Institut haqida termiz davlat universitetining pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə1/2
tarix02.05.2023
ölçüsü0,66 Mb.
#106102
  1   2
Institut haqida


Institut haqida
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali hamda Termiz davlat universitetining (keyingi o‘rinlarda — Universitet) pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Institutning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

  • hududda pedagogika soha va tarmoqlarining rivojlanish istiqbollari va ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash;

  • Institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish;

  • o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash hamda o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirish;

  • ta’lim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublika va xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;

  • xorijiy yetakchi va nufuzli oliy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv va ilmiy-uslubiy ta’minotni takomillashtirish va amaliyotga joriy etish;

  • ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya va ta’lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash;

  • pedagogika ta’lim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

  • respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish;

  • xalqaro baholash dasturlari (PISA, TIMSS, PIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarini tayyorlash.

3. Belgilab qo‘yilsinki:



  • Institut O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga hamda shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi;

  • Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi;

  • 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar Universitetda ta’lim jarayonini davom ettiradilar;

  • Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;

  • o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini birlashtirgan holda bitiruvchilarga ikkita kvalifikatsiya berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;

  • Institut Universitetning o‘quv va ilmiy laboratoriyalaridan, sport inshootlaridan hamda axborot-resurs markazidan rejalashtirilgan dars jarayonlariga ta’sir etmagan holda tekin foydalanadi;

  • Institutga kafedra mudiri va professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga qabul qilish Universitet kengashi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

4. Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 228 “B”-uy manzilidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filiali bino va inshootlari hamda Muzrabot tumani, “Sharq yulduzi” QFY, “Shaffof” MFY manzilidagi sobiq Muzrabot agroservis kasb-hunar kolleji bino va inshootlari tegishli hududi bilan birgalikda Institutga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin berilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Universitet bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar:
a) Institut:
tuzilmasi oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq tasdiqlanishini;
ustavi belgilangan tartibda tasdiqlanishi va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
axborot-resurs markazini qo‘shimcha o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlasin;
b) Institutni tanlov asosida amaliy tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislardan iborat yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rsin.
6. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, talabalarning to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olishidan, shartnomalar asosida xizmat ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar, xalqaro moliya va xorijiy tashkilotlarning grantlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, shuningdek, qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
7. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Zarur hollarda, Universitet kengashining qaroriga asosan Universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Institut moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va Institutning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan Universitet moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga ruxsat berilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Institut talabalari amaliyotini samarali tashkil etish uchun tegishli sharoitlar yaratilishini ta’minlasin; o‘quvchilarni pedagog kasbiga yo‘naltirish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi yetakchi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10 tasida 3-4-sinf o‘quvchilari uchun “O‘qish va matematik savodxonlik bo‘yicha sinflar”, 8-9-sinf o‘quvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi bo‘yicha sinflar”, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun “Pedagogik sinflar”ni tashkil etsin va Institut taklifi asosida dars jarayoniga ta’sir etmagan holda o‘quv jarayoniga tegishli o‘zgartirishlar kiritsin.

9. Universitet:



  • salohiyatli kadrlarni jalb etgan holda ta’lim va ilmiy faoliyatni sifatli tashkil etish;

  • ta’lim, tarbiya, ilmiy va uslubiy jarayonlarni samarali boshqarish;

  • ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

  • darslik, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy material va axborot resurslari bilan ta’minlash;

  • professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va iqtidorli yoshlar seleksiyasini amalga oshirish;

  • ilmiy-tadqiqot ishlari uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish va ilmiy maktablarni rivojlantirish yo‘nalishlarida Institutga ko‘mak berib borsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga asosan Institutning bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash loyihalari O‘zbekiston Respublikasining 2022 — 2024-yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga belgilangan tartibda kiritilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021-yil 1-avgustga qadar Institutni onlayn ma’ruza hamda masofaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun telekommunikatsiya jihozlari va infratuzilma bilan ta’minlash, shuningdek, yuqori tezlikdagi Internet jahon axborot tarmog‘i hamda “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘iga belgilangan tartibda ulash choralarini ko‘rsin.
12. Institutga 2 ta, shu jumladan, 1 ta yengil va 1 ta navbatchi avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Sport turlari bo‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-martdagi 122-son qaroriga 1-ilovaning “Oliy ta’lim muassasasi nomi” ustuni 48-pozitsiyasidagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali” so‘zlari “Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti” so‘zlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Termiz filialini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi 170-son qarori 2021-yil 1-iyuldan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov hamda Surxondaryo viloyati hokimi T.A. Bobolov zimmasiga yuklansin.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin