Irsiyatning xromosoma ta’limoti



Yüklə 62 Kb.
səhifə1/4
tarix16.06.2023
ölçüsü62 Kb.
#131357
  1   2   3   4
XUSNIDDIN RAXMONQULOV 2


www.arxiv.uz

MAVZU :IRSIYATNING XROMOSOMA NAZARYALARI
Reja:


1. Jins genetikasi, jinsni aniqlash.
2. Jinsni aniqlash balansi.
3. Jins bilan birikkan belgilarning nasldan naslga o‘tishi.
4. Xromosomalarning genetik va stologik kartasi.

XIX asr oxirida hujayraning tuzilishini va fiziologiyasini o‘rganish, jinsiy hujayraning hosil bo‘lishini o‘rganish, xromosomalar doimiyligini bilish ishlari olib borildi. Irsiyatning moddiy asosi hujayra yadrosidagi xromatin ekanligi aniqlandi. Konyugatsiyalashni aniqladi va ulardan biri ota va ikkinchisi ona xromosoma ekanligi aniqlandi.


Irsiyatning xromosoma ta’limoti jinsi aniqlash va uning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalarni yechishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Jins genetikasi va jinsni aniqlash. Barcha tirik organizmlar uchun jinsiy ko‘payish xos xususiyat xisoblanadi. Jins organizmidagi belgi - xususiyatlar yig‘indisi bo‘lib, yangi bo‘g‘in xosil bo‘lishini va irsiy belgilarning nasldan-naslga berilishini ta’minlaydi.
Tug‘ilgan individlarning erkak yoki urg‘ochi bo‘lishi masalasi insoniyatni qadimdan qiziqtirgan. Hozirgi kunda bu masalaning hal etilishiga ko‘ra tug‘ilayotgan individning urg‘ochi yoki erkak bo‘lishi, erkak va urg‘ochi organizmlar xromosomalari yig‘indisidagi maxsus xromosomalarga bog‘liq ekan. Urg‘ochi organizmning yetilgan tuxum hujayrasidagi xromosomalar yig‘indisida «oddiy» (autosoma ) xromosomalardan tashqari bitta X xromosoma, erkak jinsiy hujayrada esa (autosoma xromosomalardan tashqari) ikki tipdagi X va Y xromosomalar bo‘ladi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning bir-biridan farq qilmaydigan xromosomalari autosomalar deyiladi. Erkak va urg‘ochi organizmlarning jinsiy hujayrasi qaysi xromosomalari bilan bilan farq qilsa o‘sha xromosomalar jinsiy xromosoma deyiladi. Masalan, odam tuxum hujayrasi (X) spermatazoidning X xromosomasi bilan urug‘lansa zigota autosoma xromosomalaridan tashqari, XX xromosoma hosil bo‘lib ulardan urg‘ochi organizm rivojlanadi. Bu hujayradagi xromosomalar yig‘indisi autosoma xromosomalaridan tashqari ikkita XX (44+XX) bo‘ladi. Tuxum hujayra (X), spermatazoidning Y xromosomasi bilan urug‘lansa zigota XY xromosoma hosil bo‘lib, ulardan erkak organizm rivojlanadi. Y xromosomalar yig‘indisi autosoma xromosomalardan tashqari bitta X va bitta Y xromosoma bo‘ladi (44+XY). XX tipdagi jins gomogametali, XY tipdagi jins geterogametali jins deyiladi.
Jins bo‘yicha ajralish monogibrid duragaydagi tahliliy chatishtirishning ajralish nisbatiga o‘xshaydi. Ya’ni 1:1 bo‘ladi. Bunda chatishtirilayotgan formalardan biri retsissiv genlar (aa) bo‘yicha gomozigota, ikkinchisi geterozigota (Aa) dir. Bu esa jinsiy xromosomalardagi XX va XY nisbatlarga mos keladi. XX va XYxromosomalar konyugatsiyalanganda, XX, XY, XX, XY tiplar hosil bo‘lib, 50% erkak va 50% urg‘ochi demakdir. Umuman odam, hayvon, o‘simliklarda jins 1:1 nisbatda hosil bo‘ladi (50% erkak 50% urg‘ochi).



Yüklə 62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin