Ishsizlik
Ishsizlik — bir qism iqtisodiy faol
aholining oʻziga loyiq ish topa olmasdan
qolishi va mehnat zaxirasiga aylanishi.
Oʻzbekistonda Ishsizlik tushunchasi
rasman 1992-yil "Aholini ish bilan
taʼminlash toʻgʻrisida"gi qonunining qabul
qilinishi bilan meʼyoriy kuchga ega boʻldi
(1998-yil 1 mayda ushbu qonunning yangi
tahriri qabul qilindi).
Ishsizlik inson manfaatlariga toʻgʻridan
toʻgʻri taʼsir qiladigan yirik ijtimoiy-
iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi.
Ish joyini yoʻqotish koʻp kishilar uchun
oilaviy turmush darajasining pasayishini,
shaxsiy hayotining notinchligini keltirib
chiqaradi, kishiga jiddiy ruhiy taʼsir
koʻrsatadi.
Amaldagi iqtisodiy hayotda Ishsizlik ish
kuchi taklifining unga boʻlgan talabdan
oshib ketishi tarzida namoyon boʻladi.
Ishsizlik sababi turlicha: texnika
rivojlanish bilan mehnat unumdorligi
ortadi, i.ch. kam mehnat talab boʻlib
MRBning
dunyodagi ishsizlik darajasi maʼlumoti (2006)
qoladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif
muvozanati buziladi, tovarlarga bozor
talabining qisqarishi ish kuchiga talabni
ham qisqartirib yuboradi, natijada ish
kuchining bir qismi ortiqcha boʻlib qoladi;
iqtisodiyot rivojlanishi bilann malakali ish
kuchiga talab oshib, malakasizlar kerak
boʻlmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan
tez oʻsgan kezlarda, uning bir qismi
ortiqcha bulib, ishsiz qoladi.
Ishsizlik sababi har xil boʻlganidek uning
shakllari ham turlicha. Ishsizlik ning
asosiy shakllari: friksion Ishsizlik —turli
sabablarga koʻra (yangi yashash joyiga
oʻtish, kasbni oʻzgartirish, bola boqish,
yangi ish tanlash) vaqt-vaqti bilan ishsiz
qolish. Bu ixtiyoriy ishsizlik hisoblanadi.
Tarkibiy Ishsizlik — ishlab chiqarish
tuzilmasi oʻzgartirilgan sharoitda eski
tarmoqlarda ishlab kelgan kishilarning
yangi tarmoqlarga kerak kasbni hali
oʻzlashtirmagan kezlarida yuz beradi.
Siklli Ishsizlik — iqtisodiy tangliklar bilan
bogʻliq boʻlib, ishlab chiqarishning
pasayib ketishi natijasida yuzaga
keladigan Ishsizlik Bu majburan ishsiz
qolishdir. Mavsumiy Ishsizlik — mavsumiy
ishda band boʻlganlarning mavsum
tugagach, ishsiz qolishi. Yashirin Ishsizlik
— rasman ish bilan band boʻlganlarning
faqat qisman ishlashi. Unga
qisqartirilgan ish kuni yoki ish haftasiga
oʻtganlar, ish yoʻqligidan
haqberilmaydigan taʼtilga chiqqanlar
kiradi.
Ishsizlar ishlayotganlar bilan bir qatorda
mamlakat ish kuchini tashkil qiladi.
Iqtisodiyotda Ishsizlik muammosini
oʻrganishdan asosiy maqsad aholining
ish bilan bandligini yaxshilash orqali
mamlakat (korxonalar) i.ch. ni
kengaytirish va aholi turmush darajasini
yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar
ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishsizlar safiga, odatda, nafaqat turli
sabablarga koʻra ishdan boʻshatilganlar,
balki oʻz ixtiyoriga koʻra ishdan ketganlar
va yangi ish topishga harakat qilayotgan
shaxslar ham kiritilishini qayd etish lozim.
Ishsizliktarki-bi uning sabablariga kura ish
kuchining 4 asosiy toifasini oʻz ichiga
oladi: ishdan boʻshatilishi natijasida ish
joyini yoʻqotganlar; ishdan ixtiyoriy
ravishda boʻshaganlar; tanaffusdan soʻng
ish qidirayotganlar; birinchi bora ish
qidirayotganlar. Bu toifalarning oʻzaro
nisbatlari iqtisodiy rivojlanish
bosqichlariga bogʻliq.
Mamlakat miqyosida 3—5% darajasidagi
Ishsizlik iqtisodiyot uchun normal holat
(Ishsizlik ning tabiiy chegarasi)
hisoblanadi. Ishsizlik darajasini
pasaytirish uchun aholi bandligini
taʼminlash davlat dasturlari ishlab
chiqiladi, korxonalar qurilib, yangi ish
oʻrinlari tashkil etiladi, xodimlarni yangi
kasblarga oʻqitish, qayta tayyorlash
ishlari amalga oshiriladi, bandlikka yor-
dam jamgʻarmasi tashkil qilinadi.
Mehnat qonunlariga koʻra, ishsizlarga
mehnat birjalari orqali ishsizlik nafaqasi
toʻlanadi.
Ahmadjon Oʻlmasov.
[1]
Ishsizlik turlari:
Friksion (oraliq) ishsizlik.
Siklik ishsizlik. Institutsional ishsizlik.
Texnologik ishsizlik.
Turlari
Hududiy ishsizlik.
Yashirin ishsizlik.
Turg’un ishsizlik.
1.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=I
shsizlik&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
Manbalar
Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 08:56 da
tahrir qilingan.
•
Matndan
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Ishsizlik&oldid=2843044"
dan olindi
Dostları ilə paylaş: |