Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi



Yüklə 18,36 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü18,36 Kb.
#77090
Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
x
Iqtisodiy hayot sirlarini bilish va shu ywldagi faoliyatning asosiy ywnalishlarini aniqlashga intilish juda qadim zamonlardan mavjud bwlib, bu intilish iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, uni kishilarga kerak bwlgan tomonga ywnaltirishga ijobiy ta`sir etish zaruriyatidan kelib chiqqan.

Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning kwzga kwringan olimlari Ksenofont, Platon, Aristotel` asarlarida, shunigdek qadimgi Misr, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining asarlarida qarab chiqilgan edi.


Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga etib kelgan Qur`oni Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini, bobolarimiz Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug`bek asarlarini wqir ekanmiz, ularda insonning yashashi uchun tabiat ehsonlari etarli emasligi, ijodiy mehnat qilish kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bwlamiz. Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abduraxmon Abu Zayd (1332-1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir. Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi») asarida dunyoda birinchi bwlib tovarning ikki xil xususiyatini – iste`mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab mehnatni, zaruriy va qwshimcha mehnat hamda zaruriy va qwshimcha mahsulot tushunchalarini ajrata bildi. Shuningdek, tovarlarni ayirboshlash jarayonida, ular bir-biriga taqqoslanganda mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqishi, ya`ni tovarda gavdalangan mehnatning va uning nafliligini hisobga olinishi ham ta`kidlangan.2


Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g`oyalari 1482 yilda yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub» asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bwlib, birinchi qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini wzining va oilasining ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e`tibor beradi. Shu bilan birga boylikni halol mehnat bilan topish, twplash va foydalanish zarurligini ta`kidlaydi.3


Shunisi muhimki, ular hech bir inson wzi uchun zarur bwlgan iste`mol buyumlarning barchasini wzi yarata olmasligini, shuning uchun bir-biri bilan iqtisodiy aloqada, munosabatda bwlishlari ob`ektiv zaruriyat ekanligini ham qayd qilganlar.


Bundan tashqari, ularning asarlarida doimo xwjaliklarning barcha turlarida (uy, shahar, davlat) daromad bilan xarajat muvozanatiga katta e`tibor berish lozimligi, pulning mazmuni va uning kelib chiqish sabablari yoritilgan.


Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan Wrta Osiyoning kwpgina olimlari iqtisodiyotni izchil wrganish asosida uning kwpgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bwlsalar ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.


Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida kwpgina mamlakatlarda milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda “siyosiy iqtisod” nomi bilan shakllana boshladi.


Siyosiy iqtisod grekcha swzdan olingan bwlib “politiko” - ijtimoiy, “oykos” - uy, uy xwjaligi, “nomos” - qonun degani. Ya`ni uy yoki ijtimoiy xwjalik qonunlari ma`nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab, ijod qilgan frantsuz iqtisodchisi Antuan Monkret`en birinchi marta 1615 yilda “Siyosiy iqtisod traktati” nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi. Keyinchalik klassik iqtisodchilar bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod keng ma`noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar twg`risidagi fandir, deb yozgan edilar.


Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha g`oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining manbai nima, u qaerda va qanday qilib kwpayadi, degan savollarga javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi merkantilizm deb atalgan. Bu oqim tarafdorlari odamlarning, jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat, boylik savdoda, asosan tashqi savdoda - muomala jarayonida paydo bwladi, kwpayadi, savdoda band bwlgan mehnat unumli mehnat, boshqa mehnatlar esa unumsizdir, deb tushuntirib keldilar. Keyinchalik ayirboshlash, ya`ni savdo jarayonida hech qanday boylik yaratilmasligi, qiymatning kwpaymasligi ma`lum bwlib qoldi. Faqat ayriboshlashning ekvalentlik tartibi, ya`ni teng mehnatga teng boylik muvozanati buzilgan taqdirda boylik birovlar foydasiga qayta taqsimlanadi, natijada kimdir boyib, kimdir xonavayron bwlib boradi. Merkantilistlar iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi davlatning iqtisodiy siyosatiga amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat deb ta`kidladilar. Ularning fikricha, iqtisodiyotda ijobiy savdo balansiga erishilishi uchun davlat iqtisodiyotga faol aralashishi, ya`ni milliy ishlab chiqarish va savdoni wz panohiga olishi zarur deb hisoblaydi.


Keyingi oqim fiziokratlar deb atalgan. Ular merkantilistlardan farqli wlaroq, boylik qishloq xwjaligida yaratiladi va kwpayadi, degan g`oyani olg`a surdilar. Ularning vakili bwlgan F.Kene mashhur «Iqtisodiy jadval» asarini (1758) yozdi va unda fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi. Uning nazariy va siyosiy dasturini ta`riflab berdi. Bu asarda F.Kene almashuvning ekvivalentlik ta`limotini ilgari surdi. Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi rwy beradi, tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bwladi. F.Kenening ta`limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy wrin egallaydi. Uning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish harajatlari wrtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. Uning ta`limotida sof mahsulot bilan qwshimcha qiymatni chalkashtirish, ya`ni ikkalasini aynan bir narsa deb tushunadi. U qwshimcha qiymat dehqonlarning qwshimcha mehnati samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa qwshimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda tabiat ham ishtirok etadi deb tushuntiradi.4 Bu erda u wzi bilmagan holda qiymat bilan naflilik(iste`mol qiymat)ning farqiga bora olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta`limotini A.Tyurgo, Dyupon de Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta`limoti bwyicha qishloq xwjaligida band bwlgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb hisoblangan.


Keyinchalik iqtisodiyot fanining klassik maktabi namoyondalari bwlmish A.Smit, U.Petti, D.Rikardo kabi atoqli iqtisodchi olimlar boylik faqatgina qishloq xwjaligidagina emas, balki shu bilan birga sanoat, transport, qurilish va boshqa xizmat kwrsatish sohalarida ham yaratilishini isbotlab berdilar va hamma boylikning onasi er, otasi mehnat, degan qat`iy ilmiy xulosaga keldilar. Shuni aytish kerakki, A.Smitning “kwrinmas qwl” printsipi hozirgi kunda juda kwp tilga olinmoqda. U wzining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari twg`risida tadqiqot” (1776) degan kitobida insonni faollashtiradigan asosiy rag`bat shaxsiy manfaatdir deb kwrsatadi. Inson wz shaxsiy manfaatini amalga oshirishga, ya`ni foyda olishga intilib mehnat taqsimoti sharoitida qandaydir tovar yoki xizmat turini yaratadi, boshqalarga etkazib beradi, wz kapitalini kwpaytiradi va shu intilishda wzi bilmagan holda jamiyat taraqqiyotiga hissa qwshadi deb tushuntiradi. U kapital, mehnat, tovar, ishchi kuchi va boshqa resurslarning erkin harakatini ta`minlash printsipini ilgari suradi. Ushbu maktabning «klassik» deb nom olishiga ularning quyidagi yutuqlari sabab bwldi.


Birinchidan, A.Smit va D.Rikardo iqtisodiyotni wrganishga ilmiy yondashuv beradigan tadqiqot usullarini ishlab chiqdi va muvafaqqiyatli qwlladilar. Aynan ana shu usullar yordamida ular merkantilistlarning boylikning manbasi savdo degan g`oyasini asossiz ekanligini isbotlashdi.


Ikkinchidan, iqtisodiyot twg`risidagi barcha yig`ilgan bilimlarni klassik maktab namoyondalari ma`lum bir ilmiy tizimga keltirdilar. Bu narsaga ular birinchi bwlib iqtisodiy ne`matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol wrtasidagi tizimli aloqani tadqiq etgani sabab bwldi.


Uchinchidan, ingliz klassiklari xwjalik hodisalarining kwzga kwringan tomonlarini tadqiq qilish bilan cheklanib qolmadilar. Ular ushbu hodisalarning mohiyatini, ular wrtasidagi sabab-oqibatli aloqadorlikni aniqladilar, shuningdek kapitalistik iqtisodiyot qonunlarini ochdilar.


Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Sismondining ham muhim hissasi bordir. U kapitalistik iqtisodiy mexanizmni tanqid qilib, siyosiy iqtisod inson baxti ywlida sotsial mexanizmni takomillashtirishga qaratilagn fan bwlmog`i lozim deb kwrsatadi. Kapitalizmning iqtisodiy tuzumini tanqid qilish bilan bir qatorda undan kwra progressiv bwlgan jamiyat qurish g`oyasi Sen-Simon, Sharl` Fur`e, Robert Ouen kabi sotsial utopistlar tomonidan ilgari surilgan edi. Ular xususiy mulkni qattiq tanqid qilib, uni tugatish tarafdori edilar.


Ulardan keyin marksizm deb nomlangan nazariy ywnalish wzlarining nazariyasida jamiyat taraqqiyotiga tabiiy-tarixiy jarayon deb qarab, ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar, ularning iqtisodiy tuzumi, tarkibiy qismlari, vujudga kelish, rivojlanish va boshqasi bilan almashish sabablari twg`risidagi ta`limotni hamda qwshimcha qiymat nazariyasini yaratdilar.


XIX asrning oxirgi choragidan iqtisodiyot nazariyasining yangi ywnalishi «ekonomiks» vujudga kela boshladi. Avvvalo, aytib wtish kerak, mazkur ywnalish klassik ilmiy ywnalishning asosiy belgilariga ega edi. Birinchidan, ushbu ywnalish tadqiqotchilari iqtisodiyotni tadqiq etishda bilish usullarining keng doirasiga tayanishadi. Ular birinchi bwlib xwjalik jarayonlarining miqdoran wzaro bog`liqliklarini aniqlashda matematik usullardan, iqtisodiy psixologiya usullaridan foydalanishdi. Ikkinchidan «ekonomiks» vakillari iqtisodiyot nazariyasining predmeti sifatida insonlar wrtasidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni qarashdi (klassiklarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar). Ne`matlar doiraviy aylanishida asosiy va belgilovchi bwlib bozorga oid ayirboshlash bitimlari tan olindi.


Iqtisodiyot nazariyasi predmetining yangicha talqini xwjalik yuritishning bozor tizimi twg`risidagi marjinalizm deb atalgan butun bir ta`limotga olib keldi. U inglizcha swzdan olingan bwlib, oxirgi, qwshilgan degan ma`noni beradi. Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari (Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Bem-Baverk va boshqalar) bwlib, ular tomonidan qwshilgan tovar nafliligining, qwshilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bwlgan talab va uning narxi wrtasidagi bog`liqlik va wzaro ta`sirini tahlil qilishda keng qwllanildi.


Iqtisodiyot nazariyasining yangi ywnalishi neoklassik, ya`ni yangi klassik deb nom oldi. Bu nazariyaning yirik namoyondalaridan biri A.Marshall bwlib, u iqtisodiy jarayonning funktsional bog`lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan iborat deb qaradi. Bu nazariy ywnalishning namoyondalaridan biri Shveytsariya iqtisodchisi Leon Val`ras bwlib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.


Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondasi Y.Shumpeter 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” deb atalgan kitobida iqtisodiy tizimlar wzgarishining ichki kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini kwrsatishga harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik degan xulosaga keladi.


1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns wzining “Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi” degan kitobida makroiqtisodiy kwrsatkichlar: milliy daromad, kapital xarajatlar, iste`mol va jamg`arishning wzaro bog`liqligini tahlil qilib, investitsiya va iste`molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb kwrsatadi. Keyns ta`limoti, ya`ni keynschilik maktabi ta`sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil ywlga qwyildi. U davlatning iqtisodiyotni boshqarishda faol qatnashishi zarurligini isbotladi. Keyns taklif etgan kontseptsiyaning mohiyati quyidagilardan iborat.


Birinchidan, ushbu kontseptsiyani samarali talab nazariyasi deb atashadi. Keynsning g`oyasi shundan iboratki, yalpi talabni rag`batlantirish va faollashtirish orqali ishlab chiqarishni hamda tovar va xizmatlarni kengaytirishga ta`sir qilish edi.


Ikkinchidan, ushbu kontseptsiya investitsiyalarga hal qiluvchi ahamiyat beruvchi nazariyadir. Investitsiyalardan keladigan daromad oshgan sari investitsiya hajmi ham oshib boradi, demak, ishlab chiqarishning wsish sur`ati ham yuqori bwlib boradi.


Uchinchidan, bu nazariya davlatga foiz stavkasini boshqarish orqali investitsiyalarga ta`sir wtkazishi yoki ijtimoiy ishlarga va boshqa sohalarga davlat investitsiyalarini ywnaltirishga imkoniyat beradi.


Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim ywnalishlaridan biri monetarizm deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy muammo ishsizlik bwlgan bwlsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining asoschisi Milton Fridmen bwlib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qwshgan hissasi pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish jarayoniga pulning qayta ta`sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta`sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda wziga xos yondoshuvni vujudga keltirgan nazariyadir.


Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator ywnalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig`indisi “Ekonomiks” nomli kitobda mujassamlashgan bwlib, bu AQSh, Angliya, va boshqa qator mamlakatlarda darslik sifatida wtiladi. Rus tiliga tarjima qilinib, bizga ma`lum bwlgan P.Samuel`son, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir.


Hozirgi paytda bu ywnalishdagi fan mamlakatimiz va boshqa qator MD² davlatlarida “Iqtisodiyot nazariyasi” deb atala boshladi.




“Iqtisodiyot nazariyasi” fan sifatida shakllanguncha bosib wtgan ywl va unda vujudga kelgan g`oyalar, oqimlar juda murakkab, kwpincha bir-biriga zid va qarama-qarshidir. Shu bilan birga aytishimiz kerakki, hech qaysi iqtisodiy maktabning nazariyalari mutloq va doimiy haqiqat kursisiga egalik qila olmaydi. Har bir maktab ma`lum darajada muammolarga bir tomonlama yondoshganligini yoki bwlmasa ba`zi bir nazariy savollarni yoritishda anglashilmovchilikka ywl qwyganligi bilan ajrab turadi, sababi barcha nazariy oqimlar qaysidir ijtimoiy guruh manfaatlari nuqtai nazaridan va wsha davr real holatidan kelib chiqqanlar. Shunday bwlsada, ular bir-birini twldiradi, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning ichki ziddiyatlarini, qonunlarini ma`lum darajada umumlashtirib ifodalaydi. Demak, jamiyat alohida bir nazariya asiri bwlib qolmasligi kerak, uning rivojlanishi umummilliy manfaatlar bilan ywnaltirilishi zarur.
Yüklə 18,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin