Islom dunyosidagi eng asosiy 10 ta bioetika muammolari
Oxirgi o‘n yilliklarda fan-texnika sohasida erishilayotgan yutuqlar bilan bog‘liq axloqiy murakkab masalalar (dilemmalar), xoh diniy, xoh dunyoviy jamiyat bo‘lsa-da, har qanday ko‘rinishdagi jamiyatga dahl qilmoqda. "Bunda bioaxloq (bioetika) sohasidagi sekulyarizatsiya hodisasi bioetika borasidagi bahs-munozaralarda ustunlik qilmoqda. Bioetika sohasida diniy-tibbiy an’ana o‘rniga falsafiy-huquqiy konsepsiya qaror topayotganligi kuzatilmoqda”, - deb ta’kidlagan edi Deniyel Kallaan (Daniel Callahan) bundan yigirma yil oldin.
Biroq ko‘plab diniy jamoalarda, misol uchun, musulmonlar orasida biomeditsinaning etikasiga oid savollariga javob izlashda diniy an’analar asosiy manba sifatida hali ham ustuvor mavqega ega. 2010-2011 yillarda islomiy jamoalarda bioetikaning muhim masalalarini belgilash uchun xalqaro anketa so‘rovlari o‘tkazildi. Ushbu maqolada mazkur tadqiqotning natijalari, ya’ni musulmon mamlakatlarida bioetika rivojlanishining o‘nta muhim yo‘nalishlari taqdim etilgan.
Qonun, etika va Islom ulamolarining fikri
Islom jamiyatida musulmon shaxsning shaxsiy va ijtimoiy hayoti, uning salomatlik, kasallik, hayot va o‘limga bo‘lgan munosabatlari Islom ta’limotidan kelib chiqadi. Shunday qilib, musulmonlar uchun o‘zlarining diniy e’tiqodlari salomatlik masalasida ham biron bir qaror qabul qilishda kuchli omil hisoblanadi.
Islomning etika-huquqiy an’anasi ham biotibbiyot ko‘yayotgan savollarga javob izlashga asos bo‘lib xizmat qiladi. U klinik va tadqiqot amaliyotida qaror qabul qilish jarayoniga ham tatbiq qilinadi. Biroq, Islomning barcha huquqiy maktablarini boshqarish bo‘yicha markazlashtirilgan bir idoraning yo‘qligi sababli, amal qiladigan diniy amaliyotni Shariat (fiqh) sohasidagi mutaxassis (faqih)lar belgilab beradilar. Shu asnoda, Islom yurisprudensiyasi tomonidan bioetika masalalarini ko‘rib chiqishda, agar ko‘rilayotgan predmetga nisbatan muqaddas matnlarda aniq ko‘rsatma (nass) bo‘lmasa, qaror qabul qilish ijtihod (ya’ni, faqihlarning xulosasi) yo‘li bilan bo‘ladi.
Farhod Muazzamning aytishicha, Islom bioetika masalalari bo‘yicha bahs va qaror qabul qilinishi qandaydir vakuum ichida emas, balki, bir tarafdan, ma’lum ma’nodagi siyosiy-huquqiy tizim va, ikkinchi tarafdan, mavjud ijtimoiy qoidalar asosida bo‘ladi.
Etikaning qiyin va murakkab tamoyillarini ta’minlash Islom va soha mutaxassilari hamkorligida amalga oshiriladi. Tadqiqotga jalb qilingan mutaxassislar so‘ziga ko‘ra, qonun, etika va ulamolarning fikrlari o‘rtasidagi munosabatlar Islom mamlakatlarida asosiy yigirmata bioetika muammolari ichida birinchi raqamli ustuvor masala hisoblanadi.
Etikaning barcha tizimlari, diniy yoki diniy bo‘lmasin, etika va qonun masalasi juda muhim masala hisoblanib, bahs aniq bo‘lishini talab qiladi. Biroq, Islom haqida so‘z borganida, bu yerda yana bir muhim omil katta rol o‘ynaydi, ya’ni fatvo katta ahamiyatga ega.
Ma’lumki, Islomda bioetika - bu, asosan, Islom huquqi va etikasi tarmoqlaridan biridir. Bioetik adabiyotlarga ko‘ra, va aynan Islom bioetikasida, Islom ulamolari ko‘pincha Islomning asosiy manbalariga havola qiladilar: Qur’oni Karim va Sunnatga (Payg‘ambar (sollalohu alayhi vasallam)ning aytganlari va qilganlari). Biroq, ulamolarning asosiy vazifasi - u yoki bu bioetik masala yuzasidan ijtihod yo‘li bilan "mustaqil huquqiy fikr va sharh" berishdir. Buni Islom an’analarida Islom huquqining manbalarini sharhlash asosida qaror qabul qilish, deyiladi. Amaliyotda, so‘z bioetik dilemma haqida borar ekan, munozara va qaror qabul qilishda ham biolog-olimlar, ham shifokorlar, ham diniy ulamolar ishtirok etadilar.
Turli masalalarga javob izlash jarayonida, birinchi bo‘lib, o‘rganilayotgan masala bo‘yicha dinda nima deyilganiga qaraladi. Masalan, a’zolarni ko‘chirishda avvalo Shariat miyasi o‘lgan patsiyent tanasidan uning a’zosini olishga ruxsat beradimi degan savolni o‘rtaga tashlaydi va agar javob ijobiy bo‘lsa, masala qonun chiqaruvchilarga havola qilinadi. Shu bilan birga ta’kidlash lozimki, biz ko‘rib chiqayotgan masalaning estetik jihatlari yuqorida sanab o‘tilgan qadamlardan keyingina e’tibor qaratiladi.
Islomiy bioetikada diniy qarashning usutunligi ochiq-oydin ko‘zga tashlanib turadi: har qanday yangi biotexnologik jarayonni qo‘llashdan oldin uning shariatga to‘g‘ri kelishi yoki kelmasligi (uning halol yoki haromligi) haqidagi savol yuzaga chiqadi, olimlar va shifokorlar islom olimlari - faqihlarning fikrini bilishga harakat qilishadi. Tibbiy fanlar islomiy uyushmasining ishlari biotexnologiya sohasida yangi yutuqqa erishilganda tug‘iladigan savollarni shariat fikriga moslashtirish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi. Shu tarzda, musulmon jamiyatlarida islom huquqshunoslarining (faqihlar) fikriga solishtirganda axloqiy-ilohiy qarashlarga zidlik ikkinchi darajali o‘ringa tushib qoladi.
«Garchi Islomning huquqiy (fihqiy) metodologiyasi musulmonlarning kundalik hayotida duch keladigan masalalar yuzasidan hukm chiqarish mobaynida zarardan qochib, foyda olish kabi ma’naviy tamoyillarga asoslangan bo‘lsa-da, ko‘rib chiqilayotgan masalalarning fiqhiy xulosalarida asta-sekinlik bilan ahloqiy jihatlar inobatga olinmaydigan bo‘ldi», - deydi A. Saxedina. Uning fikricha: «Ma’naviy epistemologiya yoki ma’naviy ontologiya bilan bog‘liq axloqiy izlanish, umuman olganda, asosan fiqhga urg‘u berib kelgan Islom mazhablari dasturlarida yetarlicha ifoda etilmagan»
Bir tarafdan, huquqiy vakuum va etikadagi baxsli masalalar sharoitida pozitiv fatvoning mavjudligini qonuniylashtiradi, boshqa tarfdan esa faqihlar tarafidan qandaydir masalada taqiq bo‘lsa, qonuniy baza yoki etika bo‘yicha baxslarga ham o‘rin qolmasligini ta’kidlash zarur. Masalan, vaqtincha (surrogat) onalik, sperma va embrion donarligi aksar musulmon yurtlarida taqiqlangan (Erondan boshqa). Shunday qilib, bu mavzular kun tartibida ham turgani yo‘q va prioritet bo‘lmagani bois mutaxassislar bu masalalarni baxs qilishga qiziqayotganlari ham yo‘q. Ushbu mavzuning birinchi raqamli prioritet sifatida tanlanishi Islom dunyosida bioetik baxslar ko‘p holatlarda etika, huquq va fatvolarning o‘zaro munosabatlari va shuning uchun ham bu munosabatlar qay shaklda tashkil topganini bilish ham o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Sog‘liqni saqlash resurslarini taqsim qilishdagi adolat
Islom ta’limotiga ko‘ra, Islom jamiyati ta’minlashi kerak bo‘lgan eng asosiy tamoyillardan biri bu adolatdir. Shuning uchun ham bu so‘rovnomada musulmon bioetikachilari “sog‘liqni saqlash resurslaridagi adolat” masalasini bioetika eng muhim munozamalarida ikkinchi o‘rinni berganiga hayron qolmaslik kerak.
Adolat tamoyili va uning qo‘llash ko‘lamini aniq tavsifi yo‘qligiga qaramay, adolat - bu umumbashariy tamoyildir. Holbuki, cheklangan zahiralarni adolat bilan taqsimlashdek axloqiy masala sog‘liqni saqlashga oid siyosatning eng o‘tkir va dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Adolat tushunchasi Qur’oni karimda zikr qilingan. Qur’oni karim oyatlari tenglik va adolat haqida umumiy tushuncha beradi, biroq qandaydir aniq bir holatga ushbu tushunchalar va ularga amal qilishni qo‘llash ijtihod masalasidir. Qur’oni Karimda adolat tushunchasi nihoyatda ta’sirli va o‘rinli, inson hayotining jamiki ijtimoiy va shaxsiy jabhalarida odillik qilish o‘ta muhim ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan mulohazalarda tilga olinadi. Qur’oni karimda quyidagilar zikr qilingan:
«Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytaradir. U sizlarga va’z qilur. Shoyadki, eslasangiz…» (Nahl surasi, 90-oyat);
«Men Alloh nozil qilgan har bir kitobga iymon keltirdim va orangizda adolat o‘rnatishga amr qilindim» (Shuro surasi, 15-oyat);
«Albatta, Alloh sizlarga... adolat ila hukm qilishni amr qiladir» (Niso surasi, 58-oyat).
Yuqorida mazkur nazariy konsepsiyalarni mo‘yan bir holatga tatbiq qilishda turli xil qarashlar borligi zikr qilindi. Islomiy biotetikaning asosiy tamoiyllarini ishlab chiqishga bo‘lgan ko‘p urinishlarda asosiy urg‘uni adolatga qaratish o‘ta muhimdir. Juda ko‘p musulmon mamlakatlarida salomatlikni saqlash bo‘yicha resurslar tanqisligi kuzatilmoqda, shuning uchun ham salomatlikni saqlash bo‘yicha resurslarni taqsim qilishda Islomdagi adolat konsepsiyasi asosida konseputal bir tizimni ishlab chiqish kerak.
Inson huquqlarini belgilab olish
Bioetika rivojlangani sari inson huquqlari konsepsiyasiga ham diqqat oshib boryapti. Bu ikki tushuncha o‘rtasida bevosita aloqa bor. Inson huquqlari dekloratsiyasi asosida bioetika bo‘yicha juda ko‘p xalqaro hujjatlar ishlab chiqilgan.
Masalan, bioetika va inson huquqlari bo‘yicha YuNESKO dekloratsiyasining maqsadi inson haq-huquqlari va qadr-qimmati universal tamoiyllari ishlab chiqilgan. Biroq, inson huquqlari bo‘yicha diniy nuqtai nazardan kelib chiqqan holda Islom mamlakatlarining o‘ziga xos ba’zi qarashlari bor. 1948 yili juda ko‘p musulmon mamlakatlari (hammasi ham emas) inson huquqlari bo‘yicha umumiy dekloratsiyaga imzo chekdilar. Biroq, mazkur dekloratsiya shariatga muvoffiqmi, degan savol tug‘ildi?
Islom Konferensiyasi Tashkilotiga (ayni paytda Islom Hamkorligi Tashkiloti) a’zo bo‘lgan 45 ta mamlakat Shariatga muvofiq inson huquqlariga ta’rif berishga uringan holda, 1990 yil 5 avgustda Islomda Inson huquqlarining Qohira deklaratsiyasini qabul qildilar. Mazkur deklaratsiya, shubhasiz musulmon mamlakatlarida inson huquqlariga oid eng muhim hujjatlardan biridir. Qohira deklaratsiyasining 24-moddasida shunday deyilgan:
“Ushbu deklaratsiyada e’lon qilinayotgan barcha huquq va erkinliklar Islom shariati bilan tartibga solinadi”.
25-moddada ta’kidlanishicha, “Islom shariati ushbu deklaratsiyaning har qanday moddasiga ta’rif berish uchun yagona me’yoriy manba sanaladi”.
Biroq, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi hamda Qohira deklaratsiyasi madaniy kontekstga begonaligi va unda shariat asli nima ekani bayon qilinmaganidan hamda undagi asoslarni ikki xil ta’vil qilish imkoniyati bo‘lgani uchun ham Islom mamlakatlari tarafidan tanqidga uchradi.
Bioetika salohiyati
To‘rtinchi muammo sifatida so‘rovnomamiz ishtirokchilari tomonidan “bioetika sohasida salohiyatni shakllanitirish” muammosi ko‘ndalang qilib qo‘yildi. Umuman olganda, bioetika tushunchasi G‘arbga tegishli konsepsiya, musulmon mamlakatlarida bundan yigirma yil avval bioetika sohasida potensial yaratish ishlari boshlanib ketgan, bunda Eron, Pokiston, Misr, Turkiya va Malayziyada qilingan ishlar alohida tahsinga sazovor. Bundan tashqari, ko‘pgina mamlakatlarda bioetika, tadqiqot institutlari, akademik markazlar faoliyat olib bormoqda. Bu masalaning bioetika sohasida muhim muammo ekanligi, bioetika salohiyatining shakllantirib borilishi musulmon mamlakatlari uchun tanqidiy ahamiyat kasb etadi.
Bemorning huquqlari
Bemor huquqlari muammosi reytingda beshinchi o‘rinni egalladi. Islom jamiyatlarida bemor huquqlari tushunchasiga juda ko‘p ahamiyat berilmoqda, ba’zi mamlakatlarda bemorlar huquqini himoya qiluvchi milliy qonunlar hamda boshqa hujjatlar qabul qilinmoqda. Biroq diqqat-e’tibor markazi patsiyetning o‘zi bo‘lishi mumkin bo‘lgan tibbiy xizmat tizimini shakllantirish imkonini batamom yo‘q qilmagan taqdirda ham, qiyinlashtiradigan bir qator omillar mavjud.
Islom mamlakatlaridagi salomatlikni saqlash tizimida tibbiy paternalizm ustun, ya’ni shifokor qandayd qaror qabul qilishda absolyut iqtidorga ega. Ikkinchidan, tibbiyotga oid juda ko‘p masalalarda oilaning o‘rni katta. Shunday qilib, bemor atrofida tibbiy xizmat ko‘rsatish va bemor haq-huquqi kabi tushunchalar, g‘arbdagi tushunchalardan farqli o‘laroq, Islom mamlakatlarida boshqacha tushunadilar.
A’zolarni ko‘chirib o‘tkazish
Bundan ellik yil oldin Islom faqihlari va shifokorlar o‘rtasida miya o‘limi va a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish masalarida uzoq davom etgan bahs boshlangan. Bu masala hali ham juda ko‘p musulmon mamlakatlarida “murakkab” masalaligi bo‘yicha qolmoqda va bioetika muammolari reytingida oltinchi o‘rinda turibdi.
Umuman olganda, Qur’oni karimda va islomiy an’analarda miyaning o‘limi masalasida aniq bir ko‘rsatma yo‘q. Shuning uchun ham bu masalani faqihlar hal qilishga urinib ko‘rganlar, ya’ni bu ijtihod masalasi bo‘lgani uchun ham bu masalaga oid turli xil qarashlar shakllangan. Biroq, Islomda inson hayotini saqlab qolish muhimligiga asoslanib, aksar musulmon davlatlarida miya o‘lganidan so‘ng o‘lik jasaddan a’zolarni boshqa birovga ko‘chirib o‘tkazishga imkon beradigan kerakli qonun-qoidalar ishlab chiqilgan.
Shaxs muxtoriyati
Islomiy bioetikada ustuvorlik ko‘rsatkichning yettinchi pog‘onasini shaxsning erkinlik va xabardorlikka asoslangan xohishi band etadi. Islomiy bioetikani yaqindan o‘rganib chiqish shuni tasdiqlaydiki, bu yerda ham biotibbiy izlanishlar jarayonida xabardorlikka asoslangan xohishga huddi g‘arbda bo‘lganidek ahamiyat beradi. Ammo, shaxsning erkinligi haqida aytadigan bo‘lsak, ayniqsa klinik sharoitlarda, bioetikaning eng muhim ustuni sanaladigan G‘arbdagidan farqli o‘laroq, musulmon jamiyatlarda shaxsning erkinligi tushunchasi deyarli aks etmagan. Aslini olganda esa, shaxsning erkinligi va huquqlari borasida musulmon mamlakatlarda sog‘liqni saqlashga oid davlat siyosatining ishlab chiqish va qarorlar qabul qilishda islomiy bioetikaning quyidagi ikki asosiy tushunchasiga tamal qoidalar sifatida amal qilinadi: jamiyatning foydasi (maslaxa) va “zarar berma” qoidasi.
Saudiyadagi Majma al-fiqhi al-islomiy (Islomiy fiqhiy kengash)ga o‘xshash bir qancha islomiy huquqiy idoralar tarafidan qabul qilingan qarorlarni o‘rganish natijasi shuni ko‘rsatadiki, hukm chiqarish jarayonida islomiy ulamolar jamiyatga tegadigan ehtimoliy zarar va foydani maromida saqlashga harakat qiladilar. Ularning qarorlarida jamiyat va shaxsning manfaatlari va ehtiyojlarini murosaga keltiradigan yechimni topilishi, ba’zi hollarda esa, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaat va huquqlardan ustun qo‘yilishini ko‘rish mumkin.
Bioetika «prinsipializmi»
Bioetika doirasidagi bahs-munozaralardan ma’lum bo‘ladiki, bu sohaning mashhur bo‘lishida “prinsipalizm” jumladan, shaxs mustaqilligini hurmat qilish, unga zarar yetkazmaslik, uning foydasidan kelib chiqqan holda ish tutish, adolat kabi tamoyillar ustuvor ahamiyat kasb etadi va bioetika dilemmalarini hal etishda foydali instrument hisoblanadi. Shu soha aksariyat mutaxasislarining fikricha, musulmon jamiyatining oldida turgan axloqiy muammolarni hal etishda bunday yondashuvning o‘zi kamlik qiladi. Chunki musulmonlar jamiyatida azaldan shakllanib kelgan madaniy o‘ziga xoslik, yo‘l-yo‘riqlar borki ular xususan Islom huquqi tamoyillari Islom bioetikasini rivojlantirishdagi ustunlar bo‘lib xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda islom etikasidan biotibbiy etikani ajratib olishga qiziqish kuchayib bormoqda. Ba’zan bunday harakatlar «Mazkur masalaga doir tabiiy va diniy omillarni o‘rganmay turib, G‘arb biotibbiy etikasi prinsiplarining shariat tizimi paydo qilgan islomiy etika bilan birlashtirishga urinish» deb tanqid qilinadi.
Umuman, ijtimoiy xayrotlar (maslaha), zararni daf qilish (la zarar va la dirar), adolat, zarurat va falokatdan himoya prinsiplari islomiy bioetik adabiyotlarida ko‘p uchraydi.
Ushbu soha mutaxassislari «Islomiy bioetika asoslari»ni sakkizinchi o‘ringa qo‘yishlarining o‘zi islom fiqhi, odobi, falsafa va tibbiyoti ulamosi ishtirokida islomiy asosga qurilgan, sohaning barcha ishtirokchilariga birday maqbul bo‘luvchi biotibbiy odob (etika) qoidalarini qabul qilishga ehtiyoj borligini ko‘rsatadi. Ta’kidlash lozimki, bunday qoidalar ishlab chiqilayotganda metodika eng asosiy ahamiyatga egadir.
Abort
Abort masalasi murakkab savollardan bo‘lib, unga nisbatan barcha jamiyat va dinlar har xil munosabatda bo‘lishgan. Islomiy fiqhning bu masalaga oid asosiy qoidasi: abort nojoiz ishdir, magar homiladorlikning davom etishi onaning hayotiga xavf solsa, homilaga jon kirmaganlik sharti bilan (joiz).
Umuman, barcha mazhablar ittifoqiga ko‘ra, homiladorlikni sun’iy to‘xtatish haqidagi qarorni chiqarishda ayolning hayotini saqlab qolish ko‘zlanadi. Biroq ma’lumki, abort bo‘yicha mazhablar fiqhi har xil qarashga egalar. Amalda mazhab ergashuvchilarining ko‘pchiligi abort haqida qaror qilishda homilaga jon kirgani faktini hisobga olmaydilar, yoki "jon kirganlik" so‘zini har xil talqin qilishlari tufayli, ular turli qarorlarga keladilar.
Ta’kidlab o‘tish lozimki, bironta ham mazhab homilaga ruh kirgach abortga ruxsat bermaydi. Boshqa bioetik masalalarga qaraganda, abort ko‘pchilik kishiga tegishli bo‘lganligi uchun bu masala bahs-munozaralarda mavzusining muhimligi bo‘yicha to‘qqizinchi o‘rinda turadi.
Bioetika bo‘yicha komissiya
Islom olamidagi bioetika bo‘yicha muammolar birinchi o‘ntaligining so‘nggisi “Bioetika bo‘ycha komissiya”dir. Taxminan o‘n yil oldin Sog‘liqni saqlash xalqaro tashkiloti va YuNESKO kabi xalqaro tashkilotlarning tavsiyalari bilan musulmon mamlakatlarida ham etika bo‘yicha milliy komissiyalar tashkil qilina boshlandi.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ilmiy tadqiqotlar etikasi (shu jumladan, “Ilmiy etika bo‘yicha komissiya”) doirasida tuzilgan 20 ta savolga respondentlar tomonidan berilgan javoblarda bioetika muammolari dastlabki o‘ntalikka ham kiritilmagani ma’lum bo‘ldi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, so‘rovda qatnashgan respondentlar “ilmiy tadqiqot etikasi”ga emas balki “etika bo‘yicha komissiyasi” faoliyati xususan shifoxonalardagi tibbiy maslahatlar va tashkiliy etika masalalarga ko‘proq qiziqish bildirganlar. Shu bilan birga bugungi kunda ko‘p millatlar ishtirok etuvchi tadqiqot loyihalarida Islom davlatlari soni oshib bormoqda. Shu ma’noda, etika bo‘yicha komissiya vakolatiga umumiy masalalar bilan bir qatorda mazkur loyihalarni xorijdan turib boshqarish, moliyalashtirish va bu hamkorlikdagi loyiha ishtirokchilarini himoya qilish jarayonini nazorat qilish kiradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, so‘rov anketasida reytingga kiritilmagan boshqa masalalar ham bo‘lgan. Misol uchun, embrionlar donorligi va surrogat onalik faqat Eronda qo‘llaniladi, boshqa musulmon mamlakatlarda esa man etilgan, shu bois bu masalalar muhokama qilishga arziydigan dolzarb mavzu emas va aksar musulmon mamlakatlarda ustuvor bioetik muammo emas. Shuningdek, murakkab zamonaviy texnologiya va resurslar yordamida amalga oshiraladigan nanoetika masalasi, musulmon mamlakatlarning bioetika sohasidagi ustuvor masalalar qatoriga hali yetib kelmagan. Ammo tabiatni muhofaza qilish etikasi hamda xotin-qizlar salomatligini muhofaza qilish kabi boshqa muhim bioetik masalalar musulmon mamlakatlarda bioetik sohasidagi munoqashalarning ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmaganining sabablarini hali yana tatbiq etish kerak bo‘ladi.