Jahon mamlakatlari ta'lim tizimining integratsiyalashuvi Reja: Jahon mamlakatlari ta'lim tizimining integratsiyalashuvi



Yüklə 11,55 Kb.
tarix18.02.2023
ölçüsü11,55 Kb.
#84890
Jahon mamlakatlari ta\'lim tizimining integratsiyalashuvi Reja J



Jahon mamlakatlari ta'lim tizimining integratsiyalashuvi
Reja:
1. Jahon mamlakatlari ta'lim tizimining integratsiyalashuvi.
2. Ta'limni isloh qilishda o'quv dasturlarining ahamiyati.
3. Italiya ta'lim tizimi.
1. Integratsiyalashtirilgan o‘quv dasturlarining mualliflari barcha yondosh o‘quv kurslarini o‘zak predmet va g‘oya, atrofiga jipslashtirishga harakat qiladi, bu o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Ammo bunday uslub hamma vaqt ham ko‘zlangan natijani bermaydi. Chunki, integratsiyalashtirilgan o‘quv kurslari mutlaq ko‘pchilik o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, u kimgadir zarur, kimgadir keraksiz.
Bu muammoni to‘ldirish, o‘quvchilarning u yoki bu kursga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish uchun maktablar alohida predmetlardan chuqurlashtirilgan kurslarni tavsiya etmoqda. Masalan, G‘arbiy Yevropa maktablarida 15 foiz o‘quvchilar fizika fanini chuqurlashtirib o‘rganishmoqda. So‘nggi yillarda AQSHda ilmiy bilimlarni chuqurlashtirib, o‘rgatishni ta‘minlash maqsadida integratsiyalashtirilgan kurslarning turli variantlari ishlab chiqildi.
Chet el tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ta‘lim mazmunini qayta qurish ishida shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Fikrimizcha, bu sohadagi samarali yo‘l integratsiya va ixtisoslashtirishga asoslangan o‘quv dasturlarini yaratishdir.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda mehnat ta‘limi hamda kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning eng e‘tiborga moligi, shu
ta‘lim sohasi bo‘yicha o‘quv dasturlarini kengaytirish, professional kadrlarga etibor qaratish, kuchli moddiy bazani barpo etish yo‘lidir. 1977 yilda AQSHda qabul qilingan ―Mehnat faoliyatiga tayyorlash akti‖ning asosiy g‘oyasi ham shunga qaratilgan. Umuman olganda, AQSHda bu masalaga munosabat jiddiy. Kollejlarda kotejlar qurish, avtomobillarni ta‘mirlash, kompyuterlarni terish kabi amaliy faoliyat, mavjudki, ular o‘quv muassasalariga ma‘lum miqdorda daromad ham keltiradi.
G‘arpiy Yevropada ham bu sohada o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar paydo bo‘ldi. Masalan, Fransiyada mehnat ta‘limiga ajratilgan o‘quv soatlari1,5 barobar oshirildi. Buyuk Britaniyada «Mehnat ta‘limiva kasbga tayyorlash» aktiga (1973 yil) muvofiq maktablar bir qanchafaoliyat sohasibo‘yicha majburiy kasb-kor dasturi o‘zlashtirmoqda.
2. Vatanimizda ta‘lim tizimi keng qamrovli islohotlarni hamda texnologiyalashtirish ishlarini amalga oshirishdek murakkab jarayonni boshidan kechirdi.
Bundan ko'zlangan asosiy maqsad maktab faoliyatini demokratlashtirishdan iboratdir.
Bu tajribalarni sinchkovlik va qunt bilan o‘rganish orqali biz ta‘limda xato va yanglishishlardan, shubhali xulosalardan o‘zimizni saqlashimizdan tashqari, ta‘lim-tarbiyada qotib qolgan, eskirgan, o‘z dolzarbligini yo‘qotib borayotgan ish shaklli va uslublaridan tezroq xalos bo‘lish bilan birga, uni munosib tarzda yangilashda qo‘shimcha boy manbalarga ham ega bo‘lamiz.

3.Italiyada zamonaviy xalq ta‘lim tizimi XIX asrning ikkinchi yarmida tarkib topa boshlagan. Dastlab 1859-yilda bolalarning majburiy ta‘lim olishi to`g`risidagi qonun qabul qilingan bo`lib, 6-14 yoshdagi bolalar uchun majburiy 8 yillik ta‘lim joriy etilgan.
Italiyada mavjud majburiy o`rta ta`lim 14 yil. O`qishni boshlang`ich maktablarda boshlab, universietlarda tugatadilar. Xususiy maktablar 5% ni tashkil etadi.Mamlakatda bugungi kunda davlat mamlakatlaribilan bir qatorda diniy ta‘lim muassasalari va xususiy maktablari ham faoliyat olib boradi.
Italiyada umumiy o`rta ta’lim quyidagi bosqichlarni o`z ichiga oladi:
- boshlang'ich ta'lim — 5 yil -birinchi davr o`rta ta‘lim –3 yil
-ikkinchi davr o'rta ta'lim– 5 yil
Ta’limda boshqaruv: muammo va yechim.Italiya xalq ta‘limi tizimi boshqaruvining o`ziga xosligi haqida gap ketganda, uning huquqiy asoslariva mavjud an‘anaviy me‘yorlariga e‘tibor qaratiladi. Mamlakatda uzluksiz ta‘limning birinchi bo`g`inini, ya‘ni boshlang`ich ta‘lim boshqaruvining o`z talablari bor. Bolalarni maktabga qabul qilishning o`z shartlari bor. Ya‘ni o`qishga ma‘lum yilning 31 –avgustidan kelasi yilning 30 -apreligacha 6 yoshga to`lgan bolalar qabul qilinadi. Faqatgina maktablar uchun binolarning yetishmovchiligini hisobga olmaganda, barcha xarajatlar davlat tomonidan to`lanadi. Kitoblar, o`quv qurollaridan tortib, to maktab avtobusi va oshxona xarajatlarigacha bepul. Italiyada boshlang`ich ta’lim bosqichi 5 yil davom etadi.Boshlang`ich ta‘lim boshqaruvning ikki ko`rinishini taklif etadi:-Klassik-Amodulo( ikki sinf uchun 3 nafar o`qituvchi yoki 3 sinf uchun 4 o`qituvchi).
Shuningdek, (xalq ta‘limi tizimida 3-5 yoshli bolalar uchun majburiy bo`lmagan maktabgacha tarbiya muassasalari ham mavjud). Haftada 27-130 soat dars jadvali bo`lgan maktablar hamda classi atempo pieno maktablarida bir sinf uchun 2 nafar o`qituvchi bo`lib, darslar haftasiga 40 soatni tashkiletadi. Har bir o`quv muassasasasi o`z hududidan kelib chiqqan holda boshqaruvning tashkiliy tuzilishini ishlab chiqadi. Maktabning boshlang`ich sinflarida, odatda, 10 dan 25 nafargacha o`quvchi ta‘lim oladi. Majburiy maktablarda 6 –11 yoshli bolalar 5 yil boshlang`ich maktabda ta‘lim olsa, quyi o`rta maktabda 3 yil ta‘lim oladilar. Boshlang`ich ta‘lim umumiy ta‘limning dastlabki bo`g`ini hisoblanadi. Ta‘lim muassasalari va davlat boshlang`ich ta‘lim maktablari mamlakatdagi umumiy qonunlar va qonun osti me‘yoriy hujjatlar orqali boshqariladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. G. Najmiddinova . O' . Qurbonova. "Qiyosiy pedagogika". T: 2014 yil
2.P. Ergashev. Sh. Shodmonov."Qiyosiy pedagogika". T:TDPU. 2005
3.www.ziyo.net
4.www.bilimdon.uz



Yüklə 11,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin