Ishlab chiqarish korxonalarida boshqaruv tizimini takomilashtirish oqali
samaradorlikni oshirish yo‘llari.
Reja
1
.Korxonalarda boshqaruv tizimini takomilashtirish.
2.
Boshqaruv samaradorligiga ta‟sir etuvchi omillar.
3.
Boshqaruv tizimining boshqaruv samaradorligi bilan o„zaro ta‟siri.
Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida inqiroz jarayonlari chuqurlashib, dunyo
miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shunga muvofiq tarzda xomashyo,
materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib
bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni
koʻrsatmoqdaki, raqobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi
navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va
diversifikatsiya qilishni chuqurlashtirish, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi
korxona va ishlab chiqarish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat
koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiyalash va texnik yangilash jarayonlarini
tezlashtirish talab etilmoqda.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun
ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim
masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida” PF4947-sonli Farmonida belgilab berildi. Qayd etish kerakki, mazkur
meʼyoriy-huquqiy hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir
qancha yoʻnalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va
liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami
chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat
ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib 0ʼtildi.
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga
doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yoʻnalish
Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini
rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir. Qayd etish kerakki,
mazkur me‟yoriy-huquqiy hujjatda O„zbekiston Respublikasini taraqqiy
ettirishning bir qancha yo„nalishlari bilan bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish
va liberallashtirishning ustuvor yo„nalishlari” bo„linmasida tarkibiy
o„zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini,
xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish
hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar
keltirib o„tildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini
rivojlantirishga doir bir qancha me‟yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi.
Dastlabki yo„nalish O„zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir
tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me‟yoriy-huquqiy hujjatlardir.
Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial
tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni
qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan bog„liq ishlar bevosita
investitsion jarayon bilan bog„liq. Shunday ekan, sanoat ishlab chiqarishini
taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me‟yoriy aktlar bevosita investitsiya
faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog„liq ravishda
ishlab chiqilishi va bir-birini to„ldirishi tabiiy. O„zbekiston Respublikasida ham
investitsiya faoliyatiga oid ko„plab me‟yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan
bo„lib, ularning eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to„g„risida”gi O„zbekiston
Respublikasi Qonuni hisoblanadi Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion
boshqaruv samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish
maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid rivojlanish yo„nalishlarini shakllantirish,
innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo„yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab
chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini
shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori samaradorlikka
erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion rivojlanishining barqarorligini
ta‟minlash uchun zamin yaratadi Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish,
korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligi ko„rsatkichlari ta‟sirida
o„zgarishi mumkin bo„ladi. Ya‟ni sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv
to„g„ri tashkil etilgan bo„lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va
yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo„lgani sari ishlab chiqarish
hajmi shunchalik yuqori sur‟atda ortadi. Asosiy e‟tiborni mamlakatimizda sanoat
korxonalarining innovatsion boshqaruvi mexanizmini rivojlantirishni
rag„batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga
muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat korxonalarini innovatsion
rivojlantirish yo„liga o„tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab
chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion
rivojlanish yo„liga o„tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik indeksi
ko„rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud
muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan
amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun
mo„ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo„yicha
chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan
o„rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo„yicha
amaliy yordam ko„rsatiladi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga
doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o„z ta‟sirini ko„rsatib turadi. Zamonaviy
iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati,
korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi,
innovatsion faoliyatning bozorga yo„naltirilganligi va innovatsiyalar uchun
resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar kiradi. Korxonaning innovatsion
boshqaruvi samaradorligiga ta‟sir ko„rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda
maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni
rag„batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur.
korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali
natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan
resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab
boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi.
Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi.
Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish
uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini
aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat
resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va
kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi.
Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar
ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar
birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma
fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi
oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi.
Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi),
iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar,
aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga
shakllanadi.
Barchamizga ma‟lumki 28 yanvar kuni O‟zbekiston Prezidenti 2022−2026 yillarga
mo‟ljallangan Yangi O‟zbekiston taraqqiyot strategiyasi to‟g‟risidagi farmonni
imzoladi. Strategiya 7 ta yo‟nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. Bo„lib,
uning 3 - yo„nalishi bevosita milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori
o‟sish sur‟atlarini ta‟minlashga yo „naltirilgan maqsadlarni ko „zda tutadi. Unda
milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‟minlash va yalpi ichki mahsulotda sanoat
ulushini oshirishga qaratilgan sanoat siyosatini davom ettirib, sanoat
mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 1,4 baravarga oshirish maqsadi belgilangan
bo„lib, ushbu maqsadni amalga oshirish bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiya
qilish bilan bog „langan. [1]. Modernizatsiya jamiyat hayoti yoki ishlab chiqarish
sohalaridagi har qanday jarayon va hodisalarni turli takomillashtirishlarni joriy
etish orqali zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida o„zgartirishdan
iborat. Sanoatni modernizatsiya qilish korxonalar va ishlab chiqarish
majmualarining ishlab chiqarish tizimini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishning
texnik-texnologik bazasini zamonaviy holatga keltirishni nazarda tutadi. Shu bilan
birga, ishlab chiqarishni tashkil etish va korxonaning ijtimoiy sohasini ishlab
chiqarishning yangi moddiy-texnik bazasiga moslashtirish kerak.
Tovar ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va takomillashishi natijasida
ishlab chiqarishni tashkil etish bilan bog'liq ma'lumotlarni umumlashtirishga
urinishlar paydo bo'ldi. Ishlab chiqarishni tashkil etish sohasidagi birinchi ilmiy ish
fransuz olimi L.Shevalerning “Korxonani tashkil etish texnologiyasi” asari,
shuningdek, ingliz matematigi Charlz Bebbijning “Mashina va manufaktura ishlab
chiqarish iqtisodiyoti” asari hisoblanadi. Shuningdek, ushbu olimlardan tashqari
Karl Marks, Adam Smit kabi olimlar, shuningdek, shveytsariyalik iqtisodchi va
tarixchi Jan Sharli Sismondi ishlab chiqarishni tashkil etishni o'rganishga o'z
hissalarini qo'shdilar. Rossiya olimlaridan N.F. Charnovskiy, A.K. Gasteva, N.A.
Vitke ham o'z asarlarida ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog'liq
masalalarni ko'rib chiqqanlar.
Korxonalarning ishlab chiqarish tizimlarini modernizatsiya qilish sharoitida ishlab
chiqarishni tashkil etishni o'zgartirish sanoat korxonalarining ishlab chiqarish
faoliyatini tashkil etishning innovatsion konsepsiyasining quyidagi qoidalariga
asoslanishi kerak: o ishlab chiqarishning yuqori iqtisodiy samaradorligini
ta'minlash; o ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining moslashuvchanligi va
o'zgaruvchanligini ta‟minlash; o qiymat yaratish va samarasiz jarayonlar hamda
yo'qotishlarni minimallashtirishga e'tibor qaratish; o ishlab chiqarishda inson
omilining o'ta muhimligini tan olish va korxona ijtimoiy sohasini modernizatsiya
qilish; o ishlab chiqarish jarayonlarining murakkablik darajasini minimallashtirish
va har tomonlama soddalashtirish. Shakllangan qoidalar asosida sanoat
korxonalarini modernizatsiya qilish sharoitida ishlab chiqarishni tashkil etishni
takomillashtirish yo'nalishlarini belgilovchi texnik, tashkiliy va iqtisodiy shart-
sharoitlarning o'zaro ta'sirini aniqlash mumkin . Ishlab chiqarishni samarali tashkil
etish bo'yicha faoliyatning asosi ishlab chiqarishni tashkil etishning ishlab
chiqarish tizimlari darajasiga ta'sir qilish imkoniyatini aks ettiruvchi tamoyillardan
kelib chiqishi kerak. Tamoyillar asosiy qoidalar, dastlabki talablar bo'lib, ular
asosida samarali ishlaydigan ishlab chiqarish tizimlarini yaratish, ular faoliyatini
yo‟lga qo‟yish va takomillashtirish amalga oshiriladi. Ushbu tamoyillardan biri
sifatida ishlab chiqarishni samarali tashkil etish nafaqat ishlab chiqarish tannarxini
kamaytirishga, balki resurslarni tejash bilan bir qatorda korxonaning barqaror
ishlashiga, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga, ishlab chiqarish jarayonlarini
tezlashtirishga yo'naltirilishi kerakligi taklif etiladi,. Ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish bo'yicha faoliyatni korxonaning tovarlar va xizmatlar
bozoridagi ishtirokini yanada rivojlantirish va kengaytirishning muhim vositasi
sifatida ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Barcha turdagi yo'qotishlarga qarshi
doimiy kurash ham ishlab chiqarishni samarali tashkil etishning asosiy
tamoyillaridan biri hisoblanishi kerak. Ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun
mashina va uskunalarga katta investitsiyalar talab qilinmaydi.
qarishni, hal etilmagan ishlab chiqarish muammolarini ham niqoblaydi. Ishlab
chiqarishni samarali tashkil etishning alohida tamoyili ishlab chiqarish
jarayonlarini tezlashtirishdir. Gap, birinchi navbatda, mahsulotlarni ishlab
chiqarishga kiritish uchun kutish vaqtini, operatsiyalar orasida turib qolish vaqtini
kamaytirish, transport va nazorat operatsiyalari vaqtini qisqartirish, mehnat
buyumlarining parallel harakatlanish jarayonini tashkil etish orqali mahsulot ishlab
chiqarish siklining davomiyligini qisqartirish haqida ketmoqda. Shu bilan birga,
buyurtmani qabul qilishdan tortib to iste'molchiga etkazib berishgacha bo'lgan
barcha logistika zanjiri bo'ylab operatsiyalarning aniq bajarilishini ta'minlash
kerak. Resurslarni tejash siyosati ishlab chiqarishni tashkil etishda yuqori
samaradorlikni ta'minlash vositasi sifatida ishlab chiqarish xarajatlarini belgilovchi
eng muhim omillarni ajratib ko'rsatish tamoyiliga asoslanishi kerak Ishlab
chiqarish tannarxida jonli mehnatning ulushi muttasil kamayib, moddiy va
energiya sarf-xarajatlarining ulushi ortib borayotgan zamonaviy sharoitda moddiy
va energiya resurslarini tejash eng muhim vazifa sifatida ilgari surilmoqda. Ish
haqi xarajatlari amortizatsiya ajratmalari miqdoriga teng bo'lgan sharoitda qo'l
mehnatini mashina mehnatiga so'zsiz almashtirish haqidagi an'anaviy nuqtai nazar
va ishlab chiqarishda eng murakkab hamda qimmatbaho asbob-uskunalardan
foydalanish yo'nalishini tanlash o‟zini oqlamaydi. Jahon amaliyotida eng yaxshi
firmalar mehnat samaradorligi va sifatini oshirishning barcha boshqa vositalaridan
to‟liq foydalanib bo‟lingandan va ular o‟zini oqlamay qolgandan keyingina
avtomatlashtirishga murojaat qilishadi. Ishlab chiqarishni tashkil etishning
innovatsion konseptsiyasining muhim qoidasi ishlab chiqarish jarayonlarining
yuqori moslashuvchanligi va o'zgaruvchanligini ta'minlash talabidir. Zamonaviy
ishlab chiqarish dinamik bo'lishi kerak, ya'ni juda qisqa fursatda va eng kam
xarajat bilan o'zgaruvchan bozor ehtiyojlariga javob berishi talab etiladi. Jixozlar,
ishlab chiqarish jarayonlari, binolarning tuzilishi sotish bozoridagi o'zgarishlarga
moslasha olishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |