Insonparvarlik
Insonparvarlik
— insonning qadri,
erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi
toʻgʻrisida, insoniylikning barcha
tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun
shart sharoitlar yaratib berish haqida
gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi
tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng
qimmatli narsa insondir, butun mavjudot,
borliq insonga, uning baxt-u saodatiga
xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq
manfaatlari, mamlakat kishilari haqida
gʻamxoʻrlik qilish.
Insonparvarlik. Tarbiyaning
insonparvarlik g km hidgaʻoyasi muhim
tushuncha boʻlib unda inson yoki
shaxsning taqdiri yotadi. Insonparvarlik
gʻoyasi har bir xalqning azaliy qadriyati
hisoblanadi, umimiy qadriyat hisoblanadi.
Masalan ikkinchi jahon urishi yillar[da
oʻzbek xalqining turli millat xalqiga
insonparvarligi, bolajonligi, xalqparvarligi
hamda mehr oqibatliligi misoldir.
Tarbiyaning markazida shaxs turar ekan
har bir ison komil inson boʻlishga intilishi
kerak, shundagina biz kutgan natijaga
erishimiz mumkin.
Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo
Ulugʻbek, Alisher Navoiy va b. asarlarida
Insonparvarlik, inson erkinligi, uning qadr-
qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy
insonlarning inoq va doʻst yashashi
mamlakatda xalqlar uchun katta foyda
keltirishini isbotlashga intilgan va tin-
chlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini
inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson
taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida
gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan.
Dunyoda eng qimmatli narsa insondir,
degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha,
butun mavjudot, borliq insonga, uning
baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim.
Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham
Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini
topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir,
muhtoj kishilarga yordam berishga,
sahovatli va insofli boʻlishga daʼvat
qilinadi.
{manbalar}
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Insonparvarlik&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 27-Mart 2023, 14:31 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Insonparvarlik&oldid=36294
79" dan olindi
Dostları ilə paylaş: |