Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish



Yüklə 17,89 Kb.
tarix24.09.2023
ölçüsü17,89 Kb.
#147608
növüReferat
Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga


Murodov Adham Ilhom o‘g‘lining 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha “Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferatiga


TAQRIZ

Tadqiqotda Respublikamizda so‘nggi yillarda milliy qadriyatlar, ma’rifatparvar siymolar merosi asosida ta’limni takomillashtirish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish, bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Jadid ma’rifatparvarlari g‘oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish hamda innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish ustuvor yo‘nalish etib belgilangan. Natijada, pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalariga jadidchilik harakati vakillarining pedagogik merosini o‘rgatishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga erishiladi.


Tadqiqotning ilmiy yangiligi asosan jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi mustamlakachilik zulmidan qutulish uchun o‘lkada iqtisodiy va madaniy taraqqiyotga yo‘l ochish va xalqqa ziyo tarqatish choralarini faktik malumotlarga ko‘ra yoritish hamda tub-joy xalqlarini ma’rifatlashtirish, ijtimoiy va madaniy hayotda faolligini oshirishga qaratilgan maqsadli harakatlar mazmunini izchil ko‘rsatib berish doirasida takomillashtirilgan
Dissertatsiyaning “Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi bobida pedagogika oliy taʼlim muassasalari talabalarining kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirishning ijtimoiy ahamiyati, jadidchilik harakatining shakllanish omillari, sabablari va Turkiston oʻlkasida keng yoyilishining pedagogik jihatlari, jadidlar ilmiy-pedagogik faoliyatining maktab, madrasa, matbuot va teatr sanʼati orqali amalga oshirilishi ijtimoiy-maʼrifiy ahamiyati tahlil qilingan. Jadidchilik harakati mintaqaning markaziy hududlarida jadal rivojlandi.
Xususan, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm bu borada ancha faolroq edi. Shu bilan birga vodiy viloyatlari ham jadidchilik harakatining faol harakatlari olib borilgan qaynoq joylardan edi. 1893-yilda Buxoro amirligida “birinchi” rasmiy yangi usul maktabi faoliyat koʻrsata boshladi. O‘zbekiston hududida tashkil topgan shartli ravishdagi ikkinchi jadid maktabi deb Qo‘qonda 1898-yilda ochilgan maktabni ko‘rsatish mumkin.
Dissertatsiyning “Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish tizimi” deb nomlangan ikkinchi bobida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida jadidlar ilmiy merosini o‘qitishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirish, jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli, jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish shart-sharoitlari bayon qilingan.
Dissertasiyada olingan nazariy natijalarni amaliyotga joriy qilish tizimi modeli takomillashtirilgan. Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan tashkiliy-tuzilmaviy model maqsad, yondashuvlar, tamoyillar, bosqichlar, didaktik shart-sharoitlar kabi elementlarni o‘z ichiga olishi, shuningdek, model erishiladigan natija va jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarining rivojlanganligini belgilovchi mezonlar hamda darajasini belgilovchi tartiblashgan sxema sifatida o‘zida aks ettirishi aniqlangan
Dissertatsiyaning “Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va natijalari” deb nomlangan uchinchi bobida jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlarining maqsadi va bosqichlari, Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid tajriba-sinov ishlarining natijalari, tahlili va samaradorlik ko‘rsatkichlari bayon qilingan. So‘rovlar chog‘ida aniqlikka erishish maqsadida har ikki guruhda dastlabki tajriba davrida ishtirok etgan talabalarning ishtiroki ta’minlandi, son ko‘rsatkichlarining mos kelishiga erishildi. Bu bosqichda ham dastlab respondent-talabalar anketa so‘roviga javob berdilar. Javoblar natijalari quyidagi ko‘rsatkichlarda o‘z ifodasini topdi.
Respondent-talabalarning jadidlar ilmiy merosi asosida kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish madaniyatiga egalik darajasi aniqlandi.
O‘zlashtirishning o‘rtacha qiymat ko‘rsatkichlari va samaradorlik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, olib borilgan tatqiqot ishining samaradorligi o‘rtacha 1,15 baravarga (15%) yuqori ekani statistik tahlil orqali isbotlandi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi Murodov Adham Ilhom o‘g‘lining “Jadidlar ilmiy merosi asosida pedagogika oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasi tugallangan, mustaqil ish bo‘lib, ilmiy, amaliy qiymatga ega bo‘lgan tadqiqot deb baholash mumkin va uning muallifi Murodov Adham Ilhom o‘g‘lini 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo‘yicha pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman.

Qo’qon davlat pedagogika instituti A.F.Kamalov


pedagogika fanlari bo’yicha falsafa
doktori (PhD)
Yüklə 17,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin