Marketing- korxonaning tovarlar ishlab chiqarish va sotishni tashkil etish hamda boshqarish shaklidir. «Marketing» ga «sotish» va «reklama qilish»dan ham ko‘proq aloqador boshqa muhim jihatlarini o‘rganish uchun velosipedni misol qilib olamiz Hech kim velosiped minib tug‘ilmagan. - Hech kim o‘zi uchun velosiped yasamagan.
Marketing inglizchadan “market” – bozor, bozordagi harakat, faoliyat, ya’ni bozor faoliyatini o‘rganish ma’nosini anglatadi. Marketing tushunchasi bozor bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyatni o‘z ichiga oladi.
“Marketing” va ”Reklama
Velosipedlar odatda turli xil o‘lchamda, ayollar, erkaklar, bolalar, qariyalar uchun yoki ikki kishilik, savatchalik, 4 oyoqlik, arzon, qimmat va hokazo bo‘lishi mumkin. Yuqoridagi xilma – xilliklar velosiped ishlab chiqarish va sotishni chigallashtiradi. Shuning uchun velosiped ishlab chiqaruvchi kompaniya velosiped ishlab chiqarishdan oldin va keyin quyidagi ishlarni amalga oshirishi zarur.
1. Iste’molchilar ehtiyojini tahlil qilish. 2. Velosiped turini bashorat qilish. 3. Yaqin orada qancha odam velosiped haydashini baholash. 4. Odamlar qachon velosiped sotib olishini bashorat qilish. 5. Velosiped haydovchilari qayerda ko‘p bo‘lishi va ularni topish. 6. Velosiped sotib olish uchun odamlar qancha pul sarflashini taxmin qilish. 7. Ushbu kompaniya velosipedlarini mijozlarga tanishtrish uchun qanaqa aksiyalar o‘tkazish. 8. Yana nechta raqobatchi korxona bor, ular qancha velosiped ishlab chiqaradi, turi va narxi qanday? 9. Agar mijozlar velosipedni sotib olgach muammolarga duch kelsa, ularga qanday qilib xizmat ko‘rsatish?