‟ularini shakllantiradi. Jamiyat hayotidagi har qanday g‟oya va
Mafkura muayyan ijtimoiy-tarixiy negizlarga asoslanganda u odamlarni o‟z
Atrofida uyushtirib, muayyan vazifalarni bajarishga yo‟naltiradi.
O‟zbekiston o‟zining milliy mustaqilligini qo‟lga kiritganidan so‟ng boy
Tarixiy ma‟naviy meros, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan holatda
Milliy g‟oya va milliy mafkura ishlab chiqila boshlandi. Milliy g‟oya xalqning tub manfaatlarini ifoda etadigan, uni o‟z oldiga qo‟ygan maqsadlari sari
Birlashtiradigan va safarbar etadigan g‟oya bo‟lib, u o‟z tarixi va taraqqiyotining
Tub burilish davrlarida har qanday millat va xalqning kelajagini belgilaydi. Milliy
G‟oya O‟zbekiston xalqining madaniyati, tarixi, milliy o‟ziga xosligi, ma‟naviymadaniy merosiga tayanilgan holda shakllanib boradi.
O‟zbekistonda bugungi kunda boy tarixiy, ma‟naviy merosimizni tiklash
Masalasida ko‟pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‟plab ilmiy, badiiy, tarixiy,
Falsafiy asarlar, qadimiy qo‟lyozmalar nashr qilinmoqda. Boy tarixiy ma‟naviy
Merosimizning namunalari bo‟lgan qadimgi qo‟lyozmalar, bitiklar, xalq og‟zaki
Badiiy ijodi namunalari, buyuk mutafakkirlarimiz tomonidan yaratilgan dunyoviy
Va diniy mavzulardagi asarlarni izlab topish, chet ellardagi ma‟naviy merosimiz
Namunalarini O‟zbekistonga qaytarish, xalqimizning ma‟naviy mulkiga aylantirish
Uchun ko‟pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Ilm-fanning turli sohalariga taalluqli
Bo‟lgan asarlar, badiiy adabiyotning nodir durdonalari, Axmad Yassaviy va
Sulaymon Boqirg‟oniylarning diniy-axloqiy mavzulardagi asarlari, Axmad
Yugnakiy va Yusuf Xos Hojiblarning pand nasihatlari, Najmiddin Kubro va
Bahouddin Naqshbandiylarning insonning ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan
Ta‟limotlari, Alisher Navoiy va boshqalar tomonidan yaratilgan badiiy ijod
Namunalari xalqimizning boy tarixiy va ma‟naviy merosi bo‟lib hisoblanadi.
Insoniyat jamiyatining tarixiy taraqqiyotida biror-bir jamiyat ezgu g‟oyalar
Va mafkuralarsiz rivojlana olmagan. O‟zbekistonda demokratik tamoyillarga
Asoslangan huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo qilinayotgan ekan,
Davlatimiz tomonidan olib borilayotgan siyosatda yot va begona g‟oyalarning
Tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga
Yetkazish, bu yo‟lda g‟oyaviy, mafkuraviy bo‟shliq bo‟lishiga yo‟l qo‟ymaslik,
O‟zbekistonning yuksak taraqqiyotini ta‟minlash uchun milliy g‟oya va mafkurani
Shakllantirish hamda rivojlantirishga katta e‟tibor qaratilmoqda. Mustaqillikdan
Keyin O‟zbekiston xalqi o‟ziga xos va mos taraqqiyot yo‟lini tanlab, bu yo‟l
Xalqimizning ma‟naviy merosi va qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyotidagi har qanday davlat, jamiyat va shaxs o‟z oldiga muayyan maqsadni qo‟ygan holatda o‟z faoliyatini olib boradi. Har bir
Xalqning maqsad va manfaatlari shu xalqning milliy-ma‟naviy g‟oyalarida o‟z
Ifodasini topadi. Hozirgi davrda globallashuv jarayonlari kuchayib borayotgan,
Axborot olish imkoniyatlari tobora kengayayotgan bir sharoitda milliy g‟oyani,
Uning tarixiy va nazariy asoslarini o‟rganish muhim zaruriyatga aylanib bormoqda.
Jamiyat hayotida g‟oya bilan g‟oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan
Fikrning umumiy va o‟ziga xos jihatlarini chuqur bilish va o‟rganish milliy g‟oya,
Uning tarixi va nazariyasini o‟rganishga bo‟lgan talab hamda ehtiyojni
Kuchaytirmoqda. Milliy g‟oya tarixi va nazariyasi fani O‟zbekiston fuqarolarida
Tarixiy xotirani uyg‟otish, o‟tmishdan saboq chiqarish va o‟zlikni anglash
Jarayonini kuchaytirishga xizmat qiladi. Milliy g‟oyaning taraqqiy etib borish
Jarayonlarini tarixiy moddiy va ma‟naviy meros bilan bog‟liq holatda tushuntiradi.
Milliy g‟oyaning nazariy masalalarini tahlil qiladi. Millat, xalq va jamiyatni
Birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e‟tibor manbai hamda muhim ma‟naviy omil
Vazifasini bajaradi. Milliy g‟oya tarixi va nazariyasi fuqarolarga har qanday ilg‟or
G‟oyani singdirish va ularda har qanday yovuz g‟oyaga qarshi javob bera olish
Ko‟nikmasini shakllantirishga yordam beradi. Hayotda har bir inson va jamiyatning
O‟z oldiga qo‟ygan maqsadi, yuksak g‟oyasi, ezgu orzu-intilishlari mavjud bo‟lib,
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida har bir xalq, millat va jamiyat o‟z
Manfaatlariga xizmat qilib, uning taraqqiyotini ta‟minlashga yordam beradigan
Muayyan g‟oyaga ehtiyoj sezadi. Shu bilan birgalikda insoniyat jamiyati tarixiy
Taraqqiyotining barcha davrlarida inson va jamiyat o‟z maqsad va manfaatlariga
Zid bo‟lgan zararli va begona g‟oyalarga qarshi turadi. Jamiyat hayotida har
Qanday g‟oya va mafkura muayyan millat va xalqning maqsad va muddaolari,
Manfaatlari zamirida shakllanadi hamda takomillashib boradi. Milliy g‟oya millat
Manfaatlari va xalqning orzu-istaklarini o‟zida ifodalab, u o‟zining hayotbaxsh
G‟oyalari, buyuk maqsadlari bilan o‟z kuch g‟ayrati, aql-zakovati va hatto hayotini,
Buyuk g‟oyalar yo‟lida baxsh etishga tayyor insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Insoniyatning tarixiy taraqqiyotida, yer yuzida inson paydo bo‟lib uning
Urug‟, qabila, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi ro‟y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‟oya va mafkuraga ehtiyoj
Tug‟ilgan. Tarixiy taraqqiyotning barcha davrlarida har bir davlat, xalq, inson va
Jamiyatning o‟ziga xos g‟oyasi va jamiyatning o‟ziga xos g‟oyasi va mafkurasi
Bo‟lgan. Insonning, jamiyatning, xalqning o‟z oldiga qo‟ygan aniq maqsadi uni
Amalga oshirishda jamiyat ahlini birlashtiradigan, safarbarlikka undaydigan g‟oya
Va mafkura asosida amalga oshirilgan.
O‟zbek davlatchiligi taraqqiyot bosqichlari va tadrijiy taraqqiyotining g‟oya
Va mafkura bilan bevosita bog‟liqligi masalasiga e‟tibor qaratilsa, Qam dini,
Shomonlik, Ko‟k Tangriga e‟tiqod qadimgi Markaziy Osiyoda yashagan
Xalqlarning diniy e‟tiqodi, jamiyatdagi g‟oya va mafkurasi bo‟lsa, miloddan
Avvalgi VII asrdan boshlab Qadimgi Baqtriya va Katta Xorazm davlatlari tashkil
Topishi bilan Zardushtiylik dini jamiyatdagi yetakchi g‟oya va mafkura vazifasini
Bajara boshladi. Markaziy Osiyo hududi miloddan avvalgi VI-IV asrlarda
Ahamoniylar, miloddan avvalgi IV-II asrlarda Yunon-makedon davlatlari,
Aleksandr Makedonskiy saltanati, Salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibida
Bo‟lib, yunon madaniyati, diniy e‟tiqodi mahalliy aholining turmush tarzi,
Madaniyati, milliy g‟oya va mafkurasiga o‟z ta‟sirini ko‟rsatdi. Miloddan avvalgi
II asrdan boshlab Markaziy Osiyo hududida Kushon va Qang‟ davlatlari tashkil
Topgan bo‟lsa, Kushon davlati keyinchalik jahondagi eng yirik saltanatlardan biriga
Aylandi. Kanishka tomonidan Buddaviylik dinining davlat dini sifatida qabul
Qilinishi jamiyatning ma‟naviy hayotiga, milliy g‟oyasiga, milliy mafkurasiga o‟z
Ta‟sirini ko‟rsatdi. Dinlararo bag‟rikenglik g‟oyasi o‟zbek davlatchiligining barcha
Bosqichlarida amal qilib, turli davrlarda Qam dini, shomonlik, Zardushtiylik,
Buddaviylik, Moniylik, Mazdakiylik, Nasroniylik, Islom dini jamiyat ma‟naviy
Hayotiga, jamiyatning milliy g‟oyasi va mafkurasiga o‟z ta‟sirini ko‟rsatgan.
Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma‟naviy-mafkuraviy hayot sohalari
Jamiyatdagi g‟oya va mafkura vazifasini bajargan diniy ta‟limot asosida rivojlanib
Borgan. IV-V asrlardan boshlab Markaziy Osiyo hududi turkiy xalqlar, Xioniylar,
Kidariylar, Eftalitlar, Turk hoqonligi davlatlari tarkibiga kiritildi. VII – asrdan
Boshlab Markaziy Osiyo hududi Movarounnahr nomi bilan Arab xalifaligi, avval Ummaviylar, keyin esa Abbosiylar xalifaligi tarkibiga kiritildi. Arablar o‟z
Mafkuralari Islom dinini mahalliy xalqlar o‟rtasida tarqatdilar va o‟zbek
Davlatchiligining keyingi taraqqiyoti bevosita Islom dini asosida ishlab chiqilgan
Milliy g‟oya va mafkura asosida rivojlanib bordi. Bunga IX-X asrlardan boshlab
Tashkil topa boshlagan mustaqil milliy davlatlar – Somoniylar, Qoraxoniylar,
G‟aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar – Anushteginiylar kabi davlatlar
Taalluqlidir. Amir Temur va temuriylar davlati, Shayboniylar, Ashtarxoniylar,
Xonliklar davri ham Islom dini va islomiy ilmlar – Ilmi Kalom, Ilmi Rivoyat, Ilmi
Tavhid, Aqida ilmi asosida rivojlanib bordi. Insonning dunyoni aql yordamida
Bilishiga asoslangan Ilmi Hikmat Sharq Uyg‟onish davri an‟analari asosida
Rivojlandi va vorisiylik asosida keyingi davr ilm-fani rivojiga bevosita o‟z ta‟sirini
Ko‟rsatdi. Xalqimiz, davlatchiligimiz tarixida vujudga kelgan ma‟rifatparvarlik,
Jadidchilik harakatlari ham o‟z davri uchun muhim va dolzarb bo‟lgan milliy g‟oya
Va milliy mafkuraga taalluqli bo‟lgan fikr va g‟oyalarni ilgari surishdi. Tarixiy
Ma‟naviy merosimiz va milliy davlatchiligimiz an‟analarida ham vorislik asosida
Milliy mustaqillik g‟oyasi va mafkurasida ilgari surilgan fikr va g‟oyalar mavjud
Bo‟lib, bugungi kunda ulardan milliy g‟oya va mafkuraning tarixiy ildizi sifatida
Foydalanishga harakat qilinmoqda. Masalan, jadidchilik mafkurasida mustaqillik
G‟oyasi ilgari surilgan, xususiy mulkning muqaddasligi e‟tirof etilgan, diniy
E‟tiqod erkinligi qo‟llab-quvvatlangan, tarixiy ma‟naviy merosga tayanish
Zarurligiga e‟tibor qaratilgan, dunyoviy ilm-fan va madaniyatni egallashga da‟vat
Etilgan. Tarixiy ma‟naviy merosimizdagi ushbu fikr va g‟oyalar milliy g‟oya va
Mafkuramiz tayanadigan va oziqlanadigan muhim manbalardan bo‟lib hisoblanadi.
G‟oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat oldida turgan
Muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada faoliyat
Yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar
Etadigan buyuk kuchdir. G‟oya va mafkuraning hayotiyligi odamlarning,
Millatning, jamiyatning milliy manfaatini, orzu-intilishlarini qay darajada aks
Ettirishiga, ularning turmush tarzi, dunyoqarashi, tabiatiga qanchalik mos bo‟lishi
Bilan belgilanadi. Jamiyat hayotida odamlarning ezgu maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, ularga ma‟naviy-ruhiy quvvat beradigan mafkurani ko‟pchilik qabul
Qiladi va qo‟llab-quvvatlaydi. Shunday holatda mafkura kuchli ruhiy qudratga ega
Bo‟ladi. Mafkura barcha davrlarda jamiyatni yuksak va bunyodkor maqsadlar
Tomon birlashtirib, jamiyat ahli o‟rtasida sog‟lom munosabatlarni shakllantiradi.
Jamiyat hayotida g‟oya va mafkura barcha insonlar, xalqlar, jamiyat va davlat
Oldida muhim vazifalarni amalga oshirishda yordam beradigan, turli sohada
Faoliyat yuritadigan jamiyat ahlini birlashtirib, ularni umumiy maqsad sari safarbar
Etadigan muhim omildir.
Xalqimiz boy tarixiy merosga, moddiy va ma‟naviy qadriyatlarga ega bo‟lib,
Xalqimizning boy tarixiy moddiy va ma‟naviy merosi milliy g‟oya va mafkura
Tayanadigan manbadir. Agar tarixiy ma‟naviy merosimizda ilgari surilgan fikr va
G‟oyalarga e‟tiborimizni qaratsak, Sharq Uyg‟onish davri, Markaziy Osiyolik
Mutafakkirlarning asarlarida insonlar ma‟rifatga, ilm olishga, yuksak axloqodobga, oliyjanob fazilatlar egasi bo‟lishga, yaxshilikka da‟vat etilgan. Tarixiy
Ma‟naviy merosdan foydalanish yoshlarimizning fikrini o‟stirishga, ongining
Shakllanishiga, dunyoqarashining kengayishiga yordam beradi.
Mustaqillik yillarida o‟tmishda toptalgan, qoralangan tarixiy moddiy va
Ma‟naviy merosimizga munosabat tubdan ijobiy tomonga o‟zgardi hamda ulardan
Xalqimizning ma‟naviy va ma‟rifiy yuksalishi uchun foydalanish imkoniyatlari
Ham kengaydi. Bugungi kunda Respublikamizda bu yo‟nalishda keng ko‟lamli
Targ‟ibot-tashviqot tadbirlari olib borilmoqda.
O‟zbekiston sayohatchilikni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyatlarga
Ega bo‟lib, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Qo‟qon, Qarshi kabi tarixiy
Obida shaharlar butun dunyoga mashhurdir. Hozirgi kunda milliy iqtisodiyotga
Yuqori daromad keltiradigan istiqbolli tarmoqlardan biri – bu turizmdir, – deydi
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, – O‟zbekiston turizm
Sohasida ulkan salohiyatga ega bo‟lgan davlat hisoblanadi. Yurtimizda 7 ming 300
Dan ortiq madaniy meros ob‟yektlari mavjud va ularning aksariyati YUNESKO
Ro‟yxatiga kiritilgan. … Samarqand, Buxoro, Toshkent shaharlaridagi muqaddas
Qadamjolar va yodgorliklarni ziyorat qilishdan iborat bo‟lgan “kichik haj” dasturini rivojlantirish va jadallashtirish zarur. Ichki turizm sohasidagi katta imkoniyatlarni
Ham to‟liq ishga solish lozim1. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin
Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir
Temur, Mirzo Ulug‟bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‟plab ajdodlarimiz milliy
Madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‟shdilar, xalqimizning milliy
Iftixori bo‟lib qoldilar. Ularning jahon sivilizasiyasi taraqqiyotiga qo‟shgan ulkan
Hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma‟lum. Tarixiy tajriba, an‟analarning
Meros bo‟lib o‟tishi – yosh avlodni tarbiyalaydigan qadriyatlarga aylanmog‟i
Lozim. Bizning madaniyatimiz butun insoniyatni o‟ziga rom etib kelayotgan
Markaz bo‟lib qolganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar
Va san‟at ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan
Shug‟ullanuvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan.
Bularning har biri milliy g‟oyamizning moddiy va ma‟naviy negizlari
Hisoblanadi. Milliy g‟oya aynan ana shulardan ozuqa oladi va shakllanib, rivojlanib
Boradi. Qaysi jamiyat o‟z yo‟lini to‟g‟ri tanlab olib, buyuk maqsadlarni ko‟zlab
Taraqqiy etishni xohlasa u albatta milliy g‟oya va milliy mafkuraga tayanadi.
Milliy g‟oya umummanfaat yo‟lida xizmat qilsa, u taraqqiyotga kuchli ta‟sir
Ko‟rsatadi va ijtimoiy taraqqiyotda umummaqsad sifatida namoyon bo‟ladi. Milliy
G‟oya ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta‟sir ko‟rsatadi, jamiyat hayoti turli
Sohalarining asosiy yo‟nalishlarini belgilaydi, ijtimoiy hayotning rivojlanib
Borishida odamlarning maqsad va manfaatlarini birlashtiradi, uyushtiradi, ma‟lum
Bir maqsadga yo‟naltiradi va harakat dasturi bo‟ladi. Inson, millat va jamiyat
Hayotida g‟oya va mafkuraga, eng avvalo, milliy g‟oyaga bo‟lgan talab va
Ehtiyojlar doimo ortib boradi.
Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin