Mini-leksiya zamonaviy ta’limning effektiv usullaridan biri hisoblanadi.
Amal qilish meхanizmi qo`yidagicha: o`qituvchi 10-20 minut ichida ma’ruza
o`qiydi. O`quvchilar diqqat bilan quloq solishadi. Ma’ruza o`qib bo`lganidan
so`ng, o`qituvchi o`quvchilarga 3-5 minut vaqt berib ma’ruzaning asosiy
mazmunini tezis shaklida konspekt qilishga imkon beradi. Konspekt tuzishjarayonida o`quvchilar noaniqliklarni bartaraf etish maqsadida o`qituvchiga yoki bir-birlariga savollar berishlari mumkin
Mini leksiyalaning ikkinchi ko‘rinishi.
10-20 minut davomida o`qituvchi ma’ruzani o`qiydi. O`quvchilar diqqat
bilan quloq solib, qisqa konspekt yozib borishadi. Ma’ruza tugagandan keyin
o`qituvchi o`quvchilarga 3-5 minut vaqt beradi va bu vaqt ichida o`quvchilar,
juftliklarga bo`linib, bir-biri bilan konspektlarini almashib, o`qib chiqishadi va
mulohazalari bilan o`rtoqlashadi. Noaniqliklar, хatolar tuzatiladi.
O`qituvchiga ham savol berishlari mumkin.
Jadallashtirilgan ma‘ruza.
Ma’ruza jarayonida o`qituvchi ma’ruzaning an’anaviy shaklini o`quvchilarni
faol o`qitish va tanqidiy fikrlashga qiziqtirish uchun o`zgartiradi. Natijada
jadallashtirilgan ma’ruzaning shaqli vujudga keladi
Matodlarni tinglovchi holatidan kelib chiqish maqsadga muvofiqdir bundan maqsad mavzuni to‘la yoritib berishga imkon beradi.