PAK YO’LI INNOVASIYALAR UNIVERSITETI 2022-2023 O’quv yili uchun IQTISODIYOT VA PEDOGOGIKA MUSTAQIL ISH MAVZU: Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati
Fan: Psixologiya Guruh______________ Bajardi______________ Tekshirdi____________ 2023
Psixologiya tarmoqlari va psixolog kasbiy faoliyati Reja: 1. Amaliy va nazariy psixologiya haqida umumiy tushuncha
2. Amaliy psixolog faoliyatining asosiy yo’nalishlari
3. Amaliy psixologiyani tuzilishi va bo’limlari
Tayanch tushunchalar:Psixologik tadqiqotlar, gumanlik, psixoprofilaktika, psixologik yordam, psixologik himoya va psixologik yo‘naltirish, psixolok muhofaza, ierarxiya, terapiya.
Amaliy va nazariy psixologiya haqida umumiy tushuncha Psixologik muammolar sizning butun hayotingizda mavjud bo’lib, psixologlar inson hayotining barcha jabhalarida o’z faoliyatlarini amalga oshirishlari mumkin. Xususan, mazkur faoliyat nafaqat odamlarning balki hayvon, qush, baliq mikroorganizmlar shuningdek ekologik tizim va boshqalarning hayotini o’rganishmoqda. Shu o’rinda savol tug`iladi: psixolog qanday muammolar bilan shug`ullanishi kerak yoki kerak emasligini kim tomonidan aniqlanadi. Yana boshqa jihat psixolog mavjud psixologik muammolarni qanday hal qilishi kerak? U o’zining mehnat faoliyatini shakl, metod va shart-sharoitlarini tanlaydimi?
Bu kabi savollarga aniqlik kiritish maqsadida V.I.slobodnikov va E.I.Isaevlar tomonidan “Amaliy psixolog” tushunchasini ikki jihatini ajratib ko’rsatadi:
1.Amaliy psixolog-amaliy tartib sifatida “tabiiy-ilmiy tipdagi akademik tadqiqot psixologiyasiga yo’nalgandir.
2.Amaliy psixolog-maxsus psixologik amaliyot sifatida undagi asosiy yo’nalganlik psixikani tadqiq qilishga emas, psixika bilan ishlashga qaratilgandir. Yuqoridagi fikrlarga qo’shimcha tarzda bunday bo’limni rivojlanishiga quyidagi jihatni ham qo’yish mumkin: “Amaliy psixolog o’z nomiga ko’ra, psixologga uni buyurtmachi”lari tomonidan qo’yilgan masalalarni hal qilishga yo’naltirilgan. Masalan, qandaydir muassasani boshqaruvi. Bu jarayonda psixolog mazkur muassasada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni yaxshiroq ishlashlariga yordam beradi. Bundan ko’rinadiki, psixolog o’zini ishlab chiqarishning turli jabhalarida namoyon etishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda psixolog faoliyat yurita oladigan quyidagi jabhalarni keltirishimiz mumkin.
1.Kosmik psixologiya bunda psixolog kosmanavtlarning uchish jarayoniga tayyorgarliklarini tadqiq qilishi shuningdek, kosmanavtlar tayyorlashning optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar, uchishdan keyingi tibbiy-psixologik reablitatsiya ko’rsatish va boshqalarni amalga oshira oladi.
2.Aviatsion psixologiya uchuvchilar, aerofort dispecherlari va uchish xizmatchilari shuningdek, boshqa ishchilarini faoliyatlarini psixologik shart-sharoitlarini optimallashtirishga qaratilgan.
Mehnat psixologiyasi va unga yaqin bo’lgan boshqaruv psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi: inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning psixologik tamoyillarini o’rganadi. Muhandislik psixologiyasi - inson bilan mashina o’rtasidagi vazifalarni taqsimlash masalalalarini hal qiladi va asosan operatorlarning faoliyatini o’rganadi. Boshqaruv psixologiyasi – bu psixologiya fanining shunday sohasiki, unda inson tomonidan – boshqarishning psixologik tomonlarini o’rganadi. Ta`kidlash joizki, nazariy jihatdan ishlab chiqarishning har bir jabhasi bzo’yicha o’zining maxsus psixologiyasini ajratish mumkin (quruvchilik psixologiyasi, metallurgiya psixologiyasi va boshqalar). Lekin har doim ham bunday tartibda bo’linish samarali bo’lmaydi. Ba`zida alohida jabha sifatida menejment psixologiyasi, tadbirkorlik faoliyati psixologiyasi va boshqalarga ajratiladi.
Tibbiy psixologiya va patopsixologiya undagi muhim aspektlardan biri psixologlaning tibbiyot xodimlari bilan o’zaro munosabatidir. Bunday yo’nalishda faoliyat olib borayotgan psixologlar asosiy diqqat-e`tiborini bemorlarni o’rganishga qaratadilar.
Pedagogik psixologiya bolalar va kattalar ta`limining psixologik xususiyatlarini shuningdek uzluksiz va kasbiy ta`limning muammolarini qamrab oladi. Pedagogik psixologiyaning muhim variantlaridan biri maktab psixologiyasiga ajratiladi.
Huquq va yuridik psixologiya uning oldida jiddiy muammolardan korruptsiya va o’zboshimchalik g`oyalari singib ketgan noqonuniy davlat sharoitidagi muammolarni hal qilishga e`tiborini qaratadilar. Yuridik psixologiya-xuquq tizimi bilan bog`liq bo’lgan psixologik masalalarni o’rganadi. Uning quyidagi tarmoqlari mavjud.
a) sud psixologiyasi - jinoiy jarayon ishtirokchilarining xulq-atvorini, ruhiy xususiyatlarini tahlil qiladi;
b) kriminal psixologiya - jinoyatchining xulq-atvori, shaxsining shakllanishiga doir psixologik masalalar, jinoyatning motivlari bilan shug`ullanadi.
Turizm va bo’sh vaqtni tashkillashtirish.
Sport psixologiyasi- sportchilar shaxsi va faoliyati xususiyatlarini, ularning psixologik jihatdan tayyorligining shart-sharoitlari, musobaqalarni tashkil etish va o’tkazish bilan bog`liq psixologik omillarni o’rganadi.
Ommaviy kommunikatsiya va reklama psixologiyasi.
Siyosiy psixologiya-so’nggi yillarda psixolog turli munosabatlarda xususan, saylov kompaniyalari va partiyalararo kerak bo’ladi. Shuningdek, siyosiy jarayonlar bilan munosabatlarini o’rganadi. Siyosiy psixologiya – jamiyatning siyosiy hayotidagi psixologik xususiyatlar, holatlar, qonuniyatlar, ta`sirchanlik va ta`sir ko’rsatish jarayonlari kabi jabhalarni tekshiruvchi psixologiya sohasi.
Harbiy psixologiya-psixolog faoliyati ko’p qirrali bo’lib, “qaynoq nuqtalar” da sodir bo’layotgan voqealar va ekstremal vaziyatlardagi faoliyatga harbiylarni tayyorlash va xizmat davrini tugash jarayonidagi psixologik yordam ko’rsatishni o’rganadi. Harbiy psixologiya - kishining harbiy harakatlar sharoitidagi xulq-atvori bilan bog`liq hodisalar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarini, psixologik targ`ibot metodlarini, harbiy texnikani boshqarishning psixologik muammolarini o’rganadi.
Bunday jarayonda psixolog bir tomondan o’zining spetsifik predmetini yo’qomasligi (psixika shaxs sub`ektivligi) boshqa tomondan esa u xizmat qilayotgan jabhani o’ziga xosligini hisobga molishi zarur. Shunday qilib amaliy psixolog vaqt o’tgan sari juda ko’p narsalarni o’rganishi kerak hamda ba`zi vaziyatlarda esa o’zini rivojlantirayotgan jamoasining ishchilari muhitiga kirishib ketadi. Shu tariqa psixolog o’zi ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismiga aylanib boradi va mehnat jamoasining real a`zosiga aylanadi. Aynan shuning uchun psixologlarni turli firma va tashkilotlarga doimiy ishga taklif qilishadi. Tashkilotda faoliyat yurituvchi psixolog o’zining vazifalari o’zi tomonidan aniqlanmaydi, biroq o’zi mustaqil taktik va operativ vazifalarni belgilaydi hamda amalga oshiriladi.
Jiddiy tashkilotlarda bir emas bir nechta psixolog faoliyat yuritadi. Ayniqsa, murakkab muammolarni shaxsiy psixologlardan tashqari taklif qilingan psixologlar bilan birgalikda hal qilishadi. Amaliy psixologiyani muhim psixologik amaliyot sifatida ko’rishimiz boshqa masaladir. Bu jabhada psixolog odatda mijozlar bilan faoliyat olib boradi va ular psixologga ko’p jihatdan mutaxassis sifatida murojaat qiladilar. Bunday vaziyatlarda psixolog strategik va taktik shuningdek, tadqiqotning aniq, operativ vazifalarini hamda mijozning holatiga qarab aralashishi kerak yoki kerak emasligini ham o’zi tanlaydi.
Amaliy psixologiya psixolog tomonidan maxsus ajratilgan jabha sifatida ilmiy jihatdan asoslanganlikka muhtojdir va u Rossiyada 15-20 yillarda rivojlanmoqda. Ba`zi ob`ektiv vaziyatlarga ko’ra, rus amaliy psixologiyasi xorij amaliy psixologiyasidan orqada qolganligini ko’rishimiz mumkin. Rus psixologiyasi ko’p vaqtdan buyon akademik bilimni namoyon etgan hamda tadqiqotchilik faoliyati bilan shug`ullangan ammo real insonlarning aniq muammolarini hal qilmagan. Dearli barcha amaliy psixologiya maktablari G`arbdan kelgan nazariy kontseptsiyalarga tayanadilar. Ko’p hollarda psixologik ish shakllari hozirgi kunga qadar xorij psixologlari tomonidan ishlab chiqilgan modellarning modifikatsiyasidir. SHuni ta`kidlash kerakki, ko’pchilik psixolog faoliyatining shakllari aynan rus psixologiyasida paydo bo’lgan. Amaliy psixologiya sohasi bo’yicha Rossiya o’z an`anasiga ega. Ta`kidlash joizki, amaliy psixologiyaning metodlari elementlaridan 20-30 yillarda keng foydalanilgan. SHu vaqtlarda dastlabki ish o’yinlari yaratilgan bo’lib, keyinchalik ular turli ko’rinishdagi treninglarning elementlariga aylangan.
Ijtimoiy amaliyotda psixologik metodlarni amalga oshirgan yo’nalish AQSHda tashkil topgan bo’lib, u G`arbiy Evropa va Rossiya pedalogiyasida keng tarqalgan.
Aksariyat tarbiya tizimlari psixotexnologiyalarni paydo bo’lishining namunalariga boydir. Ular nisbatan g`arb psixologik amaliyotida talab kattadir. YUqoridagitfikrlarga misol tariqasida A.S.Makarenkoning nazoratsiz bolalarda guruhiy qo’llanilgan metodikalarni kiritishimiz mumkin.
Rus psixologiyasi o’zining dastlabki rivojlanishining bosqichlarida xorij tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan g`oyalarga qaram bo’lgan. O’sha vaqtlardagi eng mashhur kontseptsiyalardan biri bu freydizmdir, biroq ko’pchilik rus psixoanalitiklari kerakli psixoanalitik ma`lumotlarga ega bo’lmaganlar. Rus psixologlari psixoanalitik g`oyalarni bolalar bilan o’tkaziladigan amaliy faoliyatlariga qo’llashga harakat qilganlar (V.SHmidt, M.Vulf, I.Ermakov, A.Zalkind va boshqalar). Biroq na pedalogiya na freyd kontseptsiyasi rus psixologiyasini rivojlanishiga o’z hissasini qo’shmadi. Bunga asosiy sabab hokimlarni oliy malakali va amaliy psixologlarni tahqirlashga qaratilgan harakatidir. SHuningdek, ko’p yillar mobaynida psixologiya fanida rus psixologlari xorij psixologlarining psixologik yordam ko’rsatish metodlari bilan tanishish imkoniyatidan yiroq bo’lgan.
Fikrimizcha, amaliy psixologning vazifalari haqida fikr yuritilganda uning turli darajalarini ajratish lozim:
1.Ilmiy-tadqiqotchilik vazifasi shaxs shakllanishi va rivojlanishiga doir muammolarni hal qilishi bilan bog`liq. Uning maqsadi-amaliy psixolog faoliyatining metodologik asosi turli ijtimoiy jabhalarida psixologik bilimlarning uslub, vosita va metodlarini mohirona qo’llash imkoniyatini ishlab chiqishdir.
2.Amaliy psixologiyaning amaliy vazifalari muassasa va tashkilotlarda shaxs mehnati va alohida individumlarning qulay funktsiyalashuvini psixologik jihatdan ta`minlash bilan tavsiflanadi. Bu maxsus ta`lim dasturlarini tuzish, amaliy psixologiya bo’yicha kitob va o’quv qo’llanmalar yaratish, psixologik tavsiya va metodik materiallar tayyorlash dasturlari va kadrlarni qayta tayyorlash amaliy psixologik xizmatlari faoliyatini psixologik nuqtai nazardan asoslanilishi hamda bunday faoliyat me`yoriy hujjatlari loyihalarini yaratishni taqazo etadi.
3.Amaliy vazifalar aniq muammolar bilan belgilanadi. Bu ko’p hollarda psixologning kasbiy faoliyat yuritayotgan muassasasiga bog`liq holda turli ko’rinishdagi muassasa va tashkilotlarda maxsus psixologik xona va markazlarda insonlarga psixologik yordam ko’rsatish shaklida amalga oshiriladi.