2 - ish. Eritmadagi NO3- - ionlari miqdorini aniqlash
Tajribani bajarish indikator elektrod – NO3- - selektiv elektrodi solishtirma elektrod - kumush – hlor elektrodi asosida tuzilgan galvanik element E.Y.K eritmadagi NO3- - ionlari miqdoriga bog’liqligiga asoslangan.
NO3- - selektiv elektrod
|
Tekshiriladigan eritma
|
Solishtirma elektrod Ag/AgCl/Cl-
|
NO3- selektiv elektrodni darajalash
1) ionomer;
2) indikator elektrod – NO3- - selektiv elektrod;
3) solishtirma elektrod – kumush – hlor elektrod ;
4) 5 dona 50,00 ml.li o’lchov kolbasi ;
5) 5 dona 50 ml.li stakancha;6) 1 dona 1 litr (1000 ml) o’lchov kolbasi;
7) filtr qog’oz;8) yuvgich;9) 1 dona 500 ml.li stakan;
10) 1 m K2SO4 eritmasi ;11) KNO3 tuzi;
12) 1 dona 5 ml.li pipetka .
Ishni bajarish tartibi: Tortim usul bilan KNO3 ning 5 ta standart konsentrsiyasi 1 10-5 dan 1 10-1 mol/l gacha bo’lgan eritmalari tayyorlanadi. Eritmaning ion kuchini doimiy saqlab turish uchun K2SO4 ning 1 m eritmasidan foydalaniladi.
Eritma tayyorlash tartibi: 10,10 g KNO3 tuzi 1 litr K2SO4 ning 1 molyarli eritmasida eritiladi va bunda = 1 * 10-1 mol/l bo’lgan eritma hosil bo’ladi. Keyin bu eritmadan 5 ml pipetkada olib 50 ml o’lchov kolbasiga qo’yiladi. Eritmani kolbaning belgisigacha K2SO4 nig 1m.li eritmasi bilan suyultiriladi. = 1 * 10-2 mol/l eritma hosil bo’ladi va hokazo suyultirish usuli bilan hamma eritmani tayyorlanadi. Eritmalarning oxirgisidan boshlab pNO3 va Ex aniqlanadi. Olingan natijalarni jadvalga yozib oriladi.
, mol/l
|
1 10-5
|
1 10-4
|
1 10-3
|
1 10-2
|
1 10-1
|
pNO3
|
|
|
|
|
|
Ех,mV
|
|
|
|
|
|
Jadvaldagi natijalar asosida darajalash grafigi chizib, grafik yordamida - aniqlanadi (1-ishga qarang). = 59 1 mV bo’lishi kerak.
Noma`lum eritmadagi NO3- ni aniqlash.
Noma`lum eritma sifatida tarkibida NO3- ioni bo’lgan tuzlar, tarvuz, qovun, mevalarning sharbatlari ishlatiladi. Buning uchun aniq miqdorda shu «namuna»lardan (o’qituvchi tomonidan beriladi) olinadi va 1m.li K2SO4 eritmasida eritiladi. Eritmadan 20-30 ml olib uning Eh qiymati o’lchanib, grafikdan NO3- ning miqdori topiladi.
Dostları ilə paylaş: |