Ishlari vazirligi



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/31
tarix06.06.2020
ölçüsü1,08 Mb.
#31659
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
Ishlari vazirligi

O`ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI MADANIYAT VA SPORT

ISHLARI VAZIRLIGI
O`ZBЕKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA INSTITUTI

«O’ZBEKISTON TARIXI VA DEMOKRATIK JAMIYAT QURISH NAZARIYASI VA AMALIYOTI» KAFEDRASI
FAN: “O`ZBЕKISTON TARIXI” fanidan


MA’RUZA MATNI

TUZUVCHI: t.f.n.JAHONGIROV B.B

t.f.n. ZAXIDOVA S.A.

TOSHKЕNT – 2013

1-Mavzu. O'ZBEKISTON TARIXI FANINING PREDMETI, UNI O'RGANISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI, MANBALARI VA AHAMIYATI. MARKAZIY OSIYO JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI


  1. O'zbekiston tarixi fani predmeti.

2. Tarixni o'rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari

3. Barkamol avlodni shakllantirishda Vatan tarixining ahamiyati

4. I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kеlajak yo’q» asarida Vatan tarixi muammosi.

5. Insoniyatning dastlabki ajdodlari. O’zbеkiston hududida eng qadimgi odamlar hayotining izlari. Palеolit.

6.Miloddan avvalgi XII-IV ming yilliklarda O’rta Osiyo. Mеzolit, nеolit, enеolit davrlari.

7. Bronza davrining yutuqlari.
1. O'zbekiston tarixi fani predmeti.

Tarix - arabcha so'z bo'lib, «o'tmish», «o'tgan voqealar haqida aniq hikoya qilish» ma'nolarini anglatadi.,Tarix butun insoniyatning uzoq o'tmishdan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan hayotiy yo'lini, avloddan avlodga meros qoluvchi, doimo rivojlanib, boyib boruvchi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, madamy, davlat qu-rilishi sohalaridagi tajribalarini, xalqlarni yetaklagan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solingan holda o'rganuvchi, tasvirlovchi fandir.

Tarixni o'rganish, bilish - bu kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotning mavjud bosqichdan yangi bosqichga o'tish jarayonini, insonlarning inqirozli, turg'unlik holatiga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yo'lidagi tajribalarini, har bir zarrasi qimmatga tushgan o'tmish sabog'ini umumlashtirish, tushunib yetish, anglab olish demakdir. Tarix fani tarixiy jarayonning qonuniyatlari va tendensiyalarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni to'g'ri anglab olishga, kelajakni asosli ravishda ko'ra bilishga ko'maklashiwchi ilmdir.

Hozirgi O'zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari miloddan avvalgi birinchi ming yillik boshlaridayoq paydo bo'lib, qariyb 3000 yil davomida takomillashib borgani va dunyo davlatchiligi rivojida eng yuksak darajaga ko'tarilgani jahonga ma'lum.

Vatanimiz tarixi o'zbek xalqining jahon tarixi va madaniyati xazi-nasiga ulkan hissa qo'shganligidanguvohlik beradi. Buyuk bobolarimiz - Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg'oniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa yuzlab allomalarimiz bilan nafaqat o'zbeklar, balki butun turk dunyosi, qolaversa, butun yer yuzi xalqlari faxrlanadilar.

O'zbekiston tarixi fanining predmeti xalqimizning eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kunlargacha bosib o'tgan uzoq va murakkabtarixiy yo'lini, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy hayotini holisona o'rganishdan, tushuntirishdan iboratdir. O'zbekiston tarixi fani ajdodlarimiz hayoti bilan bog'liq holda sodir bo'lgan voqealar rivojining ichki mantig'ini, sabablari va oqibatlarini, asrlar davomida to'plangan amaliy tajriba va saboqlarni o'rgatadi. Vatanimiz tarixi o'zbeklarning xalq, millat bo'lib shakllanish jarayonini, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma'naviy merosni, davlatlarning tashkil topishi va ulaming ichki va tashqi siyosatini o'rgatadi. O'zbekiston tarixi fani xalqimizning mustaqil taraqqiyot yo'liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy davlatchilik qurilishi, demokratik—fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodi-yotini yaratish, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashish jabhalaridagi faoliyatini o'rgatadi. Uzbekiston tarixi fani xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi, aks ettiruvchi munawar ko'zgu, ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma'naviy saboqlar majmuasidir. O'zbekiston tarixi fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog'liq holda o'rganiladi. Insoniyat hayotining ma'no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining uraumiy qommiyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida poli-tologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, o'zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxeologiya, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar tarix falsafasini chuqur anglab yetishga ko'maklashadi. Tarix fani tarixda sodir bo’lgan voqеa va hodisalarning rivojlanishi, ularning qachon, qaеrda, qanday holatda yuz bеrganini, umuman, insoniyat jamiyati taraqiyotini o’rganadi.

Vatanimiz jahon sivilizatsiyasining bеshiklaridan biri hisoblanib, O’zbеkiston tarixi qadim va yaqin ajdodlarimizning hayotiy kеchmishlarini, jahon tarixi taraqqiyotiga qo’shgan xissalarini, tarixiy voqеalarni tahlil qilishni, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini, uning o’ziga xos qonuniyatlarini o’rganadi. Bu o’z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurini shakllantirib, komil inson bo’lib yеtishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

Haqqoniy tarixni yozishda tarix fani prеdmеti va ob'еktining to’g’ri bеlgilanishi o’ta muhim ahamiyatga ega. O’zbеkiston tarixi fanining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan ibopat:

a) U fan sifatida o’zining butun diqqatini o’tmishga qaratadi, undan saboq bеradi, xulosa chiqaradi, ajdodlarimiz yaratgan madaniy, ma'naviy-mafkuraviy qadriyatlarni o’rganadi.

b) Boshqa ijtimoiy fanlarga nisbatan aniq fan. Shuning uchun ham u matеmatika usulidan kеng foydalaniladi. Tarixiy voqеa va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy kеtma-kеtlik xronologik asosda o’rganiladi. Shu bilan birga tarixiy voqеlikning sabab va oqibatlari aniqlanib, shakl-shamoyillari va holati bеlgilanadi.

v) O’zbеkiston tarixi o’tmishdagi ijtimoiy-iqtisodiy hayotning rivojlanishi va tanazzulning sabablarini o’rganib, ulardan kеlajak uchun zarur saboq va xulosalar chiqaradi.

g) O’zbеkiston tarixi insoniyat jamiyatining barcha tomonlarini uzviy bog’liqlikda, bir butunlikda o’rganadi.

O’zbеkiston tarixini o’rganish prеdmеtiga hududimizdagi voqеa va hodisalar, ularning aloqadorligi, qonuniyatlari va insonning yaratuvchanlik faoliyatiga kiradi.

O’zbеkiston tarixi fanini o’rganish makon-ob'еkti O’zbеkiston tarixidir. Tarixiy ob'еkti, ya'ni makon O’zbеkiston tarixi fanining aniq maqsadi va vazifasini bеlgilab bеradi.

Ob'еkt aniq tarixiy davr, makon, zamon va gеografik mintaqaviy chеgaralar, ma'lum bir xalq, mamlakat tarixi bilan bog’liq bo’lib, shular doirasidagi voqеa va hodisalarni o’z ichiga oladi.

Prеdmеt esa mana shu bir butun ob'еkt ichidagi aniq tarixiy-madaniy jarayondir.

Tarix bilan boshqa ijtimoiy fanlarning o’rganish ob'еkti bitta, ya'ni jamiyat. Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatning tiklashga bеvosita yordam bеradi. Shu bilan birga tarix boshqa fanlarning ham tarixidir, chunki ularning, hammasi tarixiy ong, tafakkur, umuman tarixning mahsulidir. Tabiat va jamiyat ham avvalo tarixda aks etadi. Ular ham tarix fanini o’rganish ob'еkti va prеdmеti hisoblanadi. Xulosa shuki, Vatan tarixi millatni ravnaq topishida muhim o’rin tutadi. Mustaqillik sharofati bilan bu fanni o’rganishga bo’lgan munosabat tubdan o’zgarib, uni barcha oliy o’quv yurtlarida o’qitish yo’lga qo’yildi.
2. Tarixni o'rganishning nazariy-metodologik tamoyillari va manbalari

Tarixiy voqealarni o'rganishda to'g'ri ilmiy-nazariy, metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar hukmronligi davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o'qitish va o'rganish ishlari markscha-lenincha metodologiyaga bo'ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik nuqtayi nazar-laridan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq tarixi ikkiga-eks-pluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar, feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va kambag'allar, mulkdorlar va yo'qsillar tarixiga bo'lindi. Boylar va mulkdor-lar, ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arbobla-riga ommaga qarshi reaksion siyosat yurituvchi ekspluatatorlar guruhi deb qaraldi, tarixiy shaxslar qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqea va hodisalar kambag'allami va yo'qsillarni himoya qilgan, sinfiy cheklangan tarzda yoritildi.

Insoniyat tarixini, tarixiy voqea, hodisalarni to'g'ri yoritish va o'rganish uchun bir qator muhim nazariy-metodologik tamoyillarga tayanmoq zarur. Bilish nazariyasining dialektik metodi ana shunday tamoyillardan biridir. Dialektika olam yagona va yaxlit, unda sodir bo'ladigan hodisalar, voqealar umumiy va o'zaro bog'lanishda, uzluksiz harakatda, ziddiyatli taraqqiyotda bo'ladi, deb ta'lim beradi. Dialektika juda uzoq tarixga ega, uning bilish nazariyasi sifatida shakllanishi va rivojlanishida Geraklit, Aristotel, Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Spinoza, Gegel, Gersen va boshqa olim va ma'ri-fatparvarlarning xizmati katta. Ular moddiy va ma'naviy dunyoni uzviy bog'liq jarayon shaklida, ya'ni ularni uzluksiz harakat qilib, o'zgarib, taraqqiy qilib turadigan holda, taraqqiyotni ichki bog'la-nishda olib o'rganish qoidalarini yaratdilar. Diaiektik metodologiya har qanday mamlakat tarixini, shu jum-ladan, O'zbekiston tarixini jahon xalqlari tarixi bilan bog'liq holda o'rganishni taqozo etadi. Negaki, har bir xalq tarixidagi milliylik, o'ziga xos betakror xususiyatlar boshqa xalqlar tarixini o'rganish barobarida yanada oydinlashadi.

Darhaqiqat, O'zbekiston tarixi, avvalo, Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixi bilan, qolaversa, butun jahon xalqlari tarixi bilan chambarchas bog'langan. Qadim zamonlardan buyon Vatanimiz Markaziy Osiyo mintaqasidagi ko'pgina davlatlar bilan yagona iqtisodiy va madaniy makonda bo'lib kelgan. Bu katta hududda yashovchi urug1, qabila, qavm, elatlaretnik jihatdan doimo o'zaro ta'sirda va aloqada bo'lganlar, qo'shilish jarayonini boshidan kechirganlar, ularning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayoti mushtarak, uzviy bog'liq o'tgari. Shu sababdan O'zbekiston tarixini qo'shni mamlakatlar tarixiga bog'liq holda, bir xalqni ikkinchi bir xalqqa qarama-qarshi qo'ymagan holda o'rganish taqozo etiladi. Qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turkman, tojik, fors, afg'on, hind, arab va boshqa xalqlar, mamlakatlar tarixini qanchalik yaxshi bilsak, O'zbekiston xalqlari tarixini shunchalik chuqur tushunamiz.

Tarixiy voqea, hodisalarni o'rganish, tahlil qilish va yoritishda xolisona, haqqoniy, ilmiy yondashuv tamoyili muhim ahamiyat kasb etadi. Xolislik, ilmiylik qoidasi tarixiy voqea, hodisalarni o'rganayotganda ularga daxldor barcha faktlarning majmuini birga olib tekshirishni, aniq, haqqoniy dalillarga asoslanishni talab qiladi. Tarixiy hodisalarni bir butun holda o'rganish darkor. Tor doirada to'qilgan bir g'oyani, uydirmani oqlash lozim bo'lsa faktlar silsilasidan faqat ayrimlarini, mos keladiganlarinigina tanlab olish «tajribasi» sir emas, albatta. Bu usulda chiqarilgan xulosa yoki baho xolisona, haqqoniy bo'lmay, u birtomonlamalikka olib keladi.

Mustaqillik tarixni xolisona yoritish imkoniyatini yaratdi. «O'zbek olimlarining kuch g'ayratlari bilan tariximizning ko'pdan ko'p g'o-yat muhim sahifalari, eng awalo, Temuriylar davri, XIX asr oxiri, XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi. Shuni esda tutish muhimki, o'tmishimizni «oqlash» vazifasi umuman olganda bajarib bo'lindi, hozir esa asosiy vazifa, tarixiy tahlilni ilmiy jihatdan holisona va halol amalga oshirishdan iboratdir»1.

Tarixni o'rganishda tarixiylik tamoyili muhim ahamiyatga ega. Tarixiylik qoidasi voqea, hodisalarni o'z davrining aniq tarixiy sharoitidan, o'sha davr muhitidan, tarixiy rivojlanish jarayonidan kelib chiqqan holda o'rganishni taqozo etadi. Har bir voqea, hodisani boshqa voqealar, hodisalar bilan bog'lab o'rgangandagina mazkur voqea hodisaning umumiy tarixiy jarayondagi o'rnini to'g'ri aniqlash, belgilash mumkin bo'ladi. Har bir voqea, hodisaga umumiy tarixiy jarayonning bir qismi deb qaramoq zarur.

Har bir hodisa, jarayon qanday tarixiy muhitda, nima uchun aynan shu paytda, shu shaklda sodir bo'lganligini, bu hodisa o'z taraqqiyotida qanday asosiy bosqichlarni bosib o'tganligini, keyinchalik u qanday bo'lib qolganligini bilish tarixiylik qoidasining talabidir. Masalan, bironta davlat faoliyatiga tarixiylik nuqtayi nazandan turib baho bermoqchi bo'lsak, u, birinchidan, qachon, qanday tarixiy sharoitda paydo bo'ldi, ikkinchidan, u o'z taraqqiyotida qanday bosqichlarni bosib o'tdi, uchinchidan, lining tarixiy o'rni, mavqeyi qanday degan savollarga aniq javob berish zarur bo'ladi.

Tarixiylik tamoyili xalq o'tmishini yagona tabiiy- tarixiy jarayon deb, o'tmish hozirgi zamonni tayyorlaydi, hozirgi zamon kelajakni yaratadi deb qaraydi. Insoniyat ana shunday umumiy yo'ldan borayotgan ekan, istiqbolda porloq hayot, farovon turmush qur-moqchi bo'lgan avlod tarix fani orqali o'tmishni, ajdodlarimizning Earixiy tajribasini yaxshi bilmog'i lozim. O'tmishni, ajdodlarimiz tarixini qanchalik yaxshi bilsak, anglab yetsak, hozirgi zamonni shunchalik mukammal tushunamiz, kelajakni to'g'ri tasavvur etamiz, taraqqiyotning muqobil yo'llaridan ma'qulini tanlay olamiz.

Insoniyat taraqqiyotining ma'lum bosqichida xususiy mulkchilik kelib chiqadi va urug'chilik tuzumi yemirilib, urug' jamoalari turli ijtimoiy tabaqalarga bo'Iinadi. Shu davrdan e'tiboran tarixiy voqea va hodisalar ana shu tabaqalarning manfaati bilan bog'liq holda kechadigan, har bir ijtimoiy tabaqa o'z manfaati nuqtayi nazaridan harakat qiladigan, ayrim hollarda ularning siyosiy, iqtisodiy manfaati to'qnashadigan, qo'zg'olonlar ko'tariladigan bo'lib qoladi. Bunday vaziyatda sodir bo'lgan voqealarni, tarixiy jarayonni o'rganishda ijtimoiy yondashuv tamoyiliga rioya yetish zarur bo'ladi. Ijtimoiy yondashuv tamoyili tarixiy jarayonlarni aholining barcha tabaqalari manfaatlarini, teng ta'sir etuvchi omillarni hisobga olgan holda o'rganishni taqozo etadi. Voqealarni alohida bir ijtimoiy tabaqa -kambag'allar, yo'qsillar yoki mulkdor boylar manfaati nuqtayi nazaridan turib tahlil yetish, yoritish bir tomonlama yondashuv bo'lib, bu tarixni soxtalashtiradi, noto'g'ri xulosalarga olib keladi.

Shohlar, amirlar, beklar faoliyatini yoritishga adolat nuqtayi nazaridan yondashmoq kerak. Ularni boy tabaqalardan chiqqan, mulkdor bo'lgani uchungina qoralash, badnom qilish adolatdan bo'lmaydi. Mamlakat yurtboshisiz, davlat idora organlarisiz, boshqaruvchilarsiz bo'lmasligini isbpt yetishning hojati bo'lmasa kerak. Shunday ekan, barcha davlat arboblarini, amaldorlarni yoppasiga qoralash ham to'g'ri emas. Jonajon Vatanimiz ko'hna tarbd ham ular orasida xalqparvar, ma'rifatparvar, odilona siyosat yuritgan mashhur davlat arboblari bo'lganligidan guvohlik berib turibdi.

Ijtimoiy yondashuv tamoyili davlat arboblarining, siyosiy kuchlar, partiyalar, turli uyushmalar, ular yo'lboshchilarining tarixiy taraqqiyot darajasiga ko'rsatgan ijobiy yoki salbiy ta'sirini, ja-miyatning u yoki bu yo'ldan rivojlanishidagi rolini bilib olishda muhim ahamiyatga egadir.

Jahon xalqlari tarixi, jumladan, mamlakatimiz tarixi guvohlik beradiki, davlatlar o'rtasida, hukmdorlar o'rtasida siyosiy, iqtisodiy manfaatlar, strategik maqsadlar yo'lida tez-tez qirg'inbarot urushlar bo'lib turgan, biri ikkinchisini bosib olgan, mag'lub mamlakatni talon-taroj qilgan, iqtisodiy imkoniyatlarini zo'rovonlarcha o'z manfaatiga bo'ysundirgan va o'zlashtirgan. Bunday jarayonlarni strategik manfaatlar, siyosiy mezonlar nuqtayi nazaridan turib baholash zarur bo'ladi.

Mamlakatimiz tarixini o'rganishda milliy qadriyatlar, xalq an'a-nalari va urf-odatlari, islom dini tarixi, odamlarning diniy e'tiqodlari, diniy ta'limotlar va ulaming asoschilari faoliyatini tahlil qilishda, yoritishda vorisiylik tamoyiliga amal qilish, ularni tarixiy xotira sifatida hurmat qilish, e'zozlash va yanada boyitib borish nuqtayi nazaridan yondashmoq kerak. Hayot xalqning necha ming yillar davomida yaratgan milliy madaniyatini, axloq mezonlarini ikkiga - ekspluatatorlar madaniyati va axloqi hamda ekspluatatsiya qilinuvchilar madaniyati va axloqiga bo'lish, birinchisini qoralashdan iborat yo'riqnomaning naqadar zararli ekanligini ko'rsatdi. Milliy madaniyatga, ma'naviy merosga bunday yondashuv ma'naviy qashshoqlashishga, milliy qadriyatlaming, urf-odatlarning oyoq osti qilinishiga, ko'pgina olimlar, ma'rifatparvarlar, ruhoniylarning badnom qilinishiga olib kelganligini hech qachon unutmaslik kerak.

Ajdodlarimiz hayotini, tarixiy jarayonlarni tahlil qilish, yoritish, o'rganishda Vatan manfaati nuqtayi nazaridan yondashish, milliy istiqlol g'oyasi tamoyillariga tayanmoq lozim.

Vatanimiz tarixini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Prezi-denti Islom Karimovning asarlari, ma'ruza va nutqlari, farmon va farmoyishlari, mustaqillik davrida qabul qilingan qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar muhim nazariy- metodologik asos bo'lib xizmat qiladi.

Tarixni o'rganishda yuqorida qayd etilgan metodologik tamoyillar bilan bir qatorda faktlarni taqqoslash, mantiqiy-qiyosiy xulosalar chiqarish, falsafiy tafakkur, davrlashtirish, sotsiologik tadqiqotlarni o'tkazish, statistik, matematik va boshqa usullardan ham foydalanish zarur.

Vatanimiz tarixini tadqiq yetish, o'rganishda uni to'g'ri davr-lashtirishning ahamiyati kattadir. Sovetlar hukmronligi davrida sobiq SSSR tarkibidagi yuzdan ortiq xalqlar tarixi, jumladan, Vatanimiz tarixi sinfiy kurash, inqilobiy harakatlarga asoslangan marksistik formatsion g'oyaga bo'ysundirilgan holda davrlashtirildi. Barcha xalqlar tarixi besh davrga: ibtidoiyjamoatuzumi, quldorlik tuzumi, feodalizm, kapitalizm, sotsializmga bo'lindi. Bunday davrlashtirishning maqsadi «jamiyat taraqqiyoti insoniyatni albatta kommunizmga olib boradi» degan g'oyani ilgari surish va oqlashdan iborat edi. Bu g'oyaning qanchalik to'g'riligi XX asrda ko'pgina xalqlar taqdirida sinab ko'rildi, pirovard natijada salbiy oqibatlarga olib keldi. Hammani tenglashtirish g'oyasi amalda kambag'allar, yo'qsillar uchun erkin va farovon turmush yaratolmadi, mulkdorlar, badavlat tabaqalarni kambag'allar, yo'qsillar darajasiga tushirdi. Jamiyatda ommaviy loqaydlik, boqimandalik kayfiyatini keltirib chiqardi. Shu bois, insoniyat XX asr oxirlariga kelib bu soxta g'oyani o'z yelkasidan uloqtirib tashladi, butun dunyoda «sinfiy qadriyatlar»dan milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi e'tirof etildi.

Tarixni davrlashtirishdek muhim masalaga turlicha yondashuvlar mavjud. Ko'pgina arxeolog olimlar mehnat qurollari qanday materialdan yasalganligini asos qilib olib, insoniyat tarixini qadimgi tosh, o'rta tosh, yangi tosh, tosh-mis, bronza, temir davrlariga bo'lganlar. Bundayyondashuvto'g'ridek ko'rinsa-da, kishilikjamiyati taraqqiyotining bir-biridan farq qiluvchi muhim davrlarini belgilashga yetarli darajada asos bo'lolmaydi.

XX asr tarixi insoniyat taraqqiyotini, barcha xalqlar tarixini bir qolipga solish, «jamiyat taraqqiyoti insoniyatni kommunizmga olib boradi» degan kommunistik g'oyani odamlar ongi va qalbiga sing-dirishni mo'ljallagan formatsion davrlashtirish ham nomukammal ekanini isbotladi va rad etdi. Darhaqiqat, nafaqat O'zbekiston hududida, ko'pgina Osiyo mamlakatlarida ham quldorlik tuzumi bo'lmagan. Negaki, Vatanimizda qullar bo'lsa-da, quldorlik ishlab chiqarish usuli, qullar mehnati emas, erkin dehqon jamoalari meh-nati yetakchi ijtimoiy-iqtisodiy uklad bo'lgan. XIX asr oxirlarida vujudga kelaboshlagan kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari ham, burjuaziya va yollanma ishchilar tabaqasi ham barqaror shakllanib yetish darajasiga ko'tarilmadi.

Tarixiy jarayon tahlili kishilik jamiyatining zamonda ham, makonda ham bir maromda emas, notekis, to'lqinsimon-spiral shaklda rivojlani-shidan guvohlik beradi. Bu — tarixiy rivojlanish qonunidir. Tarix — bu avlodlar almashinuvidan, taraqqjyot sikllari almashinuvidan iborat. Jamiyatni harakatlantiruvchi asosiy kuch ishlab chiqarish qurollari, vositalari emas, insondir. Inson, uning ehtiyojlari, qobiliyatlari, bilimi, malakasi, xohish-irodasi bosh ishlab chiqaruvchi kuchdir. Yaratilgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar inson mehnatining mahsulidir. Insoniyatning taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchi bosqichiga о tishi, uning barkamollashib borishi, ongi, tafakkuri va mahoratining o'sib borishi maqsadli intilishi natijasida sodir bo'ladi.

Inson tarixni yaratuvchi subyektdir. Tarixni davrlashtirishda mana shn omillarni nazarda tutmoq lozim.

O'zbekistonning boy, betakror tarixi bo'lib, uning o'ziga xos tarixiy taraqqiyot davrlari bor. Uni quyidagi yirik davrlarga bo'Iish mumkin:


  • Ibtidoiy-jamoa tuzumi.

  • Qadimgi davr: davlatchilikning shakllanishi va rivojlanishi.

  • O'rta asrlar davri.

  • Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri.

  • Mustabid sovet hokimiyati hukmronligi davri.

  • Milliy istiqlol davri.

Bu davrlarning har biri yana o'ziga xos, kichik davrlarga bo'linadiki, uni mazkur darslikning mazmuni va mundarijasidan yaqqol ko'rish mumkin.

Haqqoniy, xolis tarixiy bilimga ega bo'Iish oson emas. Negaki, biz o'rganayotgan tarixiy voqealarni, jarayonlarni bevosita kuzata olmaymiz, ular bizdan ancha ilgari bo'lib o'tgan, ularni qaytarib bo'lmaydi. Bundan ilgari bo'lib o'tgan tarixiy voqealarni bilib bo'lmaydi degan xulosa chiqmaydi.

Tarixiy voqealar, xalqlar hayoti nom-nishonsiz yo'q bo'lib ket-maydi, ulardan tarixiy manbalar guvoh bo'lib qoladi. Tarixiy man-balar ikkiga - moddiy va yozma manbalarga boiinadi.

Ajdodlarimizning miloddan avvalgi VIII-VII asrlardagi hayotini o'rganishda "Avesto" kitobi qimmatli yozma manba hisoblanadi. Mazkur nodir kitobda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, dastlabki davlat tuzilmalarining shakllanish jarayonlari o'z ifodasini topgan.

Vatanimiz tarixiga doir ma'lumotlar yunon va rim manbalarida, chunonchi Gerodotning "Istoriya" (M.1972), Ksenofontning "Gre-cheskaya istoriya" (M.I935), Polibiyning "Vseobshaya istoriya" (M. 1980-1989), Arrianning "Poxod Aleksandra" (M-L. 1962), Strabonning "Geografiya v 17 knigax" (M. 1964); Kursiy Rufning "Istoriya Aleksandra Makedonskogo" (M.1963) va boshqalarning asarlarida ham uchraydi. Antik mualliflar tomonidan yozib qoidirilgan ma'lumotlarni to'plovchi I.V.Pyankovning "Srednyaya Aziya v izvestiyax antichnogo istorika Ktesiya" (Dushanbe, 1975), N.G.Gorbunovaning "Fergana po svedeniyam antichnix avtorov. Istoriya i kultura narodov Sredney Azii" (L.1976) kabi kitoblari ham Vatanimiz tarixini o'rganishda yordam beradi.

Xitoy yozma manbalaridan "Tarixiy guvohliklar" (mil.av.I asr), "Ulug' Xon xonadoni tarixi" (milodiy I asr), "Kichik Xon xonadoni tarixi" (milodiy V asr), "Vey xonadoni tarixi" (milodiy VI asr), "Shimoliy podshohliklar (Beyshi) tarixi" (milodiy VII asr) va bosh-qalarda Turkiston tarixi haqida ma'lumotlar bor. Shuningdek, arman, vizantiyalik mualliflarning asarlarida ham vatanimiz tarixi haqida ma'lumotlar uchraydi.

Vatanimiz tarixini o'rganishda turkiy, fors, arab manbalarining ahamiyati katta. Qadimgi turk yozuvi to'g'risida S.E.Malovning "Pa-myatniki drevne-tyurkskoy pismennosti" (M.1951) va "Yenisey-skaya pismennost tyurkov. Tekst i perevodi" (M-L. 1951), A.Sagdullayevning "Qadimgi O'zbekiston ilk yozma manbalarda" (T. 1996) asarlarida qimmatli ma'lumotlar bor. Turkiy xalqlar, jum-ladan o'zbek xalqining etnik tarixini o'rganishda Abulg'oziyning "Sha-jarayi turk" (T.I992), L.N.Gumilevning "Drevnie tyurki" (M.1960), A.Yu.Yakubovskiyning "K voprosu ob etnogeneze uzbekskogo naroda" (T. 1941) asarlaridan foydalanish mumkin.

O'zbek xalqining O'rta asrlardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy hayotini o'rganishda Abu Nasr Forobiyning "Fozil odamlar shahri" (T.1993), Abu Rayhon Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar"(T.1968),YusufXosHojibning"Qutadg'ubilig"(T.1960), M.Qoshg'ariyning "Devonu lug'otit-turk. Uch jildlik" (Т.1960-1963), Abu Tohirxojaning "Samariya" (T.1991), Narshahiyning "Buxoro tarixi" (T.1991), Nizomulmulkning "Siyosatnoma yoki siyar ul-muluk" (T.1997), Amir Temurning "Temur tuzuklari" (T.1991), Mirzo Ulug'bekning "To'rt ulus tarixi" (T.1994) va boshqa nodir kitoblar muhim tarixiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Vatanimiz tarixini o'rganishda o'z davrida hokimiyat tepasida turgan sulolalar tarixini yoritishga bag'ishlangan bir qator kitoblar - Shi-hobiddin an-Nasaviyning "Sulton Jaloliddin Manguberdi hayoti tafsiloti" (T, «O'zbekiston», 1999), Nizomiddin Shomiyning "Zafar-noma" (T, «O'zbekiston»,1996), Sharafiddin AH Yazdiyning "Zafar-noma" (T, « Sharq», 1997), Ibn Arabshohning "Amir Temur tarixi. Ikki jildlik" (T, «Mehnat», 1992), Hofiz Tanish al-Buxoriyning "Abdullanoma" (T.1999), Mulla Muhammad Solihning "Shayboniynoma" (T.1989), Bayoniyning "Shajarayi Xorazmshohiy" Т. 1991) va boshqalar qimmatli manba sifatida diqqatga sazovordir.


Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin