MAKTABGACHA TA'LIM JARAYONIDA XORIJIY TILLARNI O'QITISH
METODIKASI
Iskandarova N
SamDChTI
Sobirjonova X
SamDChTI
Annotatsiya
:
Ushbu maqola yurtimizdagi maktabgacha ta'lim jarayonida
xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy metodikalariga berilgan katta imkoniyatlar
hamda ularni o'rganish uchun zarur bo'lgan zamonaviy o'qitish usullarini o'z ichiga
oladi.
Kalit so'zlar:
Maktabgacha ta'limda xorijiy til, belgi va rasm orqali
o'qitish,multfilm orqali o'qitish.
KIRISH
. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish konikmasi proffessional talimning
ajralmas qismlaridan biri bolib bormoqda. Bu maktabgacha ta'lim jarayonini ham
chetda qoldirgani yo'q. Yoshlar ta'limi davomida xorijiy tillarni o'rgatishning
ahamiyati sezilarli darajada oshdi. Buni dinshunos olim, tarix fanlari nomzodi, katta
o'qituvchi Natalya Kireeva "Yoki biz hayotga, yoki imtihonlarga tayyorgarlik
ko'ramiz. Birinchisini tanlaymiz." deb takidlab o'tdi. Yaqinda u mahalliy ta'lim tizimi
va printsiplari haqida gapirdi va nima uchun Finlyandiya ta'limi dunyodagi eng
yaxshi bilimlardan biri deb qaralishi to'g'risida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. Hozirgi
kunda maktabgacha ta'limga etibor berish, davlantning ijtimoiy, iqtisodiy va
ma'naviy jihatdan rivojlantirish demakdir
Hozirgi kunda til o`rganishga bo`lgan talab yanada oshmoqda. Zamon
talabidan kelib chiqib til o`rganishda o`quvchining yoshi ahamiyatga ega
emas.“Dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini «top-toza paxtaga»
o’xshatadi. Uning fikricha, bolaning «top-toza paxta» tarzidagi ruhiga nimalarni
yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyorlaridadir. Shuning uchun bolaning qanday
odam bo’lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola
hayotdan oladigan tajribaga, o’zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy
tushuncha va tasavvurlariga bog’liqdir’’, deb ta’kidlaydi Angaliyalik olim Djon
Lokk.Chet tilini o`qitish, O`rta maxsus va Oliy ta`lim dargohlarida, balki
maktabgacha ta`lim muassasalarida ham ta`limning majburiy qismiga
aylandi. Hammamiz farzandimizni bilimli va zamonaviy inson qilib tarbiyalashni
xohlaymiz. Yanikim o`zimiz amalga oshirolmagan ishlarni bolalarimizda ko`rishni
istaymiz. Bolalarning xotirasi katta yoshdagi insonlarnikidan ancha yaxshi va
mustahkamroq. Bolani yoshlik chog`idan boshlab chet tiliga bo`lgan qiziqishini
oshirish, xato bo`lsada shu tilda gapirishga harakat qildirish kerak.
Belgilar va rasmlar bilan ishlash usuli.
Kundalik so'z boyligini targ'ib qilishning usullaridan biri - Touchtime
Internationalning direktori doktor Eleyn Fogel Shneyderning so'zlariga ko'ra:
"Bolalarga umumiy brendlar va belgilarga og'zaki yorliq qo'yishdir." U rasmdan
so'zga tarjima qilish tilni rivojlantirishga yordam berishini tushuntiradi. Yani bu
bolalarni yangi tillarni tez va oson o'zlashtirishida juda katta yordam beradi.
Maktabgacha ta'lim - yoshlarimiz ta'limi va tarbiyasining ilk bosqichi
hisoblanadi. To'g'ri maktabgacha tarbiya dasturi bizning bolalarimizga noyob aqlga
mos keladigan tarzda o'sishi va o'rganishiga yordam berishi kerak. Ammo bolalar
kattalarnikidan farqli ravishda kelajakni, ertani oylab organishmaydi. Ingliz tilidagi
dars «shu yerda va aynan hozir» manosida otkazilishi, bolishi kerak. Bolalar chet
tilni hikoyalarni tushunish yoki oyinlarda galaba qozonish orqali osonroq
organadilar. Agarda xohlasalar, ozlari ishtirokidagi oyinlar orqali organgan
malumotlarini mustahkamlab oladilar. Bir tomondan, til bilan ifodalangan kontent
bolalar hayoti, kundaligi bilan bogliq bolishi kerak, boshqa tomondan, bolalarni
muloqotga chorlaydigan faoliyat yoki vazifalar qiziqarli va muhim bolishi kerak.
O'quvchilar dars davomida ozlarini darsning bir qismi sifatida tushunishadi va dars
jarayonida xuddi asar qahramonidek ozlarini tutishadi, harakat qilishadi.
Boshlangich sinflarda, odatda, chet tillarni organish hayotiy situatsiya va oyinlarga
asoslangan harakat usullaridan foydalangan tarzda organilganda juda samarali
hamda muvaffaqiyatli boladi. Agar oyinli-syujetli situatsiyalar orqali chet tili
orgatilsa, barcha bolalar bajonu-dil ishtirok etishadi, sababi ular shu tarzda osha
situatsiyaning bir bolagi ekanligini his etishadi. O'quvchilar chet tili bilan, birinchi
navbatda, oz sinf xonalarida birga "yashaydilar". Shuning uchun sinfda muloqot
imkoni bolsa, osha chet tilida bolishi kerak . Bolalar nafaqat yoriqnomalarni
tushunish bilan cheklanib qolmasdan, balki chet tili orqali oz ehtiyojlarini
ifodalashlari ham mumkin. Shu nuqtai nazardan, ingliz tilida gaplashadigan
shaxs(ona ili ingliz tili bolgan)lar bilan muloqot qilishi, sinfga taklif etish ham foydali
hisoblanadi. Konstruktiv yondashuvga kora, bolalar imkon qadar koproq tilda ozlari
sozlar mazmunini, qoidalarni bilib olishlari kerak. Bu shuningdek, ularning asosiy
fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga yordam beradi. Barcha o'quvchilar singari, bolalar
ham turli xil talim uslublariga ega. Bolalar uchun moljallangan talim barcha talim
uslublarini hisobga oladi. Taktik va kinestetik organish turlari o'quvchidan alohida
etibor talab qiladi. Boshlangich maktablarda o'quvchilarning iqtidorlari, malakalari,
bilimlari va qiziqishlari kengroq boladi. Chet tilini organish, shuningdek,
organuvchining yaxshi tushuna olish qobiliyatiga bogliqdir. Chet tilini orgatish
mobaynida har bir bolani harakati uchun ragbatlantirib borish talab etiladi. Ularda
akustik, kinestetik, ritmik va vizual farqlashni rivojlantirish kerak. Bolalar tez
organishadi, lekin tezda unutishadi. Shuning uchun, nutqni bir necha bor takrorlab,
shu mavzuga doir oyin yoki tarqatmalar orqali bolalarning esida qolishiga
yordamlashish mumkin. Kurslar spiral bolib, muntazam takrorlashlar ajralmas
qismdir. Xorijiy tillarni muvaffaqiyatli orgatish keng qamrovli usullarni talab qiladi
Bolalar 3 yoshdan boshlab til o`rganishsa, ular uchun bu ancha qulay vaqtdir:
bu yoshdagi bolalar xotira va nutq jihatidan ajralib turadi. Bolaning yoshi qancha
kichik bo`lsa, uning so`z boyligi kam hamda talaffuzga bo`lgan ehtiyoj katta bo`ladi.
Bolalarga til o`rgatishning har-xil metodikalari mavjud. Misol qilib aytganda,
agarda oddiy kundalik sharoitimizda ko`chada, o`qishda yoki uyda chet tilida
muloqot qilsak, bola uchun yaxshi najita beradi deb o`ylaymiz ammo bu ko`proq
katta yoshdagi bolalar uchun ancha samarali. Chunki ko`p holatlarda bola bunday
vaziyatda bu tilni o`rganishga bo`lgan qiziqishi so`nishi mumkin.Bilamizki kichik
yoshdagi bolalar ko`proq o`yin mashg`ulotlariga qiziqishadi shuning uchun chet
tilini o`qitishning eng yaxshi usullaridan biri bu o`yin. O`rgatilayotgan mavzu o`yin
tarzida tushuntirilsa yoki takrorlantirilsa bu bola xotirasida qolishiga ancha yordam
beradi.
XULOSA. Shuni xulosa qilib aytib o'tish kerakki, farzandlarimiz yetuk kadr
bolib yetishlarida avvalambor, maktabgacha talimning orni ahamiyatlidir. Biz ularni
zamonaviy texnalogiyalar va zamonaviy talim tizimi bilan taminlashimiz talab
etiladi. Maktabgacha talim jamiyatdagi har bir inson ildizlarining rivojlanishi, yani
ularning kelajakda ona yurtiga munosib farzand, kuchli shaxs bolib voyaga
yetishlarida ham katta ahamiyatga ega. Biz farzandlarimiz talimiga koproq etibor
berishimiz, zamonaviy shart-sharoitlar yaratishimiz, yangi-yangi usullar orqali
ularning organishlariga komaklashishimiz zarur. Chet tillarini organish bolalarga
kelajakda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi, ular malakali kadr bolib yetishishi,
butun jamiyat uchun nafi tegadigan shaxs bolib kamol topishlari uchun ham
ahamiyatlidir. Shuning uchun ham bolalarimizga yoshligidan talim berib borishimiz,
oqishga qiziqtirishimiz, jamiyatimizdagi har bir bolani nazardan chetda
qoldirmasligimiz, organishga qiynalgan bolalar bilan ham alohida shugullanishimiz,
turli xil qiziqarli oyinlar bilan etiborlarini tortishimiz, chet tillarini orgatish davomida
muntazam ragbatlantirib borishimiz ularni kelgusidagi talimlari uchun dastlabki
qadam boladi, desak adashmagan bolamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Kanton Aargou. Fremdsprachen Lernen und Lehren. Englisch an der
Primarschule. Leipzig-2017. S. 238
—239.
2.
Eine neue Aufgaben - und Leistungsbewertungskultur, U. Gibitz in:Neue
Wege im Fremdsprachenunterricht am Beispiel des Rahmenplans für den
Englischunterricht in der Orientierungsstufe, L. I. S. A. Schwerin 2001.
Dostları ilə paylaş: |