Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili



Yüklə 1,14 Mb.
səhifə1/32
tarix02.01.2022
ölçüsü1,14 Mb.
#38822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili


Internet texnologiyalari rivojlanishining analitik tahlili

XIX asrda telegraf va telefonning ixtiro qilinish bilan boshlangan va insoniyat sivilizatsiyasini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqan axborot kommunikatsiya texnologiyalari erasi, bugungi kunda o’z taraqqiyotining yuqori cho’qqisiga chiqdi desak yanglishmagan bo’lamiz.

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari, rivojlanishning turli bosqichlarida, tarkiban kengayib, funksional jihatdan boyib bordi: Telegraf orqali matn jo’natish bilan, qandaydir daqiqalar ichida manzilga yetkazilgan xabar yoki yangilik, o’z vaqtida, oddiy qog’ozli pochta jo’natmasi bilan yuborilgan va manzilga yetgunicha, kamida bir, ikki hafta talab qilingan kommunikatsiya usulini qanchalik inqilobiy tarzda o’rin almashtirgan bo’lsa, uning faqat matn uzatishga moslashganligi singari kamchiliklarini, Bell ixtiro qilgan telefon apparati to’ldirdi. Popov ixtiro qilgan radioto’lqinlarni masofaga maqsadli uzatish texnologiyasi, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamida yana bir o’ziga xos burilish yasab berdi. Zvorikinning elektron nur trubkasi jamiyatni axborotlashtirishning eng samarali vositalaridan biri – televideniye davrini boshlab bergan bo’lsa, XX asrning 60-70 yillarida EHMlarning rivojlanishi asnosida yuzaga kelgan, kompyuter va tarmoq texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari taraqqiyotining mantiqiy davomi sifatida yuzaga chiqdi.

Biz sanab o’tgan axborot kommunikatsiya texnologiyalarining har biri, o’z zamonasi uchun muhim ahamiyat kasb etgani rost. Ularning har biri jamiyat hayotiga chuqur singib, hattoki, ma’lum bir ijtimoiy va madaniy o’zgarishlarga ham sabab bo’lgan. Xususan, yuqorida biz sanoqdan chetda qoldirgan – matbuotning taraqqiy etishi, jamiyatdagi savodxonlikning ortishiga qanchalik hissa qo’shgan bo’lsa, radio va teletranslaytsiyalar orqali, aholi tezkor usulda muhim siyosiy, madaniy va ma’naviy axborot olish vositasiga ega bo’lgan edi.

Bizning o’z zamonamizda, shundoqqina ko’z o’ngimizda startga chiqqan uyali aloqa vositalari va internet texnologiyalari taraqqiyoti esa, yuqorida sanab, qisqacha ta’riflab o’tilgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari qo’shini qudratiga yanada quvvat bag’ishladi. Ayniqsa internet global tarmog’i kelgusi asrlarda ham, bizning davrimiz uchun o’ziga xos tashrif qog’ozi sifatida namoyon bo’lsa ajab emas.

Zero, bugungi kunimizda internet – dunyodagi axborot almashinuvi va kommunikatsiya vositalari orasida eng ilg’or va ommabop bo’lib, u, o’sha telegrafdan boshlab ixtiro qilingan barcha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining mantiqiy mohiyatlari – matnli xabar uzatish, tovush uzatish, tasvir uzatish kabilarni, o’zida yagona va yaxlit tizimga mujassamlashtirgan mukammal axborot-kommunikatsiya vositasiga aylandi. O’z ajdodlaridan farqli ravishda, endi internet, bir tomonlama axborot uzatish vositasi bo’lib qolmasdan, interaktiv axborot kommunikatsiya vositasi sifatida namoyon bo’ldi. Bu jihatlariga ko’ra, internetni, yozuv va kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bir qatorda, insoniyat tarixidagi uchinchi axborot inqilobi deb qarasak ham yanglishmagan bo’lamiz.

...Endilikda internet va uning ilg’or texnologiyalari qo’llanilmagan, foydalanilmagan soha «qoloq» sifatiga mansub desak ajablanmang! Zero, internet taqdim etayotgan qulayliklar tufayli, bugun biz, faqat qo’shni viloyatdagi yaqinlarimizgagina emas, balki, boshqa materikdagi tanish-bilishlarimizga ham videoqo’ng’iroqlar qilishimiz, foydalanilgan xizmatlarga haq to’lashimiz, mahsulotlarga buyurtma berishimiz va sotib olishimiz - tobora oddiy kundalik holatga aylanib bormoqda. Internet bizlarga taqdim etayotgan eng oddiy interaktiv xizmat – elektron xat-xabar almashinuv (e-mail yoki, ijtimoiy tarmoqlar)dan boshlab, elektron kutubxona (e-Library), elektron masofaviy ta’lim (e-learning) kabi, hamda, elektron tijorat (e-commerce), elektron to’lovlar (e-Payment), elektron birja (e-Exchange) kabi ilg’or interaktiv xizmat turlari, jamiyat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy sohalarga jadallik bilan kirib kelib bo’ldi. Endilikda, tomonlardan birining (yoki ikkisining ham) shaxsan hozir bo’lishi talab etilmaydigan xizmat ko’rsatish sohalarida internetni joriy qilish, ham iqtisodiy ham ma’naviy jihatdan maksimal samaradorlik beradigan darajaga erishmoqda. Umumiy xulosa qilib aytganda, internet, axborot kommunikatsiya texnologiyalari olamidagi o’z ajdodlarining barcha yutuq va imkoniyatlarini o’zida jamlagan, va ulardan farqli ravishda, bir tomonlama axborot taqdim etish vositasigina bo’lib qolmay, balki, interfaol, ko’p qirrali kommunikatsion vosita sifatida yuksak samaradorlik potensiali namoyon qilmoqda...

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Davlat boshqaruvi, yoxud, «Elektron hukumat»Maqolamiz muqaddimasi orqali, gapni uzoqdan boshlab, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, xususan internetning muhim iqtisodiy va ijtimoiy sohalarga allaqachon kirib kelib, o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsata boshlaganiga urg’u berdik. Ko’rinib turibdiki, ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli bo’g’inlarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish – bugungi zamon talabi bo’lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko’rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar uchun qo’llash ayni muddao hisoblanadi. Davlat hokimiyati ichki tarmoqlari boshqaruvi (markaziy hukumat va mahalliy hokimiyatlar, davlat tashkilot va muassasalari o’rtasidagi o’zaro uzviylik) va davlat tashkilot va muassasalarining fuqarolar hamda biznesga ko’rsatadigan xizmatlarining samaradorligini oshirishda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining qulayliklari va imkoniyatlaridan foydalanish – zamonaviy ilg’or yo’nalishlardan biri bo’lib, xalqaro leksikonda u «Elektron hukumat» (e-government) deb yuritiladi.

«Elektron hukumat» tushunchasi

Elektron hukumat tushunchasi dastavval XX asrning 90-yillari boshida AQSHda paydo bo’lgan. Mazkur tushuncha, 1991 yilda, AQSHning o’sha vaqtdagi prezidenti Bill Klinton davrida, internet va umuman axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlantirishga davlat darajasida, alohida e’tibor qaratgan paytda yuzaga kelgani ma’lum. Klinton ma’muriyati davrida davlat idoralari hujjatlari orqali OAVga tarqalgan «Elektron hukumat» tushunchasi, 1999 yildan boshlab, okean orti va Yevropaning yetakchi nashrlarida davriy ravishda va tez-tez uchray boshladi. Aynan shu davrda, «Elektron hukumat» va unga bog’liq tamoyillar tahlil va tadqiq qilingan ilmiy ishlar ham paydo bo’ldi. Misol uchun: Bellami Teylorning «Axborot asrida hukumat boshqaruvi» asari[2]da davlat boshqaruviga elektron axborot kommunikatsiya vositalari, xususan internetni tadbiq etishning nazariy masalalari ko’rib chiqilgan bo’lsa; 2002 yilda chop etilgan «Elektron hukumat strategiyasini baholash mezonlari: strategik tahlil xulosasi» nomli risola[3]da, elektron hukumatning joriy qilishning istiqbollari, uning texnik va ijtimoiy talablari asosida tahlil qilingan edi. Keyingi davrda, axborot kommunikatsiya texnologiyalari borasida rivojlangan, yetakchi davlatlar hukumatlarining maxsus qarorlari orqali amaliy ishga o’tildi. Davlat boshqaruvi sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishni ko’plab nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qo’llab quvvatlay boshlashdi. Ularning har birida, mazkur tushunchaning o’ziga xos talqinini ko’rish mumkin.




Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin